Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Islomda oila qurish shartlarini tushuntiring. 
2. Nikohga xos xususiyatlar nimalardan iborat? 
3. Taloqning huquqiy oqibatlarini tushuntiring. 
4. Islomda musulmonlar va nomusulmonlar o‘rtasidagi nikoh turlari qanday? 
8-BOB. MUSULMON FUQAROLIK HUQUQI. MAJBURIYAT 
8.1. «Musulmon fuqarolik huquqi» tushunchasi 
Islom fuqarolik huquqi asosan arab xalifaligining ikkinchi asrida 
shakllana boshlangan. Musulmon huquqining asosiy manbalari 
hisoblangan Qur’oni karim va sunnada fuqarolik huquqiga oid normalar 
keltirilgan. Biroq, ular muayyan bir tizimga solinmagan, alohida 
guruhlarga ajratilmagan. Shuningdek, ushbu normalar hamma sohalardagi 


113
huquqiy munosabatlarni to‘liq yoritib bermagan. Arab xalifaligi kengay-
gach, uning fuqarolarining soni ortdi, natijada fuqarolik huquqiga 
taalluqli oyat va hadislarni bir tizimga solish, ularni takomillashtirish va 
talab darajasida ishlab chiqish ehtiyoji tug‘ildi
1
. Ushbu sohada Abu 
Hanifa, Molik ibn Anas, Muhammad ibn Idris ash-Shofi’iy samarali 
mehnat qildilar. Ularning faoliyatlari mavjud huquqiy normalar va urf-
odatlarga asoslangan edi. Musulmon huquqi, ayniqsa, fuqarolik huquqini 
ishlab chiqishda zabt etilgan xalqlarning huquqiy normalari ham hisobga 
olindi. Islom fuqarolik huquqining rivojlanishi Abbosiylar xalifaligi 
davrida, imom A’zam Abu Hanifaning shogirdi va maslakdoshi Abu 
Yusufning bosh qozi lavozimiga tayinlanishi bilan boshlandi. Abu 
Yusufning «Kitob ul-xiroj» asari butun xalifalik hududi bo‘ylab iqtisodiy 
sohada yagona tizimni joriy qilish uchun tarqatilgani e’tiborga molikdir. 
Musulmon oilasi patriarxal munosabatlar asosiga qurilgan bo‘lib, oila 
boshlig‘i boshqa a’zolarga nisbatan ko‘proq imtiyozlarga ega bo‘ladi. 
Qur’oni karim «Niso» surasining 34-oyatida erkaklar ayollari ustidan 
rahbar ekanliklari qayd etilgan. Zero, erkaklar jismonan baquvvat bo‘lib, 
oilani himoya qilish, uning a’zolarini tartibga chaqirib, odob berish 
vazifalarini bajarib, hissiyotga berilmaydigan xislati bilan boshqa 
a’zolardan ajralib turadilar. Ayollar va bolalar erkaklarning qaramog‘ida 
hisoblanadilar. Ko‘pincha oilaning barcha a’zolari biror qarindoshining 
qilgan qilmishi uchun mas’ul bo‘lganlar. Balog‘atga yetmagan yoki 
mehnatga layoqatsiz qarindoshlarini otaliqqa olganlar. Musulmon 
huquqiga ko‘ra, oilalar o‘zaro quda bo‘lishdan avval, urug‘-nasablarning 
mos kelishini ham o‘rganib chiqqanlar. Hanafiy mazhabi ulamolari nasab 
diyonat (e’tiqod birligi), iqtisod, kasb-hunarda teng bo‘lsa, shu yetarli, 
deb hisoblaganlar. Islom ta’limotida iymon keltirganlarning barchasi 
«ummat» deb nomlanadi. Ular tug‘ilganidan boshlab huquqiy layoqat 
egasi hisoblanadilar. Musulmon huquqiga asosan, shaxs ikki holatda 
huquqiy layoqatini yo‘qotishi mumkin: tabiiy o‘lim topganda va bedarak 
yo‘qolganda.  
Shaxsning bedarak yo‘qolganligini sunniylik mazhablarida qozi, 
shialik mazhablarida imom va hokim belgilaydilar. Shaxs bedarak 
ketganda, uning xotini bilan nikohining bekor bo‘lishi haqida turli fikrlar 
mavjud.  
                                               
1
Ԕɚɪɚɧɝ: ɂɫɯɚɤɨɜ ɋ.Ⱥ. ɂɫɥɨɦ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ԟɭԕɭԕɢ ɚɫɨɫɥɚɪɢ. – Ɍ.: 
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ ɂɂȼ Ⱥɤɚɞɟɦɢɹɫɢ, 2005. – Ȼ. 18.


114
Hanafiy mazhabiga ko‘ra, shaxs bedarak yo‘qolgandan so‘ng, oradan 
yetmish yildan ko‘proq vaqt o‘tgach, nikoh bekor bo‘ladi. Molikiy 
mazhabida esa to‘rt yildan so‘ng nikoh bekor bo‘ladi.  
Arab xalifaligining ilk davrlarida guvohlarning ko‘rsatmalariga ko‘ra 
insonning shaxsini tasdiqlash mumkin bo‘lgan. Keyinchalik davlat 
idoralarining vakillari, harbiy zobitlar, yuqori mansab egalarini ba’zi 
shaharlarda ro‘yxatdan o‘tkazib qo‘yganlar.  
Musulmon huquqiga ko‘ra, shaxs balog‘at yoshiga yetgandan so‘ng 
muomala layoqatiga ega deb topiladi. Erkaklarda soqolning chiqishi yoki 
15 yoshga to‘lish, ayollarda hayz kelishi yoki 9–10 yosh (ba’zi issiq 
o‘lkalarda ushbu yoshda qizlar balog‘atga yetadilar)ga kirish muomala 
layoqatini beradi. Abbosiylar xalifaligi davridan qullar ham huquq 
subyektlari hisoblana boshlagan. Qullar xojasining ruxsati bilan turli 
bitimlarni tuza olganlar, o‘zlariga bo‘lajak qalliqlarini tanlay olish 
huquqiga ega bo‘lganlar. Undan tashqari, qullar meros qoldirish huquqiga 
ham ega bo‘lganlar. Ozod qilingan qullar «mavolidlar» deb atalib, ular 
ma’lum muddatgacha o‘z xojalari bilan aloqalarini bog‘lab turganlar.  
Musulmon bo‘lmaganlarga nisbatan «zimmiylik» munosabatlari 
qo‘llanilgan. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, ular o‘zaro islom iste’mol qilishni 
taqiqlangan narsalarni savdo qila olardilar. Ularning bir-birlariga qilgan 
vasiyatlari qonuniy hisoblangan.  
Musulmon huquqidagi «buyum» tushunchasi turli mazhablarda 
turlicha talqin qilinadi. Ba’zi faqihlar buyum sanalishi uchun qiymatga 
egaligi, iste’molga yaroqliligi, zaruriyligiga ko‘ra xususiy mulk bo‘la 
olishi kerak, deganlar. Hanafiy mazhabi ulamolari yuqoridagidan tashqari 
yana jamg‘arilish xususiyatiga ega bo‘lishi shartligini ta’kidlashgan. 
Shofi’iy va Hanbaliy mazhablari tarafdorlari inson mehnati pul bilan 
o‘lchanadigan bo‘lsa, uni ham buyum deyish mumkin, degan fikrni ilgari 
surganlar. Ba’zilar arab tilida «shay» degan so‘z buyumni ifoda etadi, 
desalar, ko‘pgina olimlar esa faqatgina «mol», «amvol» degan so‘zlar 
buyumni anglatadi, chunki «shay» deb atalgan har qanday narsa buyum-
predmet bo‘la olmaydi, deganlar. Shia mazhabining huquqshunoslari 
fikricha, buyum: xususiy bo‘la olishi, aylanma foyda predmeti bo‘lishi 
hamda insonga foyda keltirishi kerak. Musulmon huquqiga ko‘ra, xususiy 
mulk bo‘la olmaydigan buyumlar quyidagicha: 
1) havo, dengiz, sahrolar
2) ummu valad, ya’ni o‘z xojasidan farzand ko‘rgan cho‘ri; 
3) umumjamoat foydalanadigan joylar, ya’ni quruqlikdagi va suvdagi 
qatnov yo‘llari, masjidlar, madrasalar, maktablar. 


115
Musulmon huquqida harom qilingan, musulmonlarni dindan qaytara-
digan va chalg‘itadigan narsalar, musulmonlarga tegishli buyumlar 
quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: 
Ko‘char (manqul) va ko‘chmas (g‘ayri manqul) buyumlar. Ko‘char 
buyumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi oson bo‘lgan, tortish va 
o‘lchash orqali aniqlash mumkin bo‘lgan buyumlar hisoblangan. Hanafiy 
mazhabining faqihlari ko‘chmas buyumlar sirasiga bir joydan ikkinchi 
joyga ko‘chirib bo‘lmaydigan, ko‘chirilganda o‘z xususiyatini 
yo‘qotadigan narsalarni kiritganlar. Yerga ishlov beriladigan barcha 
buyumlar ham ko‘chmas buyumlarga kiritilgan. Musulmon huquqiga 
ko‘ra, ko‘chmas mulk quyidagicha toifalanadi: 
a) mamluka – xususiy shaxslarning qo‘lidagi mulk; 
b) amiriya – davlat mulki. 
Davlat yerlari bevosita mahalliy hokimiyat nazoratida bo‘lib, 
xizmatchilarga iqto’ hisobida berilgan, dehqonlarga ijaraga ham berib 
turilgan. Umumjamoat foydalanadigan yo‘llar, ko‘chalar, davlat muassa-
salari davlat nazoratida bo‘lgan. Arab xalifaligi zaiflashgach, mahalliy 
zodagonlarning hokimiyati, nufuzi ortib borgan. Asta-sekinlik bilan 
ko‘pgina yerlar xususiylashtirilgan: 
d) matruka – tashlandiq yerlar bo‘lib, umum foydalanadigan yaylov, 
o‘rmon maydonlaridir; 
f) amvot – o‘lik yerlar.  
Qur’on ta’limotiga ko‘ra, bunday yerlar xohlovchilarga ishlov berib, 
ularni jonlashtirish uchun evazsiz foydalanishga topshirilgan. Yuqorida 
sanab o‘tilgan barcha buyumlar shartnomaviy munosabatlarning 
predmeti bo‘lishi mumkin. Mulkning asosiy belgisi uning foyda keltira 
olish xususiyatidir. Shialikda esa, inson mehnati ham mulk va boylik 
manbai hisoblangan. Mulkka bo‘lgan huquqni egallash yoki huquqni 
yo‘qotish qozilar tomonidan amalga oshirilgan. 
Islomda ikki xil qaror mavjud: birinchisi  – vaz’iy, ya’ni shartli; 
ikkinchisi  – majburiy. Ushbu qarorlar orqali jamiyat manfaatlari 
ko‘zlanib, biror xatti-harakat taqiqlangan yoki unga ruxsat berilgan. 
Shartli qarorlar foydalanishdan olib qo‘yilgan narsalar xususida bo‘lgan. 
Misol uchun, davlat nazoratida bo‘lgan yerlardan foydalanuvchilarga 
ularni ijaraga berish yoki sotib yuborish taqiqlangan. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish