4-rasm (slayd taqdimoti uchun maxsus)
Kitobat san’ati bir qancha qoʻli gul hunarmandlar tomonidan
bajariladigan murakkab jarayonlarni oʻz ichiga oladi. Jumladan,
bular – qogʻozrez, xattot (kitob va risolalarni koʻchiruvchi kotib),
lavvoh (lavh yasovchi usta), muzahhib (zarhal beruvchi moʻyqalam
sohibi), musavvir (rassom), sahhof (muqovasoz)lardan iborat
jamoadir.
Qoʻlyozma kitoblarni tayyorlashda kitob uchun yaxshi, sifatli
qogʻoz tanlash muhim boʻlgan. Bu oʻrinda Samarqand qogʻozi,
ayniqsa, oʻzining bejirimligi va sifati bilan dong taratgan. Samarqand
qogʻozlari miloddan avvalgi davrda Buyuk Ipak yoʻli orqali Eron,
Hindiston, Shom va Rumgacha yetib borgan.
“Maroqand qogʻozlari, – deb yozgan edi qadimgi yunon olimi
Gerodot “Tarix” asarida, – oʻzining sifati,
yozuvning tiniq
koʻrinishi, ixchamligi bilan Xitoy qogʻozlaridan yuqori turadi”.
Tarixchi Narshaxiyning VI–VII asrlardan hikoya qiluvchi mashhur
“Buxoro tarixi” hamda Firdavsiyning “Shohnoma” asari ham
Samarqand qogʻoziga bitilgani tufayli bugungi kungacha yetib kela
olgan. Bobur oʻzining “Boburnoma” asarida Samarqand qogʻozi
67
haqida quyidagi ma’lumotlarni yozib qoldirgan: “Dunyoda eng
yaxshi qogʻoz Samarqanddin keltiriladur”. Aytish kerakki,
Samarqand
XIX
asrning
birinchi
yarmigacha
koʻpgina
mamlakatlarning qogʻozga boʻlgan ehtiyojini qondirib kelgan. Hatto
Shosh, Tabriz shaharlarida Samarqand qogʻozlari sotiladigan
doʻkonlar boʻlgan.
Xattotlar matnni qogʻozga yozishda mistar (maxsus qogʻoz-
karton) ustiga ip tortib uning izini matn yoziladigan qogʻozga
tushirib olganlaridan soʻng matn yozishga kirishganlar. Matnni
qanday joylashtirish xattotning mahoratiga bogʻliq boʻlgan. Yozilgan
matnni lavvoh hoshiyali qogʻozga yelimlagan,
uning ustidan
jadvalkash turli-tuman ranglarda chiziqlar tortib, matnni jadvalga
olgan. Keyin esa muzahhib oltin suvi va turli ranglar bilan
qoʻlyozmani ziynatlagan. Bunda muzahhiblar “shams”, “lavha”,
“sarlavha”, “zarvaraq”, “xotima” kabi naqshlardan foydalanganlar.
Boʻsh qoldirilgan joylarga musavvirlar miniatyura ishlaganlar.Ular
rasmlarni turli ranglarda, oltin, kumush ishlatgan holda boʻyaganlar.
Nihoyat, muqovachilar qoʻlyozmaga naqsh va turli xil boʻyoqlar
bilan jilo berganlar, oltin suvlari yurgizilgan charm muqovaga
biriktirganlar. Muqovaning qopqogʻi koʻpincha bosma, oʻyma,
qadama naqshlar, yorqin rasmlar bilan bezatilgan kumush yoki
yogʻochdan boʻlgan.
Temuriylar hukmronligi davrida kitobat san’ati
yuksak
pogʻonaga koʻtarildi. Oʻsha davrlarda mashaqqatli mehnat bilan
bunyodga kelgan nafis kitoblar oz nusxada, nihoyatda qimmat boʻlar
edi. Bunday kitoblar koʻpincha podshohlar, amirlar va davlatmand
kishilar buyurtmasi bilan ishlanar va maxsus kutubxonalarda
saqlanardi. Kitobat va xattotlik san’ati XIV–XV asrlarda yangi
taraqqiyot bosqichiga koʻtarildi. Mashhur xattot Mirali Tabriziy
nasta’liq xatini kashf etadi. Mohir xattotlardan biri Sultonali
Mashhadiy,
Nizomiy Ganjaviy, Farididdin Attor, Hofiz Sheroziy,
Sa’diy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va
boshqa ijodkorlarning asarlarini mahorat bilan koʻchirgan. Sultonali
Mashhadiy tomonidan koʻchirilgan 50 dan ziyod kitob hozirgi kunga
qadar yetib kelgan. U oʻymakorlik san’atida ham mohir boʻlib,
Husayn Boyqaroning “Bogʻi Jahonoro” bogʻidagi saroy va boshqa
binolarning devorlariga oʻyib bitiklar yozgan.
68
Temuriy
hukmdorlar
devonxonalari
qoshida,
xususan,
Samarqand va Hirotda saroy
kutubxonalari tashkil etilib, ularning
boshliqlari “kitobxona dorugʻasi” yoki “kitobdor” deb atalgan.
Ularning qoʻl ostida koʻplab xushnavis xattotlar, qoʻli gul
naqqoshlar, musavvirlar, mohir lavvohlaru sahhoflar buyurtmalar
bajarganlar. Masalan, XIV asrning birinchi yarmida Hirotda
Ulugʻbekning ukasi Boysungʻur Mirzo kutubxonasida qirq nafar
xattot va bir qancha naqqoshlar qoʻlyozma asarlardan nusxalar
koʻchirish va ularni bezash bilan band boʻlgan. 1429-yilda
A.Firdavsiyning “Shohnoma” asari koʻchirtirilib, asar 20 ta
manzarali rangdor miniatyuralar bilan bezatilgan.
XV asrning
ikkinchi yarmida Hirotda kitobat san’ati yanada rivoj topadi. Husayn
Boyqaro va Alisher Navoiy saroy kutubxonasini nodir asarlar bilan
boyitishga gʻamxoʻrlik qilganlar.
Keyinchalik Buxoro xonligida ham xattotlik, miniatyura,
rassomlik san’ati, kitob koʻchirish, ularni naqsh va tasvirlar bilan
bezatish
san’ati
davom
ettirildi.
1624-yilda
Samarqandda
koʻchirilgan Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” kitobi oʻsha
davr kitobat san’atining yorqin namunasidir. XVII–XVIII asrning
birinchi yarmida Buxoroda xattotlik va miniatyura san’ati yaxshi
rivojlangan edi. Rassomlar asosan qoʻlyozmalarni naqshli bezash
bilan shugʻullangan. Masalan, Buxoro
xoni Amir Haydar davrida
ijod qilgan Mir Mas’um Olamiyon “Axloqi Muhsiniy” va Sa’diy
asarlarini rasmlar bilan bezaydi. Mirzo Sodiq Jondoriy amir
Nasrulloxon davrida qoʻlyozma kitoblarga lavhalar, qoʻlyozma
asarlardan nusxalar koʻchirish va bezash bilan band boʻlgan.
Ma’lumki, VIII asrdan boshlab arab yozma adabiyoti
shakllanadi
33
. Matn tuzish masalalarining eng asosiysi bevosita
Qur’oni karim matni bilan bogʻlanadi. Qur’onni jamlash uning turli
sahifalardan iborat boʻlaklarini toʻplash, soʻngra suralarni tartib bilan
joylashtirib, bitta mushaf (muqova) ostida yigʻish matn tuzish
ishlarining aniq belgilangan prinsiplari asosida bajarilgan. Qur’onni
bu tarzda jamlash Muhammad alayhissalom hayotligida amalga
oshirilmadi. U paytda Qur’on toʻlaligicha
sahobalarning qalblaridan
joy olgan edi. Paygʻambar alayhissalom vafotidan keyin aksariyat
33
Қаранг
:
Фильштинский И. М. Арабская классическая литература. – М.
:
Наука
,
1965. – Б.72.
69
arablar dindan qaytadilar.
Musaylimatul kazzob paygʻambarlik da’vo
qilib chiqadi.
Bularga qarshi kurashda Abu Bakr Siddiq Yamomada
jang olib boradi. Jangda juda koʻp Qur’on hofizlari shahid boʻladi.
Bu voqeadan soʻng
Do'stlaringiz bilan baham: