eskirgan so‘zlarga ham e’tibor qaratiladi.
O’zbek tiliga arab va fors tillaridan kirgan ko‘pchilik so‘zlar yangicha shakl olib,
asl shaklini yo‘qotgan, lekin g‘arb tillaridan olingan so‘zlar turli omillar sababli
o‘z holicha qo‘llanib kelinmoqda. Masalan: estetik, karne, kontrol, enflasyon,
rapor, kontenjan kabi so‘zlar hozirgi zamon turk tilida faol qo‘llanib keladi.
Leksik birliklar bo‘limiga nafaqat alohida olingan so‘zlar, balki turg‘un
birikmalar (bo‘linmas birliklar: analitik va tarkibli (murakkab) birliklar) ham kiritiladi. Biroq so‘z - shakl va mazmunning mutanosibligi bilan xarakterlanadiga asosiy leksik birlik hisoblanadi.
So‘z muammosi tilning asosiy birligi o‘laroq uch aspektda ko‘rib chiqiladi:struktur (tuzilish), ya’ni so‘zning alohida ajratilishi, tuzilishi),
semantik aspekt(so‘zning leksik ma’nosi) va funksional aspekt (so‘zning til tuzilishida va nutqdagio‘rni)
Struktur aspektda so‘zning alohidalik va o‘xshashlik mezonlarining belgilanishi leksikologik nazariyaning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Birinchi holatda so‘z,birikma bilan qiyoslanadi, uning bir butunlik va alohidalik belgilari aniqlanadi, analitik shakl muammosi ishlab chiqiladi.
Ikkinchi holatda so‘zning, ham grammatik asosini tashkil etuvchi (bu bilan so‘z
shakli kategoriyasi belgilanadi), ham uning fonetik, morfologik, leksik-semantik
variantlariga (bu bilan so‘zning variantlari muammosi ishlab chiqiladi) asoslangan
invariantlari haqida gap boradi.
Leksik birlikning semantik tahlili leksik semantika, yoki so‘z ifodalaydigan
tushuncha (signifikat) va nutqda bildiradigan ob’ekt (denotat) bilan
mutanosibligini tadqiq etuvchi semasiologiyaning asosiy predmeti hisoblanadi.
Leksikologiya leksik birliklarning monosemiya va polisemiya, umumiy va
xususiy, aniq va mavhum, keng va tor (giperonim va giponim), mantiqiy
va ekspressiv, asl va ko‘chma ma’no singari leksik birlik semantik xususiyatlarini
ifodalovchi leksikologik kategoriyalarni ajratgan holda semantik tur (tip)larni
o‘rganadi. Asosiy e’tibor ko‘p ma’noli leksik birlikning semantik tuzilishi
(strukturasi), so‘z ma’nosi turlarining ajratilishi, ular orasidagi farqni ajratish
mezoni, so‘z ma’nosining o‘zgarishi va taraqqiy etish yo‘llariga qaratiladi.
Shuningdek, desemantizatsiya, ya’ni so‘zning o‘z ma’nosidan mahrum bo‘lib,grammatik formantlarga aylanishi hodisasi tahlil etiladi.
Funksional aspektda til birligi hisoblangan so‘z ikki nuqtayi nazardan:
birinchisi, tilning tuzilishi va vazifasida so‘zning tutgan o‘rni, ikkinchisi, so‘zning
boshqa darajadagi birliklar bilan munosabati nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqiladi.
Leksika va grammatika orasidagi o‘zaro munosabat alohida ahamiyat kasb etadi.
Leksika grammatik kategoriya va grammatik shakl qo‘llanilishini cheklay oladi,
so‘z ma’nosining differensiyalanishiga ko‘mak beradi. Leksik va grammatik
vositalar umumlashgan ma’noda leksikogrammatik maydon (miqdor, zamon va b.)
tashkil etadi.
..
Do'stlaringiz bilan baham: |