Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari
O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligi bayramini nishonlash arafasida barcha sohalarda o‘tgan davrga nazar tashlanib, erishilgan natijalar sarhisob qilinadi hamda navbatdagi rejalar aniqlab olinadi. So‘nggi yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi hayotning ko‘p sohalariga ta’sir ko‘rsatdi. Barcha sohalarda raqamlashtirishning kirib kelishi, yuqori suratdagi taraqqiyoti butun sanoatning rivojlanishida, ayniqsa uzoq muddatli istiqbol uchun katta rol o‘ynaydi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish borasida joriy yil yakuniga qadar, 50 ming kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va ularning uzunligini 118,6 ming kilometrga yetkazish, aholini yuqori tezlikdagi simli internet bilan ta’minlash maqsadida, 900 ming abonentga mo‘ljallangan zamonaviy qurilmalar o‘rnatish, qo‘shimcha tayanch stansiyalarini o‘rnatish orqali aholi punktlarining mobil internet bilan qamrov darajasini 95 foizgacha yetkazish, shu jumladan 72 ta aloqa qamrovi mavjud bo‘lmagan axoli punktlarini mobil aloqa bilan qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.
Mustahkam telekommunikatsion fundament
Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali nafaqat avloddan avlodga, balki bir kishidan boshqasiga bilim, insoniyatning to‘plangan texnologik va ijtimoiy tajribasini uzatishni tezlash, insonning atrof muhitga, davom etayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarga yanada muvaffaqiyatli va tez moslashishiga imkon berish hamda ta’lim tizimini isloh qilib jahon standartlariga mos ravishda shakllanishiga erishiladi. 2016-yilda AKT sohasida ta’lim berish va malaka oshirish bo‘yicha Vazirlik tizimida 7 ta oliy ta’lim muassasasi ham 6 ta akademik litsey faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab AKT sohasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berilishi natijasida vazirlik tizimida 8 ta oliy ta’lim muassasasi, 3 ta texnikum, 6 ta akademik litsey, 15 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat olib bormoqda.
IT-tadbirkorlar va yosh startapchilar uchun keng imkoniyatlar
Axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targ‘ib qilishga ko‘maklashish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Respublika bo‘ylab IT-Parkning 5 ta hududiy filiali (Andijon, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Samarqand Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida) shuningdek, AQShda IT-Park vakolatxonasi tashkil qilindi. Respublika bo‘ylab IT-xizmatlarni ko‘rsatadigan hamda IT-Park rezidenti sifatida ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritatyogan IT-kompaniyalar soni 463 taga yetkazildi (2020-yilga nisbatan 130 foiz o‘sish), shuningdek, ularda 1 500 dan ortiq (2020-yilga nisbatan o‘sish 150 foiz) yangi ish o‘rinlari yaratildi.
IT-mutaxassislarni tayyorlashda ta’lim tizimidagi islohotlar
Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali nafaqat avloddan avlodga, balki bir kishidan boshqasiga bilim, insoniyatning to‘plangan texnologik va ijtimoiy tajribasini uzatishni tezlash, insonning atrof muhitga, davom etayotgan ijtimoiy o‘zgarishlarga yanada muvaffaqiyatli va tez moslashishiga imkon berish hamda ta’lim tizimini isloh qilib jahon standartlariga mos ravishda shakllanishiga erishiladi. 2016-yilda AKT sohasida ta’lim berish va malaka oshirish bo‘yicha Vazirlik tizimida 7 ta oliy ta’lim muassasasi ham 6 ta akademik litsey faoliyat olib borgan. 2020-yildan boshlab AKT sohasida kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor berilishi natijasida vazirlik tizimida 8 ta oliy ta’lim muassasasi, 3 ta texnikum, 6 ta akademik litsey, 15 ta axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat olib bormoqda.
Xulosa shuki, O‘zbekistonda AKT sohasi rivoji va ilg‘or texnologiyalarni faollashtirish, uni izchil yuksaltirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilib, aniq qadamlar qo‘yilmoqda. Bu esa, kelajakda O‘zbekistonning jahon bozoridagi hissasini ko‘paytirish va mamlakatning axborot texnologiyalari sohasida mavqeini mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Kun,uz
Do'stlaringiz bilan baham: |