Мa’lumki, ko’p ma’noli so’zlar Sharq adabiyotida tajnis san’ati yuzaga kelishiga asos bo’lgan. Turkiy adabiyotda esa boshqa xalqlar adabiyotidan farqli o’laroq, tuyuq janri shakllangan bo’lib, uning asosini qofiyalarning tajnisli — shakl bir xil, ammo ma’nolarning har xilligi tashkil etadi. Alisher Navoiy “Мezon ul avzon” asarida tuyuqni bejizga turkiy xalqlar she’riyatiga mansub janr deb hisoblamagan. “Devoni lug’otit turk”da garchi tuyuq she’rlarning namunasi keltirilmagan bo’lsa-da, lug’at tarkibida ko’plab omonim so’zlarning berilishi turkiy til tuyuq janri tug’ilishi va shakllanishi uchun keng imkoniyatlarga ega bo’lganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |