Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti



Download 295.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana03.03.2020
Hajmi295.71 Kb.
  1   2   3   4   5

 

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI 



AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI 

«Pedagogika» fakulteti 

 

«Pedagogika va psixologiya» kafedrasi

 

 

«Pedagogika va psixologiya» ta’lim yo’nalishi 4-z-kurs talabasi 

Sa’dullayeva Dono Abdukomil qizining 

 

«Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi» 

 

nomli mavzusida bajargan 



BAKALAVR BITIRUV MALAKAVIY ISHI 

 

 

Pedagogika va psixologiya                            Ilmiy rahbar: p.f.n dots 

kafedrasi mudiri, dots                                    _________A.Urumbayeva              

__________Sh.Saparov 

 

 

 

 

NUKUS-2015 

 

Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti, «Pedagogika va 



psixologiya» ta’lim yo’nalishi 4 “z”- kurs talabasi SA’DULLAYEVA DONOning 

«Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarningrivojlanishi» 

mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining 



 

A N N O T A T S I Y A S I 

ISHNING    MAQSADI  va  VAZIFALARI:  maqsadi:  Markaziy    Osiyoda    psixologik    ta’limotlarning  

rivojlanish  tarixini  o’rganish  va  ta’limotlarda  keltirilgan  ta’lim – tarbiya  jarayoniga  bog’liq  samarali  

usullarini  ko’rsatish.  

Vazifalari:  mavzu  bo’yicha  ilmiy  manbalar  va  adabiyotlarni  o’qish,    mutafakkirlarimizning    falsafiy  

ta’limotlarini  bilish  hamda  pedagogik  va  psixologik  jihatlarini  o’rganish  to’plangan  ma’lumotlarni  

bitiruv    ish    mavzusiga    kiritish    va    shu    bois,    Markaziy    Osiyoda    psixologik    ta’limotlarning  

rivojlanishini  to’liq  ochib  berish  maqsadida:  ta’lim - tarbiyaga oid fikrlarni tahlil qilish, o’quv-tarbiya 

ishlarini  olib  borishda    ta’  limotlarda    keltirilgan  psixologik  fikrlar,  pedagogik  g’oyalar,  ta’lim-tarbiya 

usullarining nazariy  masalalarini  o’rganish  maqsadida psixologik  bilmlarga,  ta’limotlarda  psixologik  

fikrlar    va    pedagogik    jarayonning    tarkibiy    tuzulishi,    odob  –  axloq    qoidalari,    insonni    kamolotga 

eltuvchi  xislatlar,  komil  inson  to’g’risidagi  fikrlarni taqdim  qilish,  bitruv  ishiga  xulosalar  chiqarish,  

taqdimot  uchun  slaydlar  tayyorlash. 

TADQIQOT PREDMETI va OBYEKTI: 

Tadqiqot predmeti – Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotning rivojlanishi. 

Tadqiqot obyekti – Psixologiya  tarixi 

TADQIQOT  USLUBIYATI  va  USLUBLARI:  Ilmiy  adabiyotlar  va  manbalarnio’rganish,  ularni tahlil 

qilish va umumlashtirish metodi: kuzatish,  ilmiy  adabiyotlarni  o’rganish. 



ISH TUZUULISHI TARKIBI: Ishning tuzulishi 3 bo’lim dan iborat: kirish, asosiy va yakuniy. Ishning 

asosiy  mazmuni  2-bobga  bo’lingan  bo’lib,  unda  6-ta  paragraf    mavjud.  Ishning  ohiridafoydalanilgan 

adabiyotlar ro’yhati berilgan. Umumiy ko’lami-  64 bet. 

BAJARILGAN  ISHNING  ASOSIY  NATIJALARI:  Mavzu  bo’yicha  maxsus  ilmiy  adabiyotlar 

o’rganildi, tadbiqiy va tadqiqiy materiallar umumlashtirildi, psixologik ta’limotlarning nazariy masalalari 

chuqur  tadqiq  va  tahlil  qilindi,  ta’lim-tarbiya  berishda  psixologik  ta’limotlarda  keltirilgan  pedagogik 

g’oya va psixologik usullarining qo’llanilishi taqdim va tavsiya etildi.  



XULOSA va TAKLIFLARNING QISQACHA UMUMLASHTIRILGAN IFODASI: 

O’zbekiston    respublikasi    “Ta’lim    to’g’risidagi    qonun”  va    Kadrlar    tayyorlash    milliy    dasturi“ 

talablaridan  ko’zlangan  asosiy  maqsad-ertangi  kun   davomchilari  bo’lgan  yosh,  navqiron,  bilimga  

chanqoq  yoshlarni  tarbiyalash. Shuningdek,  zamon  talablariga  javob  bera  oladigan  kadrlarni  milliy  

va  zamonaviy  ruxda  tayyorlashdan  iborat. Bu  borada  Prezidentimiz  I. A Karimov  “Aql  zakovatli  

yuksak    ma’naviyatli    kishilarni    tarbiyalay    olsakgina,    oldimo’ygan    maqsadlarga    erisha    olamiz,  

yurtimizda  farovonlik

  va  taraqqiyot  qaror  topadi”, - deb  takidlaydi. 

 Ta’lim – tarbiya  berishda oldimizda ushbu  muhim vazifalar turadi:  mavzu bo’yicha ilmiy manbalar va 

adabiyotlarni  o’qish,    mutafakkirlarimizning    falsafiy    ta’limotlarini    bilish    hamda    pedagogik    va  

psixologik  jihatlarini  o’rganish,tushunchalar  hosil  qilish va  shu  bois,  Markaziy  Osiyoda  psixologik  

ta’limotlarning    rivojlanishini   to’liq    ochib   berish.  o’quv-tarbiya ishlarini  olib borishda   ta’  limotlarda  

keltirilgan  psixologik  fikrlar,  pedagogik  g’oyalar,  ta’lim-tarbiya  usullarining  nazariy    masalalarini  

o’rganish   psixologik  bilmlarga,  ta’limotlarda  psixologik  fikrlar  va  pedagogik  jarayonning  tarkibiy  

tuzulishi,  odob – axloq  qoidalari,  komil  inson  to’g’risidagi  fikrlarni taqdim  qilish.

 


 

MAVZU: MARKAZIY OSIYODA PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING 



RIVOJLANISHI 

REJA: 

KIRISH: 

 

I BOB. MARKAZIY OSIYODA PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING 

RIVOJLANISHI 

 

1.1


 

O’rta asrlarda  yashab ijod etgan allomalarimiz al Farobiy, 

Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino  hamda   

Yusuf  Xos  Hojiblarningning Pedagogik  va  psixologik g’oyalari, 

 

1.2


 

Hoja  Bahouddin  Naqshbandning  «Naqshbandiya»  talimoti  

hamda tariqatining tarbiyaviy  ahamiyati  va ijtimoiy  pedagogik  moxiyat. 

 

1.3



 

XIV-XV asrlarda Temur va  Temuriylar davrida ijtimoiy hayot,            

madaniyat va ta’im tarbiya, Bobur  lirikasida  komil  inson  bosh   

g’oyasifatida. 

 

1.4


 

Mirzo  Ulug’bek  va  Alisher  Navoiyning ta’lim – tarbiya  va 

 ilm  ravnaqi  haqidagi  g’oyalari 

 

 



II BOB.  PSIXOLOGIK TA’LIMOTLARNING RIVOJLANISHI-

MILLIY ISTIQLOL G’OYASINING ASOSI SIFATIDA 

 

2.1  Milliy  istiqlol  g’oyasining  manbalari, 



 

2.2 Milliy  istiqlol  g’oyasida  milliy  qadriyatlarning tarbiyaviytaraflari. 

 

XULOSA: 

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR  RO’YXATI 



 

ILOVALAR: 

 

 

 



KIRISH: 

O’zbekiston    Respublikasi    “Ta’lim    to’g’risida”gi    Qonun    va    “Kadrlar  

tayyorlash  milliy  dasturi”  talablaridan  ko’zlangan  asosiy  maqsad – ertangi  kun  

davomchilari  bo’lgan  yosh,  navqiron,  bilimga  chanqoq  yoshlarni  narbiyalash.  

Shuningdek,  zamon  talablariga  javob  bera  oladigan  raqobatbardosh  qadrlarni  

tayyorlashdan    iboratdir.    Bu    borada    Prezidentimiz    I.  A  Karimov    “Yuksak  

ma’naviyatli,    aql  –  zakovatli    kishilarni      tarbiyalay    olsakgina,    oldimizga  

qo’ygan  maqsadlarga  erisha  olamiz,  yurtimizda  farovonlik  va  taraqqiyot  qaror  

topadi”,- deb  takidlaydi. 

Respublikamiz   miqyosida  ta’lim – tarbiya  ishlarini  takomillashtirish,  uni  

jahon    andozalari    darajasiga    chiqarish,    fan    sohasidagi    yangiliklarni    amaliy  

hayotga    tadbiq    etish,    muhim    masalalardan    biri    sifatida    e’tirof    etilmoqda.  

Ayniqsa,  yosh  avlodga  fan  asoslariga  nisbatan  ko’nikma,  malaka  bilimlarini  

shakllantirish  davlat  siyosatining  ustivor  vazifalaridan  hisoblanadi.  Shuningdek  

o’qitish    jarayonida    tarixiy    qadriyatlarga    asoslangan  manbalardan  kelib    chiqib  

yangi  bilimlar  berish  o’quv-tarbiya  ishlarining  samaradorlini  ko’rsatadi. 

Shunga    muvofiq      mamlakatimizda    milliy    g’oyaning    nazariy  –  tarixiy  

asoslaridan  o’rganib  chiqilgan  va  ular  Zardushtiylik  ta’limoti,  uyg’onish  davri  

ta’limoti,  jadidchilik  harakati  nomoyondalari  ta’limotlari  ketma – ketligi  bitta  

tizimga  keltirilgan. 

Markaziy  Osiyo   mutafakkirlari   Farobiy,  Beruniy,  ibn  Sino,  Ulug’bek,  

Alisher    Navoiylar    insonning    dunyoni    va    o’zini    bilish    masalasida    haqida  

to’xtalib,  inson  tabiat  va  jamiyatni  hamda  o’zini  bilishga   qodir,  inson  bilishi  

sezgi  va  idrokdan  boshlanib,  tafakkurga  tomon  rivojlanib  boradi.  Inson  aqli – 

faol,   u   inson  bilishining    asosiy    qurolidir,   deyishadi.   Ular    insonning   bilishi  

noma’lum    narsalardan    malum    narsalarga    tomon    rivojlanib    borishini  

takidlashadi. 

Tasavvuf  falsafasi  vakillari  esa  o’z  qarashlarida  insonning  hissiy  bilishi  

tashqi    bilishni    tashkil    qilishni      aytishib,    ularning    o’zaro    bog’liqligini    ham  


 

uqtirganlar,  shu    bilan    birga    ular    inson    dunyosi    va    o’zini    bilishi    uchun  



kamolotga  erishmog’i  lozim,  lekin  bu  kamolotga  erishish  quruq  intilish  bilan  

emas,    balki    o’qib    o’rganish,    bilimlarni    va    hunarlarni    egallash,    jamiyatda  

boshqa  kishilar  bilan  o’zaro  muloqotda  va  munosabatda  bo’lish  orqali  yuzaga  

keladi,  deyishadi. 

Biz  tanlagan  mavzuni  tarixini  taxlil  qiladigan  bo’lsak, turli  chet  el  va  

o’zbek   olimlari  allomalarimizning  ilmiy  meroslarini bugungi  kunda  qadriyat  

sifatida  ulug’lanuvchi  ta’limotlarni  nazariy  asoslarini  o’rgangan  hamda  arab  

va  fors  tillaridan  tarjima  qilib  yosh  avlodning  o’qish  va   o’rganishida  tarixiy  

durdona    sifatida    taqdim    qilganlar.    Bular    M.  U  Najotiy,    A.  N  Nodir,  J.  Sh 

Qanavotiy,  Said  Nafisiy,    Yahyo  Mahdaviy,  F  Rahmon    kabi    fors    va    arab,  S. 

Ayniy,    S.  Mirzayev,    A.    Muradov,    A.  Rasulov,  U.  I.  Karimov,  A.  Irisov    va 

boshqalar.    Lekin,    bu    muammo    bugungi    kunda    ham    o’z    dolzarbligini  

yo’qotmagan.  Shunday    qilib,    yuqorida    aytilganlarning    hammasi    biz    tanlagan  

mutaxassislik  bitiruv  ishining  dolzarbligini  va  ahamiyatliligini  ko’rsatadi. 



Tadqiqot predmeti – Markaziy Osiyoda psixologik ta’limotlarning rivojlanishi. 

Tadqiqot obyekti – Psixologiya tarixi 

Bitiruv  malakaviy  ishimizning  maqsadi:Markaziy  Osiyoda  psixologik 

ta`limotlarning rivojlanishi tarixini o`rganish va ko`rsatish. 

 

Maqsadga  muvofiq  quyidagi  konkret  vazifalar  belgilanadi: 





 

Ilimiy adabiyotlarni o`rganish, ularni tahlil qilish va umumlashtirish.



 



 



O’rta  asrlarda    yashab  ijod  etgan  allomalarimiz  al  Farobiy,Abu  Rayxon 

Beruniy, Abu Ali Ibn Sino  hamda  Yusuf  Xos  Hojiblarningning Pedagogik  va  

psixologik g’oyalarini o’rganish va tahlil qilish,

 





 

Hoja  Bahouddin  Naqshbandning  «Naqshbandiya»  talimoti 

 

hamda  tariqatining  tarbiyaviy    ahamiyati    va    ijtimoiy    pedagogik    moxiyatini 



o’rganish, 

 


 

 





 

Temur va  Temuriylar davrida ijtimoiy hayot, madaniyat va ta’lim tarbiya,  



Bobur  lirikasida  komil  inson  bosh  g’oya  sifatida. 



 



Mirzo  Ulug’bek  va  Alisher  Navoiyning ta’lim – tarbiya  va 

 ilm  ravnaqi  haqidagi  g’oyalarini tahlil qilish. 

 

Bu  vazifalarni    yechish    uchun  ilimiy-tadqiqot  metodlaridan:  tahlil  qilish, 



umumlashtirish,  kuzatish, va taqqoslash metodlaridan  foydalandik. 

Ish  tuzuulishi  tarkibi:  Ishning  tuzulishi  3  bo’lim  dan  iborat:  kirish,  asosiy  va 

yakuniy.  Ishning  asosiy  mazmuni  2-bobga  bo’lingan  bo’lib,  unda  6-ta  paragraf  

mavjud.  Ishning  oxirida  foydalanilgan  adabiyotlar  ro’yxati  va  ilovalar  berilgan. 

Umumiy ko’lami-  64 bet. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 



BOB. 

MARKAZIY 

OSIYODA 

PSIXOLOGIK 

TA’LIMOTNING 

RIVOJLANISHI 

 

1.1.

 

O’rta    asrlarda  (  IX-XII  asr)    Farobiy  va  Beruniyning    ta’lim- 

tarbiyaga  oid  fikrlari. 

 

ABU  NASR  FAROBIY  –  O’rta    Osiyo    Uyg’onish    davri    (IX-XII  asrlar)  

jahonga    shunday    buyuk    daholarni    yetkazib    berdiki,    ularning    tafakkur  

mahsullari    shu    kunga    qadar    sobitlik    bilan    ilm  –  fan    taraqqiyotiga    hissa  

qo’shib  kelmoqda. 

Jumladan, qadimgi  yunon  falsafasining  Sharqdagi eng yirik davomchisi  va  

targ’ibotchisi  Abu  Nasr  Farobiy bo’lib,  u  Sirdaryo  bo’yidagi  O’tror  (Farob)  

shahrida    873-yilda    tug’ulib    Shosh    (Toshkent),    Buxoro  shaharlarida  o’qidi,  

so’ng    Arab    halifaligining    markazi    Bog’dod    shahriga    borib,    u    yerda  ko’p  

yillar  istiqomat  qildi. U  turli  sohalarga  oid  ilmiy  asarlar  qoldirdi. U  ta’lim-

tarbiyaga    bag’ishlagan    asarlarida  inson    takomilida    ta’lim-tarbiyaning  

muhimligi,    unda    nimalarga  e’tibor    berish    zarurligi,    ta’lim-tarbiya    usul    va  

uslublari  haqida  fikr  yuritdi.  “Fozil  odamlar  shahri”,  “Baxt-saodatga erishuv  

to’g’risida”,  “Aql  ma’nolari  to’g’risida”,  “Ilmlarning  kelib  chiqishi”,  “Falsafa  

manbaalari”  kabi  maorifiy  asarlarida  olimning  ijtimoiy- tarbiyaviy  qarashlari  

o’z  ifodasini  topgan.   

Farobiy    borliq    muammosini    hal    etishda    musulmon    falsafiy    ilmlari  

yo’nalishini    asoslagan    “vujudi    vojib”    va    “vujudi    mumkun”ning  o’zaro  

nisbatiga  murojaat  qiladi.  U  o’zining  qator  asarlarida  bu  masalaga  to’xtalib,  

“vujudi    vojib”    barcha    mavjud    yoki    paydo    bo’lishi    mumkin    bo’lgan  

narsalarning  birinchi  sababi  ekanligini  uqtiradi  va  bu  bilan  musulmon  sharq  

xalqlarining   olamni   tushunish   bilan    bog’liq    ma’naviyatini    yangi   pog’onaga  

olib    chiqadi.    Birinchi    sabab    sifatida    u    o’ziga    sabab    va    turtkiga    muhtoj  

bo’lmagan    zotni    (xudoni)    e’tirof    etadi.    Uningcha    olamni    yaratgan    zotda  

nuqson    va    nuqsonlar,    ziddiyat,    nomutanosiblik,    bilmaslikdan    bilishga    qarab   



 

jarayon    yo’q.  U    yaratadi,    lekin    boshqa    narsalar    tarafidan    yaratilmaydi.  



Mazkur  ilmiy  qarashlarning   ilmiy – islomiy  tafakkur  bilan  uyg’unlashtirilishi  

islom  e’tiqodidagi  xalqlarning  Alloh  va  borliq  to’g’risidagi  tasavvurlarini  ilm 

–  fan    asoslari    bilan    mustahkamlanishi    va    bu    g’oya    bilan    sug’orilgan  

ma’naviyatning  avvalo  ilm  ahli, so’ng  esa  odamlar  orasida  keng  yoyilishiga  

hamda    an’anaviy    ma’naviyat    sifatida    shakllanishiga    sabab    bo’lgan    edi.  

Farobiy  fikriga  ko’ra “vujudi  mumkin”  saltanati  aksincha,  doimo  o’zgarishda,  

ziddiyatli    munosabatlarda,    unda    barcha    narsalar    oddiylikdan    murakkablikka,  

tartibsizlikdan  tartiblilikka,  norasolikdan  komolotga  qarab  yuz  tutadi. 

“Vujudi  vojib”  yaratgan    narsalardan  dastlabkisi birinchi  aqldir.  Birinchi  

aql  faol  aql  sifatida  har  bir  sayyoraga  xos  aqllarni  vujudga  keltiradi,  eng  

so’ngi  samoviy  aql  natijasida  yerdagi  aql – ruh  va  barcha  moddiy  jismlarning  

asosi  bo’lmish  to’rt  unsur – tuproq,  suv,  havo,  olov  paydo  bo’ladi.  Yuqorida  

zikr  etilgan  to’rt  unsur  negizida  o’simliklar,  hayvonot  olami, inson  zoti  va  

notirik  tabiat  yuzaga  keladi.  Organik  olamga  o’simlik  ruhi,  hayvonot  ruhi  va  

insoniy    ruh    xosdir.  Jism    va    harakat    uzviy    aloqada    bo’ladi.    Harakat    va  

sukunatning  iptidosi,  sirtqi  biron – bir  narsaga  yoki  irodaga  borib  taqalmasa,  

uni  tabiat  deb  atashadi.  Harakat,  o’z  navbatida,  vaqt  bilan  uzviy  bog’langan. 

U    psixologiyaning    o’qitish    vositalari,    odamlarning    psixologik  

tushunchalarini    falsafiy    tarafdan    yoritgan    bo’lib,    o’z    asarlarida    odamlar  

orasidagi    obyektiv,    subyektiv,    fiziologik,    psixologik    jarayonlarning  

rivojlanishiga  katta  etibor  bergan. 

Farobiyning  pedagogik  ta’limotlari  ayniqsa  o’z  davri  uchun  katta  ahamiyatga  

ega    bo’lib,    unda    insonparvarlik    g’oyalari    ilgari    surulgan.    Farobiyning  

ta’kidlashicha,  insonni  tarbiyalash ikki  xil  usulda  amalga  oshirilishi  mumkun.  

Tarbiyalanuvchi    ixtiyoriy    ravishda    zaruriy,    aqliy    va    ahloqiy    hislatlarni-  

bilimli    bo’lishga    to’g’rilikni,    haqiqatni    sevishga,    jasur    do’stlarga    sadoqatli  

bo’lish  kabi  fazilatlarni  egallashga  intilmog’i  lizim.   


 

Olim  ta’lim  faqat  so’z  va  o’rganish  bilan,  tarbiya  esa,  amaliy  ish,  tajriba  



bilan  amalga  oshirilishini  aytadi  va  tarbiyani  har  bir  xalq,  millatning  amaliy  

malakalaridan    iborat    bo’lgan    ish-  harakat,    kasb-  hunarga    o’rganishdan  iborat  

deb  hisoblaydi. 

Ta’lim-tarbiya    jarayonida    nazariy    bilim    bilan    amaliy    harakat-odat,    malaka,  

faoliyat  birlashib  boradi,  yetuklik  shu  birlashuvning  darajasiga  qarab  yuzaga  

keladi. 


        Farobiy    ta’lim-tarbiya    jarayonida    tarbiyalanuvchi    yoki    ta’lim    oluvchi  

shaxsga  yakka  holda  yondoshuvni,  uning  tabiiy,  ruhiy  va  jismoniy  hislatlarini  

nazarga  olish  zarurligini  ta’kidlaydi.  U  bu  haqda  shunday  yozadi: “Bu  barcha  

tabiiy  hislatlarni,  ularni  oliy  kamolotga  yetkazish  shu  yoki  kamolotga  yaqin  

bo’lgan  darajaga  ko’tarishga  xizmat  qiluvchi  vosita  yordamida  tarbiyalashga  

muhtojdir…  Insonlar    turli    ilm,    hunar    faoliyatga    moyilligi    va    qobliyatliligi  

bilan  tabiatan  farq  qiladilar.  Teng  tabiiy  hislatlarga  ega  bo’lgan  insonlar  esa,  

o’z  tarbiyasi  malakalari  bilan   tafovut  qiladilar. 

        Farobiy    insonga    xos    bo’lgan    va    uning    ma’naviy    yuksalishida    muhim  

ahamiyat    kasb    etuvchi    tafakkur    va    nutqning    rivojlanishini    ta’lim-tarbiyani  

asosini  tashkil  etuvchi  muhim  jarayoni  hisoblanadi. 

Farobiy    ta’lim-tarbiyada    tabiat    hodisalaridan    foydalanish    va    bu    yo’lda  

boshqa    kishilar    bilan    to’g’ri    munosabatda    bo’lib,    jamiatning    ichki    tartib-

qoidalarini    to’g’ri    o’rganib,    uning    talablariga    javob    bera    oladigan    insonni  

yetishtirish  zarurligini  ta’kidlaydi. 

Farobiy  insonning  ma’naviy  hayotida,  asosan,  uning  ikki  tomoniga:  aqli-

ongiga    va    ahloqiga    (xulq-atvoriga)    e’tibor    beradi.    Shuning    uchun    ta’lim-

tarbiya,  uning  fikricha,  insonni  aqliy  tomondan  ham,  axloqiy  tomondan  ham  

yetuk,  mukammal  kishi  qilib  yetishtirishga  qaratilmog’i  lozim.  Demak  ta’lim-

tarbiyaning    birdan-bir    vazifasi-jamiat    talablariga    to’la-to’kis    javob    bera  

oladigan  va  uni bir  butunlikda,  tinchlikda,  farovonlikda  saqlab  turish  uchin  

hizmat    qiladigan    ideal    inson    tayyorlashdir.    “  Ideal    shaxslar    aholi  ilmining  



10 

 

fikirlari”  hamda  “Baht- saodatga  erishuv  haqida”  nomli  risolalarida  olimning  



bu  fikirlari  aniq  ifodalangan. 

Farobiy    ta’lim-tarbiya    ishiga    kirishish,    uni    boshlashdan    avval  

odamlarning    shaxsiy    xislatlarini    bilish    lozimligini    aytadi.    Uning    fikricha,  

insonning    xohish,ixtiyor,    ifoda,    yaxshilik    va    yomonlik    kabi    xislatlarini,  

nimaga  qobliyati    borligini    aniqlamay    turib    ishga    kirishish    kutilgan    natijani  

bermaydi. 

Farobiy  ta’lim- tarbiya  berish  usullari  haqida  shunday  yozadi:  “Amaliy  

fazilatlar    va    amaliy    sanatlar,    kasb-hunar    va    ularni    bajarishga    odatlantirish  

masalasiga  kelganda,   bu  odat  ikki  turli  yo’l  bilan  hosil  qilinadi,  malakalar  

vujudga  keltiriladi,  odamdagi  g’ayrat,  kasb-intilish,  harakatga  aylantiriladi. 

Ikkinchi  yo’l- majbur  etish  yo’lidir.  Bu  usul  gapga  ko’nmovchi,  qaysar  

shaharliklar  va  boshqa  sahroi  halqlarga  nisbatan  ishlatilardi.  Chunki  ular   o’z  

istaklaricha,    so’z    bilan    g’ayratga    kiradiganlardan    emasdir.    Ammo    ulardan  

qaysi    biriki,    nazariy    bilimlarni    o’rganishga    astoydil    kirishsa    hamda    fazilati  

yahshi  bo’lib  kasb-hunarlarni  va  juziy  sanatlarni  egallashga  intilishi  bo’lsa,  

bunday    odamlarni    majbur    etmaslik,    maqsad    ularni    fazilat    egasi    qilish    va  

kasb-hunar  ahllariga  aylantirishdir”.   

  “Avvalgi    usul  –  san’atni    o’z    rag’batlari    bilan    o’rganuvchilarga  

ishlatadigan    usul.    Ikkinchi    usul    esa,    majburiy    ravishda    tarbiyalanuvchilarni  

tarbiyalash    uchun    ishlatiladigan    usul.    Bolalar    ustida    turgan    odam    esa,  

muallim    bo’lib,    u    bolalarga    tarbiya    berishda    turli    tarbiya    usullaridan  

foydalanadi”. 

Farobiy    bilimdon,    ma’rifatli,    yetuk    odamni    obrazini    tasvirlar    ekan,  

bunday  deydi: 

“Har    kimki   ilm-  hikmatni   o’rganaman   desa,   uni   yoshligidan   boshlasin,  

sog’-  salomatligi    yaxshi    bo’lsin,    yaxshi    axloq  va    odobli    bo’lsin,    so’zining 

uddasidan    chiqsin,    yomon    ishlardan    saqlanadigan    bo’lsin,    barcha    qonun  

qoidalani  bilsin,  bilimdon  va  notiq  bo’lsin,  ilmli  va  dono  kishilarni  hurmat  



11 

 

qilsin,    ilm    va    ahli    ilmdan    mol-davlatini    ayamasin,    barcha    real,    moddiy  



narsalar  to’g’risida  bilimga  ega  bo’lsin”. 

Bu  fikirlardan  Farobiyning  ta’lim – tarbiyada,  yoshlarni  mukammal  inson  

qilib    tarbiyalashda,    xususan,    aqliy  –  ahloqiy    tarbiyaga    alohida    e’tibor  

berganligi    ko’rinib    turadi,    uning    etiqodicha,    bilim,    ma’rifat,    albatta    yaxshi  

axloq    bilan    bezatmog’i    lozim,    aks    holda    kutilgan    maqsadga    erishilmaydi,  

bola  yetuk  bo’lib  yetishmaydi.  Olim,  daraxtning  yetukligi  uning  mevasi  bilan  

bo’lganidek,  insonning  barcha  hislatlariham  axloq  bilan  yakunlanadi,  deydi. 

Farobiyning  fikricha  shaxs – ijtimoiy  mavjudoddir;  u  «ko’p  kishilarning  

bitta  yashash  joyida  birlashuvi  orqali  shu  uchun  zarur  imkoniyat  olishi  va  

oliy  kamolotga  erishishi  mumkun». 

Bundan    tashqari,    Farobiy    dunyoqarashining  asosi    ya’ni    dunyoning  

tuzilishi    haqidagi    tushunchasini    “pantaistik”  degan    fikir    tashkil    etadi.  

Mavjudot    “emonatsiya”    yordamida    yagona    boshlang’ichdan    pog’onama- 

pog’ona    vujudga    kelgan,    yakkalikdan-  ko’plikka,    rang-  baranglikka    borgan.  

Uning    dunyoqarashidagi    asosiy    maqsadlaridan    biri    ilmiy  –  falsafiy    usulning  

mustaqilligini    nazariy    jihatdan    asoslab    berishga,    uning    inson    tafakkuriga,  

aqliy  bilimiga  asoslanganligini  isbotlashga  intilishdir.  

Farobiy  bilish  muammolariga alohida  e’tib  bilan  qaraydi.  U  voqealikni  

bilish    mumkin    ekanligiga    aslo    shubhalanmaydi.    Inson    o’zining    barcha  

bilimlarini    tashqi    olam    orqali    oladi.    U    ko’pgina    vosita    va    usullar    bilan  

ta’minlanganki,    ular    (idrok,    sezgi,    xotira,    tasavvur,    mantiqiy    tafakkur,    aql,  

nutq)   orqali   voqealikni   o’zlashtira   boradi.   Ayni   shu   vositalar   tufayli   inson  

ilm  –  fanni    yaratadi.    Bilish    jarayoni    cheksiz    bo’lib,    u    insonning    jonli  

mushohadasi    va    tafakkurining    bilmaslikdan    noaniq    narsani    bilishgacha  

bo’lgan  o’ta  murakkab  yo’lni  qamrab  oladi.  Bu  yo’nalish  hodisalar  oqibatini  

bilishdan,    uning    sababini    bilishni,    aksiodentsiyadan    substansiyaga    yetib  

borishni    maqsad    qilib    qo’yadi.    Lekin    bu    yo’nalish    sababdan    oqibatga, 


12 

 

mohiyatdan    hodisaga,    aqldan    jonli    mushohadaga    tomon    qaratilganda    ayni  



muddao  bo’lar  edi.  Amalda  esa  bor  imkoniyatdan  foydalanish  lozim. 

Farobiy  insonning  bilish  jarayonini  ikki  bosqichga – hissiy  va  xayoliy, 

hamda  aqliy  bosqichlarga  ajratadi  va  bu  bosqichlarning  o’zaro  bog’liqligini,  

aqliy    bilim    hissiy    bilishsiz    yuzaga    kelmasligini    alohida    ta’kidlaydi.    Aqliy  

bilish    Farobiy    talqinida    ikki    jihatga    ega.    Birinchidan,    u    kankretdan  

uzoqlashish    va    unda    umumiy    tomonlarni    ajatib    olishni,    ikkinchidan    esa,  

ushbu    umumiylik    ko’magida    konkret    jihatning    mohiyatiga    chuqurlashishni  

taqozo  qiladi.  Aqliy  bilish  koinot  aqli  ko’magida  barkamol  ilmga  aylanadi.  

Garchi    inson    aqlini    koinot    aqliga    tiqishtira    berish    bilish    nazariyasiga  

mistikaning  kirib  borishiga  yo’l  ochib  bergan  bo’lsa - da,  u  ijobiy  ahamiyatga  

ega edi,  chunki  u  bilishning  ratsional  metodini  asoslab  berishga  qaror  qildi. 

 U  inson  bilish   jarayonining  bu  bosqichlarini  insondagi  “tashqi  quvvat”  

va    “ichki    quvvat”  lar    bilan    izohlaydi.    “Tashqi    quvvat”    be’vosita    tashqi  

ta’sirlar    orqali    sezgi    a’zolarida    vujudga    keladigan    sezgilardir.  U    besh    turli  

bo’lib,  teri  –  badan    sezgisi,    tam    bilish    sezgisi,    hid    bilish    sezgisi,    eshitish  

sezgisi,  ko’rish  sezgisi.  Bularning  hammasini  Farobiy  hissiy  bilish  (“Quvvat  

hissiya”),    deb    qaraydi.  Ruhiy  qobliyatlarini    inson    miyasi    boshqaradi    barcha  

“Ruhiy  quvvatlar”,  jumladan  bilish  qobliyati  ham  unga  bog’liq  deydi.  Ichki  

quvvatga  esa  u  esda  olib  qolish  (xotira),  xayol  (tasavvur),  his – tuyg’u nutq,  

(fikrlash)  “quvvatlari”ni  kiritadi.  “Ichki  quvvat”  deganda  u  insonning  aqliy   

bilish  bosqichini  tushunadi.  Uningcha  ilmni  egallash  shu  “quvvatlar”  orqali  

amalga  oshadi. 

Bundan  tashqari,  Farobiy  bilish  ta’limotining  boshqa  ko’pgina  jihatlariga  

ham      diqqat  -  e’tiborini    qaratib   kelgan.    Ayniqsa,   ilmiy    tadqiqotda   kuzatuv,  

bahs  –  munozara,    bilish    metodlari,    hissiy    mushohadaning    cheklanganligi  

borasida  qiziqarli  g’oyalarni  ilgari  surgan. 

Farobiy  “Aql  ma’nolari  haqida”  risolasida   aql  muammosini chuqur  tahlil  

qilib,  bu  haqida  aql,  bir  tomondan  ruhiy  jarayon,  ikkinchi  tomondan,  tashqi  



13 

 

ta’sir,    ya’ni    ta’lim  –  tarbiyaning    natijasi    deydi.    Uning    fikricha,    aql    faqat  



insongagina    xos    bo’lgan    ruhiy    kuch    bilan    bog’liq    qobliyat,    insonni  

hayvondan  ajratuvchi  asosiy  omildir. 

U  o’zining  “Ilm  va  san’atning  fazilatlari”  risolasida  insonning  tabiatni 

bilish  cheksizligini,  bilm  bilmaslikdan  bilishga,  sababiyatni  bilishdan  oqibatni  

bilishga    qarab    borishini,    bilmning   borgan    sari    ortib,    chuqurlashib    borishini  

aytadi. 


Fuqarolik  jamiyatida  turli  xalqlar  yashaydi,  deb  yozadi  Farobiy, - ulardan  

har    birining    uch    belgisi  –  “tabiiy    fel-atvori”,    “tabiiy    xarakter    belgilari”,  

“tabiiy  tili”  bir – biridan  farq  qiladi. 

Farobiy  inson  (ruh)  jonining  bir  tandan  boshqasiga  o’tib,  ko’chib  yurishi  

mumkinligini  inkor  etadi  va  uni  balki  tan  kabi  individual  “substansiyasining  

birligi”    sifatida    tushunadi.    Uning    fikri    izchil    emas    edi.    Bunday    ikkilanish  

Aristotelga  xos  bo’lgan. 

Farobiyning    ruxiy    jarayonlar,    ularning    bilish    va    mantiq    haqidagi  

ta’limitning  o’rta  asrlar  falsafasining  katta  yutug’i   edi.  Uning  o’z  davridagi  

yoshlarni    ta’lim,    bilim,    hunar    egallashlari,    faoliyat    ko’rsatishlari,    mehnat  

qilishlari    zarurligi    xususida    fikrlar    bildirdi.  Bu    fikrlar    hozir    ham    ta’lim  – 

tarbiyada  g’oyat  muhimdir.  Farobiy  o’rta  asr  sharoitida  ilm-fan  insonparvarlik  

g’oyalarining    tantanasi    uchun    kurashib,    butun    insoniyat    madaniyati    uchun  

katta  xizmat  qildi. 



Download 295.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
ta’limi vazirligi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
guruh talabasi
toshkent davlat
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
bilan ishlash
махсус таълим
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
fanining predmeti
Buxoro davlat
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
tabiiy fanlar