7.3. «Meros» tushunchasi va uning taqsimoti
Islom meros huquqi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi
1
. Meros huquqi
islomda Qur’oni karimning «Niso» surasi, payg‘ambar (s.a.v.)ning
sunnatlari
2
hamda olimlar ijmosi orqali tartibga solingan. Meros ilmi
islomda eng mo‘tabar ilmlardan hisoblanib, Qur’onda bu haqda «meros
ilmi ilmlarning yarmini tashkil qiladi», deyilgan. Hanafiy mazhabi
olimlari meros huquqini qonun va vasiyat bo‘yicha ajratib o‘rganganlar.
Qonun bo‘yicha vorislik quyidagicha ifodalangan, ya’ni eng avvalo,
musulmon huquqida inson dunyodan o‘tgach, undan qolgan mulkni meros
sifatida taqsimlashdan avval mol-mulkka nisbatan to‘rt xil haq aniqlanadi:
kafanlash; yuvish-ko‘mish xarajatlarini qilish; mayitning moliyaviy
qarzlarini uzish; vasiyatni amalga oshirish.
Bunda, agar merosxo‘rlari bo‘lmasa, farz va vojib amallariga ko‘ra,
vasiyat hamma moldan amalga oshiriladi. Ammo vasiyat muayyan bir
shaxsga qilingan bo‘lsa-yu, u shaxs merosxo‘rlardan bo‘lmay, o‘z
merosxo‘rlari mavjud bo‘lsa, bu vasiyat merosning uchdan birigacha
bo‘lgan qismidan amalga oshiriladi.
1
Ԕɚɪɚɧɝ: Ɍɭɪɫɭɧɨɜ Ⱦ. Ɇɟɪɨɫ ԟɭԕɭԕɢ. — Ɍ., 2004.
2
Ɇɭԟɚɦɦɚɞ ɒɚɜɤɨɧɢɣ ʆɬɬɢɡɝɚ ɹԕɢɧ ԟɚɞɢɫ ɤɟɥɬɢɪɝɚɧ. Ԕɚɪɚɧɝ: ɆɭΣɚɦɦɚɞ
ɒɚɜɤɨɧɢɣ. ɇɚɣɥɭɥ ɚɜɬɨɪ ɦɢɧ ɚԟɨɞɢɫɢ ɫɚɣɣɢɞɢɥ ɚԟɺɪ (ɉɚɣԑɚɦɛɚɪɢɦɢɡɧɢɧɝ
ԟɚɞɢɫɥɚɪɢɞɚɧ ɤʆɡɥɚɧɝɚɧ ɦɚԕɫɚɞɝɚ ɟɬɢɲɢɲ). ɀ. 6. – Ȼɚɣɪɭɬ-Ʌɭɛɧɨɧ, 1973.
– Ȼ. 168–198.
110
Qur’oni karim «Niso» surasining 8-oyati mazmuniga ko‘ra,
merosxo‘rlar uch guruhdan iborat: farzgirlar
–
Qur’onda ulushlari bayon
qilingan qarindoshlar; asaba – bular ota tomondan qarindoshlar bo‘lib,
farzgirlardan qolgan mulkning hammasini, agar farzgirlar bo‘lmasa,
hamma molni oladilar; zav ul-arhom – bular farzgir ham, asaba ham
bo‘lmagan qarindoshlar bo‘lib, birinchi va ikkinchi guruhdagi
merosxo‘rlar bo‘lmaganlarida, merosni olishga haqli bo‘ladi.
Meros olmaydigan qarindoshlar to‘rt guruhga bo‘linadilar: qul;
dinsiz; meros qoldiruvchisini merosni tezroq qo‘lga kiritish uchun nohaq
yo‘l bilan qasdan o‘ldirgan merosxo‘r. U ham merosdan mahrum etiladi.
Ammo tasodifiy holatlar bundan mustasno. Masalan, quduq qazisa-yu,
shu quduqqa qarindoshi tushib o‘lsa yoki jinni o‘z otasini o‘ldirsa,
shunday holatlarda meros olinadi; ixtilofi dorayn, ya’ni din jihatidan
farqlanadigan ikki mamlakatda (islom va nomusulmon mamlakatlarda)
yashaydigan qarindoshlar bir-birlaridan meros olish huquqidan mahrum
bo‘ladilar. Ammo ota islom mamlakatida bo‘lib, bola esa g‘ayridin
mamlakatda yashasa-da, musulmon bo‘lsa, meros oladi.
Farzgir ota uch xilda meros oladi: mayitning farzandi yoki nabirasi
bo‘lsa, molning 1/6 qismini oladi; mayitning qizi yoki o‘g‘lining qizi
bo‘lsa, farzgir sifatida merosning 1/6 qismini oladi. Ayni paytda ulardan
qolganini asaba sifatida ham oladi; mayitning farzandi yoki nabiralari
bo‘lmasa, asaba sifatida hamma molni oladi.
Bobo ikki xil bo‘ladi: otaning otasi — sahih bobo; onaning otasi —
fosid bobo (fiqhiy adabiyotda onaning otasi sahih boboning ziddi
tariqasida fosid bobo, deb keltirilgan).
Bobo ham otaga o‘xshaydi, lekin ikki masalada otadan farq qiladi:
birinchi masala: mayitning onasi mayitning otasi bilan birga yashaganida
(mayitning eri yoki xotinining ulushidan) qolgan molning 1/3 qismini,
bobosi bilan birga yashaganida esa, hamma molning 1/3 qismini oladi.
Ona ham uch xil meros oladi: mayitning avlodi bo‘lmasa, merosning
1/3 qismini oladi; agar avlodi bo‘lsa yoki ikkita aka-uka, opa-singlisi
bo‘lsa, 1/6 qismini oladi.
Momolar qancha bo‘lsalar ham, ikki yoki uch tarafli bo‘lsalar ham,
merosning 1/6 qismiga o‘zaro sherik bo‘ladilar. Uzoq qarindoshlar yaqin
qarindoshlar mavjudligi sababli merosdan mahrum bo‘ladilar (masalan,
ota yoki onaning hayotligi sababli momolar (katta onalar) merosdan
to‘silib qoladilar).
111
Er ikki holatda meros oladi: xotinning avlodi mavjud bo‘lmaganida,
merosning yarmini; o‘lgan xotinning avlodi mavjud bo‘lsa, ularning otasi
kimligi yoki noma’lumligidan qat’i nazar, merosning 1/4 qismini.
Xotin ham ikki xil meros oladi: agar erning avlodi bo‘lmasa, molning
1/4 qismini; ammo erning farzandi bo‘lsa, molning 1/8 qismini.
Xotinlar nechta bo‘lsalar ham, yuqoridagi ulushda o‘zaro sherik
bo‘ladilar.
Qiz uch holatda meros oladi: yolg‘iz qiz hamma molning yarmini
oladi; qizlar ikkita yoki undan ortiq bo‘lsalar, molning 2/3 qismini
bo‘lishib oladilar; qizlar aka-ukalari bilan birga hisoblanganida, o‘g‘illar
ularni ham asaba qiladi. Bunda qiz o‘g‘il farzand ulushining yarmini
oladi.
O‘g‘ilning farzandi, ya’ni nabira, o‘g‘il bo‘lsa — o‘g‘il o‘rnida, qiz
bo‘lsa — qiz o‘rnida bo‘ladi. Ammo ular mayitning o‘g‘li bo‘lmaganida
meros oladilar, aks holda, merosdan to‘silib qoladilar.
(Ota-ona bir) opa-singillar. Agarda mayitning qizi ham bo‘lmasa,
opa-singillar merosxo‘rlikda qiz kabi bo‘ladilar. Bir nafar bo‘lsa —
hamma molning yarmini, ikki nafar yoki undan ko‘p bo‘lsalar, molning
2/3 qismini, agar aka-ukalari bilan birga bo‘lishsa, ikki qiz bir o‘g‘ilning
ulushi barobarida meros oladi.
Mayitning ota bir opa-singillarining ulushlari quyidagicha: ular ota-
ona bir opa-singillar bo‘lmay, yolg‘iz bo‘lsa, hamma molning yarmini,
ikki va undan ortiq bo‘lsalar, 2/3 qismini, opa yoki singil bo‘lganida esa,
1/6 qism ulush oladilar.
Asaba ota tarafdan qarindosh bo‘lib, farzgirlardan ortib qolgan molni
bo‘lib oladi; agar yolg‘iz bo‘lsa, hamma molni oladi. Asaba ikki xil
bo‘ladi: a) asabai nasabiyya; b) asabai sababiyya.
Asabai nasabiyya uch xil bo‘ladi:
a) asaba binafsih — o‘z-o‘zidan asaba bo‘lib, u bilan mayit orasidagi
nasab nisbatida ayol zoti kirmagan kishidir;
b) asaba big‘ayrih — boshqa birovning (masalan, akasining) vositasi
ila asaba bo‘ladigan ayollar;
d) asaba ma’a g‘ayrih — boshqa biror qiz qarindoshi bilan birgalikda
asabaga aylanadigan ayollar.
Asabai sababiyya ikki xildir:
1) qulni ozod qilgan xo‘jayin (quldor);
2) mavlal muvolah, ya’ni nasabi ma’lum bo‘lmagan kishi boshqa
kishi bilan «Men o‘lsam merosxo‘rim bo‘lasan, jinoyat qilsam, xunini
to‘lashga yordam qilasan», deb ahd-paymon qilgan do‘st.
112
Asabalarning avlosi (afzali) o‘g‘il, keyin uning o‘g‘li (va uning
zurriyotlari), ota, bobo (qancha yuqori ketsa ham), so‘ngra ota-ona bir
aka-uka, keyin ota bir aka-uka, keyin uning o‘g‘li, keyin esa ona bir aka-
ukaning o‘g‘li, keyin ularning o‘g‘illari. Asabaning eng oxiri ham zav ul-
arhomdan oldin turadi.
Zav ul-arhom. Bu toifaga mayitning farzgir ham, asaba ham
bo‘lmagan qarindoshlaridir. Ularga mayitning ammasi, xolasi, opa-
singillarining qizi, onasining otasi, tog‘asi va qizining bolalari kabi
qarindoshlari kiradi. Ular mayitning farzgir va asaba qarindoshlari
bo‘lmagan taqdirdagina, meros olishga haqli bo‘ladilar. Farzgir mavjud
bo‘lganida, ular meros olmaydilar. Lekin mayitning eri yoki xotini qolsa-
yu, boshqa qarindoshi bo‘lmasa, qolgan molni zav ul-arhom oladi.
Zav ul-arhomlar besh guruhga bo‘linadilar:
1) mayit qizlarining bolalari;
2) onasining ota-onalari;
3) ota-ona bir opa-singillarining bolalari, shuningdek ota bir opa-
singillarining bolalari; o‘g‘lining qizining bolalari, amakisining bolalari
hamda ona bir aka-ukalarining bolalari;
4) mayitning tog‘asi, xolasi, ammalari hamda amakisining qizlari va
ularning bolalari;
5) ota va onaning ammalari, xolalari, tog‘alari hamda otasining ona
bir amakisi va onaning amakilari hamda ularning bolalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |