Sinekdoxa- narsa va hodisaning nomi bilan uning qismini atash yoki qismining nomi bilan shu qism mansub bo’lgan butunni atash orqali yangi ma’no hosil qilish usulidir.Masalan: tirnoq so’zining farzand ma’nosida ishlatilishi (U tirnoqqa zor edi) qism ma’no bilan butunni ifodalanishidir.Qo’l so’zi bilan uning bir qismini ya’ni barmoqning atalishi esa (qo’lga uzuk taqdi)butun nomi bilan qismning nomlanishidir. Ajratib ko’rsatilgan so’zlarning quyidagi gaplardagi ma’nolariga etibor berayliik:Rux samovar.egamberdi sen darrov o’t sol!(A.Qodiriy).Mirzo kechqurun samovarga chiqdi,ikkita choy ichdi(A.Qahhor).Devorlarda Tamara o’z qo’li bilan tikkan kashtalar bosilgan edi(M.Muhammedov).U yenglariga chiroyli kashtalar tikilgan ukrainka oq shoyi kofta kiygan edi(P.Tursun).
Vazifadoshlik narsa va hodisalarning bajaradigan vazifasidagi birlik,o’xshashlik nom ko’chishidir.Masalan Chiroq so’zi o’tmishda moy shimdirilgan pilik yordamida yorug’lik beruvchi moslamani anglatgan .Hozirda esa elector yoritgichlar ham chiroq deyiladi.Yoki tarixan qamish yoki patdan bo’lgan yozuv quroli ham qalam deyilgan bo’lsa hozirda ham qalam nomi saqlanib qolgan.Vazifadoshlik asosida nom ko’chish so’zning ko’p asrlik tarixiy taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgani uchun ma’no ko’chishning boshqa usullariga nisbatan kam uchraydi.
O’q-yoy o’qi,o’q-miltiq- o’qi; tomir-daraxt ildizi-qo’l tomiri;siyoh-yozuvda qo’llanadigan qora rangdagi suyuqlik-fors-tojik tilida qora degan ma’noni bildiradi;ko’mir-oldingi vaqtlarda o’tinni ko’mib kuydirish orqali olinadigan yoqilg’I turi-yer ostidan qazib olinadigan xuddi shu vazifani bajaradigan yoqilg’I turi.
Vazifadoshlik o’xshashlikka asoslanishi bilan metaforaga yaqin turadi.Farqi shundaki metaforada predmet belgi,harakat o’xshashligi asos qilib olinadi vazifadoshlikda esa ular bajaradigan vazifalar o’xshashligi asos qilib olinadi. Bazan ma’no ko’chishida metafora va vazifadoshlik usullari birga qo’llanishi mumkin.Bu tilshunoslikda funksional metafora deb nomlanadi.
Masalan odamning tishi-arraning tishi(bunda ham shakily ham vazifaviy o’xshashlik mavjud)Vazifadoshlik asosida vujudga kelgan so’zlarni bilish ularning qanday shakldaligini narsalarni ifodalaganini bilish tilimiz imkoniyatlarini naqadar boy ekanligini his qilishga yordam beradi.
Kinoya arabcha-bir narsa demoq,boshqa narsa tushunmoq ma’nosini bildiradi.Bunda so’zlar o’z ma’nosida emas teskari aks ma’nosini bildiradi.Kinoya usuli og’zaki nutqda maxsus intonatsiya ohangi orqali yozma nutqda qo’shtirnoqqa olish orqali ifoda etiladi.
Masalan Feruz fransuz tilini “suv qilib ichgan”,Jasur urishganda bisotidagi eng “chiroyli “ so’zlarni ishlatadi. Ba’zan bir so’zning ma’nosimkontekstda turli usullar bilan ko’chishi mumkin.
Tilimizdagi mavjud so’zlar ma’nolarining kengayishi yo torayishi tarzida ro’y beradi.borliqdagi narsa hodisa belgi xususiyat harakat-hilat nomlari ma’lum bir asosga ko’ra boshqa narsa hodisa belgi xususiyat,harakat-holatning nomi sifatida xizmat qiladi.Masalan; burun so’zi’tirik organizmning yuz qismidan bo’rtib chiqan nafas olish organi “ ma’nosini ifodalash bilan birga “yerning suvlikka tomon bo’rtib chiqqan qismi’ma’nosini ham ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |