“Qutadg’u bilig” dostonida keltirilgan to’rtliklar tarkibida tuyuq namunalarining uchrashi ham bu janr turkiy adabiyotda avvaldan shakllanganligini ko’rsatadi.
Qayu erda bo’lsa uqush birla o’g, Ani er, atag’il, necha o’gsa o’g. Uqush, o’g, bilig kimda bo’lsa tugal, Yavuz ersa kaz te, kichig ersa o’g. (Agar kimda bo’lsa aql, ilm, zehn, Uni madh etib sen, tugal er degin. Ziyod bo’lsa kimda uquv, aql, bilim, Yomon va kichik bo’lsa ham maqtagin). Bu tuyuqda o’g – aql, maqtamoq, ulug’lamoq ma’nolarida qo’llanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |