II Bob. Bolalar bilan suhbatlar
Tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin suratni bo
lalarga ko‘rsatmasdan, guruh xonasiga olib kiradi va uni doskaga tes-
kari tomoni bilan osib qo‘yadi. Bunday qilishdan maqsad bolalardagi
ixtiyorsiz diqqatdan mashg‘ulotning boshlanishida foydalanishdir.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin bolalami jonlantirish, yangi surat
mazmunini yaxshilab tushunib olishlari uchun qisqagina kirish suh-
bati o‘tkazish mumkin, Masalan: «Mushuk o‘z bolalari bilan” nomli
suratni bolalarga ko‘rsatishdan avval tarbiyachi ularga: Kimning uyi-
da mushugi bor? Nima uchun. mushuk saqlaysiz? Uni nimalar bilan
boqasiz? U qanday ovoz chiqaradi? kabi savollar beradi. So‘ngra bo
lalarga: «Men sizlarga mushuM va uning bolalari tasvirlangan suratni
olib keldim, hozir sizlarga ko;‘rsataman, - deb suratning old tomo-
nini ilib qo‘yadi va bolalaming uni yaxshilab ko‘rib olishlari uchun
1- 2 daqiqa vaqt beradi. Suratni yaxshilab ko‘rib olishgach, tarbi
yachi unda tasvirlanganlar bo< yicha savollaf bera boshlaydi. Savol
lar bolalaming yosh va shaxrsiy xususiyatlarini, dastur maqsadini
hisobga olgan holda beriladi. Chunonchi, ^gar birinchi va ikkinchi
kichik guruhlarda ushbu surat bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazilsa, undan
maqsad: bolalaming mushuk va uning bolalari haqidagi tasavvurla-
rini aniqlash, tashqi ko‘rinishi, harakati, ovqatni qanday yeyishini
bilish va lug‘atini faollashtirish bo‘lsa, tarbiyachi bolalarga suratni
ko‘rsatib shunday savollar beradi: Suratda nima tasvirlangan? Ona
mushuk nima qilyapti? Ona mushuk yonida kim yotibdi? Mushuk
qanday miyovlaydi? Ikkinchi kichik guruh bolalariga esa yuqorida-
gi savollardan tashqari, yana ushbu savollami ham berish mumkin:
Ona mushukning panjalari qanday rangda? Dumi qanday rangda?
Mushukning boshida nimalari bor, tumshug‘ida-chi? Kulrang mu
shukcha nima qilyapti? U nimadan sut ichyapti? U sutni qanday ich
yapti? Ip kalavasi bilan o‘ynayotgan mushuk bolasini ko‘rsatib: Bu
mushukcha qanday rangda? U panjalari bilan nima o‘ynayapti? ip
kalavalari qanday rangda? Katta va maktabga tayyorlov guruhida beri-
ladigan savollar esa ancha murakkablashadi. Rasmlami ko‘rib chiqish
vaqtida bolalar diqqati ayrim detallarga yo‘naltiriladi: Ona mushuk
nimaning ustida yotibdi? Uning yonida uxlab yotgan mushukchaning
panjalarida ninasi ko‘rinib turibdi? Polda sochilib yotgan ip kalava-
lari qayerda edi? Nima uchun ip kalavalari polda sochilib yotibdi? Sa-
vatni kim ag‘darib yubordi? Tarbiyachining savollariga bolalar javob
berib bo‘lishgach, surat yuzasidan tarbiyachining o‘zi gapirib beradi:
«Mana bu ona mushuk - Mosh. Uning mushukchalari bor. U gilamcha
ustida yotib, bolalariga qarayapti. Kulrang mushukchalar tarelkadagi
sutni tili bilan chapillatib ichyapti, targ‘il rangdagi mushukcha esa
sakrab, savat ichidagi ip kalavalarini ag‘darib yubordi. Ip kalavalari
savat ichidan har tomonga sochilib ketdi va targ‘il mushukcha ko‘k
rangdagi ip kalavasini chuvalashtirib o‘ynay boshladi. Oq-qora rangli
mushukcha esa ona mushukning yonida uxlab yotibdi. Ona mushuk
mushukchalariga qarayapti va «xir-xir» qilib xirillayapti». Ushbu
mashg‘ulot jarayonida yangi so‘zlar izohlab beriladi, qiyin so‘zlar
jo‘r bo‘lib takrorlanadi. Mashg‘ulot topishmoq aytish va uningjavo-
bini topish (Kichkina qumg‘on, o‘tirib ko‘zini yumgan), she‘r aytish
(Sh. Sa’dullaning «Mushuk» she’rini):
Mushugim deydi: miyov,
Sichqon doim menga yov!
Shuning uchun qo‘ymayman,
Qancha yemay to‘ymayman.
yoki qisqa hikoya o‘qib berish bilan (Habib Po‘latovning «Mosh
hikoyasi» davom ettirilishi mumkin. Tarbiyachi ushbu mashg‘ulotda
bolalar lug‘atiga mushukchalar, ip kalavasi, panja, mo‘ylov, ich
yapti, chapillatib, chuvalashib, kulrang, sochib yuborilgan, miyov
laydi, xurillaydi va hokazolami kiritadi. Suratlami ko‘zdan kechirish
va u haqda suhbat mashg’ulotining о‘ziga xos xususiyati shundaki,
mashg‘ulotda ko‘p o‘rinni hikoya, yangi ma’lumotlar va so‘zlami
ma’lum qilish, ulami bolalarga oldindan tanish bolgan tushunchalar
bilan taqqoslash egallaydi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalarga m’lum
bo‘lgan so‘zlami faollashtirish, yangi so‘zlarni mustahkamlash
elementlari mavjud. Ba’zan katta va maktabga tayyorlov guruhlari
bolalariga mashg‘ulotda rassomlaming reproduksiya suratlarini
ko‘rsatishdan ham foydalaniladi; bunday mashg‘ulotlar bolalarga estetik va axloqiy tarbiya berishda muhim vosita bo‘lib hisoblana
di. Undan to‘g‘ri foydalanish natijasida tarbiyachi bolalar lug‘atini
sezilarli darajada boyitishi mumkin. Maktabgacha tarbiya pedagogi-
kasida va tasviriy faoliyat uslubiyotida maktabgacha ta’lim yoshidagi
bolalar yoshiga mos bo‘lgan suratlar reproduksiyasining ro‘yxatlari
ishlab chiqilgan.
Mashg‘ulotdan keyin surat bir necha kun guruh xonasida
qoldiriladi va bolalar uni yana bir bor diqqat bilan ko‘rib chiqa-
dilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |