4-jadval.
O`zbekiston Respublikasi aholisining viloyatlar bo`yicha taqsimlanishi va zichligi (2006 yil 1 yanvar)
Mintaqalar
|
Jami aholi
|
Shundan
|
soni (ming kishi)
|
foiz his.
|
Shahar aholisi
|
Qishloq aholisi
|
Aholi zichligi 1 kv.km.
|
ming kishi
|
foiz his.
|
ming kishi
|
foiz his.
|
Qoraqalpog`iston Respublikasi
|
1571,9
|
6,0
|
763,9
|
48,6
|
808,0
|
51,4
|
9,4
|
Andijon
|
2375,9
|
9,0
|
699,8
|
29,5
|
1676,1
|
70,5
|
565,7
|
Buxoro
|
1525,9
|
5,8
|
450,1
|
29,5
|
1075,8
|
70,5
|
37,9
|
Jizzax
|
1051,4
|
4,0
|
314,5
|
29,9
|
736,9
|
70,1
|
49,6
|
Qashqadaryo
|
2424,4
|
9,2
|
597,5
|
24,7
|
1822,9
|
75,3
|
84,6
|
Navoiy
|
812,7
|
3,1
|
321,4
|
39,5
|
491,3
|
60,5
|
7,3
|
Namangan
|
2103,6
|
8,0
|
782,4
|
37,2
|
1321,2
|
62,8
|
284,3
|
Samarqand
|
2907,5
|
11,1
|
741,4
|
25,5
|
2166,1
|
74,5
|
173,1
|
Surxondaryo
|
1925,1
|
7,3
|
370,4
|
19,2
|
1554,7
|
80,8
|
95,8
|
Sirdaryo
|
676,9
|
2,6
|
211,5
|
31,2
|
456,4
|
68,8
|
157,4
|
Toshkent
|
2468,0
|
9,4
|
969,8
|
39,3
|
1498,2
|
60,7
|
161,3
|
Farg`ona
|
2878,9
|
10,9
|
809,5
|
28,1
|
2069,4
|
71,9
|
429,7
|
Xorazm
|
1453,9
|
5,5
|
322,3
|
22,2
|
1131,6
|
77,8
|
238,3
|
Toshkent shahri
|
2140,6
|
8,1
|
2140,6
|
100
|
–
|
100
|
–
|
Respublika bo`yicha
|
26312,7
|
100,0
|
9495,1
|
36,1
|
16817,6
|
63,9
|
58,6
| 1980-1995 yillarda respublika aholisining soni 15,8 mln.dan 22,3 mln.ga yetdi, o`rtacha yillik o`sish miqdori mutloq hisobda 400-500 ming kishini, nisbiy hisobda 2,2 foizni tashkil qildi. Undan keyingi davrda aholining yillik o`rtacha o`sish sur`atlari asta-sekin pasayib kelmoqda. Agar 2000 yil aholining yillik o`rtacha o`sishi 1,8 foizni tashkil etgan bo`lsa 2006 yilga kelib 1,1 foizga tushub qoldi.
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta`sir qiladi. Mamlakat bo`yicha aholi joylashuvining o`rtacha zichligi 1 kv. km maydonga 58,6 kishidan iborat bo`lgan holda u Navoiy viloyatida 7,3 kishidan Andijon viloyatidagi 565,7 kishigacha farq qiladi (bu boradagi ichki tafovut 75 martadan ziyod).
Aholi salmog`iga ko`ra Samarqand viloyati (2907,5 ming k.) birinchi, Farg`ona (2878,9 ming k.) ikkinchi va Toshkent viloyati (2468,0 ming k.) uchinchi o`rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy (812,7 ming k.) va Sirdaryo viloyatlariga (676,9 ming k.) to`g`ri keladi (4-jadval).
O`zbekiston Respublikasi aholisining 36,1 foizi shahar joylariga istiqomat qiladi. Mutloq raqamda u 9495,1 ming kishi (2006 y). Shahar aholisining o`sish sur`ati ayniqsa 1970-1980 yillarda yuqori bo`lgan. Bunga sabab 1972 yilda aholi manzilgohlarining shahar maqomiga o`tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 minggacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar sonining nihoyatda tez ko`payishidir (agar 1970 yilda Respublikada 42 shahar mavjud bo`lgan bo`lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga yetgan).
1989-2006 yillar davomida shaharliklar sonining o`sishi ancha susaygan. Natijada umumiy urbanizatsiya ko`rsatkichi 40,7 foizdan 36,1 foizga tushib qoldi. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg`ona, Buxoro, Xorazmda sezilarli bo`lgan va u faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Jizzax va Namangan viloyatlarida birmuncha ko`tarilgan. Hozirgi kunda shahar joylarda yashovchilarning nisbiy miqdori bo`yicha Qoraqalpog`iston hamda Toshkent va Navoiy viloyatlari oldinda turadi, uning eng past darajasi esa Surxondaryo viloyatida kuzatiladi.
Ayni paytda Respublikada 120 shahar va 113 shaharcha mavjud bo`lib, ularning barchasida 9,5 mln. atrofida aholi yashaydi. Shaharlar soni bo`yicha Qoraqalpog`iston Respublikasi (12), Qashqadaryo (12) va Toshkent (16) viloyatlari ajralib turadi. Ularning to`ri Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida yaxshi rivojlanmagan.
O`rta Osiyo xususan, O`zbekiston urbanizatsiyasining o`ziga xos xususiyati shaharlar to`rida kichik shaharlar sonining ko`pligidir. Kichik shaharlar toifasiga 142 ta shahar manzilgohlari mansub bo`lib, ularning hissasiga O`zbekiston shaharlar tizimining 3/5 qismi to`g`ri keladi. Ammo bularning demografik salohiyati past bo`lganligi bois, jami shaharliklarni 14,6 foizi aholisi 20 minggacha bo`lgan shaharlarda mujassamlangan.
Yarim o`rta" shaharlar (L.L.Trube iborasi) 2006 yilda 57 ta (aholisi 1613,7 ming k.) bo`lsa, aholisi 50-100 ming bo`lgan-o`rta shaharlar soni 17 ta bo`lgan. O`rta shaharlarda mamlakat shahar aholisining 11,1 foizi istiqomat qiladi. Ushbu toifa asosan viloyatlarning 2-markazlaridan, ta`bir joiz bo`lsa, okrug markazlaridan tashkil topgan. Masalan, Shahrisabz, Kattaqo`rg`on, Denov, Chust, Shaxrixon, Zarafshon, To`rtko`l, Bekobod. Bular orasida faqat Guliston-viloyat markazidir. O`rta shaharlar orasidan eng yiriklari Shahrisabz (91,5 ming) va Bekobod (85,2 ming) shaharlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |