Ma’no ko’chish usullari borasida olimlar fikri
Ma’no ko’chishi, qo‘llanishi va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishda Sh.Rahmatullaev, A.Hojiev, A.Shomaqsudov, M.Mirtojiyevlarning tadqiqotlariga asoslanish mumkin. Prof. Sh.Rahmatullaev sinonimlarni leksik va grammatik guruhlarga bo‘ladi.(Tursunov. Muhtorov. Rahmatullayev. Hozirgi o’zbek adabiy tili Toshkent. O’qituvchi.1965.) O‘zbek tilshunosligida bu mavzuni atroflicha tadqiq qilish XX asrning 60-
yillaridan boshlandi. U.Tursunov, N.Rajabov, S.Usmonov, S.Isamuhamedova,I.Qo‘chqortoev, A.Hojiyev, Yo.Tojiyev kabi olimlar bu hodisani o‘rganishga
jiddiy kirishdilar.Akademik A.Hojiyev tilshunoslikda keng tarqalgan bir qator qarashlarni
o‘rganib chiqqan holda ma’no ko’chish hodisasiga o‘ziga xos ta’rif aytib o’tadi. Professor Yo.Tojiyev XX asrning 70-yillaridan so‘ng rus va Evropa tilshunosligida paydo
bo‘lgan ta’riflar, talqinlarga suyangan holda,faqat lug‘aviy umuman, bu hodisaga nisbatan boshqa bir ta’rif berishga
harakat qildi.A.Hojiev "Birlashtiruvchi ma’nosi bir xil, talaffuz va yozilishi, shuningdek,qo‘shimcha ma’no ottenkalari har xil bo‘lgan so‘zlar sinonim hisoblanadi" desa, Yo.Tojiev "Tildagi alohida olingan birliklarning ayrim ma’nolariga ko‘ra teng kelib qolishidan hosil bo‘lgan til hodisasi sinonimlar deb ataladi" , deydi.
R.R.Sayfullayeva, B.R.Mengliyev, G.H.Boqiyeva, M.M.Qurbonova,
Z.Q.Yunusova, M.Q.Abuzalovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” nomli
darsligida ham mavzu ancha yoritilib berilgan.O’zbek tilshunosi Sh.Rahmatullayev o’zining “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darsligida ma’no ko’chishi taraqqiyotida ikki xil o’zgarish yuz beradi deydi.
1-Manoning hajmi o’zgaradi
2-Ma’noning miqdori o’zgaradi.
Ma’noning hajmi o’zgarishi natijasida ma’no torayishi yoki ma’no kengayishi hodisasi yuz beradi.So’z ma’nosining miqdori o’zgarishi yuz bersa esa so’zlar ko’p ma’noli ya’ni polisemantik va omonim so’zga ajralishi yuz beradi.Ko’chma ma’nolar nutq tarkibida boshqa so’zlar bilan bog’langanda namoyon bo’ladi,nutq tarkibidan ajratilganda esa to’g’ri ma’nosi asosiy ma’no bo’lib qoladi.
Ilgari salbiy ma’no kasb etgan
ba’zi so‘zlar vaqt o‘tishi bilan ma’no jihatdan ijobiylashishi (yaxshilanishi)
mumkin. Masalan, qadimgi turk tilidagi “kötü, fena” (yomon) ma’nosidagi “yabız
yablak”, yani “yavuz” (yovuz) so‘zi (Yavuz hırsız ev sahibini bastırır - maqol)
hozirgi paytda ijobiylashib, “jasur, qo‘rqmas, fe’l-atvori ijobiy bo‘lgan yigit”
ma’nosida qo‘llanadi. Masalan, Yavuz Sultan Selim deganda Usmonli sultoni
Salimxon hurmat bilan tilga olinadi. Hozirgi turklarning farzandlariga Yavuz ismini
berishlari ham shundan. Yoki yaman (yomon) so‘zi ham hozirgi turk tilda “sho‘x”
ma’nosidaqo‘llanilmoqda. Ma’noning ijobiylashuvi barcha tillarda uchraydi. Masalan, lotin tilidan nemis tiliga o‘zlashgan minister so‘zi ilgari “kichik xizmatkor” ma’nosiga ega bo‘lgan.
Vaqt o‘tishi bilan u ko‘pchilik tillarda “vazir, davlat xizmatchisi” ma’nosida qo‘llanila boshlagan. Yoki, qadimgi fransuzlarda mareshal so‘zi “otboqar”
ma’nosiga ega bo‘lgan. Keyinchalik u eng oliy harbiy unvon (mareşal - marshal)
ma’nosida qo‘llaniladigan bo‘lgan. So‘zlarning tag ma’nosi ham bo‘ladi. Tag ma’no deganda hamma uchun
odatiy jumlalarning biror o‘rinda kimnidir kamsitish yoki kesatish ma’nolarida
qo‘llanishi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |