Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


I.2.Pedagogik texnologiyalarning turlari



Download 109,42 Kb.
bet3/7
Sana12.07.2022
Hajmi109,42 Kb.
#783359
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
amirxon

I.2.Pedagogik texnologiyalarning turlari.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o‘zlashtirish, ulardan amalda foydalanish, ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o‘rgatish jarayonidan iborat.
Bilish faoliyatini boshqarish bo`yicha pedagogik texnologiyalar turlari:
Klassik ma’ruza , texnika vositalari yordamida o‘qitish , maslahatchilik tizimi , darslik bo`yicha o‘qitish , kichik guruhlar tizimi , kompyuter yordamida o‘qitish , repetitorlik tizimi , dasturlashtiriladigan boshqaruv.
Ta’lim oluvchiga yondashuv turi b o‘yicha pedagogik texnologiyalar quyidagicha nomlanadi: Avtoritar , didaktik yo`naltirilgan , ijtimoiy yo‘naltirilgan , antropologik yo‘naltirilgan , pedagogik yo‘naltirilgan , shaxsga yo‘naltirilgan , insonparvarlikka va shaxsga yo‘naltirilgan , hamkorlik texnologiyalariga yo`naltirilgan , erkin tarbiyaga yo‘naltirilgan ,ezoterik ta’lim va tarbiyaga yo`naltirilgan. Qo‘laniladigan asosiy metod bo‘yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi: Dogmatik, reproduktiv metod ,tushuntirish, ko‘rgazmali rivojlantiruvchi ta’lim , muammoli, izlanishli , ijodiy metod , dasturlashtirilgan ta’lim metodi dialogli metod , o‘yin metodi , o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi ta’lim metodi , axborotli ( kompyuterli) ta’lim metodi tashkiliy shakllariga ko`ra pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga bo‘linadi .
Hozirgi an’anaviy ta’lim shaxsga yo`naltirilgan pedagogik jarayon asosidagi pedagogik texnologiyalar . O‘quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar . O‘quv jarayonini boshqarish va tashkil qilish samaradorligi asosidagi pedagogik texnologiyalar . Materialni didaktik takomillashtirish va rekonstruksiyalash asosidagi pedagogik texnologiyalar , xususiy fanlar pedagogik texnologiyalari , alternativ texnologiyalar , tabiatga moslashtirilgan texnologiyalar , rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalri , mualliflik maktablari pedagogik texnologiyalari , texnologiyalarni loyihalash va o`zlashtirish texnologiyalari.
Bundan tashqari shaxsning xususiyat va sifatlari tarkibiga yo`naltirilganlik bo`yicha pedagogik texnologiyalar quyidagi turlarga ajratiladi . Fanlar bo`yicha bilim, ko‘nikmalarni shakllantirishga yo`naltirilgan –axborot texnologiyalar . Aqliy faoliyat usullarini shakllantirishga yo`naltirilgan –operatsion texnologiyalari;
Estetik va axloqiy munosabatlar sohasini shakllantirishga yo`naltirilgan emotsional-badiiy va emotsional axloqiy texnologiyalar;
Shaxsning o‘z- o‘zini rivojlantirish mexanizmlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘z- o‘zini rivojlantirish texnologiyalari;
Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo`naltirilgan –evristik texnologiyalar;
Amaliy faoliyat sohasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan amaliy texnologiyalar.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:
Qo`llash darajasiga ko`ra; Falsafiy asosiga ko`ra , asosiy rivojlantiruvchi omiliga bo`yicha , o`zlashtirish konsepsiyasi bo`yicha , shaxsiy belgi-sifatlariga ko`ra yo`nalganligi bo`yicha , mazmun xususiyatlari bo`yicha boshqaruv turiga bo`yicha , bolaga yondashuv bo`yicha , ko`p qo`llanilgan metodlari bo`yicha;
Ta’lim oluvchilar toifalari bo`yicha.Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yO‘llari hamda tarbiyaviy vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir. Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o‘zlashtirish uchun qulay shakl va usulda uzatish va o‘zlashtirish jarayonidan iborat. Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat.Pedagogik texnologiya o‘quvchini mustaqil o‘qishga, bilim olishga, fikrlashga o‘rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
O‘zR VMning 16.02.06 dagi 25-sonli “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g’rsidagi qarori bilan tasdiqlangan “Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari ga ko‘ra:
1. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning bazaviy ta’lim muassasalari, ta’lim muassalslariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralarning ilmiy-tadqiqot va metodik markazlari, jumladan: “zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanib pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqadilar”.
2. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari, jumladan: “O‘qitishning interaktiv metodlarini, Internetning global tarmog’idan foydalangan holda pedagoglarning tanqidiy va ijodiy tafakkurini rag’batlantirishga, mustaqil ma’lumot olishga yo‘naltirilgan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etadilar”.
3. Pedagog kadrlarning tayyorlanganligiga qo‘yiladigan talablarda esa jumladan: “yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini egallaganlik” kabi talab va vazlfalar qo‘yilan
O‘zR VMning 25- sonli qarori bilan belgilangan ushbu vazifalardan kO‘ramizki, malaka oshirish jarayonida tinglovchilar zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asoslarini, bunday texnologiyalardan ta’lim jarayonida samarali qo‘llashni egallashlari kerakligi nazarda tutiladi.
Pedagogik texnologiyalar masalasiga to‘xtalaylik. Pedagogik texnologiyalarga berilgan har xil ta’riflardan ba’zilarini ko‘rib chiqamiz:
1. Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo‘llaniladigan usullar, yo‘llar yig’indisi.
2. Pedagogik texnologiya – O‘qituvchi mahoratiga bog’liq bo‘lmagan holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan, o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyihasidir. (V.P. Bespalko.)
3. Pedagogik texnologiya – ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish jarayoni tafsiloti. (I.P. Volkov.)
4. Pedagogik texnologiya – texnika resurslari, odamlar va ularning o‘zaro ta’sirini hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo‘yuvchi o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirishning hamma jarayonlarini yaratish, qo‘llashva aniqlashning tizimli metodi (YUNEKSKO).
5. Pedagogik texnologiya – bu o‘qitishga o‘ziga xos yangicha (innoatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko‘chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlaShuvi hisoblanadi. (B.L. Farberman.).
6. Ta’lim oluvchilar va ta’lim beruvchilarning o‘quv-tarbiya jarayonida avvaldan belgilangan sifatlarning shakllanishiga olib keladigan izchil amaliy faoliyatlarini pedagogik texnologiya deb hisoblash mumkin. ( J.G‘. Yo‘ldoshev, S. Usmonov).
Keltirilgan ta’riflarni tahlili asosida xulosa qilib aytish mumkinki: zamonaviy pedagogik texnologiyaning mohiyati ta’limni yuqori darajada samarali tashkil etish uchun maqsad va vazifalarni aniq belgilash, ta’lim natijasini oldindan qayd etish, o‘quv predmetlarini to‘liq o‘zlashtirishga erishish uchun zaruriy ta’lim vositalari, shart-sharoitlarini tayyorlash, oldindan qayd etilgan, aniq kafolatlangan natijaga erishishga qaratilgan zaruriy tadbirlar tizimini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini unga rioya qilib tashkil etishdan iboratdir.
-Pedagogik texnologiyalar quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:
- qo‘llanish darajasiga ko‘ra (umumpedagogik);
- falsafiy asosi bo‘yicha (majburlash pedagogikasi – umumiy majburiy ta’lim);
- asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha (sotsiogen, ya’ni asosiy e’tibor jamiyatning faol a’zolari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbyalashga qaratilgan; Shu bilan bir vaqtda biogen omillarga, ya’ni shaxsning har tomonlama rivojlanishiga ham e’tibor qaratilgan holda);
- O‘zlashtirish kontseptsiyasi bo‘yicha (assotsiativ-reflektor);
- shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha (axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan);
- mazmun xususiyatlari bo‘yicha (dunyoviy, texnokratik, umumta’lim mazmunida bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi);
- boshqaruv turi bo‘yicha (an’anaviy-mumtoz bo‘lib, unga ta’limning texnika vositalari qo‘shilgan);
- O‘quv (ta’lim oluvchiga) yondoshuv bo‘yicha (avtoritar);
- ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha (tushuntirish-illtyustratsiya);
- ta’lim oluvchilar toifalari bo‘yicha (ommaviy).
Texnologiya universal xususiyatga ega bo‘lib, uni har bir mutaxassis tomonidan amalga oshirish, bir xil darajada bajarish va ko‘zda tutilgan maqadga erishish mumkin. Uning metodikadan asosiy farqi shundaki, metodika o‘qitish usullari va yo‘llarining ma’lum shaxs uchun qulay bo‘lgan majmuidan iborat. Metodika o‘qituvchining bilim, ko‘nikmalari, mahorati, shaxsiy sifatlari, temperamentiga bog’liq.

Download 109,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish