II BOB. PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING RIVOJLANISHI-
MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSI SIFATIDA
2.1 Milliy istiqlol g’oyasining manbalari
Milliy istiqlol mafkurasining ma’no – mazmunini belgilaydigan
asoslardan biri – bu xalqimizning qadimiy va boy tarixidir. Chunki tarix –
buyuk murabbiy.
Kishilik tarixi mafkuralar, o’z ma’no – mohiyatiga ko’ra, falsafiy,
dunyoviy, diniy va boshqa g’oya va ta’limotlar asosida shakllanishini
ko’rsatadi.
Mutafakkirlarimizning falsafiy asosini, avvalo, milliy – ijtimoiy
tafakkurning mumtoz namunalari bo’lgan dunyoviy bilimlar, falsafiy g’oya va
ta’limotlar belgilaydi. Olam va odamning yaralishi, takomillashib borishi
haqidagi diniy va ilmiy qarashlar, poklik, halollik, mardlik, komillik
g’oyalari ham bugungi mafkuramiz shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
G’oyaning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati juda muhim falsafiy –
pedagogik masaladir. Inson o’z g’oyalarini yaratadi undan kuch qudrat oladi.
O’zi yaratgan g’oyalar insonning ongi va shuurini, tafakkuri va etiqodini
egallab, uning sohibiga aylanadi. Yuksak g’oyalar odamlarni olijanob
maqsadlar sari yetaklaydi. G’oyasi yetuk, e’tiqodi butun, qadriyatlari yuksak
insongina mardlik namunalarini ko’rsata oladi. Prezidentimiz ta’kidlagani
kabi, bashariyatni jaholatdan ma’rifatga, zulmatdan ziyoga olib chiqadigan
umuminsoniy g’oyalarni asoslash va amalga oshirish yo’l – yo’riqlarini kashf
etish uchun kishilik tarixining turli davrlarida beqiyos aql – zakovat, iste’dod
va tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko’ramiz Al-Farobiy, Abu
Rayhon Beruniy, ibn Sino, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy
kabi buyuk mutafakkirlar faoliyati bunga yaqqol misol bo’la oladi.
Allomalarimiz o’z hayoti va ijodiy faoliyatlari davomida insonni
komillikka eltuvchi g’oyalarini ilgari suradilar va inson komillikka erishishi
52
uchun yuksak bilm va yaxshi xulq egasi bo’lish kerakligini hamda ilm-
ma’rifatning axamiyatini o’zlarining ta’limotlarida keltirib o’tganlar.
Xaqiqatdan ham komil inson azal – azaldan zalqimizning ezgu orzusi,
ma’naviyatimizning uzviy bir qismi bo’lib kelgan. U islom falsafasidan
oziqlanib, yanada ko’proq ma’no – mazmun kasb etgan. Barkamol inson
haqidagi yuksak g’oyalar Abu Nasr Farobiy va Alisher Navoiy kabi
mutafakkirlarimizning asarlarida, ayniqsa, teran ifodasini topgan.
Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodni voyaga yetkazishni
qayg’urmagan xalqning, millatning kelajagi yo’q. bunday xalq va millat
tanazulga mahkum.
Vatanimiz tarixidan ma’lumki, umuman ta’lim va tarbiya muammolari
va xususan komil inson masalasi doimo ulkan ma’rifiy vazifa sifatida
qaralgan. Bu masala ayniqsa tasavvufning bosh masalalaridan biri bo’lgan va
o’tmish allomalari ijodida o’z ifodasini topgan. O’rta asrning yirik
nomoyondalari Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad
Yugnakiy, Mahmud Qashg’ariy, Lutfiy, Alisher Navoiy va boshqa ko’plab
allomalar ham o’z asarlarida komil inson tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan
qimmatli fikrlarni bayon qilganlar.
Prezidentimiz Islom Karimov mafkuraning xalqni xalq, millatni millat
etish borasidagi ahamiyatini ta’kidlab, shunday yozadi: “Odamlarning ming
yillar davomida shakllangan dunyoqarashi va mantaliteyiga asoslangan,,
ayni vaqtda, shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning
dunyodagi o’rnini aniq ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan,
kechagi va ertangi kunni o’rtasida o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir
g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman”
2
.
__________________
2
X. Sultanov Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyilari. Toshkent
“O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti”-2004.
53
G’oya – kishidagi biron ish – harakat qilish, muayyan maqsadga erishish
haqidagi fikr bo’lib, muayyan niyat va maslakni anglatadi, ularni ifodalaydi,
dunyoqarashning muhum tamoyili sifatida insonni biror maqsadga
yo’naltiradi. Albatta g’oya dastlab biron – bir shaxsning ongida paydo
bo’ladi. Bu bunyodkorlik g’oyasi ham yoki buzg’unchilik g’oyasi ham
bo’lishi mumkun. Diyorimizdan chiqqan buyuk allomalar bunyodkorlik
g’oyalari bilan yashab ijod etganlar.
Har bir xalqning tarixi shu xalqdan yetishib chiqqan buyuk siymolar,
mard qahramonlar va fidoyi insonlar tarixi asosida bitiladi.
Buyuk donishmand ajdodlarimizning ilm – ma’rifat to’g’risidagi mana
shunday g’oyalariga misol qilib, Xorazmiyning dunyoviy kashfiyotlari va
Beruniyning ijtimoiy – axloqiy qarashlari, Farobiyning adoatli jamiyat qurish
va barkamol inson to’g’risidagi g’oyalari hamda Ibn Sinoning dualism
ta’limoti, Alisher Navoiyning komil inson haqidagi falsafiy mushohadalarini,
asrimiz boshidagi ma’rifatparvar ziyolilar faoliyati ham milliy g’oya va
istiqlol mafkurasining teran tomirlari sifatida talqin qilishimiz mumkun.
Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalari xalqimizning mustaqil
taraqqiyot yo’lidan kelib chiqadi. Ular o’zining ma’no – mohiyati bilan
Vatanimizni sevish uni, e’zozlashga xizmat qiladi. Chunki bu g’oyalar
ajdodlarimizning azaliy orzulari bo’lgan mustaqillik, kelajagi buyuk va
farzandlari ilm – ma’rifatli davlat barpo etishni anglatgan g’oyadir.
Mafkuraning asosiy g’oyalari quyidagilar:
Vatan ravnaqi,
Yurt tinchligi,
Xalq farovonligi,
Komil inson,
Ijtimoiy hamkorlik,
Millatlararo totuvlik,
Dinlararo bag’rikenglik.
54
Milliy istiqlol g’oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy qadriyatlarni to’g’ri
baholay olishga davat etadi.
Milli qadriyatlarimizga baho berilar ekan, ularning milliy g’oyaga
nechog’lik mos ekani nazarda tutiladi.
“Antik pedagogika” da tabiatga atrof – muhitga o’zaro insoniy
munosabatlar majmuasi bo’lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan. Bu
vaqtlarda ta’lim – tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik
sifatlarini shakllantirish bo’lgan
Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik, ma’naviy –
axloqiy sifatlar bilan uyg’un rivojlanishi maqsadga muvofiq ekanligi ilgari
surilgan. Bu pedagogik qarashlar dastlab mashhur “Avesto” asarida ilgari
suriladi.
610-yillarga kelib, islom diniy muqaddas manbalari Qur’oni Karim,
Hadisi sharifda inson mohiyati to’la ochib berilib, komil inson tarbiyasi bosh
maqsad qilib qo’yilgan edi. Ta’lim – tarbiya, insoniy munosabatlarning
falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ham ochib berila boshladi. Antik falsafada
ham zohiriy ham botiniy ilmlar bir – biriga uyg’un ravishda qaralgan.
Al-Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, ibn Sino asarlarida ong va fan
uzviyligi ilgari surildi.
XIII – XIV asrlarda Abdulxoliq G’ijdivoniy, Bahouddin Naqshband
hazratlarining ulug’ tariqatlarida mehnatsevarlik, insonparvarlik, poklik,
soflikning asosi ekanligini nazariy va amaliy isbotlangan.
Mirzo Ulug’bek ta’limda tadqiqot, kuzatish, umumlashtirish g’oyasini
ishlab chiqdi, bu g’oyani amalda tadbiq qilib maktablar ochdi, darsliklar
yozdi, observatoriya (rasadxona)lar tashkil qildi.
XV – XVI asrlarda Alisher Navoiy asos solgan ta’limot mutafakkirlari
insonparvarlik g’oyasi nazariyasi va amaliyoti bo’yicha ulug’ ishlar qildilar.
55
Milliy istiqlol ma’naviyatimiz buyuk adib fozillarimiz, adabiy – ilmiy,
pedagogik merosimizni haqqoniy ravishda abyektiv o’rganish imkonini bergan
ekan, bundan to’g’ri foydalanmog’imiz, o’sha ulug’ allomalar tafakkuri
mevalarini bugungi mafkura va milliy istiqlol g’oyasini ongimizga
singdirmog’imiz lozim. Mumtoz merosimizni o’rganishdagi asosiy
maqsadimiz ularning o’z g’oya, fikr, tarbiyaviy ta’mirini o’ziga xos
jixatlaridan foydalanib milliy mafkurani, jamiyatimiz axloqiy talablarini
o’rganish uchun foydalanishning o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
Shu jiatdan olganda, milliy merosimizni ahamiyatliligi insoniy
xislatlarning pokligi, axloqiy asosining mustaxkamligi bilan kuchli ta’sir
ko’rsatishidadir. Ulardagi yana bir muhum jihat, insonni o’z – o’zini doimo
komillikka tomon takomillashuviga intilishiga undashdir. Insonning o’z –
o’zini rivojlantirish g’oyasi tasavvuf ta’limotidagi komil inson tushunchasi va
Prezidentimiz asarlarida bayon etilgan barkamol avlod xaqidagi
muloxazalarga juda xamoxangdir. Zero, komil inson g’oyasi – alqimizning
azaliy orzusi, ma’naviyatimizning uzviy bo’lagidir. Milliy istiqlol g’oyasining
asosiy tushuncha va tamoyillarida “ Komil inson g’oyasi – xam milliy xam
umumbashariy moxiyatga ega bo’lgan, odamzotga xos bo’lgan eng yuksak
ma’naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan, uni xamisha ezgulikka
undaydigan oliy janob g’oya… ” ekani ta’kidlanadi.
Insonning o’z – o’zini kamol toptirish g’oyasi keng qamrovli tushuncha.
Eng muhumi, o’z – o’zini rivojlantirish inson xayotining barcha bosqichlarida
va faoliyatining xamma sohasida tug’ulishdan tortib to umrining oxirigacha,
uning individdan barkamol shaxs bo’lib shakllanishida, xamda uning ta’lim –
tarbiyasining hamma jabxalarida ma’lum qonuniyatlar asosida amalga
oshirilishi lozim.
Islomiy ta’limotida o’z – o’zini rivojlantirish asosan tashqi ta’sir, ta’lim
– tarbiya, ota – ona, o’qituvchi faoliyati bilan emas, ko’proq, shaxsning o’z
56
xoxishi, ichki intilishi, ixlos va e’tiqodi tarzida uning xatti – xarakati,
faoliyati xamda axloqining ajralmas qismi sifatida qo’yilgan.
Tasavvuf ilmi islom madaniyatining qolaversa jaxon tafakkur olamining
ta’limotidir. Tasavvuf maqomlari insonni donolikka, donishmandlikka
chorlaydi.
2.2 Tarbiyaviy taraflari
Milliy istiqlol mafkurasi o’z mohiyatiga ko’ra, xalqimizning asosiy
maqsad – muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmishi va kelajagini bir – biri
bilan taqqoslaydigan asriy orzu – istaklarini amalga oshirishga xizmat
qiladigan g’oyalar tizimidir.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy ananalariga, udumlariga,
tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr – oqibat, inson,
sabr – toqat, adolat, ma’rifat tuyg’ularini ongimizga singdiradi, kishilarda
yaxshilikka intilish hissini tarbiyalaydi.
O’zida yuksak fazilat ma’naviy axloqiy poklik va insoniy kamolot kabi
insoniy xislatlarni bir – biri bilan uyg’unlashtiradigan shaxs tarbiyasi ta’lim –
tarbiya tizimining bosh masalasi hisoblanadi.
Tafakkurning mahsuli sifatida g’oya tevarak olamni o’rganish, bilish
jarayonida vujudga keladi. Mazmun va nomoyon bo’lish shakliga qarab,
g’oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin. Masalan: diniy g’oyalar, ilmiy
g’oyalar, falsafiy g’oyalar, ijtimoiy – siyosiy g’oyalar va boshqalar. Yuqorida
qayd qilingan g’oyalarning har birini pedagogik nuqtai nazardan ham
asoslash mumkin. Ya’ni, mazkur g’oyalarning har biri inson, tabiat va
jamiyatning o’zaro uyg’unligini munosabatlar, hamkorlik va tarbiyaviy
ishlarning o’zaro bog’liqligida amalga oshiradi va nomoyon bo’ladi.
Axloqiy madaniyatning ko’rinishlari, uning qirralari va nomoyon bo’lish
shakllari xilma – xildir. Insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik,
vatanparvarlik, mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkorlik poklik va shu
57
kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat tushunchalaridir. Bu
xislatlar faoliyat jarayonida ma’naviy madaniyatning boshqa madaniyat
qirralari bilan birgalikda o’quvchi ongi va xulqiga ta’sir etadi.
Ma’naviy – axloqiy tarbiya yoshlarning barkamol bo’lib shakllanishida
mustahkam asosdir.
Axloqiy tarbiya to’g’risida ajodlarimiz asarlarida fikrlar ummoniga duch
kelamiz, barchasida tarbiyalilik ulug’langan va tarbiyaning eng asosiy sharti
sifatida qaralgan.
Axloq – ijtimoiy ong shakllanishidanbir bo’lib, uning mohiyati, shaxs
xatti – harakatlari, yurish – turishi, turmush tarsi, hayot kechirish tamoyillari,
qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shu bois,
axloq ijtimoiy xodisa sifatida jamiyat ma’naviy – ruhiy hayotida o’ziga xos
muhim ahamiyatga ega. Muayyan millat qiyofasi, uning kishilik
taraqiyotidagi o’rni belgilanayotgan jarayonda mazkur tushuncha asosiy
me’zonlardan biri bo’lib xizmat qiladi.
“Axloq” tushunchasi omma fikri asosida tartibga soluvchi faoliyat
tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Qadmdanoq ilmiy –
falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va
madaniyatshunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamlarda
ishlatilib kelingan.
Axloq (arabcha xulq – atvor demakdir) – ijtimoiy ong shakllanishidan biri,
ijtimoiy tartib – qoida bo’lib, bu tartib – qoida ijtimoiy hayotning barcha
sohalarida kishilarning xatti – harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi.
Axloq omma faoliyatini tartibga solishning boshqa shakllari (o’quv, ishlab
chiqarish, xalq ananalari) da o’z talablarining asoslanishi, amalga oshirilishi
va omma fikri asosida tartibga solinishi bilan farq qiladi.
Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy komillik
asosini, poydevorini tashkil etadi.
58
Bir so’z bilan aytganda axloq – jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik
fikri bilan asoslangan xulq – odob normalari majmuidir.
Ma’naviy – axloqiy tarbiyani tahkil etish ijtimoiy tarbiyaning
muvafaqiyatini tarbiyalovchi eng muhim omil sanaladi. Ma’naviy – axloqiy
ta’lim va tarbiya o’zaro bog’liqlik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik
aloqadorlikka ega bo’lib, shaxs ma’naviy – axloqiy kamolotini shakllantirish
asosi hisoblanadi.
Ma’naviy – axloqiy tarbiya va mehnat tarbiyasi hususan, jismoniy tarbiya
haqida mutafakkirimiz Abu Ali ibn Sino sog’liqni saqlashda yettita narsaga
e’tibor berish kerakligini tavsiya etadi:
•
Fel – atvorni yaxshilash;
•
Narsalarni tanlab yeb – ichish;
•
Gavdani chiqindidan tozalash;
•
Badanning to’g’ri tuzulishini saqlash;
•
Toza havodan nafas olish;
•
Mos kiyim tanlash;
•
Jismoniy va ruhiy harakatlarni mo’tadil qilish.
Milliy istiqlol g’oyasi kishilarda milliy g’ururning, ongning o’sishiuchun
muhim ahamiyat kasb etadi. Kishilarda ona vatanga bo’lgan muhabbat
qanchalik kuchli bo’lsa, har bir inson o’z Vatan tarixini, milliy
qadriyatlarini, o’z xalqi va madaniyati, milliy urf-odatlarini mukammal bilsa,
milliy manfaatlarini chuqur egallab yetsa, mustaqillik shunchalik abadiy
bo’ladi. Mustaqillik mafkurasi zaminida ajdodlarimizning tajribalari,
xalqimizning azaliy an’analari, urf – odatlari, rasm – rusmlari yotadi. Milliy
istiqlol mafkurasi xalqimizning milliy merosi, ma’naviyati hamda
umuminsoniy qadriyatlariga asoslanadi. Milliy, umuminsoniy, axloqiy, diniy
qadriyatlar mafkuramizning insonparvarlik mohiyatini yanada to’ldiradi va
boyitadi.Bu kabi qadriyatlar azaldan milliy meros sifatida buyuk
siymolarimizning ta’limotlaridan bizgacha yetib kelgan.
59
Ajdodlarimizning psixologik ta’limotlaridan o’rin olgan komil insonni
tarbiyalash haqidagi g’oyalar, milliy istiqlol g’oyasi fanining komil insonni
voyaga yetkazishda asos bo’lib hizmat qiladi. Bunga ko’ra, komil insonni
tarbiyalash va unda yuksak fazilatlarni qaror toptirish hozirgi kunda milliy
istiqlol g’oyasi fanida quyidagi fazilatlarga ega bo’lishi lozim deb berilgan:
Komil inson xislatlari
-
Ezgu fikr,
-
Ezgu so’z,
-
Ezgu faoliyat,
-
Yaxshi hulq –atvor,
-
Yuksak ma’naviyat.
Bu xislatlarni tarkib toptirish esa pedagogik va psixologik (ruhiy) ta’lim –
tarbiyani talab qiladi.
Yuqorida keltirilgan misollardan ko’rinib turibdiki, axloq shaxs
taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy komillik asosini,
poydevorini tashkil etadi va insoniyat tarixi davomida o’zining mazmun va
mohiyati bilan ajralib turadi.
60
XULOSALAR
Shunday qilib, mutaxassislik bitiruv ishimizga yakun yasaylik. Biz
yuqoridagi mavzu bo’yicha ozmi – kam izlanishlar olib borgandik va bitiruv
ishimizdagi tadqiqot jarayonidagi aytilganlarning barchasi biz tanlagan
muammoning zarurligini, ahamiyatliligini va zarurligini isbotlashdi.
Ma’lumki, psixologiya fanining ijtimoiy xayotda nufuzi, taraqqiyoti
borgan sari ortib bormoqda. Agar pedagog insonni har tomonlama yetuk
qilib tarbiyalamoqchi bo’lsa, ya’ni komil insonni voyaga yetkazish uchun uni
har tomonlama o’rganishi kerak. Psixologiyaning nazariy muammolarini
chuqur o’rganmay turib, o’quvchilarning psixik xususiyatlarini anglamagan
holda, o’quvchilar bilan ta’lim tarbiya ishlarini samarali amalga oshirib
bo’lmaydi, albatta.
Shu bois, psixologiya fani o’qituvchisi oldida quyidagi muhim vazifalar
turadi:
•
Talabalarda ilmiy dunyoqarash va yuksak ahloqiy sifatlarni tarkib
toptirish;
•
Talabalarda kaspiy yo’nalganlikni tarbiyalash, bilimga qiziqishni
yanada oshirish;
•
Talabalarda psixologiya bo’yicha egallagan bilimlarni pedagogik
amaliyotda qo’llash ko’nikmalarini rivojlantirish’
•
Yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va kamol toptirish;
Mazkur vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun psixologiya
o’qituvchisi pedagogika va psixologiya fanining tarixiy manbalarini va
xozirgi yangiliklarini chuqur egallagan bo’lishi kerak.
Umuminsoniyat tarixida IX – XV asrlarda Sharqda uyg’onish davrida –
ijtimoiy-madaniy hayotda ro’y bergan o’zgarishlar hammamizga ma’lum.
Ayniqsa, Amir Temur asos slogan saltanat davrida ijtimoiy hayotda
yuksalish, ilm – fan madaniyat gurkirab rivojlangan. Bu davrda yashab ijod
etgan Al-Buhoriy, At-Termiziy, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib,
61
Mahmud Qashg’ariy, Yassaviy, Naqshband, Ulug’bek, Navoiy, Bobur kabi
buyuk daholar jamiyat tarixi va jahon madaniyati rivojiga benazir hissalarini
qo’shganlar. Bu buyuk mutafakkirlar turli fanlarga oid yaratgan asarlarida
ma’naviy – madaniy qadriyatlarning ilmiy – falsafiy asoslarini ishlab chiqdilar.
Mutafakkirlarimizning pedagogik ta’limotlarni va psixologik g’oyalarini
yaxshi bilishi va ta’lim – tarbiya jarayonida samarali qo’llay olishi zarur
bo’ladi.
Markaziy Osiyo mutafakkirlarining pedagogik fikrlari jahon pedagogika
tarixiga qo’shilgan ulkan hissadir. Ularning boy merosi pedagogikaning
ahloqiy qiyofasi va kasbiy yetukligini takomillashtirishda muhim asos bo’lib
xizmat qiladi.
Mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar, inson, uni tarbiyalash
insonparvarlik g’oyalarining mazmunini boyitish bilan birga barcha davrlar
uchun birdek ahamiyatga ega bo’lib ma’naviy – ahloqiy yo’nalganligining
shakllanishini ta’minladi.
Milliy g’oyaning nazariy – tarixiy asoslaridan kelib chiqib, Zardushtiylik
ta’limoti, uyg’onish davri ta’limoti, jadidchilik harakati nomoyondalari
ta’limotlari ketma – ketligidan men, uyg’onish davri ta’limotlari, shu davrda
yashab ijod etgan allomalarning pedagogik va psixologik fikr va g’oyalarini
shu bakalavr bitiruv malakaviy ishim orqli oz bo’lsaham o’rganishga harakat
qildim. Zero, o’zbek xalqining bola tarbiyaida ko’p asrlar davomida orttirgan
tajribasini o’rganish va tiklash jamiyatimiz hususan, har birimizning oliy
maqsad va vazifalarimizdandir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov o’zining “Barkamol
avlod orzusi” asarida barkamol shaxs tarbiyasini asosiy maqsad qilib, ta’lim
– tarbiyani isloh qilishning xususiyatlarini va afzalliklarini hozirgi kunnning
davr talabi sifatida ko’rib chiqqanlar.
“Barkamol shaxs tarbiyasi” degan tushuncha tasodifan paydo bo’lgan
emas. Bu inson tarbiyasi haqidagi fikrlar, g’oyalar, qarashlar, qoidalar,
62
qonunlar asosida shakllana boshladi va hozirgacha jamiyat taraqqiyotiga mos
holda takomillashib kelmoqda. Ular asosan qissalar, pandnomalar, ta’limotlar,
yozma yodgorliklar, xalq og’zaki ijodiyoti va shu kabi manbalarda asoslab
berilib, avloddan – avlodga o’tkazildi va keyinchalik mustaqil fan sifatida
shakllanib o’z mavqeyini mustahkamladi.
Pedagogika va psixologiya fanining nazariy asosi inson aqliy kamolotini
yuksaltirishga barkamol shaxslarni tarbiyalashga qaratilgan, xalqimiz
tomonidan yaratilgan boy tajriba, ilmiy – tadqiqotlarga doir nazariy va
metodik manbalarga, O’rta Osiyo va jahon ma’rifatparvar, mutafakkir
olimlarning asarlariga suyangan holda barkamol shaxsni tarbiyalash, ta’lim –
tarbiyaning qoida va umumiy qonuniyatlariga asoslanadi. Albatta, tarixsiz
kelajak bo’lmaganidek, xozirda mavjud psixologik bilimlarning asosi bo’lib
milliy qadriyat sifatida ulug’lanuvchi, mutafakkirlarimiz yaratgan ta’limotlarida
pedagogik g’oya va psixologit fikrlarida, komil insonni tarbiyalashda bola
tarbiyasidagi axloqiy qarashlarida o’z ifodasini topadi.
63
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI .
1.
Islom Karimov. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori,
T.: “O’zbekiston” – 1997.
2.
Islom Karimov. Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada
chuqurlashtirish yo’lida. T.: “O’zbekiston” – 2005.
3.
Islom Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.: “O’zbekiston” – 2000.
4.
Islom Karimov. Milliy istiqlol g’oyasi. T.: “O’zbekiston” – 2001.
5.
Islom Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch, “Ma’naviyat” –
2010. 29-48 – betlar.
6.
Azimxo’ja Otaxo’jayev. Abu Rayhon Beruniy. T.: “Abu matbuot konsalt”
– 2011
7.
Azimxo’ja Otaxo’jayev. Abu Ali Ibn Sino. T.: “Abu matbuot konsalt” –
2011.
8.
Asqar Zunnunov. Pedagogika tarixi, “Sharq” – 2004. 39-95 – betlar.
9.
Asqar Zunnunov, Muzaffar Xayrullayev, Boqijon To’xliyev, Narimon
Hotamov, Pedago’gika tarixi, “Sharq” Toshkent – 2000. 17-104 – betlar.
10.
Bo’ri Ziyomuhammadov. Komillikka eltuvchi kitob, “Toshkent” – 2006.
207-225- bet.
11.
Bo’ri Ziyomuhammadov. Pedagogika. T.: “Turon-Iqbol” – 2006.
12.
Ergash Ochilov. Alisher Navoiy. T.: “Abu matbuot konsalt” – 2011.
13.
F. Haydarov, N. Xalilova. Psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi,
“Toshkent”, 2007. 8-11-betlar.
14.
P. I. Ivanov, M. E. Zufarova, umumiy psixologiya, “Toshkent” – 2008. 411-
414 – betlar.
15.
R. Mavlonova, O. To’rayeva, K. Holiqberdiyev. Pedagogika.
“O’qituvchi” nashriyoti – 2001. 420-430 - bet.
16.
Gulchehra Navro’zova. Bahouddin Naqshband. T.: “Abu matbuot konsalt”
– 2011.
64
17.
K. Xoshimov, S. Nishonova. Pedagogika tarixi, “Toshkent” – 2005. 87-209 –
betlar.
18.
J. Xasanboyev, X. To’raqulov, I. Alqarov, N. Usmanov. Pedagogika,
“Noshir” Toshkent – 2011. 139-155 – betlar.
19.
X. ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika, “Toshkent” – 2007. 24-48 –
betlar.
20.
G’aybullayev N. R, Yodgorov. R, Mamatqulova. R, Pedagogika,
“Toshkent” – 2005. 162-169 – betlar.
21.
V. Karimova, Psixologiya, “Toshkent” – 2002. 9-12 – betlar.
22.
M. G. Davletshin, Umumiy psixologiya, “Toshkent” – 2002.
Internet saytlari:
23.
www. Ziyonet. uz -oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi axborot portali
24.
www. Pedagog. Uz – TDPU ta’lim portal
25.
www. Nukus/bс. Kutubxona.
Do'stlaringiz bilan baham: |