Ikkinchi guruhni Pokiston, Yaman, Liviya, Sudanning huquqiy
tizimlari tashkil etadi. Garchi tizimning bevosita ta’sir doirasi birinchi
guruh mamlakatlaridek keng qamrovli bo‘lmasa-da, so‘nggi vaqtlarda esa
bu ta’sir kuchaygan. Musulmon huquqining tamoyil va normalari mazkur
mamlakatlarning konstitutsiyaviy tusdagi asosiy hujjatlariga, davlat
mexanizmi tarkibi va faoliyatiga katta ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, Yaman
Arab Respublikasining 1970-yilgi konstitutsiyasiga ko‘ra, parlament
shaklidagi oliy vakillik idorasi (1971–1975-yillarda faoliyat yuritgan)
rasmiy «maslahat kengashi» deb ataldi. 1978-yilning boshida
boshqaruvning prezidentlik shakliga o‘tishi to‘g‘risida qabul qilingan
qaror aksariyat «xalifai roshidin»larning mukammal musulmon davlati
tajribasiga asoslangan edi. Maslahat kengashi davlat boshlig‘ining to‘la
hokimiyatini ta’minlangan holda, sof maslahat vazifalarini ado etardi
(1982-yildan 1985-yilgacha faoliyat yurgizdi). Livanda esa 1977-yilning
boshida Qur’on umuman «jamiyat qonuni» deb e’lon qilinib, u amalda
Konstitutsiyaning o‘rnini egalladi.
Zikr etilgan to‘rt mamlakatda musulmon huquqiga rasmiy ravishda
asosiy mavqe berilgan. Masalan, 1973-yilgi Pokiston Konstitutsiyasida
musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai sifatida mavqeini
158
mustahkamladi, Sudanning 1985-yildagi muvaqqat Konstitutsiyasi esa
musulmon huquqining oddiy huquq bilan birgalikda asosiy huquqiy
manbasi ekanligini mustahkamladi. 1977-yilda Pokiston Islom mafkurasi
kengashi tuzildi, u mamlakatda amalda bo‘lgan qonunchilikni musulmon
huquqiga muvofiqlashtirishga doir takliflarni tadqiq etadi. Uning tavsiya-
siga binoan tezda mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotini islomlashtirish
to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. 1971-yilda Liviya Inqilobiy qo‘mon-
donligi Kengashi mamlakatning qonunlariga musulmon huquqi ruhidagi
tuzatish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunday
umumiy yo‘riq mazkur mamlakatlarda qabul qilingan qator huquqiy
hujjatlarda ham muayyan tasdig‘ini topdi. Masalan, musulmonlarga
islomning asosiy tamoyillariga muvofiq keluvchi barcha sharoitlarni
ta’minlash zarurligi to‘g‘risida Konstitutsiyaga, shuningdek zikr etilgan
islomlashtirish haqidagi qonunga tayanib, Pokiston ma’muriyati 1979-
yildan boshlab «musulmon turmush tarzi»ni o‘rnatishga qaratilgan
normativ-huquqiy hujjatlarni, jumladan, sudxo‘rlik, zakot va ushr
to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilgan. Shuningdek, qator jinoyat qonunlari
ham joriy etilgan. Liviyada 1972-yildayoq zakot, xususiy shaxslar
o‘rtasidagi qarz oldi-berdilarida foiz to‘lovlarini taqiqlash, o‘g‘rilik va
talonchilik uchun qo‘l va oyoqlarni chopib tashlash kabi jazolarni
tayinlash to‘g‘risidagi qonunlar kuchga kirdi. Shundan keyin ikki yil
davomida qabul qilingan qonunlarga, er-xotinlikka xiyonat qilish va
spirtli ichimliklar iste’moli uchun musulmon huquqining Molikiylik
tariqatidagi xulosalar asos qilib olindi.
Yaman Arab Respublikasida 1976–1978-yillarda musulmon huquqi
normalarini kodekslashtirish amalga oshirildi. Komissiyaning tashabbusi
bilan hadya etish va vaqflar, qotillik va tan jarohatlar yetkazganlikda qon
uchun to‘lanadigan tovon miqdorini (diya) belgilash to‘g‘risidagi
qonunlar qabul qilindi. Shuningdek, oila va protsessual kodekslar kuchga
kirdi, jinoyat kodeksining aksariyat musulmon huquqi tuzuklari
o‘zlashtirilgan loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjatlardagi qoidalarda
musulmon huquqining eng mutanosib tamoyil va normalari o‘z aksini
topgan.
Sudanda ham huquqiy tizimni shakllantirish borasidagi dadil qadam-
lar qo‘yildi. 1983-yilda bu yerda musulmon delikt huquqining asosiy
tuzilmalarini qabul qilgan jinoyat qonunchiligi kuchga kirdi va u amalda
keng qo‘llanilmoqda (uning amal qilishi barcha fuqarolarga, jumladan
janubiy viloyatlarda yashab turgan musulmon bo‘lmagan fuqarolarga ham
taalluqli). 1985-yilning aprelida Nimeyrining reaksion idora usuli
159
tugatilgach, Sudan rahbariyati mazkur qonunchilikni amaldan to‘xtatish
to‘g‘risidagi maqsadini e’lon qildi. Bu borada gap umuman musulmon
huquqidan voz kechish to‘g‘risida bo‘lmay, balki ilgarigi hujjatlarni
yangilari, ya’ni haqiqiy normalarni qo‘llash nazarda tutilganlari bilan
almashtirish to‘g‘risida bordi.
Fors qo‘ltig‘idagi qator mamlakatlar – Birlashgan Arab Amirliklari,
Bruney, Malayziyaning ayrim shtatlari huquqiy tizimlarini mustaqil
guruhga ajratib tahlil etish zarur. Mazkur mamlakatlarning asosiy
qonunlari, odatda, islomning davlatga oid tavsifini mustahkamlab,
musulmon huquqi qonunchilikning asosiy manbai ekanligini nazarda
tutadi. Monarxiya usulida boshqariladigan bunday mamlakatlarning
ba’zilarida monarx huzurida maxsus maslahat muassasalari –
boshqarishning mumtoz musulmon andozasiga o‘xshash tuzilmalar barpo
etilgan. Masalan, Abu-Dabi va Qatarda hukmdorlar tayinlaydigan ken-
gashlar mavjud. Birlashgan Arab Amirligida esa bu amirliklar – fede-
ratsiya a’zolari tomonidan vakil qilish orqali shakllanadi. Amirliklarning
aksariyatida qonun hujjatlari hukmdorning o‘zi tomonidan shaxsan qabul
qilinadi, lekin bunda maslahatlashish jarayoniga rasmiy ravishda rioya
qilinadi. Mazkur mamlakatlarning saylov huquqida musulmon an’analari
ta’siri saqlanib qolgan. Masalan, 1982-yilning boshida Quvayt parlamenti
ayollarga saylov huquqini berish to‘g‘risidagi qonun loyihasining islom
tamoyillariga zidligi bois, rad etdi.
Zikr etilgan guruhdagi davlatlar huquqiy tizimlarida ham musulmon
huquqining ta’siri sezilarli bo‘lmoqda. Lekin bunday ta’sir yuqorida
eslatilgan ikki huquqiy tizimdagidek maqomda emas. Masalan, 1960-
yildagi Quvayt Jinoyat kodeksi (1964-yildagi to‘ldirishlar bilan) va 1976-
yilgi Bahrayn Jinoyat kodeksi spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlik va
qimor o‘yinlari uchun jazoni nazarda tutadi. Bruneyda ham spirtli
ichimliklar bilan savdo qilishni cheklash to‘g‘risida qonun qabul qilingan.
Abu-Dabida bosqinchilik uchun qo‘lni chopib tashlash joriy qilingan.
Birlashgan Arab Amirligi qonunchiligi machitlarning imom va xatiblari
huquqiy maqomini batafsil mutanosiblashtiradi. Bahraynda esa haj
safarini tashkil etish va zakot fondi to‘g‘risidagi qonunlar amal qilmoqda.
Bruney va Malayziyada musulmon delikt huquqining normalari diniy
majburiyatlar: namoz, zakot to‘lovi, ro‘za tutish qoidalarini buzganlik
uchun qo‘llaniladi.
Ko‘p sonli guruhning aksariyatini arab mamlakatlarining huquqiy
tizimlari tashkil etadi. Ushbu guruhga Misr, Suriya, Iroq, Livan,
Marokash, Iordaniya, Jazoir, shuningdek Afrikaning qator mamlakatlari –
160
Somali, Mavritaniya, Nigeriyaning shimoliy shtatlari va Osiyodagi
Afg‘oniston kabi mamlakatlarning huquqiy tizimlarini kiritish mumkin.
Mazkur guruhga kiruvchi mamlakatlar huquqiy tizimlariga musulmon
huquqi bir necha jihatlardan ta’sir ko‘rsatgan. Ularning konstitutsiyaviy
huquqi, odatda, musulmon huquqining mavqeini mustahkamlaydi. Ushbu
davlatlarning konstitutsiyalarida davlat boshlig‘i faqat islom dinidagi
shaxs bo‘lishini, musulmon huquqi esa qonunchilikning asosiy manbai
ekanligi nazarda tutiladi. Mazkur konstitutsiyaviy holat amalda huquq va
sud tuzilishining boshqa tarmoqlarida ham joriy etiladi. Masalan, zikr
etilgan mamlakatlarning ko‘pchiligida oila huquqi bo‘yicha butunlay
musulmon huquqiga asoslangan qonunlar qabul qilingan. Livanda 1920-
yil qabul qilingan oila to‘g‘risidagi Usmon qonunining amal qilishi, 1920
va 1929-yillarda Misrda oila qonuni, Suriyada 1953-yilgi shaxsiy maqom
haqidagi qonun, Iroq, Tunis, Marokash, Jazoir kabi mamlakatlardagi
qonunlar shular jumlasidandir. Qator mamlakatlarning fuqarolik
kodekslarida (masalan, Misr, Suriya, Iroq) vorislik va vasiyatlarga oid
barcha masalalar musulmon huquqi va unga asoslangan qonunlar orqali
hal qilinadi.
Boshqa tarmoqlarda musulmon huquqi bu qadar keng ko‘lamda amal
qilmaydi. Biroq uning ayrim normalarining ta’siri seziladi. Fuqarolik
huquqida, bundan tashqari, qonunda mutanosiblashtirilmagan holatlarda
uning qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi. Chunonchi, Misr, Suriya, Iroq, Jazoir,
Afg‘oniston Fuqarolik kodekslarining ilk moddalarida qonundan
normalar topilmaganda, hakam musulmon huquqining normalarini
qo‘llaydi, deyilgan. Mazkur mamlakatlar Fuqarolik kodekslarining
moddalari musulmon huquqining ko‘plab va muayyan qoidalarini qishloq
xo‘jaligi va vaqf yerlarini ijaraga olish, qarzni ko‘chirish kabi masalalarni
yoritish orqali mustahkamlaydi. Ushbu mamlakatlarning fuqarolik
huquqida muayyan, jumladan ko‘chmas mulkka egalik huquqini
mutanosiblashtiradigan mavqeini vaqf mulkini idora qilish to‘g‘risidagi
musulmon huquqiy normalari belgilaydi. Bunday holat huquqning boshqa
tarmoqlarida, masalan, Marokash va Shimoliy Nigeriyaning Jinoyat
kodekslarida ham kuzatiladi
1
. 1976-yilda qabul qilingan Afg‘oniston
Jinoyat kodeksi ham qotillik, talonchilik, spirtli ichimliklarni iste’mol
qilish, o‘g‘rilik, er-xotinlikka xiyonat qilish va hokazolar uchun mu-
sulmon huquqi bo‘yicha jazolashni nazarda tutadi.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ʌɢɯɚɱɟɜ ȼ.Ⱥ. ɍɝɨɥɨɜɧɨɟ ɩɪɚɜɨ ɜ ɧɟɡɚɜɢɫɢɦɵɯ ɫɬɪɚɧɚɯ Ⱥɮɪɢɤɢ. –
Ɇ., 1974. – ɋ. 78.
161
Umuman, musulmon huquqining amal qilish doirasi mazkur guruhda
ancha cheklangan. Ularning ba’zilari (Suriya va Iroq)da oila huquqiga oid
musulmon huquqiy qoidalarining muayyan demokratlashganini kuzatish
mumkin. Shu bilan birga, bunga teskari holatlar ham ko‘zga tashlanadi.
Bunga so‘nggi yillarda Misr huquqiy tizimida musulmon huquqi
mavqeining kuchayib borayotganligi misol bo‘ladi. Chunonchi, Misrning
1978 yilgi ichki frontni himoya qilish to‘g‘risidagi qonuni ilohiy
qonunlarni inkor etuvchi yoki ularning normalariga zid qarashlarni targ‘ib
qiluvchi yoxud shunday g‘oyaviy oqimlarning tashabbuskori bo‘lgan
shaxslarning saylanadigan davlat idoralari va jamoat uyushmalari
qo‘mitalaridagi mas’ul lavozimlarni egallashini taqiqlaydi. Bundan
tashqari, qonun chiqarish tartibida siyosiy partiyalarning ustavlari,
shuningdek ularning dasturlari va tamoyillari musulmon huquqi
qonunchilikning asosi ekanligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qoidani
shubha ostida qoldirishi mumkin emas. XX asr 70-yillarining boshlarida
Misrda musulmon huquqini kodekslashtirishga oid kengash tuzilib, u
Xalq majlisining topshirig‘iga binoan Jinoyat, Oila va Fuqarolik
kodekslarining loyihalarini ishlab chiqdi. Musulmon huquqining ta-
moyillari faqat qonun chiqarishning asosiy manbalaridan biri emas, balki
bosh manba ekanligi to‘g‘risidagi o‘zgartirish 1980-yilda Misr
Konstitutsiyasiga kiritildi. Shu vaqtdan boshlab maslahat kengashi amal
qilib, u o‘zining boshqa vazifalaridan tashqari mazkur konstitutsiyaviy
qoidaning himoyasi uchun ham zarur choralarni ishlab chiqdi.
Mavritaniyada ham musulmon huquqi mavqeining kuchayganligi
e’tiborni tortadi. Bu mamlakatda 1980-yilda maxsus musulmon sudi
tashkil etilib, unda bir necha marotaba had jazosi – o‘g‘rilik uchun qo‘lni
chopib tashlash amalga oshirildi. Ushbu guruhga kiruvchi mamlakatlarda
shaxsiy maqom munosabatlari bilan bog‘liq bahs-munozaralarni ko‘rib
chiqishda musulmon protsessual huquqining aksariyat normalarini
qo‘llaydigan musulmon sudlari faoliyat ko‘rsatmoqda (Misrda bunday
normalar umumfuqarolik sudlari tomonidan qo‘llaniladi). Shuni qayd
qilish zarurki, musulmon huquqining vorislik, vasiyat, vaqflar, vasiylik,
homiylik (qaramoqqa olish), huquqiy salohiyatni cheklash to‘g‘risidagi
qoidalar zikr etilgan mamlakatlarning aksariyatida barcha fuqarolarga,
jumladan nomusulmonlarga ham taalluqlidir.
Afrika qit’asining Tanzaniya, Keniya, Gvineya kabi mamlakatlari,
shuningdek, Osiyodagi mamlakatlar – Hindiston va Filippin huquqiy
tizimi maxsus guruhni tashkil etadi. Ushbu mamlakatlarda musulmon
huquqi shaxsiy maqom munosabatlarini mutanosiblashtirish, shuningdek
162
vaqflarning huquqiy maqomi, zakot yig‘ish va xarjlashga doir
munosabatlarda amal qilib kelmoqda. Ba’zida mazkur mamlakatlarda
qonunlarni qabul qilishga musulmon huquqi normalarining ta’siri
kuchaymoqda. Chunonchi, Tanzaniyada 1971-yilda qabul qilingan Oila
kodeksi musulmon huquqining ayrim normalarini mustahkamladi. Lekin
ushbu huquq Zanzibarda amal qilmaydi, zero musulmonlarining asosiy
qismi mazkur mamlakatda yashaydi. Bu mamlakatda musulmon huquqi
ta’siridagi oila huquqi (qisman) ham, fuqarolik huquqi ham qo‘llanishda
davom etmoqda. Keniyaning 1972-yilgi vorislik huquqi to‘g‘risidagi
qonuni ayrim mintaqalarda musulmon aholi o‘rtasida mulkning ayrim
toifalariga nisbatan musulmon huquqini qo‘llashga yo‘l qo‘ydi. Ushbu
mamlakatda musulmon huquqi shafiylar tariqatining nazariyasiga
asoslanib, musulmonlar (ular aholining to‘rtdan bir foizini tashkil etadi)
o‘rtasidagi nikoh-oila munosabatlarini mutanosiblashtiradi.
Gvineya, Mali kabi mamlakatlarning nikoh-oila qonunchiligida
musulmon huquqining muayyan ta’siri kattadir. Ayrim mamlakatlarda
(masalan, Chad va Nigeriyada) Molikiylar mazhabi nazariyasiga
asoslangan musulmon huquqi musulmonlarning shaxsiy maqomi
munosabatlarini va vaqf mulki huquqiy idora usulini mutanosiblashtirib
kelmoqda. Ushbu guruhga kiruvchi ba’zi mamlakatlarda (Nigeriya,
Keniya, Filippinda) musulmon sudlari amal qiladi. Ammo qayd etish
mumkinki, tropik Afrika, Janubi-Sharqiy Osiyoning aksariyat
mamlakatlarida musulmon huquqi mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mahalliy
odat huquqining bir turi kabi maqomdadir.
Tunis huquqiy tizimi ham o‘ziga xos xususiyatlari bilan alohida
e’tiborga molik. Uning nikoh-oila qonunchiligi musulmon huquqi
ta’sirida bo‘lsa-da, ammo qator muhim tuzilmalari amal qilmaydi.
Ko‘pxotinlilik qonunan taqiqlangan va farzandlikka asrab olish e’tirof
etilgan. Yaman Xalq Demokratik Respublikasining Oila kodeksi, garchi
musulmon huquqining ayrim qoidalarini o‘zida mustahkamlangan bo‘lsa-
da, mohiyatan ayolga oilaviy munosabatlarda erkaklar bilan teng huquq-
larini taqdim etgan. Har ikkala mamlakatda ham musulmon sudlari
tugatilgan. O‘rganib chiqilgan mamlakatlar bilan qiyoslaganda, ushbu
mamlakatlarda musulmon huquqining ta’siri juda cheklangan.
Islom mamlakatlari qonunchiligida fiqh qoidalarining mustahkam-
lanishi holatining musulmon huquqining ushbu mamlakatlar huquqiy
tizimlari uchun qanday ahamiyatga egaligi to‘g‘risidagi savolning
tug‘ilishi tabiiydir. Boshqacha aytganda, bunday normativ hujjatlarni
qaysi ma’noda «musulmon huquqi» deb atash va musulmon huquqi
163
qonun chiqarishning asosiy manbai, degan iborani qanday tushunish
mumkin?
Fikrimizcha, savollarga javob berishda masalaning bir necha
tomonini inobatga olmoq joiz. Eng avvalo, musulmon huquqining
evolutsiyasiga nazar tashlab, mumtoz normalarning hozirgi qonunchi-
likdagi qoidalardan mohiyatan muhim tafovutini alohida ta’kidlash
darkor. Musulmon huquqi yangi sharoitlarda bir qadar o‘zgargan holda,
mustaqil huquqiy hodisa kabi amal qiladi, deb aytish xato bo‘ladi.
Musulmon huquqining qoidalari nafaqat shakan, balki, mazmunan ham
muhim o‘zgarishlarga uchradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |