Akadem I ya h. Odilqoriyev, N. Azizov, X. Madirimov davlat va huquq



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/130
Sana01.01.2022
Hajmi1,37 Mb.
#290860
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130
Bog'liq
Davlat va huquq tarixi [@ilmbot]

Devoni sarkori xossa hukmron sulolaga tegishli yer-suv va mol-mulk 
boshqaruvi, nazorati hamda soliq ishlariga mas’ul hisoblangan. Boshqa 
devonlar nomlari esa manbalarda uchramaydi. 


 159
Dargohda katta mavqega ega bo‘lgan lavozimlardan biri Shayx ul-
islom  bo‘lib, u davlat va jamiyatdagi mafkuraviy hayotda asosiy o‘rinda 
turgan. U shariat qoidalarining to‘g‘ri tatbiq etilishi va ularga rioya 
etilishining umumiy nazoratini yuritgan va doimo xabardor bo‘lib turgan. 
Joylarda axloqiy normalarga rioya qilinishi, amaldorlar va 
ruhoniylarning bu masalaga munosabatini bilib borish bilan muxtasib 
shug‘ullangan. Joylarga muxtasibga bo‘ysunuvchi raislar tayinlangan. 
Bosh sadr diniy muassasalar ta’minoti uchun ajratilgan vaqf 
mulklarini boshqargan. Joylarda esa unga bo‘ysunuvchi sadrlar  faoliyat 
ko‘rsatgan.
Qozi kalon (bosh qozi, katta qozi) mamlakatda shariat sud ishlariga 
yetakchilik qilgan. Harbiylar hayotida yuz beradigan huquqiy masalalarni 
qozi askar hal qilgan. Unga qozi askar va mahalliy qozilar bo‘ysungan. 
Qozi kalonga viloyat qozilari ustidan shikoyat qilish mumkin bo‘lgan. 
Agar qozi fisq yo‘liga kirsa, masalan pora olsa, zino qilsa yoki xamr ichsa 
ishdan chetlatilgan. 
Davlat ahamiyatiga molik mansablardan yana biri otaliqdir. «Otaliq 
qilmoq», «otasining o‘rnini bosmoq» mazmunini beruvchi mazkur 
amaldor markaziy hokimiyatning joylardagi vakili bo‘lgan. Oliy hukmdor 
viloyatlar boshqaruviga shahzodalarni tayinlash barobarida ularga otaliq, 
ya’ni o‘z nazoratchisini, ishongan shaxsini biriktirgan. Ayniqsa, balog‘at 
yoshiga yetmagan shahzodalar viloyatlarga tayinlangan hollarda, ular to 
ulg‘ayib mustaqil faoliyat ko‘rsatish darajasiga yetguniga qadar davlat 
ishlarini boshqarish shu otaliqlar zimmasiga yuklatilgan. Bunday hollarda 
otaliqlar amalda viloyat boshqaruvini, markaz bilan munosabatlar holatini 
hal etib kelgan. Bundan kelib chiqadiki, otaliqlarning asosiy vazifasi 
joylar – viloyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Yasovullar oliy hukmdor va shahzodalar o‘rtasidagi aloqalarni yo‘lga 
qo‘yish ishlarini olib borgan. Shahzodalarni xon tomonidan qabul qilish, 
ularning arzi va iltimoslarini yetkazish kabi tadbirlar shular jumlasidandir. 
Oliy hukmdor chiqargan hukmlar, yorliqlar va boshqa rasmiy 
hujjatlarni ijrochilarga yetkazish ishlariga parvonachi  javobgar bo‘lgan. 
Urush paytlarida esa ular harbiy yetakchilik vazifalari bilan ham 
shug‘ullangan. 
Dargohga tushgan arzlarni qabul qilish, javobini berish hamda 
mamlakatdagi ijtimoiy adolat tartiblariga rioya qilishning nazorati kabi 
yumushlarga dodhoh mutasaddi edi.  
Dargohdagi xavfsizlik, tartib-intizom, kirish-chiqishdan xabardorlik 
kabi tadbirlar eshikog‘aboshi  boshchiligida olib borilgan. Uning 


 160
bo‘ysunuvida  chap eshikog‘asio‘ng eshikog‘asieshikog‘asi  bo‘lgan. 
Ular urush paytlarida oliy hukmdorning eng muhim harbiy topshiriqlarini 
ham bajarib borgan. 
Bundan tashqari, yana dargohda quyidagi lavozimlar ta’sis etilgan: 
Mirzaboshi  (uning bo‘ysunuvida mirzalar bo‘lgan); shig‘ovul  (elchilarni 
qabul qiluvchi); qo‘rchiboshi  (qurol-aslaha xizmati boshlig‘i, uning 
amaldori jibochi); chuhraboshi  (maxsus qullardan iborat harbiy qism 
boshlig‘i);  miroxur  (oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov, ularning 
ta’minotiga mas’ul); qushbegi  (podshohona ov todbirlarini uyushti-
ruvchi);  qorovulbegi; tug‘begikitobdor; munshiy; muhrdor; xazinachi;
tavochi; bakovulboshi; dasturxonchi; jarchi va boshqalar. 
Mahalliy boshqaruv. Ma’muriy jihatdan Shayboniylar davlati, yoinki 
XVI asrning ikkinchi yarmidan Buxoro xonligi deb ataluvchi bu davlat ilk 
davrlardayoq viloyat va tumanlarga taqsimlangan. Viloyatlarni hokimlar 
boshqargan, ular bevosita xon tomonidan tayinlangan. Dastlabki 
davrlarda viloyatlar asosan hukmdor sulola namoyandalari orasida mulk 
o‘rnida taqsimlab berilgan.  
Shuningdek, viloyatlarga yirik amaldorlarni tayinlashning alohida 
tartibi bo‘lib, joylarda dargohlar faoliyat ko‘rsatgan. Yuqorida keltirilgan 
lavozimlar mahalliy boshqaruv tizimida joriy etilgan. Shayboniylar 
zamonida qal’a boshlig‘i qutvol deyilgan bo‘lsa-da, shu bilan birga u 
shahar hokimi maqomiga ega bo‘lgan. 
Mamlakatda eng yirik yer egasi xon hisoblangan. U davlat 
yerlarining oliy mulkdori bo‘lgan. Umumdavlat yerlari ijaraga berilgan
lekin ularni sotish, tuhfa qilish va vasiyat qilib qoldirish mumkin 
bo‘lmagan. Xonning mulk  yerlari ham mavjud bo‘lib, u boshqa mulk 
egalari singari sotib olish va sotish huquqiga ega bo‘lgan.  
Mamlakatda yerga bo‘lgan xususiy mulkchilik munosabatlari keng 
tarqalgan. Yerlarni tortiq etish bo‘yicha alohida «tanho» instituti mavjud 
bo‘lib, bunday yerlar XVI asrda yuqori tabaqa vakillari va ruhoniylarga 
davlat oldidagi xizmatlari uchun tuhfa etilgan. Tarxon, suyurg‘ol 
institutlari ham amal qilgan. Tarxonlik huquqiga nafaqat harbiylar, 
savdogarlar va boshqa aholi qatlamlari ham ega bo‘lgan. U suyurg‘ol 
singari davlat oldidagi alohida xizmatlar uchun in’om etilgan. Yersiz 
ziroatchilar mulkdorlar yerida ishlab, odatda, hosilning 1G‘3 yoki 1G‘5 
qismiga egalik qilgan. 
Eng ko‘p tarqalgan soliq turlaridan zakot (ko‘psur), xiroj, ushrni 
ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, mavjud yig‘imlarning tanobona, 
zobitona, madadi-lashkar, peshkash va boshqa turlarini ko‘rsatish 
mumkin. 


 161

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish