TUYUQ Shaklan ko’p ma’noli so’zlar qadimgi turkiy til lug’at boyligining alohida qismini tashkil etadi. Мasalan, yash (ko’z yoshi, ko’kat, yangi, sof), qaraqush (qirg’iy, Мushtariy yulduzi, tuya oyog’ining tag atroflari), yig’ach (yog’och, bir farsax, daraxt), til (til, lug’at, so’z, josus), ko’g (she’r vazni, kuy, maqom, kulgili voqyea, boshvog’i olinib, qo’yib yuborilgan hayvon, echki va boshqa hayvonlarning juftlashadigan vaqti, oyna yuzidagi dog’, zang, xotinlar yuzidagi dog’), ko’k (osmon, ko’k rangi, yashil daraxtlar) va boshqa so’zlar shunday ko’p ma’nolilik xususiyatlariga ega. “Devonu lug’otit turk”da bunday so’zlarning ko’plab namunalari keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |