Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/72
Sana31.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#237701
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
Bog'liq
islom huquqi

– birinchidan, jinoyatni isbot etish uchun. Masalan, agar jinoyat 
hudud jinoyatlariga kirsa, unga guvohlik berish (dalil ko‘rsatish) talab 


137
qilinadi. Guvohlar jinoyatning sodir etilgan vaqtini, jinoyatchini jinoyat 
ustida ko‘rishganligini aniq aytishlari lozim bo‘ladi. Bunday talab 
to‘rttala mazhabning imomlari tomonidan ham e’tirof etilgan; 
– ikkinchidan,  jinoyatning oldini olish maqsadida. Masalan, jinoyat 
sodir etilganda, uning shohidi bo‘lgan har qanday shaxs kuchi yetganicha 
jinoyatchini jinoyatdan qaytarishi nazarda tutiladi. 
Jinoyatlar ijobiy va salbiyga ajraladi. 
Ijobiy jinoyatlar – taqiqlangan amallarni qilish tufayli sodir bo‘ladi. 
Masalan, o‘g‘rilik, qotillik, zino, mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish va 
boshqalar. 
Salbiy jinoyatlar – buyurilgan amallarni qilmaslik tufayli sodir 
etiladi. Masalan, guvohning shahodat berishdan bosh tortishi, zakot 
bermaslik va boshqalar. 
Ko‘pgina fiqh olimlari salbiy jinoyatlar ijobiy jinoyatlar natijasida 
kelib chiqishini e’tirof etganlar. Uni sodir etgan shaxslarga esa uqubatlar 
belgilangan. Masalan, hibsda tutib turilgan mahbusga ovqat bermasdan, 
uni nobud qilish ijobiy jinoyatning salbiy jinoyat natijasida kelib 
chiqishidir. Musulmon huquqi ahkomlarida ta’kidlanishicha, ba’zi 
vaqtlarda yordam berishdan bosh tortgan kishilar o‘z qilmishlari uchun 
mas’ul bo‘lmaydilar. Masalan, biror kishi yong‘in ichida yoki suvda 
cho‘kayotgan bo‘lsa, unga yordam bermagan shaxs mas’uliyatdan xolis 
bo‘ladi. 
Jinoyatlar sodir etilish usullariga ko‘ra, oddiy  va  takrorlanuvchi 
jinoyatlarga bo‘linadi.  
Oddiy jinoyatlarga o‘g‘rilik, mast qiluvchi ichimlik iste’mol qilish 
kabilar misol bo‘ladi. Bunday jinoyatlar vaqtincha yoki davom etuvchi 
bo‘lishi mumkin. Hudud, qasos va diya jinoyatlari oddiy jinoyatlar 
toifasiga mansubdir. 
Takrorlanuvchi jinoyatlar biror harakatning qayta takrorlanishidan 
yuzaga keladi. Qilmish ko‘rinishiga ko‘ra, jinoyat bo‘lmasa ham, lekin 
uning qayta-qayta takrorlanishi jinoyat, hisoblanadi. Qayta takrorlanuvchi 
jinoyatlar ta’zir jinoyatlari tarkibiga kirib, ularni bajarish musulmon 
huquqi ahkomlarida man etilgan. Oddiy jinoyatlar sodir etilgan kundan 
boshlab jinoyat hisoblanadi (agar u vaqtincha bo‘lsa, masalan, zino, 
o‘g‘rilik). 
Davom etuvchi jinoyatlar ruxsat etilgan davri tugagan vaqtdan 
jinoyat, deyiladi. 
Ketma-ket sodir etiladigan jinoyatlarda jinoyatchi bir turdagi 
jinoyatlarni ketma-ket sodir etadi. Masalan, jinoyatchi o‘g‘rilik qilib, bir 


138
joydan mollarni olib chiqib ketib, jinoyatni yana takrorlaydi. Yoki biror 
shaxsga ko‘pgina jarohatlar yetkazadi. Musulmon huquqida bunday 
jinoyatlar bitta jinoyat, deb qaraladi. Ular uchun jazo ham bir marta 
beriladi. Kimda-kim ikki yoki undan ortiq marta o‘g‘rilik qilsa, 
qilmishining bir martasi uchun jazo oladi. 
Takrorlanuvchi,
ketma-ket sodir etiluvchi va g‘ayrimuaqqat 
jinoyatlarining bir-biridan farqi. Takrorlanuvchi jinoyatlar ketma-ket 
sodir etiluvchi jinoyatlarga nisbatan ko‘pincha jinoyatga yaqin amallardan 
sodir bo‘ladi. Jinoyatga yaqin bir amalning o‘zi jazo uchun kifoya 
qilmaydi. Shu bois, u jinoyat hisoblanmaydi. Ammo ketma-ket sodir 
etiluvchi jinoyatlarda uning aksi bo‘lib, bitta jinoyat ishi uchun ham jazo 
matlub bo‘ladi. Masalan, bir shaxs biror uyning jihozlarini o‘g‘irlashni 
niyat qilib, shu jinoyatni amalga oshirsa, u buning uchun jazolanishi 
ma’lum. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar g‘ayrimuaqqat jinoyatlardan 
ba’zi xususiyatlari bilan farqlanadi. Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlar 
ko‘p harakatli bo‘lishiga qaramasdan, uzilish bilan sodir etiladi. Har bir 
jinoyat ishidan so‘ng, ma’lum uzilish bo‘lib, keyin esa takrorlanadi. 
G‘ayrimuaqqat jinoyatlar davomli yoki yangilangan holda sodir etiladi. 
Ketma-ket sodir etiluvchi jinoyatlarning bitta jinoyat, deya qaralishining 
sababi – musulmon huquqida bir turdagi jinoyatlar uchun jazolarning 
ko‘paytirilishiga ruxsat etilmasligidir. Uning uchun bitta jazo kifoya, 
deyiladi. Chunki jinoyatchi bir ishni niyat qiladi va uni sodir etadi, u esa 
bitta jinoyat hisoblanadi. 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish