120
qarzning biror qismi to‘g‘risida qarz egasi bilan kelishganlarida, agar
ikkovi yoki aslning ozod etilishi shart etilgan yoki hech bir shart
qo‘yilmagan bo‘lsa, ikkovi ham ozod bo‘ladi. Agar yolg‘iz kafilning ozod
bo‘lishi shart etilgan bo‘lsa, faqat kafil ozod bo‘lib, talab qiluvchi esa
ixtiyorli bo‘ladi: istasa barcha qarzni asldan va istasa kelishuv badalini
(to‘lovini) kafildan, qolganini asldan oladi.
Kafil makful lahni (qarz egasini) birovning ustiga havola
etganda
(o‘tkazganda), buni makful lah va muhal alayh (qarzni zimmasiga olgan)
ham qabul etsa, u holda kafil va makful anh ozod bo‘ladi. Zar kafil vafot
etganda, mol makful bihning merosidan talab qilinadi. Tovarning puliga
kafil bo‘lganda bay’ (savdo) buzilsa yoki tovarning haqli egasi chiqib,
olib qo‘ysa yoki aybi uchun qaytarib yuborilsa, kafil kafillikdan ozod
bo‘ladi.
Garov. Islom qonunshunosligida shartnoma bo‘yicha bajariladigan
majburiyatlarni amalga oshirishda garov
ijobiy omillardan biri
hisoblanadi. Garov biror qiymatga ega bo‘lgan moddiy ashyoni haq
evaziga ushlab turishdir. Musulmon huquqida payg‘ambarimizning
sunnatlari va ulamolar ijmosi garovning huquqiy asosi hisoblanadi.
Muhaddislardan imom Buxoriy, Nasoiy, ibn Mojja rivoyatlariga ko‘ra,
Muhammad (s.a.v.) o‘z sovutlarini bir yahudiyga garovga qoldirib, undan
oilalari uchun arpa olganlar. Islom fiqhida
garov deb, qarzning evaziga
biror buyumni ishonch tariqasida qoldirish tushuniladi. Arab tilida
garovni
rahn, garov qo‘yuvchini
rohin, garovga olib qoluvchini
murtahin,
garov obyekti esa
marhun deb ataladi.
Musulmon huquqida garov bilan bog‘liq munosabatlar quyidagicha
tartibga solinadi:
1) garov shartnomasi uchun har ikki tomonning o‘zaro roziliklari
talab etiladi va o‘zaro ishonch asosida bo‘lganligi uchun og‘zaki holda
tuziladi (garovga beruvchi va uni oluvchi o‘rtasida qabul vositasida garov
ahdi tuziladi. Biroq (mol) qo‘ldan qo‘lga o‘tmaguncha,
mukammal tarzda
kuchga kirmaydi.
Garovning taklif va qabuli: garov beruvchi: «Bu
narsani qarzim muqobiliga senga garovga berdim», – deb yoki shunday
ma’nodagi boshqa bir gapni aytib va garovga oluvchi: «Roziman», –
degan ma’nodagi roziligidan dalolat beruvchi bir gapni aytishidir. Bunda
«garov» so‘zi aytilishi shart emas);
2) har ikki tomonning muomalaga layoqatliligi;
3) garov qo‘yuvchida garovga berayotgan buyum ustidan haqiqatan
egalik huquqining mavjudligi. Imom Abu Hanifaning fikriga ko‘ra,
shirkatdagi buyum faqat alohida ajratilib qo‘yilgan holdagina rohin
121
tomonidan garovga qo‘yilishi mumkin. Imom Shofi’iy esa shirkatdagi
buyumni alohida ajratmasdan turib ham, shirkatda bo‘lgan, bo‘linmas
buyumlarni ham garovga qo‘yish mumkin, deb hisoblangan;
4) taslim – garovga topshirish, iqboz – garov predmetining
murtahinning qo‘liga o‘tishi sharti. Imom Shofi’iy: «Murtahinning men
garovni qabul qildim, deyishining o‘zi kifoya, istasa, garovni qarzdorning
o‘zida qoldiradi», – degan fikrni bildirgan;
5) garovga biror ashyoni qoldirish qarzdorni qarzdan ozod qilmaydi,
balki garov predmeti uning qarzini to‘lashi uchun vosita bo‘lib, qarzdorga
doimo o‘z qarzini uzish majburiyatini
eslatib turadi;
6) kelishilgan muddat o‘tgunga qadar qarzdor garov predmetini
qarzini to‘lash maqsadida sotish huquqiga ega. Muddat o‘tgandan so‘ng,
qarzdor turli vaj-bahonalar bilan qarzini to‘lamasdan yursa, hokimning
buyrug‘i bilan garov predmeti (yoki obyekti) sotilib, murtahinga bergan
qarzi barobaridagi miqdor to‘lanadi;
7) garov predmeti (yoki obyekti)ni qarzdorning ruxsatisiz hech kim
tasarruf qila olmaydi. Garov obyektidan foydalanib turish borasida
ulamolar ikki xil fikr bildirganlar. Ahmad ibn Hanbal, Abu Lays
Samarqandiy, Hasan Basriy, Abu Is’hoq va boshqalar payg‘ambar
(s.a.v.)ning: « Hayvon garovga qo‘yilgan ekan, uning
yem-hashagi
murtahinning zimmasida bo‘lib, yem-hashagi barobarida sutidan
foydalanishi mumkin», – degan hadisidan kelib chiqib, garov obyektidan
foydalanish mumkinligini ta’kidlaganlar.
Abu Hanifa, Molik, Shofi’iy kabi ulamolar murtahinning garov
obyektidan foydalanishga haqi yo‘q, garov obyektidan keladigan barcha
foyda qarzdorga taalluqli, degan
fikrni bildirganlar;
8) belgilangan muddat tugagach, agar tomonlar o‘zaro kelishsalar,
muddatni yana uzaytirishlari mumkin;
9) garovga beriladigan narsa (garov obyekti) sotishga yaraydigan,
shuningdek ahdlashuv vaqtida mavjud hamda qiymatga ega, olib berish
(topib berish) mumkin bo‘lgan narsa bo‘lishi kerak. Garovning evaziga
beriladigan narsa to‘lovli (mazmun) mol bo‘lishi shart;
10) garov molini oluvchi shaxs uni o‘zi yoki oilasi, sherigi yoki
xizmatchisi kabi ishongan odamning huzurida saqlashi mumkin. Joy
ijarasi, qorovul va farrosh haqi kabi garov molining muhofazasi uchun
ketadigan xarajatlar garovni olgan shaxs tomonidan to‘lanadi. Garov
hayvon bo‘lsa, yemi va cho‘ponining haqi, agar ko‘chmas mulk bo‘lsa,
ta’miri va sug‘orilishi, tozalash kabi uning saqlanishi uchun sarflanadigan
sarfu xarajatlar garov beruvchining zimmasida bo‘ladi. Garov beruvchi va
122
oluvchidan biri boshqasiga taalluqli bo‘lgan xarajatlarni o‘zicha to‘lab
yuborsa, bu ehson, deb qaraladi va uni keyin talab qilib ololmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: