182
biriga Xabeas korpus haqida buyruq berishini talab qilishi mumkin edi.
Bunday sudyalar tomonidan berilgan
yozma buyruqqa asosan
mahbusning ishini yurituvchi shaxs 24 soat ichida qamoqqa olish
sabablarini ko‘rsatgan holda uni sudga olib kelishi lozim edi. Aks holda
ish yurituvchiga nisbatan birinchi marta jarima, ikkinchi marta
mansabidan bo‘shatish jazosi belgilangan. Sud qamoqqa olish asoslarini
ko‘rib chiqib, mahbusni sudgacha garovga qo‘yib yuborish yo qamoqda
ushlab turish yoxud butunlay ozod qilish haqida qaror qabul qilgan.
O‘zbekiston Respublikasida ayni bugungi kunda mazkur «Xabeas
korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi
sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga
o‘tkazilishi muhim qadam bo‘ldi
1
.
1673-yilda Qirol qasamyodi to‘g‘risidagi
akt qabul qilinib, uni
qo‘llashga 1689-yildan boshlab alohida e’tibor berilgan. 1689-yilda
konstitutsiyaviy monarxiyaning o‘rnatilganligi parlamentda shu yil qabul
qilingan «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill», 1701-yilgi «Taxt vorisligi
haqidagi akt»da mustahkamlangan.
«Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» davlatning shakli, oliy boshqaruv
organlari va ularning vakolatlari, fuqaro huquqlari va erkinliklari, soliq va
qo‘shin masalalarini ham tartibga solgan.
1701-yilda «Huquqlar to‘g‘risidagi Bill» qirol
hokimiyatini
cheklovchi bir qancha qoidalar bilan to‘ldirilgan. Ushbu qoidalar ingliz
konstitutsiyasining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, sud
hokimiyatining ijroiya hokimiyatidan ajratilganligi e’lon qilingan.
Sudyalarning almashtirilmasligi tamoyili bo‘yicha ular mansablaridan
parlament qarori bilan chetlashtirilishi mumkin bo‘lgan.
1701-yilgi «Taxt vorisligi to‘g‘risidagi akt» yana bir juda muhim
konstitutsiyaviy qonundir. U orqali taxtning keyingi davrlarda aynan
kimga va qaysi sulolaga o‘tishi mustahkamlangan. Ingliz konstitutsiyasi
izchillik bilan tuzilmagan bo‘lsa-da, unda hokimiyatning
taqsimlanishi
g‘oyasi mujassamlangan. Shu tariqa davlat hokimiyatining juda muhim
institutlari rasmiylashtirilgan.
Shunday qilib, XVIII asr boshiga kelib Angliyada quyidagi uchta
muhim konstitutsiyaviy qonun: Xabeas korpus akt; Huquqlar to‘g‘risidagi
1
Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. Ɇɚɦɥɚɤɚɬɢɦɢɡɞɚ ɞɟɦɨɤɪɚɬɢɤ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɹɧɚɞɚ
ɱɭԕɭɪɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɮɭԕɚɪɨɥɢɤ ɠɚɦɢɹɬɢɧɢ ɪɢɜɨɠɥɚɧɬɢɪɢɲ ɤɨɧɰɟɩɰɢɹɫɢ:
ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ
Ɋɟɫɩɭɛɥɢɤɚɫɢ
Ɉɥɢɣ
Ɇɚɠɥɢɫɢ
Ԕɨɧɭɧɱɢɥɢɤ
ɩɚɥɚɬɚɫɢ
ɜɚ
ɋɟɧɚɬɢɧɢɧɝ ԕʆɲɦɚ ɦɚɠɥɢɫɢɞɚɝɢ ɦɚɴɪɭɡɚ. – Ɍ., 2010. – Ȼ. 22.
183
Bill; Taxt vorisligi haqidagi akt qabul qilingan. Ular ingliz konstitut-
siyasining yozilgan qismini tashkil etgan.
Ingliz konstitutsiyaisning o‘ziga xos xususiyati shunda ediki, u
yagona qonun hujjati bo‘lmagan. Uning muhim qismini amaliyotda
o‘rnatilgan va yozilmagan shartli qoidalar tashkil etadi. Ana shunday
qoidalar, ya’ni konstitutsiyaviy pretsedent (konstitutsiyaviy odatlar)ning
o‘rnatilishi XVIII asrda ingliz konstitutsiyasining rivojlanishini
belgilagan. Ulardan asosiylari qirolning ministrlar kabineti majlislarida
qatnashmasligi, hukumatning saylovlarda g‘olib chiqqan partiya
a’zolaridan tuzilishi, ministrlar kabinetining jamoa javobgarligi, qirolning
veto huquqidan voz kechishi hisoblanadi.
1707-yildan boshlab qirolning veto huquqidan umuman foydalanmay
qo‘yishi butun qonun chiqarish hokimiyatini parlamentga o‘tkazgan.
Keyingi davrlardagi huquqiy islohotlar aynan
parlament qonun ijodkorligi
natijasida kechadi. Jumladan, 1832, 1867 va 1911-yillarda parlamentni
isloh qilishga qaratilgan qonunlar qabul qilinadi.
XIX asr oxiri va XX asr boshlariga qadar jamiyat siyosiy tizimi bir
qancha demokratik qonun chiqarish orqali yaxshilanib boradi.
Konservator partiyasi tomonidan matbuot, ishlab chiqarish, mehnat
shartnomalari, ish vaqti, bolalarning mehnatini muhofaza qilish, jamoat
sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan.
XIX asr oxirida saylov huquqini demokratlashtirishga qaratilgan
qator qonunlar qabul qilindi. 1865-yilda Angliya parlamenti «Mustam-
lakalar qonunlarining haqiqiyligi haqidagi akt»ni qabul qiladi. Unga
binoan mustamlaka parlamentlarga Angliya qonunlariga xilof bo‘lmagan
qonun chiqarish va sud organlarini tuzishga oid huquqlar beriladi.