5-jadval.
O`zbekiston shahar manzilgohlarining 2000 va 2006 yillardagi tarkibi.
Shahar manzilgohlari kategoriyasi
|
2000 y.
|
2006 y.
|
miqdori
|
aholi soni
|
miqdori
|
aholisoni
|
soni
|
foizda
|
ming kishi
|
foizda
|
soni
|
foizda
|
ming kishi
|
foizda
|
Jami shahar manzilgohlari
|
233
|
100,0
|
9165,5
|
100,0
|
233
|
100,0
|
9495,1
|
100,0
|
Shu jumladan aholisi:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
10 minggacha
|
76
|
32,6
|
446,2
|
4,7
|
70
|
30,0
|
395,9
|
4,2
|
10 – 20 ming
|
72
|
30,9
|
1000,4
|
11,0
|
72
|
30,9
|
985,6
|
10,4
|
20 – 50 ming
|
54
|
23,2
|
1540,2
|
16,8
|
57
|
24,5
|
1613,7
|
17,0
|
50–100 ming
|
14
|
6,0
|
866,4
|
9,5
|
17
|
7,3
|
1057,3
|
11,1
|
100–250 ming
|
13
|
5,5
|
2095,0
|
22,9
|
12
|
5,2
|
1918,9
|
20,2
|
250–500 ming
|
3
|
1,3
|
1081,6
|
11,8
|
4
|
1,7
|
1389,3
|
14,6
|
500–1000 ming
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
|
1000 ming va undan ortiq
|
1
|
0,5
|
2135,5
|
23,3
|
1
|
0,4
|
2133,8
|
22,5
|
O`zbekistonda hammasi bo`lib 17 ta katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq) mavjud bo`lib, ularda jami shahar aholisining 57,3 foizi to`g`ri keladi. Aholi soniga ko`ra Toshkentdan (2133,8 ming k.) keyingi o`rinda Namangan (413,3 ming), Samarqand (362,0 ming), Andijon (356,2 ming), Buxoro, Nukus va Qarshi shaharlari turadi. Shuningdek, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo`qon, Marg`ilon shaharlarining ham har birida 100 mingdan ortiq aholi bor. Shu bilan birga yirik markazlar negizida shaharlar hududiy tizimining murakkab shakllari ham vujudga kelgan. Chunonchi, Toshkent, Samarqand, Farg`ona-Marg`ilon aglomeratsiya-lari shular jumlasidandir.
O`zbekistonda 11843 ta qishloq aholi manzilgohlari bor. Ularning soni Samarqand viloyatida eng ko`p (1949 ta). Shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasi (1183 ta), Buxoro (1536 ta), Qashqadaryo (1064 ta) va Fargona (1187 ta) viloyatlarining har birida mingdan ortiq qishloqlar mavjud. Qishloqlarning eng kam miqdori Sirdaryo viloyatida-284. Respublikamizda o`rtacha har bir qishloqqa 1297 kishi to`gri keladi. Bu jihatdan Namangan (2348) va Andijon viloyatlari (2853) oldinda turadi. Qoraqalpog`iston hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa qishloqlar ancha kichik (o`rtacha 640-700 kishi).
Yuqorilarda mos ravishda qishloq joylarda mehnat resurslari ham ko`p va hatto ular keragidan ham ortiqcha. Ish o`rinlarining yetishmasligi, ishsizlik, mehnat bozorining faol emasligi aholisi zich joylashgan voha va vodiylarda ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Aynan shuning uchun ham Respublikada qishloq xo`jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, qishloq sanoati va infrastrukturasini rivojlantirishga katta e`tibor berilmoqda. Ushbu dolzarb masala davlatning mintaqaviy siyosatida o`z yechimini topmog`i lozim.
II.BOB.Aholi ehtiyojini va chakana tovar ayirboshlashni
2.1.Chakana tovar aylanishini tarkibi (assortimenti) ni prognozlash va rejalashtirish
O`zbekiston aholisi asosan tabiiy ko`payish natijasida oshib bormoqda. Bu omilning roli hamma vaqt ham yuqori bo`lgan. Eng so`nggi yillarda esa u aholi soni o`sishining birdan bir manbai bo`lib kelmoqda. Biroq, ta`kidlash joizki, 90-yillarda aholining takror barpo bo`lish jarayonida jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Endilikda respublikamizni an`anaviy holatda tug`ilish yoki tabiiy ko`payish yuqori mamlakat sifatida ta`riflash uncha to`gri emas. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi. Masalan, tug`ilish 1990 yilda 33,7 promillega teng bo`lgan holda 1999 yilda u birdaniga 22,3 promillega tushib qolgan, ya`ni bu qisqa davrda mazkur ko`rsatkich 11,4 punktga yoki 1,5 martaga kamaygan. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda tug`ilish darajasi ancha past. Chunonchi, tugilish har 1000 aholiga Chirchiqda 12,5, Yangiobodda 12,8, Kogonda 13,9 kishi (2000 y). Hatto tipik sharqona shaharlarimizda ham (Samarqand, Buxoro, Qo`qon va b.) mazkur ko`rsatkich 14-15 promillega teng. Natijada aholining tabiiy ko`payishi ancha kam-Chirchiq yoki Yangiobodda u 5 promellega ham yetmaydi. Albatta, bunday demografik vaziyat Respublikamiz uchun uncha an`anaviy emas. Bu o`z navbatida demografik jarayonlarda ham o`ziga xos o`tish davri kechayotgalidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |