ABU RAYHON BERUNIY.
Abu Rayhon Beruniy (973-1043) jahon fanlarining taraqqiyotiga ulkan
hissa qo’shgan istedod egasi hamda zahmatkash tadqiqotchisi bo’lgan.
Beruniy tarixiy, diniy mazmundagi adabiyotlarni keng tahlil qilgan hamda
tarix, din, urf – odat, odob – ahloq va an’analarning turli halqlardagi
ko’rinishlaini o’rganib, har bir halqning insoniyat taraqqiyotida o’z o’rni
borligini ilmiy jihatdan isbotlab berdi.
14
Beruniy yashagan davr tarixan siyosiy, ijtimoiy – iqtisodiy va
etnomadaniy o’zgarishlari qatorida ilm – fan sohasida ham tub o’zgarishlarga
olib keldi. O’sha davrlardagi bilimlarni egallash yo’llari haqidagi fikrlari
hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.
Qomusiy olim Abu Rayxon Beruniy asarlarida o’qitish usullari
masalasiga alohida to’xtalib, o’qituvchi shaxsiga ta’lim berishda ko’proq
qaysi tomonlariga e’tibor berish kerakligini bayon qilib beradi.
Jumladan, olim tomonidan quyidagi qoidalar ilgari suriladi:
1.
O’qitishda yodlatish emas, balki tushuntirish, mantiqiy fikrlash,
xulosalar chiqarish yo’liga amal qilish lozimligi.
2.
O’qitishda o’quvchining qiziqishi, intilishini hisobga olinishi va
muallim o’z shogirdlariga xushmuomala bo’lishi.
3.
O’qitishda turli usul, metodlarni qo’llash ya’ni qarab chiqish,
o’qilmagan mavzularni o’qib chiqish kerakli joylarini qayta o’qib
olish, umuman yana o’qib chiqish va tushunib olish.
4.
O’quv qurollarini, kitoblarni e’tibor bilan avaylab, asrab tutish,
bu kitoblar insoniyatning boyligi ekanligi.
Beruniyning fikriga ko’ra, o’quvchiga bilim berishda:
-
O’quvchini zeriktirmaslik;
-
Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o’rgatavermaslik,
-
Yangi mavzularni qiziqarli, oson, ko’rgazmali bayon etish
vahokazoga e’tibor berish kerakligini uqtiradi.
Shuningdek, har bir xalqning o’ziga xos ta’lim usullari, yo’llari,
shakllari borligini ta’kidlash bilan birga, har bir alqning ham o’qitish tizimi
alifbodan boshlanishini ko’rsatadi. Grammatika, matematika fanlarini
o’qitishga oid qimmatli fikrlar bayon etadi.
Beruniy yoshlarni o’qitish uchun o’qituvchi tanlashni birinchi va asosiy
ish deb bilgan. U bolalarni yoshligidanoq aniqrog’i 5-6 yoshligidan o’qitish
tarafdori edi, buning uchun o’qituvchi xushmuomalali, rostgo’y, o’z fanini
15
yaxshi biladigan, toza, ozoda yurish va turishida namuna bo’lishini talab
etadi. Bu go’yo to’g’ri va adolatli talabdir. Agar o’qituvchi o’rnak bo’lmasa,
aytgan gapiga o’zi rioya qilmasa, uning tarbiyasi samarasizdir.
Beruniy ta’lim – tarbiyaga o’qituvchilarning diqqatini jalb qilish,
mashg’ulotlar davomida o’quvchilarning zerikib qolmasligi uchun ta’lim
olishning turli yo’llari, shakl va metodlari ustida to’xtalgan. U shunday deb
yozadi, “Bizning maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir, hadeb bir
narsani takrorlash zerikarli bo’ladi, materialga nisbatan salbiy munosabat
shakllanadi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag’ishlaydi deb bekorga
aytilmagan”. Olimning so’zlarida uning bilim berish yo’llari haqida ham
bayon etilgan.
Birinchidan – ilmiy bilimlar turli mavzulardan iboratbo’lishi, o’qituvchi
zeriktirmasligi, xotirasiga malol kelmaslikni ko’zda tutadi.
Ikkinchidan – bunday usul boshqa tadqiqoychilarning o’qib
o’rganuvchilarning mehnatini yengillashtirishga qaratilgan.
Uchinchidan – borliqdagi hodisalarni har tomonlama o’rganmasdan ilmiy
bilimlar doirasini aniqlab olish qiyin bo’lishini ta’kidlaydi.
Beruniy ilm olishga kirishishni quyidagicha ta’kidlaydi: “Ilm dargohiga
kirar ekansan, qalbingni, ko’nglingni ozdiruvchi illatlardan, odamni ko’r qilib
qo’yadigan holatlardan, chunonchi, qotib qolgan urf – odatlardan, hirsdan,
raqobatdan, ochko’zlikning quli bo’lishdan, o’z hokimligi uchun kurashishdan
ozod bo’lmog’ing darkor”.
Beruniy o’quvchilarga bilim berish xat savodli qilish to’g’risida gapirar
ekan, bu o’rinda qog’ozning paydo bo’lishi, yozuv va uning vujudga kelish
xususiyatlari, turli belgilar, o’quv qurollari haqida alohida – alohida
to’xtalgan. Uning ta’kidlashicha har bir xalqda ta’lim berishning o’ziga xos
tomonlari bo’lib, hammasida ham o’qitish eng avvalo alifbodan boshlanadi.
Qomusiy olim Beruniyning ta’kidlashicha bilim olish jarayonida
insoniyat yaratgan bilimlarni egllash uchun o’quvchida intilish va qiziqish
16
bo’lish kerak. Uning ta’kidlashicha kishi tabiati bilmagan va bila olmagan
narsalarini bilishga o’chdir.
Beruniy ilm olish yo’li bilan dunyoni bilishning turli bosqichlarini
ko’rsatadi.
1.
To’liq bilim olishda narsalarning chegaralari ma’lum bo’ladi.
2.
Narsalarning bo’laklarini umumlashtiruvchi chegaralargacha
ma’lum bo’ladi, lekin bunda ham tavsilotdan holi bo’lmaydi.
3.
O’sha tavsilotlar atroflicha biluvchi va bilinuvchi sifatida
birlashadi, lekin bu holat zamon ichida bo’lib turadi
4.
Atroflicha bilish holati zamon ichida bo’lmaydi, endilikda
narsalarni, voqealarni bilishda zarur vosita bo’lgan ism sifatlarga,
laqablarga ehtiyoj qolmaydi.
Beruniy tomonidan ilgari surilgan fikrlarda bilimlilik orqali nodonlikdan
xalos etish masalalari bayon etilgan. O’quvchini o’qitish muomalali, rostgo’y,
savodxon, shogirdlariga prinspial, yumshoq muomalari bo’lishi kerak.
Muallim o’quvchini doimo to’g’ri yo’lga boshlashi, sezgir va talabchan
bo’lishini uqtiradi. Beruniy muallim shogirdlariga yumshoq muomala qilishi,
ularga to’g’ri yo’l ko’rsatishi, yaxshi yo’lga yo’llashi, niyatini to’g’ri qilishi,
o’zini katta olmay, ochiq ko’ngil bo’lishi haqida ta’lim bergan.
Beruniy o’qitishda faqat induktiv yo’l bilangina emas, balki deduktiv
yo’l bilan ish tutish lozimligini ta’kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni
joyida qo’llamoq zarurligini yaxshi bilgani ko’rinib turibdi. Bunday o’qish
tafakkurni o’stirib, bilishni sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimni boyitadi.
Beruniy dastlab o’quvchining ongli o’qishi, matnning hajmi kichik
mazmuni sodda, keyinchalik esa hajmi katta mazmuni murakkabroq bo’lgan
matnlarni o’qishga kirishishi o’qish jarayonida taqqoslash qiyoslashga e’tibor
berish o’quvchilarning ongli bilimiga asos solishini eslatib o’tgan.
17
Olim o’qilganlarning barchasini qaytarib o’qish deganda, asosan xato
qilmay, so’zlarni buzmay, ortiqcha tovush ishlatmay, bo’g’inlarni tushirib
qoldirmay, so’z urg’usini o’z o’rnida qo’llab, to’g’ri o’qishni ta’kidlaydi.
O’qishning tez, to’g’ri va ifodali bo’lishi, hamda o’qish davomida
bolaning o’z – o’zini kuzatib borishi xatosiz tez va to’g’ri o’qishiga yordam
beradi.
Beruniy bilimni ustozlar tomonidan o’rgatiladi deb biladi. U nazariy
bilimlarni o’quvchilarga singdirish haqida to’xtalib, muallim o’z ishiga
asosan qiziqarli suhbat usuli bilan yondoshib, shogirdining fanga, kasbga,
o’rganilayotgan ilmga qiziqishini, havasini uyg’ota olishini, ta’limning asosiy
vazifalari deb bildi.
Beruniy «Hindiston» kitobining yettinchi bobida ma’rifat va bilimdonlik
darajasi, kishilarning mulohaza yurutish holati to’g’risida fikr bildiradi.
Bobdan o’rin olgan hikoyada olim shunday voqeani bayon etadi:
«Bir ustoz o’z shogirdlari bilan qorong’u kechada yo’l bosib borar edi.
Ular yo’l bo’yicha tik turgan bir qoroltinga duch keladilar. Ustoz
shogirdlaridan uning nima ekanini aytishni talab qiladi. Shogirdlaridan biri
bilmayman, ikkinchisi ham bilmayman va bilishga qudratim yetmaydi, deb
javob beradi. Uchinchisi esa tong yorishsa, ma’lum bo’ladi, qo’rqinchli narsa
bo’lsa, tong yorishishi bilan yo’qolib ketadi, qo’rqinchli narsa bo’lmasa
ahvoli ma’lum bo’ladi, deb javob qildi».
Beruniy uch shogirdining ahvolini, qobliyatini ularning javoblaridan bilib
oladi: olimga birinchi va ikkinchi shogirdning ilmsizligi, uchinchining ishni
keyinga surishi, ilmsiz bo’lsa ham ma’rifatga intilishi nomoyon bo’ladi. Shu
tufayli Beruniy uning javobini maqullaydi. Bu shogird qoroltinga borib, bir
biriga chirmashib ketgan qovoq palagini ko’radi, qoroltin jonsiz narsa
ekaniga ishonadi, biror ihota emasmikan deb shubhalanadi-da, tepib yuboradi,
qoroltin ag’anadi. Shunda shogird uning ihota ekaniga to’la ishonadi. Barcha
18
ko’rgan, bilganlari haqida ustozi Beruniyga xabar qildi va uning qarshisida
e’tibor qozondi.
Demak, har bir narsani aniq, sinchkovlab o’rganish, bilish va shundan
so’nggina bir xulosaga kelish kerak. Beruniy bu ishda tajribaga asoslanishni
alohida uqtiradi, nodonlik, erinchoqlik, ilmsizlikni tanqid qiladi.
Abu Rayhon Beruniy ruh va ruhiyat masalalariga alohida qiziqish bilan
qaraydi. U insonni o’qitishda va tarbiyalashda inson ruhiyatini bilish
zarurligini anglagan hamda inson bilan o’zaro munosabatlarda ruhiy
jarayonlarni bilish lozim ekanligini yaxshi tushungan.
Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va insonlarga xos deb
bildi. Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli, inson mantiqiy
fikirlashga, mantiqiy hulosalar chiqarishga qodir, insonda faol nerv hizmatlari
mazjud deb hisoblaydi.
Beruniy ruhiy qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik faylasuf
sifatida talqin etgan. Uning “Hindiston”, “Mineralogiya” kabi kitob va
risolalarida o’zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim
masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko’p, g’oyat qimmatli
fikr – mulohazalari mavjud.
Olim ruhiyat masalalarini alohida to’plab yozgan emas, masalalar uning
asarlarida sochma holda uchraydi. Olim insondagi ruhiy jarayonlarni, avvalo,
tabiatda oliy mavjudod – insonning bilish jarayonini, inson bilimlarini
boyitish, ma’rifatli bo’lishdagi ro’li jihatidan o’rganishga va talqin etishga
harakat qildi. Shu sababli uning yuqorida keltirilgan asarlarida sezgilar va
aqliy bilish, o’zini tuta bilish, xotira, tasavvur, diqqat, idrok va qobiliyat
kabi shaxsiy hislatlarni olamni bilish jarayonlari bilan bog’liq holda
ko’rsatadi.
U yaratgan har bir ishining kishi ruhiyatiga, qobliyatiga xos, uni
to’liqtirmayigan bo’lishiga e’tibor beradi. Beruniy yozadi: “Bizning
maqsadimiz o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir. Hadeb bir narsani o’qiy
19
berish zerikarli bo’ladi va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan
boshqa bir masalaga o’tib tursa u huddi turli – tuman bog’ – rog’larda sayr
qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar – o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi
ularning hammasini ko’rgisi va tomosho qilgisi keladi. “har bir yangi narsa
rohat bag’ishlaydi” deb behuda aytilmagan”.
Beruniy inson ruhiyati haqida so’z yuritar ekan, uning bir – biriga aks
ta’sir ko’rsatadigan qismlardan iborat tanaga ega ekanini, bu qismlar
bo’ysinuvchi kuch sifatida birlashganini, ruh esa ko’p hollarda tana
haroratiga tobe bo’lishini va shu sababli unda xilma – xil holat vujudga
kelishini aytadi.
Beruniy insonning barcha mavjudodlardan ustunligi uning tafakkuri
orqali ekanligini izohlaydi. Shuning uchun ham yerdagi barcha jonzotlar
unga bo’ysunadilar, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bo’lar
edi.
Beruniy fikricha, inson tafakkurining qudrati shundaki, uning yordamida
voqea va hodisalarni bir – biriga solishtirish, tahlil qilish orqali rostni
yolg’ondan, adolatni adolatsizlikdan, yaxshini yomondan, haqiqatni esa
nohaqlikdan ajratish mumkin. Bu psixologiya faniga ijobiy ta’sir ko’rsatishini
isbotlaydi.
Xotiraning ahamiyati haqida Beruniy ajoyib fikr aytgan.
“Xotira, - deydi u – dalili bor hamma narsani yaxshiroq, tezroq va
o’ng’ayroq eslab qoladi”.
Abu Rayxon Beruniy o’zining psixologik ta’limotlarida inson xotirasini
“tangrining tuhfasi” deb ta’kidlagan. Xotirasi kuchsiz kishilarda uni
tirishqoqlik va ko’p shug’ullanish bilan mustahkamlashi mumkun degan
g’oyani ilgari suradi.
Olim bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog’laydi. Zero, insonda
komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Uning fikricha axloqiylik
20
insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib
topmaydi.
U kishilarning o’zaro muloqoti, ijtimoiy muhit – jamiyat taraqqiyoti
jarayonida tarkib topadi yoki u yaxshilik bilan yomonlik o’rtasidagi kurash
natijasida nomoyon bo’ladi. Yashilik va yomonlik insonning xulq - atvorini
belgilaydigan mezon bo’lib hisoblanadi. Olimning inson turmushiga xos
xulq – odob qoidalari haqidagi fikrlari pedagogik jihatdan muhim ahamiyat
kasb etadi. Inson ham ichki, ham tashqi tomondan go’zal bo’lsagina, haqiqiy
kamolotga erishishi mumkun deydi. U orastalik va ozodalikni olijanoblik
bilan tenglashtiradi. Inson doimo bularga rioya etishi zarur deb ta’kidlaydi.
Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi, har bir inson uchun
zarur bo’lgan xislatlarni tarkib toptirishda kuch va irodaga ega bo’lishi zarur
deb ta’kidlaydi. Bunda inson o’zini boshqara olishga qodir bo’lishi har bir
yetuk inson uchun zarur bo’lgan hislatlarni tarkib toptirishda kuch va
irodaga ega bo’lishi zarur, deydi.
“Mineralogiya” asrida bu fikrni quyidagicha ifodalaydi:
“Inson o’z ehtiroslariga hukmron, ularni o’zgartirishga qodir, o’z jon va
tanini tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagulik narsalarga aylantirishga
hamda asta – sekin axloq haqidagi kitoblarda ko’rsatilgan usullar bilan
illatlarni bartaraf etishga qodirdir”.
Beruniy insonni kamolotga yetaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik
deb ko’rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda
olim insonga inson sifatida muomala qilishni nazarda tutadi. Eng muhumi,
mutafakkir, inson kamolotida, mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon
etadi. U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo’ladi. Og’ir
mehnat sifatida binokor, ko’mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini
keltiradi. Ayniqsa, ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish,
xayrixoh bo’lishga chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga
hissa qo’shuvchilar deb biladi.
21
Olim bolalarni mehnatga o’rgatish metodlari, yo’llari haqida ham fikr
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o’rgatish kerak
deydi.
Beruniy inson kamolotida uch narsani muhimligini ta’kidlaydi. Bu
hozirgi davr pedagogikasida ham e’tirof qilingan irsiyat, muhit va tarbiyadir.
Ma’lum bir davrda olimlar inson komolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor
etib, faqat tarbiyani tan oladilar.
Lekin, Beruniy o’z zamondoshlari – buyuk mutafakkirlar Farobiy, Ibn
Sinolar kabi inson kamolotida uchalasini ham muhim deb hisoblaydi. Ya’ni
u insonning kamolotga yetishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot muhim
ro’l o’ynasa – da, nasl – nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush
qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Zero, uning
o’zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini, hayoti va
ijodiy faoliyati, yozgan asrlari bilan isbotlab, kelajak avlodga katta ma’naviy
meros qoldirdi.
U kishilar hayotidagi yomonlikni qoralaydi. Uning fikricha, bu illatni
yo’qotishning asosiy yoli yomonlik ildizlarini topish va kesib tashlashdir.
Yomonlikning shahobchalari ko’p, ammo ularning asosi uch narsa: ta’ma,
g’azab, yuz ilmsizlikdir. Agarda bu asoslar qirqib tashlansa, shohobchalar
quriydi. Bu asoslarning negizi esa, ishtaha va g’azabdir. Ishtaha insonga eng
kuchli va eng halokatli dushman bo’lib, insonni ovqatlarni tanovul qilish
lazzati va o’ch olish zavqi bilan aldaydilar. Olimning tushuntirishicha, bu
illatlar, ranj va gunohga olib keladi. Ularning ta’siriga berilib ketgan kishi
insonlik qiyofasini yo’qotadi.
Beruniy rostgo’ylik, to’g’ri so’zlikni ulug’laydi, yolg’onchilikni odamlar
o’rtasiga nizo soluvchi illat sifatida qoralaydi.
Beruniyning ma’rifat va bilimdonlik darajasi, kishilarning mulohaza
yuritish holati to’g’risida biladigan fikriga ko’ra, har bir narsani aniq
sinchiklab o’rganish, bilish, shundan so’nggina bir xulosaga kelish kerak.
22
Beruniy bu ishda tajribaga asoslanish kerak ekanligini alohida uqtiradi,
nodonlik, erinchoqlik, ilmsizlikni tanqid qiladi.
Beruniy muruvvat va futuvvatni eng yahshi insoniy fazilat hisoblaydi.
Uning ta’kidlashicha, muruvvatli kishi o’z qobliyati, hushmuomalaligi,
shafqatliligi, qat’iyatliligi, chidam, fazilat va kamtarlik hislatlari bilan ajralib
turadi.
Beruniy o’z didaktik qarashlarida tabiat, jamiyat hodisalariga, turmush
voqealariga xolisona baho berish – inson tabiatini bildiruvchi omil ekanligini
ta’kidlab, kishilarni voqealarga mustaqil va ongli munosabatda bo’lishga
undaydi.
Olimning ta’kidlashicha, sezgi o’z qo’zg’atuvchi a’zolari orqali yuzaga
keladi. Qo’zg’tuvchilar bir meyyorda bo’lsa, yoqmli va zararsiz, agarda
meyyordan ortiq bo’lsa, dardli va halokatli bo’ladi. Ko’rish sezgisini nur
qo’zg’atadi, hidlash burunga uriladigan hidlar orqali paydo bo’ladi, tam -
ozuqaning mazasi bilan vujudga keladi. Bu to’rt sezgini his etuvchi mahsus
a’zolar tanada mavjuddir, beshinchi sezgi esa, butun badanda voqeadir.
Beruniy inson ana shu hususiyatlari bilan barcha mavjudodlardan
ustunligini ta’kidlab, insonning asosiy vazifasi mehnat orqali ko’zlagan
maqsadiga erishish yaxshilik ko’rishdir, degan g’oyani ilgari suradi.
Beruniy “Mening qalbim ikki biqinim o’rtasida turib, ko’zlarning
ko’rgani quloqlarning eshitganini anglaydi,” – der ekan, bu bilan eshitish va
ko’rish orqali egallanishi va u qalbga bog’liqligini ta’kidlaydi.
Beruniy olg’a surgan insonparvarlik g’oyalari ta’lim – tarbiya xususidagi
fikr – o’gitlari mustaqillik davrida ham yoshlarni barkamol qilib yetishtirishga
xizmat qiladi.
23
Abu Ali Ibn Sinoning ta’lim - tarbiya haqidagi g’oyalari hamda
pedagogik ta’limoti to’g’risida
Dunyo ilm ahli orasida ma’lum mashhur bo’lgan siymolardan biri
qomusiy olim Abu Ali ibn Sino hisoblanadi. Bu alloma nafaqat o’z
zamonasining, balki kelajakning ham buyuk mutafakkiri sifatida tarix
zarvaraqlaridan munosib o’rin oldi. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona
qishlog’ida 980 yili tug’ulgan.
Ibn Sino maktabda o’qidi, turli ustozlardan ta’lim olib qator tabiiy-ilmiy
fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar – matematika, mantiq, astranomiya,
qonunshunoslik, fizika, falsafa asoslarini egalladi, xususan, tibbiyot ilmini
egallashga qiziqdi, tabiblik bilan shug’ullandi. Ko’lab asarlar muallifi
bizgacha uning 450 dan ortiq asaridan 242 tasi bizgacha yetib keldi.
Shulardan 80 tasi falsafa, 43 tasi tabobatga oid bo’lib, qolgan qismi mantiq,
psixologiya, astranomiya, mantiq, musiqa, kimyo, axloq, adabiyot
vatilshunoslik sohalariga oiddir.
Ibn Sinoning temperament haqidagi qarashlari psixologiya faniga
qo’shilgan katta hissa bo’ldi. Uning “Tib qonunlari” asarida psixik
o’zgarishlarga katta o’rin ajratilgan.
Ibn Sino insonni tana va jondan tashkil topadi, deydi. Miya esa jonni
boshqaruvchi markazdir. Uning fikricha xashorotlar, o’simliklar, hayvonlar va
insonlar qandaydir ichki kuch - jon (“an nafas”) ga egadir. Inson joni bunda
eng oliy va yetuk jondir. Shuning uchun inson fikrlash xislatiga mavhum
tushunchalarni o’zlashtirish, bilish mavjudodning mohiyatini tushunish,
maqsadli faoliyatni amalga oshirish qobliyatiga egadir. Inson aqli jonning
oliy darajasidagi ifodasidir. Inson mavjudod muhiyatini bilishi uning
tafakkurining dunyoviy aql bilan qo’shilishi asosida vujudga keladi.
Ibn Sino o’zining asarlarida yaxshilikka olib boruvchi axloq qoidalarini
egallash, insonning axloqiy munosabatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi
axloq qoidalarini egallash, insonning axloqiy munosabatlarini rivojlanishiga
24
yordam beruvchi tadbirlar orqali ta’lim – tarbiyani izchil amalga oshirish
mumkunligini alohida qayd qiladi.
Ibn Sino bola tarbiyasiga e’tiborni ona qornidaligidan boshlash
kerakligini takidlaydi va bola tug’ulganidan keying tarbiya masalalarini alohida
ko’rib chiqadi. Bola tug’ulgandan boshlab oyoqqa turguncha ma’lum tartibda
tarbiyalanib borishi lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish,
uxlatish, yo’rgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar
asosida amalga oshirish darkor. Bola tabiatini mustahkamlashdagi muhim
vositalar asta – sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat
bo’lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Tebratish
uning tanasiga, musiqa uning ruhiyatiga orom baxsh etadi. Ibn Sino yosh
bola tarbiyasini turli sharoitda ma’lum izchillik va tartib bilan olib borish
haqida onalarga juda yaxshi maslahatlar beradi.
Bolalarning o’spirinlikka o’tish davri tarbiyasi o’ziga xos xususiyatga
ega bo’lib, bu davrda ularda xulq – atvor shakllanadi. Bola xulq – atvorining
bir xil muvozanatda bo’lishi uchun uni keskin g’azablanishdan, qattiq
qo’rquvdan va uyqusizlikdan saqlash zarur. Bu tartib uni yoqimli xulq –
atvorli qilib tarbiyalashga imkon beradi.
“Bola xulqini mo’tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak.
Bundan ikki manfaat bor. Biri – bolaning ruhi uchun bo’lib, u yoshlikdan
boshlab yaxshi xulqli bo’lib o’sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka
bo’lib qoladi.
Ikkinchisi – uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz
buzulishlaridan bo’ladi. Shuningdek, agar yomon xulq odatda kirib qolsa,u
mijoz buzulishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u
kuchli quritadi…”
Bola 6 yoshga to’lgandan keyin uni maktabga berish kerak. O’qitish,
bilim berish, o’rgatish ham asta – sekin amalga oshirilishi hamda ta’limda
quyidagi tomonlarga rioya etish kerakligini ta’kidlaydi:
25
Bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo’ymaslik;
Ta’limda yengildan og’irga borish orqali bilim berish;
Olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
O’qishda jamoa bo’lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
Bilim berishda bolalarning mayl qiziqish va qobliyatini hisobga
olish;
O’qishni jismoniy mashqlar bilan qo’shib olib borish.
Talabaga bilim berish o’qituvchining mas’uliyatli burchidir. Shunga
ko’ra, Ibn Sino o’quvchining qanday bo’lishi kerakligi haqida fikr yuritar
ekan, shunday yo’l yo’riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:
-
Bolalar bilan muomalada bosiq va jiddiy bo’lish;
-
Berilayotgan bilmning talabalar qanday o’zlashtirib olayotganiga
e’tibor berish;
-
Ta’limda turli metod va shakldan foydalanish;
-
Ta’labaning xotirasi, bilimlarni egallash qobliyatini va shaxsiy
hususiyatlarini bilish;
-
Fanga qiziqtira olish;
-
Berilayotgan bilmlarning eng muhimini ajratib bera olish;
-
Bilmlarni talabaga tushunarli qilib, uning Yoshi aqliy darajasiga
mos ravishda berishi;
-
Har bir so’zning bolalar hissiyotini uyg’otish darajasiga erishish
zarur, deydi olim.
Ibn Sino ta’kidlashicha, bilishda qaysi metoddan foydalanilmasin u
og’zaki ifodali bilmlarni tushintirishmi, turli ko’rinishdagi suhbatmi,
tajribalarmi, baribir talabada haqiqiy bilim hosil qilish, mustaqil qobliyatini
rivojlantirish, olgan bilmlarini amaliyotga tadbiq qila olish qobliyatini tarkib
toptirishni asosiy maqsad deb bilgan.
Bolaning kitob o’qishga haddan tashqari berilishi uning sog’ligiga salbiy
ta’sir qiladi. Bolaning o’spirinlikka o’tish davrida bolaga og’ir jismoniy ish
26
topshirmaslik kerak. Ish topshirishda bolaning xohishi, istagi hisobga olinish
lozim.
Bolaning kun tartibi… ularning tanasi va salomatligini saqlash va
o’sishini ta’minlashga qaratilgan bo’lmog’i kerak. Bularning hammasi
bolaning tanasi va ruhiyati muvozanatini saqlash uchun xizmat qilishi lozim.
so’ng, u savod o’rganishga qobil bo’ladi, shundan so’ng savodga o’rgata
borish mumkun.
Avvalambor axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi egallagan, irodali,
dono, g’amxo’r va dinga ishongan o’qituvchi va tarbiyachi tanlash kerak
bo’ladi.
Ibn Sino bolalarga ta’lim – tarbiya berishda ta’lim tizimining samarali
usullarini aytib o’tadi va bolalarni bitta – bitta, alohida o’qitishdan ko’ra,
jamoa tartibida o’qitishni afzal deb biladi va uning ustunligi haqida gapirib
shunday yozadi: “O’quvchilar o’qish va tarbiya jarayonida ilmga chanqoqlik
sezadilar. O’z bilimlari bilan g’ururlanadilar, bir – birlarining bilimlariga
havas qiladilar. G’urur va o’ziga e’tibor tarbiyalanuvchilarni bir – birlaridan
orqada qolmaslikka unddaydi.
O’quvchilar birga bo’lganda doim bir – birlari bilan gaplashadilar va bu
bilan o’z xotiralari va nutqlarini rivojlantiradilar”.
O’qituvchi bolani hunarga o’rgatishda uning qobliyati, istedodi,
imkoniyatlarini e’tiborga olish kerak, barchani birdaniga bir hunarga o’rgatib
bo’lmaydi.
Ayrim bola tilni o’rganadi, ayrimlari shoir bo’lib, yetishadi yoki
notiqlik san’atini egallaydi. Ilmlarning turli sohalaridan kimdir tilni o’rganish,
kimdir boshqa ilmni o’rganishga kirishganidan so’ng, ba’zilarining tibbiy
fanni, ba’zilarining geometriya ilmini tanlagani ma’lum bo’ladi.
Demak, o’qituvchi bolalarga ta’lim berishga kirishishdan avval,
o’quvchining xulq – atvorini o’rganishi va bilimlarini tekshirib ko’rishi kerak
27
bo’ladi. Avvalo, u o’quvchining nimaga e’tibor berishini tekshirib ko’rishi,
so’ngra unga hunar yoki ilm turini tavsiya etishi kerak.
Ibn Sino bolaga jismoniy va aqliy tarbiya berish haqida “Tib ilmlari
qonuni” asarida bola katta bo’lib, yetilgan chog’ida jismoniy tarbiyaga
ahamiyat berish zarurlgini aytadi. Uning uqtirishicha, odamning yigitlik,
yetuklik yoshida hamda ulg’aygan yoshida sog’lik – salomatligini saqlash
uchun zarur bo’lgan jismoniy mashg’ulot bilan shug’ullanishi kerak.
Ulug’ mutafakkir jismoniy tarbiya deb inson salomatligi uchun zarur
bo’lgan badanni turli xil mashg’ulot harakatlariga o’rgatishni nazarda tutadi.
Uning fikricha, jismoniy mashg’ulotlar bilan o’z vaqtida va mustaqil
shug’ullanib boruvchi odam hech qanday davolanishga muhtoj bo’lmaydi.
Jismoniy mashg’ulot inson ruhini ham tetiklashtiradi. Ammo jismoniy
mashg’ulotlar ortiqcha bo’lmasligi kerak, aks holda badanning tezda charchab
qolishiga olib keladi. Jismoniy mashg’ulotlarni butunlay tashlab yuborish esa,
badanning qarib, tezda ishdan chiqishiga olib keladi.
Har bir inson o’zining xulq – atvori, imkoniyatlari, qobliyati, xohishiga
qarab jismoniy mashg’ulot turini belgilab olish kerak.
Ibn Sinoning aql va aqliy tarbiyaning tabiiy va psixologik asoslarini
aniqlashga harakat qiladi. Uning fikricha, hayot, hayotiy quvvat uch shaklda:
o’simlik, hayvonot va inson shaklida nomoyon bo’ladi.
Ibn Sino bolaning ilm – fan yoki hunar egallashga intilishida
o’qituvchining unga bilim, hunar o’rgatishi zarurligini uqtiradi.
Ilm – fanga intilish insonning eng oliy ma’naviy harakatlaridandir.
Chunki ilm odamni ma’naviy yuksaklikka ko’taradi, jamiyat ravnaqining
asosiy omili bo’lib xizmat qiladi.
Tark qil bor narsani, jon barchadan a’lodurur,
Jon kamoli ilmdandir, ilmdandir so’lu sog’.
Jon agar bir shisha bo’lsa, ilm sham chirog’.
Hikmati insonin bilg’il uch chiroqda misli yog’.
28
Ul agar ravshan yonar, sen ham salomat ham tirik.
Ul chiroq so’nsa, sening ham o’lganingmasmu shu chog’.
Uning fikricha, ta’lim- tarbiya, avvalo, aqliy tarbiyani, yoshlarga ilm –
fan o’rgatishni, jismoniy tarbiyani, axloqiy tarbiyani, nafosat tarbiyasini
hamda yoshlarga ma’lum hunarga o’rgatish masalalarini o’z ichiga oladi.
Axloqiy tarbiya inson uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Bolaning
axloqiy tarbiyasi yoshlikdan, bolalikdan boshlanishi kerak.
Eng muhim axloqiy boylik, Ibn Sinoning ta’kidlashicha, adolatdir.
Adolat muvozanat, o’rtalik tushunchalari bilan bog’liq. Axloqiy tushunchalar
aqlga, aqliy bilimga asoslanishi lozim. Lekin inson qanchalik bilimdon olim
bo’lmasin, ahloqiy talablarga tayanmasa, u odobsizlik va yomonlikka yo’l
qo’yadi. Ibn Sino o’zining “Qush tili” asarida ikkiyuzlamachilik,
yolg’onchilik hoinlik kabi hislatlarni qoralaydi, inson ustidan har qanday
zo’ravonlikni inkor etadi.
Ibn Sinoning yozishicha, insonning eng yaxshi fazilatlaridan biri –
o’zining yomon axloqiy xislatlarini anglab, ularni yo’qotishga intilishidadir.
Uning yaxshi xislatlarida ichida boshqalarga e’tibor va g’amxo’rlik bilan
munosabatda bo’lishi maxsus o’rin tutadi. Kimki o’zini axloqini tarbiyalash
uchun o’z oldiga qo’ygan vazifasini bajarib, o’z xulqini tuzatishga intilsa,
unga hech narsa qo’rqinchli emas. Kimki o’z xatosini tuzatsa, u
boshqalarning tarbiyasi haqida g’amxo’rlik qila olishi mumkun. Boshqa
odamni tarbiyalamoqchi hamda uning axloqini tuzatmoqchi bo’lgan tarbiyachi
avvalo uni yaxshi o’rganishi hamda barcha kamchiliklarini yaxshi bilib olishi
kerak. Aks holda tarbiyachi o’zining oldiga qo’ygan vazifasini bajara
olmaydi. Yangi be’morning kasalini bilmay turib, uni tuzatishga kirishgan
odamday bo’lib qoladi. Tarbiya tarbiyalanuvchini yonon axloqiy hislatlardan
ozod qilish, unga yaxshi axloqiy fazilatlarni singdirish jarayonida amalga
oshiradi. Axloqiy tarbiyada eng muhim vositalar bolaning nafsoniyatiga,
29
g’ururiga tegmagan holda yakkama – yakka suhbatda bo’lish, unga nasihat
qilishdir.
Nasihat qilishda suhbatdoshga nihoyatda hurmat bilan yondoshish, uni
kamsitmaslik kerak. Ortiqcha, so’z aytib uni zeriktirmaslik zarur. Bir – hil
nasihatlarni qaytara berishlik ta’sir qilmaydi.
Ibn Sino bolada axloqiy hislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya
bilan uzviy birlikda shakllantirishni, uni inson qilib kamol toptirishda asosiy
omil deb biladi.
Ibn Sinoning axloqiy qarashlari go’zallik, nafosat haqidagi fikrlari uning
fors va arab tilida yozilgan sherlarida, badiiy asarlarida, go’zallik, musiqa,
she’riyat haqidagi falsafiy fikrlarida o’z ifodasini topgan.
Buyuk mutaffakkir Abu Ali Ibn Sinoning inson kamoloti va bu sohada
qilinadigan ishlarni tajriba asosida amalga oshirish, dunyoviy ilmlarni
o’rganish yo’llari haqidagi ta’limotlari nihoyatda qimmatlidir.
Ibn Sino o’quvchining shaxsiy xislatlariga, ruhiyatga e’tibor berib, uning
aqliy xususiyatlari, ruhiyati, mehnatsevarligi, bilimi, irodasiga asoslangan
holda ta’lim – tarbiya ishini olib borish kerakligi haqidagi fikr - mulohazalari
bilam milliy va umuminsoniy pedagogik fikr rivojiga ulkan hissa qo’shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |