Umumiy ma’lumotlar
Nomi
|
Galliy;
|
Formulasi
|
Ga
|
Raqami
|
31;
|
Kashf etgan olimlar
|
Pol Emil Lekok de Buabodran
|
Kashf etilgan sana
|
1875-yil,
|
Kashf etilgan davlat
|
Fransiya;
|
Atom xossalari
|
Atom raqami
|
69,723 m.a.b. (g/mol);
|
Elektron konfiguratsiyasi
|
[Ar] 3d10 4s2 4p1
|
Atom radiusi
|
141 pm;
|
Kimyoviy xossalari
|
Elektrmanfiyligi
|
1,81 (Poling shkalasi bo‘yicha);
|
Kovalent radiusi
|
126 pm
|
Ion radiusi
|
62 (+3e); 8 (+1e) pm
|
Oksidlanish darajasi
|
+1, +3;
|
Ionizatsiya energiyasi (birinchi elektron)
|
587,7 kJ/mol; (6,00 eV)
|
Elektrod potensiali
|
0
|
Fizik xossalari
|
Zichligi
|
5,91 g/sm3;
|
Erish harorati
|
302,93 K; 29,8 ℃
|
Qaynash harorati
|
2477 K; 2330 ℃
|
Tabiatda tarqalganligi
Galliy ikkiyoqlama geokimyoviy tabiatga ega bo‘lgan siyrak tarqalgan element hisoblanadi. Uning yer qobig‘idagi miqdori 19 gramm/tonna atrofida deb baholangan. Galliy elementi minerallar tarkibida ham juda-juda oz miqdorda bo‘ladi. Asosiy galliy minerallari bu – sfalerit (ko‘pi bilan 0,1% galliyga ega bo‘ladi); magnetit (0,003%), kassiterit (0,005%), granat (0,003%), berill (0,003%) va ho kazolardir. Dengiz suvidagi galliy konsentratsiyasi 3·10−5 mg/l atrofida bo‘ladi.
Izotoplari
Tabiiy galliy ikkita barqaror izotop – 69Ga va 71Ga izotoplariga ega. Tabiatdagi galliyning 60% atrofidagi qismini Ga-69, qolgan 40% ga yaqin qismini esa Ga-71 izotoplari tashkil qiladi. Bundan tashqari galliyning yana 29 xil sun’iy radioaktiv izotopi aniqlangan bo‘lib, ularning massa soni 56Ga dan 86Ga gacha oraliqda bo‘ladi. Ular orasida eng uzoq yashovchani 67Ga bo‘lib, uning yarim yemirilish davri 3,26 sutkani tashkil qiladi. Yana bir nisbatan barqaror galliy izotopi – Ga-72 14 soat yarim yemirilish davriga ega.
Fizik xossalari
Kristall galliyning 5 xil polimorfik modifikatsiyasi mavjud bo‘lib, biroq, ular ichida faqat bittasi barqaror kristall panjara strukturasiga egadir. Uning kristall panjara shakli ortoromb ko‘rinishida bo‘ladi va а = 4,5186 Å, b = 7,6570 Å, c = 4,5256 Å parametrlarga ega bo‘ladi. 20 ℃ haroratdagi qattiq galliyning zichligi 5,904 g/sm3; 29,8 ℃ haroratda erib suyuqlanadi va suyuq galliyning zichligi 6,095 g/sm3 ga yetadi. Shu jihatdan, galliy elementi, suv, kremniy, germaniy, surma, vismut va plutoniy singari, qotganda hajman kengayadigan noyob moddalar turkumiga kiradi. Galliyning yana bir qiziq fizik xossasi, uning suyuq holatda bo‘lishi harorat intervali juda kattaligidir. U 30 ℃ haroratdan 2230 ℃ gacha suyuq fazada bo‘ladi va 2330 ℃ dagina qaynay boshlaydi. 0-24 ℃ harorat intervalida qattiq galliyning solishtirma issiqlik sig‘imi 376,7 J/kg·K; 29-100 ℃ harorat intervalidagi suyuq galliyning solishtirma issiqlik sig‘imi 410 J/kg·K. Qattiq galliyning solishtirma elektr qarshiligi 53,4·10−6 Om·sm; suyuq galliyniki esa 27,2·10−6 Om·sm.
Do'stlaringiz bilan baham: |