1.3.
XIV-XV asrlarda Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy hayot,
madaniyat va ta’im - tarbiyaga oid fikrlar
Muhammad Tarag’ay – Mirzo Ulug’bek
Mirzo Ulug’bek Markaziy Osiyo xalqlari ilm – fani va madaniyatini jahon
miqyosiga olib chiqqan, Markaziy Osiyoda pedagogik fikr taraqqiyotiga munosib
hissa qo’shgan ulug’ siymolardan biridir.
Ulug’bek 1394-yil 22-martda tug’ilgan. Otasi Shohrux Amir Temurning
uchinchi o’g’li bo’lib Xuroson hukumdori, ma’rifatli, ilm – fanga qiziqqan
shoh edi. Shu tufayli u dunyoning turli burchaklaridan ko’pdan – ko’p fanlarga
doir kitob va qo’lyozmalarni oldirib kelib, Samarqandda katta kutubxona
tashkil etadi, yoshlarning ilmlarni egallashlari uchun imkoniyat yaratadi.
Ulug’bek davrida o’qitishning sinf tizmlari, bolalarni yoshi bo’yicha
tabaqalashtirib o’qitish, o’quv tarbiya ishlarining aniq bir muddatini belgilab
qo’yish, ta’limning bosqichma – bosqich: boshlang’ich va o’rta, oliy
bosqichlar bo’yicha amalga oshirildi. Jumladan, Ulug’bek o’quv muddatini
qat’iy 8 yil qilib belgilab qo’ydi. Dars berish esa individual usulidan, jamoa
usuliga o’tkazildi. Bunda har bir guruhda 15-20 o’quvchi bir vaqtda saboq
olar edi. Bu dars o’tishning sinf tizimiga yaqinlashish bo’lgan.
Mirzo Ulug’bek, yosh avlodning aqliy va ma’rifiy tarbiyasiga katta
ahamiyat berib, ularni dunyoviy bilimlarni egallashga da’vat etdi, faqat
rivojlangan fan va madaniyat inson tafakkurining kamol topshini
ta’minlashiga ishondi. Olimning fikricha, yoshlar olgan bilmlarning
ahamiyatini, bu bilmlardan maqsad nima ekanini aniq anglab, bilimlarini
takomillashtirib borishlari, ularni hayotga tadbiq etish yo’llarini bilishlari,
jamiyat va xalq farovonligi yo’lida zarur hunarlarni egallab olishlari lozim.
Shu bois Ulug’bek bilimlarni nafaqat kitoblardan balki bevosita hayotning
o’zidan olishni ham tavsiya etadi.
41
Ulug’bek yangi – yangi ilmiy kashfiyotlar qilishni inson uchun oliy
fazilat deb biladi. Ulug’bek ushbu o’z g’oyalarini amalga oshirish maqsadida
Movaraunnahr shaharlarini, xususan Samarqand va Buxoroni ilmu ma’rifat
dargohiga aylantirdi. «Bilimga intilish har bir muslim va muslima uchun
farzdir» - degan shiorni olg’a surdi va ushbu so’zlarni madrasasining
darvozasiga yozdirib qo’ydi. Ulug’bek o’zidagi shu insoniy fazilatlarni ilm –
fanni ravnaq topishiga, yoshlarni tarbiyalashga bag’ishlangan, yoshlar taqdiri
haqida qayg’urgan, maktablar ochib, bolalarni o’qitgan, ularga bilim bergan,
ta’lim – tarbiya rivojlanishiga intilgan, domlalarga nisbatan hurmat va
ehtiromda bo’lgan, ularni moddiy, ma’naviy tomondan qo’llab turgan. Shu
say – harakatlari bilan ta’lim sifatini ko’tarishga, madrasalarda o’qish –
o’qitish tizimini jonlantirishga katta hissa qo’shgan. Chunonchi, madrasadagi
o’quv tizimini isloh qilib, unda astronomiya, geografiya kabi aniq fanlar
o’qitishni joriy etdi, ta’lim mazmunining sifatini oshirdi, madrasalarda o’qish
muddatini 15 – 20 yildan 8 yilga qisqartirdi.
Ulug’bek maktab va madrasalarda berilgan nazariy bilimlarni amaliyotga
tadbiq etish maqsadda mudarrislardan o’quvchilar bilan rasadxonada amaliy
mashg’ulotlar o’tkazishni talab etdi, bunga o’zi rahbarlik qildi, uning
fikricha, bolalarning bilim olishni istamasligi mudarrisning nodonligidandir,
chunki bunday tarbiyachilar ta’lim usullarini noto’g’ri qo’llash bilan
bolalarning bilimga qiziqishini so’ndiradi. Mudarris, avvalambor, o’zini
tarbiyalashi, bilim va malakalarni egallashi lozim. Ulug’bek mudarrisni o’z
ustida tinmay ishlashga, bilimlarini takomillashtirib borishga, har bir darsda
beriladigan bilimning yuqori saviyada bo’lishiga e’tibor berishga da’vat
etgan.
Ulug’bek yoshlarni har taraflama rivojlantirish tarafdori edi. U komil
inson deganda kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlarni o’zida
mujassamlashtirgan odamni tushungan.
42
Ulug’bek yosh avlodning erkin va har tomonlama rivojlanishiga bo’lgan
huquqini himoya qilib, mudarrislarni yetuklikka, faol, bilimdon va saviyali
insonlarni tarbiyashga undadi. Ulug’bek o’quvchilarning yuksak ilmga ega
bo’lishida darsliklarning ahamiyati kattaligini aytadi. Shuning uchun u
darsliklarning mazmuniga alohida e’tibor beradi va mualliflar oldiga jiddiy
talablar qo’yadi. Uning fikricha, madrasa uchun yozilgan darsliklar yangi
mazmun bilan boyitilishi kerak. Ularda qaysi fan, voqea va hodisa aks
ettirilishidan qat’iy nazar, hayot haqiqatidan bir qadam chekinmasligi lozim.
Darsliklar sodda va tushunarli, arab tilining murakkabliklaridan xoli tarzda
yozilishi kerak. Biroq, Ulug’bek darsliklar qanchalik mazmunli bo’lmasin,
ta’limda o’qituvchi asosiy o’rinda turishi kerakligini, o’z pedagogik mahorati
va yaxshi fazilatlari bilan o’quvchilarga namuna bo’lishi, yaxshi tarbiya
ko’rgan chuqur bilimli va ma’rifatparvar inson ham bo’lishi kerakligini
ta’kidlaydi. Ulug’bekning o’zi Samarqand madrasasida talabalari ko’z o’ngida
ana shunday ustoz timsoli sifatida faoliyat ko’rsatadi.
Allomaning ta’kidlashicha, bolaning bilim olishga bo’lgan qiziqishi,
havasini oshirishda u tarbiyalanayotgan muhit muhum o’rinni egallaydi.
Oilada ota – onalar, ayniqsa, o’qimishli ota – onalar o’z farzandlarining haqiqiy
inson bo’lib kamol topishiga alohida e’tibor berishlari lozim.
Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom,
harbiy hunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga alohida
ahamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha, odam so’lom va baquvvat bo’lishi
uchun yoshlik chog’idanoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim –
tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol
bo’lishi kerak.
Ulug’bek insonlar o’rtasidagi munosabatning tarbiyaga ta’siri hamda
ahloqiy tarbiya xususida gapirar ekan, bu masalada insonlar orasidagi o’zaro
munosabat, do’stlik va birodarlik alohida ahamiyat kasb etishi kerakligini
ta’kidlaydi.
43
Uning fikricha, haqiqiy va soxta do’stlarni ajrata bilish lozim, g’arazli
kishi hech qachon do’st bo’lmaydi, kishilarni u to’g’ri yo’ldan ozdiradi. Har
qanday kishi do’stona hamkorlik bilan hayotiy muammolarini hal etishi
mumkun, kishi yolg’iz o’zi, do’stlarsiz hech narsa qila olmaydi. Uning
ta’kidlashicha, har bir insonning axloqiy shakllanishi olimlar o’rtasidagi
munosabatlarga ham bog’liqdir, ular o’rtasidagi yaxshi hamkorlik
talabalarning axloqiy tarbiyasida muhimdir.
Mirzo Ulug’bek Markaziy Osiyoda pedagogik fikr va ma’rifat
taraqqiyotida o’ziga xos salmoqli o’rinni egalladi, umuminsoniyat tomonidan
kashf etilgan ilmlardan bahramand bo’lib, jahon faniga mislsiz hissa qo’shdi.
Uning ilmlarni o’rganish yo’llari haqidagi ta’limoti, shaxsiy namuna bo’lish
usullari pedagogik ta’limotda g’oyatda muhidir. Ulug’bek olg’a surgan
ta’lim – tarbiyaviy fikr – g’oyalar o’z mohiyati bilan hozirgi davr pedagogika
tarixi taraqqiyotiga ham xizmat qiladi.
Mirzo Ulug’bekning katta xizmati yana shundaki, u bevosita ilmiy
pedagogik qarashlari bilan ham odamlarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga da’vat
etdi. O’zining falsafa tarixi, astranomiya, matematika, geografiya, adabiyot
fanlariga oid ko’p jildlik asarlarida o’z davri uchun muhim bo’lgan ilg’or
pedagogik fikrlarni ilgari surdi, odamlarni o’zaro do’st va birodar,
mehnatsevar va insonparvar, tinchliksevar va adolatparvar bo’lishga targ’ib
etadi.
U halqning bilimli bo’lishini orzu qiladi, uni dunyo sirlaridan,
boyliklaridan bahramand qilishni istaydi. U dunyoni bilish, anglash uchun
unng siru asrorlarini topish, shuning natijasida topgan boyliklarini xalqqa
xizmat qildirish zarurligini aytadi. Ulug’bek inson qobliyati va zakovatiga
ishonadi.
Ulug’bek yosh avlodning tabiat haqidagi bilimlarni egallashi zarurligini
alohida ta’kidlaydi. Uning uqtirishicha, fan va madaniyatning rivojlanishi
bilan yurtda haqiqat barqarorlashadi. Ulug’bek yurtning tinch – osoyishta
44
bo’lishi uchun odamlar o’rtasida do’stlik va birodarlik, samimiyat va adolat
barqaror bo’lishi zarurligini aytadi.
Alisher Navoiy
Alisher Navoiy o’zbek adabiy tili va adabiyotiga asos solgan buyuk
so’z san’atkori, Sharq ijtimoiy – falsafiy, ma’naviy – axloqiy tahakkuri
taraqqiyotiga kata hissa qo’shgan zabardast mutafakkiri taraqqiyotiga katta
hissa qo’shgan zabardast mutafakkir, Husayn Boyqaro saltanatining
barqarorligi va gullab yashnashini tayinlagan yirik davla arbobi, ilmu fan,
adabiyot va san’atning ulkan homiysi bo’lgan mashhur ma’rifatparvar zot
sifatida o’zbek tili, tarixi, adbiyot va san’atning ulkan homiysi bo’lgan
mashhur ma’rifatparvar zot sifatida o’zbek tili, tarixi, adabiyoti, madaniyati
va san’ati rivojida alohida o’rin tutadi.
Alisher Navoiy qoldirgan meros o’zining salmog’i va rang – barangligi
bilan kishini hayratga soladi. Chunki u nafaqat shoir, ayni paytda yozuvchi,
tarixchi, tilshunos, adabiyotshunos, islom va tasavvuf olimi tarjimon sifatida
ham samarali ijod qildi hamda ko’plab bebaho ilmiy, tarixiy, diniy va
tasavvufiy asarlar yaratdi. U koinotdagi eng yetuk mavjudod inson deb
hisoblaydi. Inson butun borliqning ko’rki va sharafidir. U insonni bioijtimoiy
mavjudod sifatida olib inson o’z hayotini o’zi uchun ham butun jamiyat
uchun ham foydali bo’lgan ishlarga bag’ishlashi kerak. Shuning uchun u
kasb – hunar o’rganishi, ma’rifatli, xushxulq bo’lishi kerak deydi. Uning
inson haqidagi qarashlari negizida farovonlik va osoyishtalik hukm surgan
jamiyat va odil shox to’g’risidagi g’oyalar yotadi. Uning qarashlarida bilish
nazariyasiga oid fikrlar mavjud bo’lib, bilishning asosiy maqsadi borliqni,
tabiatni, insonning o’zini o’rganib yomonlikni yo’qotish, yaxshilikni
ko’paytirishga qaratilganligi deb hisoblaydi.
Alisher navoiy merosi - ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning kuchli qurollaridan
biri. Inson tarbiyasi, komoloti masalalarini o’zbek adabiyotida hech kim u
kabi kuylamagan. Mutafakkir shoir insonlik mohiyatini uning ijtimoiy
45
faoliyatida – jamiyatga foydali kasb bilan shug’ullanishi, halqqa manfaati
tegishi, odamlarning og’irini yengil qilishda deb biladi. Uning xalq g’amini
o’z g’ami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga qo’shmasligi bejiz emas.
Navoiy ma’naviy go’zallikni jismoniy go’zallikdan ajratib qaramagani sababli
ilm bilan hunar ham o’zaro omuxta bo’lishi tarafdori. Ya’ni, ma’naviy yetuk
kishi jismoniy jihatdan ham go’zal bo’lsa, o’z navbatida hunarmand ham
ilmu ma’rifatdan boxabar bo’lsa haqiqiy barkamollik – shu.
Alisher Navoiy maktabdor yoki mudarris bo’lib dars bergan bo’lsa ham,
ta’lim va tarbiya ishida juda kata xizmatlar qildi. Alisher Navoiy yosh
avlodning ilm – hunar egallashini va eng yaxshi insoniy fazilatlarga ega
kishilar bo’lishini orzu qiladi. Bunda esa ustozlarning ro’li alohida
ahamiyatga ega. Navoiy ustoz va shogird munosabatlari xususida fikr yuritib
shunday deydi: «Haq yo’lida kimki mashaqqat chekib senga birgina harf
o’rgatgan bo’lsa, yuz hazina boylik bilan ham uning haqini ado
etolmaysan»
1
.
____________________
1
Ergash Ochilov.Alisher Navoiy. Toshkent, «Abu matbuot kansultant», 2011, 26-bet.
46
Alisher Navoiy o’zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini
yaratib, unga yetishish yo’llari xaqida fikrlarini ifodalagan bo’lsa, ma’rifiy
asarlarida komil insonni shakllantirishning mazmuni, tamoyillari, usul va
uslublarini bayon etgan. Alisher Navoiy o’z davrining ilg’or, ma’rifatparvar
allomasi sifatida islomdagi axloq va odob aqidalari, o’zidan ilgari o’tgan
mutafakkirlarning qarashlarini ananaviy tarzda davom ettirdi.
Ayniqsa, inson kamolotida ilm – fanning o’rni, aql – idrokning ahamiyati,
aqliy tarbiyaning mohiyatini yaratib berdi.
Alisher Navoiy ilmiy va amaliy faoliyatida ham, ta’lim – tarbiya
masalalaridagi fikrlarida ham o’zidan oldin o’tgan Abu Nasr Farobiy, Abu
Rayxon al-Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek va boshqa
mutafakkirlar an’anasini davom ettirdi va boyitdi. Uning ilm – ma’rifat, ta’lim
– tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyasi markaziy o’rinda
turadi. Navoiyning fikricha inson dunyoda hammadan yuksak aziz va
qadrlidir.
Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning
kuchi va qudratiga alohida e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning
tarbiyali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi.
Yosh bola yaxshi nima-yu, yomon nimaligining farqiga bora olmaydi,
chunki uning tushunish, fikrlash, muhokama qilish qobliyati o’sgan bo’ladi.
Shu sababli u o’z xususiyatiga ko’ra biror salbiy ta’sir natijasida ta’sir
natijasida yaramas, noto’g’ri yo’lga kirib qolishi mumkun.
Demak, bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq darkor.
Tarbiya insonga o’zida yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishga yordam
beradi.
Alisher Navoiy tarbiyaning kuchiga e’tibor berish bilan birga, kishining
qanday odam bo’lib voyaga yetishiga ta’sir ko’rsatadigan boshqa omillarni
ham unutmadi. Navoiyning fikricha, jamiyatdan, odamlardan, ajralib,
47
yakkalanib qolgan va ularni ta’siridan tashqarida bo’lgan kishi inson qatoriga
kira olmaydi, hunari ham yo’q kabidir. Chunki, yolg’iz kishi dunyodan
bahra topa olmaydi, hayoti yemriladi.
Alisher Navoiy, odam shaxsi kishilar bilan munosabatda, ayniqsa,
kishilarning bir –birlariga bo’lgan ruhiy, ma’naviy ta’sirlari natijasida tarkib
topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri – tarbiya ekanligini
uqtiradi. Navoiyning fikricha, yaxshi ta’lim va tarbiya olgan har bir kishi
Iskandar kabi bo’lmog’i mumkin, buning uchun aslzoda va shahzoda bo’lishi
shart emas.
Demak, kishining chinakam insonligi, uning nasl – nasabida, aslzoda
bo’lishida emas, balki tabiyali va hayoli bo’lishidadir, kishilar haqiqiy
insonlikka tarbiya va ta’lim yo’li bilan erishadilar.
Alisher Navoiyning fikricha, tarbiyaning maqsadi – yosh avlodni
xalqparvar, bilimli, eng yaxshi fazilatlarga ega kishi qilib yetishtirishdir.
Navoiy injiq, yalqov, yomon xulqli bolalarni ham tarbiya va o’qitish
yo’li bilan tuzatish mumkunligiga ishonch bildiradi. Navoiy jamiyatdagi
ayrim axloqiy jihatdan nuqsonli kishilarni qayta tarbiyalash zarurligini qayd
etgan bo’lsa ham, lekin yaramas, fosiq, xalqqa zarar keltiruvchi odamlarni
tarbiyalash yo’li bilan tuzatib bo’lmasligini aytadi.
Adab muhabbatga bezak va pardoz beradi, adab tarkidin do’stlikning
ravnaq va bahosi ketadi. Adab va tavoze do’stlik ko’zgusini yarqiratadi, ikki
tomondan yorug’lik yetkazadi.
Navoiyning fikricha, odob – odamning oliyjanob fazilatlaridan biridir.
Odobli kishi ochiq yuzli, xushmuomala, yoqimli bo’ladi. Bunday kichilar
uchun ikkiyuzlamachilik, qo’pollik yotdir. Odobli odam doimo hurmatda va
izzatda bo’ladi. Ota – ona, aka – uka, opa – singilni, do’stlarni hurmat – izzat
qilmoq – har bir odobli kishining burchidir.
48
Alisher Navoiy har bir kishidan yoqimli, nazokatli, ochiq chehrali va
xushmuomala bo’lishni talab qiladi. Dag’allik, qo’pollik bilan muomala qilish
eng yomon xislatdir.
Yomon hulqlilar yolg’iz o’zlarigagina emas, balki xalqqa ham zarar
yetkazadilar. U laganbardorlikni, xushomadgo’ylikni eng yomon xislat deb
biladi. Ota – onalarni o’z bolalarini, yosh avlodni chin insonga xos bo’lgan
eng yaxshi fazilatlar egasi qilib tarbiyalahga da’vat etadi.
Navoiy o’z ijodida odamlarni karamli, saxovatli va himmatli bo’lishga
undaydi va yoshlarni ham shunday fazilatli qilib tarbiyalashga da’vat etadi.
Navoiy el – yurtga, xalqqa, muhtojlarga yordam berishni eng yuqori karam
hisoblaydi.
«Karam, - deydi Navoiy, - bir jabrlanganning qattiqchilik yukini
ko’tarmoq va uni o’sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam – birov
mashaqqat tikanining og’irligini ko’tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq
va o’sha qilgan ishi qaytib tilga keltirmaslik, og’izga olmaslik, ishiga minnat
qilmaslik va uning yuziga solmaslikdir», - deydi. Himmatli kishilar xalq
orasida obro’ga sazovordir, Navoiy odamlarni insofga, sahovatli va adolatli
bo’lishga, bir – birlari bian ahil bo’lishga, bir – birlariga yordam berishga
karamli bo’lishga da’vat etar ekan, ehsonli bo’lishni alohida uqtiradi. Ulug’
mutafakkir ehsonni ulug’lab shunday deydi: «ehson degan sifatni abadiy
saodat bil… kishilik bog’ining ko’ngliga yoqar daraxti ehsondir. Barcha
maqbul sifatlar va maqbul holatlar ehsonga qarashlidir, bu sifat va holatlarni
u o’z ichiga olgan hamda shuning o’ziga voqedir. U barcha yaxshiliklarni
o’zida to’plagan va bari yaxshiliklar haqiqatan unga tegishlidir».
Mutafakkirning fikricha, yaxshilikni o’ziga maqsad qilib olgan odam
baxtli bo’ladi. Bunday odamlar saxiy va himmatli bo’ladilar. «Saxiylik
kishilar bog’ining hosildor daraxtidir, balki u daraxtning shirin mevasidir,
odamgarchilik o’lkasining to’lqinli daryosi, balki u to’lqinli daryoning
gavharidir».
49
Alisher Navoiy o’z faoliyati davomida halq va vatan osoyishtaligi,
madaniyat va ma’rifat rivoji uchun kurashdi. Uning ijodiy me’rosi tarixiy -
ma’rifiy jihatdangina emas, balki ijtimoiy – tarbiyaviy jihatdan ham katta
ahamiyatga ega.
Ijod etgan barcha asarlarida Navoiy insonparvarlik, el – yurt farovonligi
g’oyalarini ifodaladi, ta’lim – tarbiyaga oid fikrlarini bayon etdi. Uning bu
g’oyalari barkamol avlodni yetishtirishga xizmat qiladi, buyuk alloma izhor
etgan Benazir g’oyalar milliy pedagogika tarzida alohida o’rinda turadi.
Zahiriddin Muhammad Bobur lirikasida komil inson bosh g’oya sifatida
O’rta asr Sharq madaniyati va adabiyotining buyuk nomoyondasi
Bobur ilm – ma’rifatni qadrlagan va unga xomiylik qilgan. Shoir
insonning ma’naviy komolotini, avvalo, uning ilm va donnish soxibi bo’la
olgnligida deb biladi. Ilm o’z – o’zidan bo’lmaydi faqat xavas va ishtiyoq
bilangina ilmga ega bo’la oladi, deydi. Shuning uchun ham u ilmi urfonning
moxiyatini extiros bilan qalamga oladi:
Kim yor anga ilm tolibi ilm kerak,
O’rgangali ilm tolibi ilm kerak.
Men tolibi ilmi tolibi ilmiy yo’q
Men bormen ilm tolibi, ilm kerak.
Demak, kimki ilmli bo’lsa, bu ilmni shogirdlariga yetkazmog’i kerak,
ilm istovchilar o’rganmog’i uchun o’rganadigan ilm bo’lmog’i lozim. Men
ilm istovchiman, ammo men o’rganmoqchi bo’lgan ilm yo’q, mendek ilm
toliblariga ilm kerak, degan go’zal bir g’oya ushbu ruboiyda o’z ifodasini
topgan. U fan va bilmning axamiyatini qayd qiladi. Insonlar chinakkam
komillikka erishmoqchi bo’lsalar, fan va bilimni egallashlari lozimligini
aytadi.
Komil inson – Bobur lirikasining bosh g’oyasi bo’lib hisoblanadi.
50
Komil inson g’oyasi azal – azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat
ma’naviyatining uzviy bir qismi bo’lib kelgan. Zardushtiylikning ezgu
maqsadlar mujassamlashgan obidasi – “Avesto” da xalol mehnat, ya’ni ezgu
so’z, ezgu amal, ezgu fikr komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan.
Komil inson g’oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada ko’proq ma’no
mazmun kasb etgan. Farobiy fozil shaxar axolisi xaqidagi g’oyalarini ilgari
surar ekan, shaxsning ma’naviy komolotini adolatli jamiyat qurishning asosiy
sharti deb xisoblagan. Zaxiriddin Muhammad Boburning komil insonni
tarbiyalash haqidagi fikriga esa jamiyat taraqqiyotiga yangi ma’naviy
imkoniyatlar izlash maqsadlari bilan bog’langan. Bobur faqat yangi tariqat
asoschisi sifatida emas, balki turkiy tasavvuf sheriyatining ijodkori sifatida
xam takroran mos va unutilmas tarixiy vazifani ado etgan edi. Uning
asarlari xalqimizning chinakam adabiy mulkiga aylandi.
Bobur lirikasi inson ruxiy kechinmalarining xilma – xil xolatini, uning
qirralarini qamrab oladi, xayotning turli masalalarini ta’riflayd. Uning ijodida
haqiqiy inson yuqori pog’onalarda turadi, ulug’lanadi. Komil inson axloq,
tarbiya, ma’rifatparvarlik, yaxshilik qilish g’oyalarini ilgari suradi.
Zahiriddin Muhammad Bobur merosi, insoniy oliyjanobligi, tarixiy –
marifiy shu bilan birga, juda kata ijtimoiy – tarbiyaviy va estetik ahamiyati
bilan qadrlidir. Komillik belgisi bo’lgan insonparvarlik, xalqparvar do’stligi,
osoyishtalik va birodarlik uchun kurash g'oya’arini hormay – tolmay kuylagan
Bobur, mustaqil vatanimiz taraqqiyotiga o’z hissalarini qo’shadigan,
qo’shayoygan barkamol yoshlarni tarbiyalashda, tinchlik demokratik jamiyat
qurish uchun kurashayotgan, bir so’z bilan aytganda salohiyatli qobiliyatli
halqimiz farzandlari o’tmish merosi hamda o’z tariximizni o’rganishda
dasturul amal vazifasini o’tashi ajab emas.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |