III Bob. Bolalarni suhbat orqali tarbiyalash.
Bolalar lug‘atini faollashtirish, aniqlash va mustahkam-
lashda suratlardan keng foydalaniladi. Suratlarning turlari juda
xilma-xil. Masalan, predmetli suratlar, voqeaviy suratlar va ho-
kazo. Suratlarni ko‘zdan kechirishdagi Iug‘at ishi bevosita kuza-
tishdagi lug‘at ishidan ancha farq qiladi. Bolalar suratda buyum-
laming tasvirini ko‘radilar va biz bolalarga shu tasvirdagi buyum-
larni bilishga, ya’ni ularga ma’lum bo‘lganlari bilan taqqoslashga
o‘rgatamiz. Suratdagi tasvimi ko‘rib chiqish va unda nimalar
tasvirlanganligini aytish uchun bola ilgari ko':gan, idrok qilgan
so‘zni, buyumni esga keltirishi kerak. Suratda t pik obraz berilib,
aniq narsalar tasvirlanadi, shuning uchun bola suratdagi tasvimi
osonlikcha bilib oladi. Chiroyli surat bolalar diqqatini o‘ziga jalb
qiladi va u suratni ko‘rib chiqish bilan birga, ovoz chiqarib, tas
virdagi buyum, hodisa nomini aytadi, unga o‘z munosabatini bildi-
radi. Dastlab kichkintoy suratdagi tasvirlarning nomlarini diqqa-
tini o‘ziga tortuvchi, o‘ziga yaxshi tanish yoki qiziqarli bo‘lgan
narsalarni tartibsiz sanab o‘tadi. Tarbiyachining vazifasi bolalami
surat mazmunini idrok qilishga, izchillik bilan ko‘rib chiqishga,
asosiy belgilarini ajratib ko‘rsata olishga o‘rgatishdan iboratdir.
Suratlarni to‘g‘ri ko‘rib chiqish malakalari ta’lim jarayonida, tar
biyachi rahbarligida shakllanib boradi. U buyum va hodisalarni
suratdan darrov tanib olishga, hayotda ko‘rganlari bilan taqqos
lashga, tasvirlanganlarni to‘g‘ri asoslashga o'rgatadi va bolalar-
ning his-tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Suratdagi tasvirlar yuzasidan
beriladigan umumiy savollar: Nima tasvirlangan? Yana nima
deyish mumkin? bolalarni idrok qilishga o‘rgatmaydi. Suratdagi
mazmunni aniq yoritishga yordam beruvchi ancha to‘g‘ri savol bu - Surat nima haqida? degan savoldir. Tarbiyachi bolalarni sekin-
astalik bilan bu savolga javob berishga o‘rgatib boradi. Bunda
ushbu usullardan foydalaniladi:
1) o‘zi surat mazmunini qisqacha yoritib beradi;
2) markazdagi buyumni ko‘rsatkich tayoqcha bilan ko'rsatadi va shu
vaqtning o‘zida: «Bu nima, bu kirn? deb so‘raydi, ya’ni birinchi savol
aniq jaranglaydi; 3) surat kompozitsiyasi haqida beriladigan savol tuzi-
lishiga diqqatini yo‘naltiradi: «Ona mushuk qayerda yotibdi va u kim-
larga qarayapti?». Katta guruh bolalariga suratga nom o‘ylab topishni
faqat mashg‘ulot oxirida emas, balki mashg‘ulotning boshida ham tak-
lif etadi. Suratlami ko‘rib chiqish va u haada suhbat mashg‘uloti umu-
miy faol didaktik prinsiplarga bo‘ysunadi. bu haqda bevosita kuzatish
mashg‘ulotlari haqida fikr yuritilganda yoritib o‘tilgan suratni bolalar
ga ko‘rsatishdan awal diqqatlari to‘planadi, tasvimi ko‘rib chiqishlari
uchun vaqt beriladi, so‘ngra tarbiyachi rahbarligida suratdagi tasvir-
lardan biri ko‘rib chiqiladi. Bu jarayonda ular o‘rtasidagi mazmunli
bog‘liqlik aniqlanadi. Bu mashg‘ulotda lug‘at ishining asosiy usuli
savoldir. Bunda turli shakldagi savollardar- foydalaniladi:
1. Suratning umumiy mazmunini aniqlash uchun - Surat nima
haqida? Uni biz qanday ataymiz? -
2. Buyumlami tasvirlash uchun - Nima?, Qanday?, Qayerda?,
Nima qilyapti?, Nimaga o‘xshaydi?
3. Suratning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklami
aniqlash uchun - Nega?, Nima uchun?, Nimaga?,-Kimniki?, Ni-
masi bilan o‘xshash?
4. Suratda tasvirlanganlardan chetga chiqish uchun - Keyin nima
bo‘ladi? Bungacha nima boigan edi? Buni sen qanday topding?
5. Surat mazmuniga yaqin bo‘lgan, bolalar shaxsiy tajribasiga oid
savollar - Senda shunday o‘yinchoq bormi, yaqinda bizning gu-
ruhimizga kim keldi? Biz yangi bolani qanday kutib oldik?
6. Katta guruh bolalarining lug‘atlarini faollashtirish maqsadida
sinonimlami tanlash uchun savollar - buni yana qaysi so‘zlar
bilan aytish mumkin: kun-oftob-quyosh, yordamlashyapti-
ko‘maklashyapti-qarashyapti, tiniq-beg‘ubor, iliq - issiq, go‘zal
- ko‘rkam va boshqalar. Beriladigan savollar har doim ham javob berishni talab etuvchi
bo‘lmasdan, balki yordam beruvchi ham bo‘lishi mumkin. Bunday
savollardan ko‘proq kichik guruhlarda foydalaniladi - Bu mushuk-
chami? Bu koptokmi? Katta guruhlarda Y.I.Tixeyeva tomonidan
ishlab chiqilgan usullardan foydalanish mumkin. Bu usul «Kim
ko‘proq ko‘radi» nomli, o‘yin shaklidagi mashqdir. Bolalar bu o‘yin
mashqida suratda tasvirlangan buyumning belgilarini bir-birlarini
takrorlamagan holda aytadilar. Bunday usul bolalarda kuzatuvchan-
likni, diqqatni rivojlantirish va ularning lug‘atini boyitish uchun juda
muhimdir. Bundan tashqari, suratlarni taqqoslash ham nimasi bilan
o‘xshaydi, nimasi bilan o‘xshamaydi, juda yaxshi usul hisoblanadi.
Suratlarni ko‘zdan ke.chirish va beriladigan savollaming maqsadi
rasmning asosiy mazmunini aniqlashdan, ma’lum bir guruh so‘zlami
faollashtiri§hdan iboratdir. Suratni ko‘zdan kechirish mashg‘ulotida
bolaning sapiimiy muomala me’yori, hatto muomalada ko‘z qarash-
lati, boshqalar oldida o‘zini tuta bilish - muomala madaniyatining
oddiy talab|ari ham ahamiyatlidir.
Surat ho‘yicha hikoya qilish. «2-sentabr - bilimlar kuni»
nomli surat.
Maqsad: Surat bo ‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tas
virdan oldingi voqealami mustaqil о ‘ylab to ‘qishga о ‘rgatish.
Vazifalar:
• . «Maktab», «Kuz» mavzularida lug‘atni faollashtirish.
• Voqea-hodisalaming muhim belgilarini ajratishga, solishtirish-
ga va umumlashtirishga, ulami ifodalash uchun aniq so‘zlami
tanlashga о‘rgatish.
• Bog‘lanishli nutq-hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.
• Nutqning ifodaliligini tarbiyalash.
Kutilayotgan natijalar:
• Surat bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga, suratdagi tasvirdan
oldingi voqealami mustaqil o‘ylab to‘qishga o‘rganadilar.
• So‘zlami bo‘g‘inlarga bo‘lishni o‘rganadilar.
• Grammatik jihatdan to‘g‘ri so‘zlashga intiladi.
Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltiri!gan, ishtirok tish-
ga mo‘Ijallangan intcrfaol usullar: • Aqliy hujum
• Qisqa hikoya
• Savol-javob
• Tetiklashtiruvchi mashqlar
• Amaliy ishlar
Kerakli jihozlar:
«2-sentabr - bilimlar kuni» mavzusi aks ettirilgan surat.
Mashg‘ulotning borishi.
Tarbiyachi: bolalar, 2-sentabr - bilimlar kuni deb belgilangan.
Hammangizni bilimlar kuni bilan tabriklayman. Bugun bizning muas-
sasamizdan chiqqan bolalarimiz ilk bor maktabga qadam qo‘ydilar.
0 ‘quvchi bo‘ldilar. Bugun, 2-sentabrdan barcha ta’lim muassasala
rida o‘qish boshlanadi. Shuning uchun bu kun «Bilimlar kuni» deb
nomlanadi. Siz ham bir yildan so‘ng maktabga chiqasiz, o‘quvchi
bo‘lasiz. Men sizlami hammangizni a’lo baholarga o‘qishlaringizni,
ilm- hunarli bo‘lishmgizni istayman. Ilm-hunar orqali inson ko‘p nar-
salami bilib oladi. «
Mana bu suratga qarang.
Savollar:
1. Bu suratni qanday nomlash mumkin? Nom о ‘ylab toping.
2. Kimning nomlagani to ‘g ‘riroq, qiziqarliroq deb о ‘ylaysiz?
3. Nima uchun bu bolalarni bog ‘chaga emas, maktabga kelyap
tilar deb о ‘ylayapsiz? (o ‘quvchilar kiyimini kiyishgan, papka
olib ketyaptilar)
4. Maktab deganda qayemi tushunasiz? Maktabda bolalar nima qila
dilar? (Maktab- bolalarga bilim beruvchi о ‘quv - tarbiya maskani)
5. Maktabga kelayotgan bolalarni kimlar deyish mumkin?
(o ‘quvchilar, maktab bolalari)
6. О 'quvchilarning papkalarida nimalar bor? (daftarlar, kitob
lar, qalamdon, ruchka).
7. Bu narsalaming hammasini birgalikda qanday aytish mum
kin? (о ‘quv qurollari)
8. Ulami qanday asrab- avaylash zarur?
9. Kitob - о ‘quvchilarning eng aziz do'sti, ular bolalarga bi
lim beradi. Kitob haqida qanday topishmoqlar yoki hikmat li so ‘zlarni bilasiz? (A.Navoiy «Olamda kitobdan aziz do ‘st
у о ‘qdir», «Qat-qat qatlama, aqling bo ‘Isa tashlama», «Kito
bim-oftobim»).
10. Suratda kimlarni ко ‘ryapsiz?
11. Bolalar gullami kimlarga taqdim etyaptilar?
12. Ilk bor maktabga chiqayotgan bolalar ota-onalari bilan chiq
yaptilar, ко'ryapsizlarmi? Nima uchun shunday deb о ‘ylaysiz?
13. Qizchaning qo ‘lida nima bor?
14. To‘g ‘ri, qizchaning qo‘lida qo‘ng‘iroqcha bor. Siz ham mak
tabga chiqqaningizda maktabda 1-qo‘ng‘iroq chalinadi.
1-qo ‘ng ‘iroq siz uchun esda qoladigan qadrli daqiqalar bo ‘lib
qoladi. Siz bu daqiqalarni bir umryodda saqlaysiz.
Jismoniy daqiqa (ixtiyoriy):
Hozir mana shu surat bo‘yicha hikoya tuzamiz.
Bolalar aw al o‘quvchi-bolalar maktabga kelgunlariga cadar
ular nima qilganliklari haqida, keyin suratda ko‘rayotganlari haqida
so‘zlab beradilar (5-6 ta bola hikoya qilishga chaqiriladi).
Agar bolalar surat tasviridan oldingi voqealami o‘ylab topishga
qiynalsalar, tarbiyachi ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan narouna-
sini beradi. Masalan: quyoshli sentabr kunlarining birida o‘g‘il va
qiz bolalar maktabga borishga tayyorlanishdi. Kechqunm ular pap-
ka va o‘quv qurollarini tayyorlab qo‘yishdi. Salim erta turdi. Uning
oldiga o‘rtog‘i Nodir keldi va ular tanish yo‘ldan maktabga ketdilar
(keyin bolalar suratda tasvirlangan voqealar haqida so‘zlab beradi
lar). Tarbiyachi hikoyaning tugallanganligini nazorat qilib turadi.
5-6 ta bolalaming hikoyalari tinglanadi.
Tarbiyachi: Bolalar siz maktabga borishni xohlaysizmi?
Qani, «Men maktabga boraman», degan gapni maktabga borishni
xohlayotganingizni va xursandligingizni bildiradigan holatda ayting-
chi (5-6 ta bolalardan so‘raladi). Mashg‘ulot bolalami rag‘batlantirish
bilan yakunlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
• 2-sentabr qanday kun?
• Kitob haqida qanday topishmoq, hikmatli so‘zlami bilasiz?
• Kimning hikoyasi sizga yoqdi? Nima uchun? li so ‘zlarni bilasiz? (A.Navoiy «Olamda kitobdan aziz do ‘st
у о ‘qdir», «Qat-qat qatlama, aqling bo ‘Isa tashlama», «Kito
bim-oftobim»).
Siz ham mak
tabga chiqqaningizda maktabda 1-qo‘ng‘iroq chalinadi.
1-qo ‘ng ‘iroq siz uchun esda qoladigan qadrli daqiqalar bo ‘lib
qoladi. Siz bu daqiqalarni bir umryodda saqlaysiz.
Jismoniy daqiqa (ixtiyoriy):
Hozir mana shu surat bo‘yicha hikoya tuzamiz.
Bolalar aw al o‘quvchi-bolalar maktabga kelgunlariga cadar
ular nima qilganliklari haqida, keyin suratda ko‘rayotganlari haqida
so‘zlab beradilar (5-6 ta bola hikoya qilishga chaqiriladi).
Agar bolalar surat tasviridan oldingi voqealami o‘ylab topishga
qiynalsalar, tarbiyachi ularga oldindan tayyorlab qo‘yilgan narouna-
sini beradi. Masalan: quyoshli sentabr kunlarining birida o‘g‘: l va
qiz bolalar maktabga borishga tayyorlanishdi. Kechqunm ular pap-
ka va o‘quv qurollarini tayyorlab qo‘yishdi. Salim erta turdi. Uning
oldiga o‘rtog‘i Nodir keldi va ular tanish yo‘ldan maktabga ketdilar
(keyin bolalar suratda tasvirlangan voqealar haqida so‘zlab beradi
lar). Tarbiyachi hikoyaning tugallanganligini nazorat qilib turadi.
5-6 ta bolalaming hikoyalari tinglanadi.
Tarbiyachi: Bolalar siz maktabga borishni xohlaysizmi?
Qani, «Men maktabga boraman», degan gapni maktabga borishni
xohlayotganingizni va xursandligingizni bildiradigan holatda ayting-
chi (5-6 ta bolalardan so‘raladi). Mashg‘ulot bolalami rag‘batlantirish
bilan yakunlanadi.
Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar:
• 2-sentabr qanday kun?
• Kitob haqida qanday topishmoq, hikmatli so‘zlami bilasiz?
• Kimning hikoyasi sizga yoqdi? Nima uchun?
XULOSA:
Bolalar bilan suhbat qurganda tarbiyachi yosh xususyatlarini
inobatga olgan holda ona tilini leksiya boyligini keng qo’llashi;
tushunish mumkin va o‘zlashtirish oson bo‘lgan so‘zlami tanlashi,
ulardan o‘z nutqida foydalanishi lozim.
Bolalar bilan suhbat chog‘ida adabiy tilga oid so‘zlami qo‘llash,
qo‘pol so‘zlarga yo‘l qo‘ymaslik, oddiy so‘zlashuv tili va shevalar-
dan, shuningdek, muomaladan chiqqan so‘zlardan qochish lozim. Tar
biyachining lug‘ati qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa, uning nutqi
qanchalik yorqin bo‘lsa, bolalar shunchalik ko‘p so‘zlami o‘zlashtirib
olishlari mumkin.
Suhbat mashg’ulotining о‘ziga xos xususiyati shundaki,
mashg‘ulotda ko‘p o‘rinni hikoya, yangi ma’lumotlar va so‘zlami
ma’lum qilish, ulami bolalarga oldindan tanish bolgan tushunchalar
bilan taqqoslash egallaydi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalarga m’lum
bo‘lgan so‘zlami faollashtirish, yangi so‘zlarni mustahkamlash
elementlari mavjud. Ba’zan katta va maktabga tayyorlov guruhlari
bolalariga mashg‘ulotda rassomlaming reproduksiya suratlarini
ko‘rsatishdan ham foydalaniladi; bunday mashg‘ulotlar bolalarga
estetik va axloqiy tarbiya berishda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |