Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Inson ekologiyasi 
 
Inson  tabiatning  bir komponenti,  uning tabiatdagi o‗rni  chumoli,  kapalak, 
lola,  eman,  sher,  fil  o‗rni bilan  teng,  chunki  inson  ham  boshqa  tirik  jonivorlar 
kabi  tirik  organizm.  Faqat  farqi  boshqa  tirik  komponentlar  tabiat  qonunlari 
asosida yashaydi, inson esa tabiatni o‗zgartirib, uning bag‗rida yangi texnika va 


67 
 
texnologiylarni  qo‗llab,  tabiat  qonunlarini  buzib,  uni  o‗ziga  qaram  qilishga  va 
tabiat  ustidan  hukmron  bo‗lishga  harakat  qiladi.  Ammo  insonning  o‗zi  tabiat 
mahsuli,  uning  biologik  tizimlarining  ajralmas  qismidir.  U  tabiatni  ifloslashi, 
buzishi  mumkin,  lekin,  inson  biosferaning  ekologik  aylanishidan  chiqib 
ketaolmaydi, u tabiatsiz yashay olmaydi va boshqa tabiatni ham yarataolmaydi. 
Inson  tabiatning  eng yuqori  mahsuli, uning  yashashi  uchun  atmosferada  yetarli 
darajada  kislorod,  Yer  yuziga  kerakli  Quyosh  nurining  tushishi  va  suvning 
bo‗lishi shart. Tabiatdagi asosiy to‗rt elemetning (kislorod, uglerod, vodorod va 
azot) quyosh energiyasi ta‘sirida va suvning ishtirokida ekologik aylanib turishi 
hayotning asosini tashkil qiladi. 
Inson tabiatning ajralmas qismi bo‗lganligi tufayli ham undan mutloq ajrab, 
o‗ziga texnikaviy dunyo yarataolmaydi. U o‗z faoliyati bilan o‗zini o‗rab turgan 
olamni,  muhitni  ifloslab,  zaharlab,  o‗z  hayotiga  real  xavf  tug‗dirmoqda. 
Masalan,  inson  faoliyatidan  insonlar  zaharlanganiga  ba‘zi  misollar  keltirib 
o‗tmoqchimiz.  1952-  yili  London  shahrida  hosil  bo‗lgan  is  gazlari,  chang  va 
tutunlardan  zaharlanib  4000  odam  vafot  etgan.  Yaponiyaning  Minamata 
ko‗rfaziga tashlangan simob chiqindilari baliqlarga o‗tib, ularni iste‘mol qilgan 
odamlarning 100 dan ortig‗i zaharlangan. Ko‗p yillar davomida zaharli gerbitsid 
va pestitsidlarning qishloq xo‗jaligida qo‗llanilishidan insonlarning zaharlanishi, 
turli  kasalliklarni  kelib  chiqishi,  Chernobl  AES  ning  portlashidan  katta 
maydonda butun tabiatning radioaktiv moddalar bilan zaharlanishi, radioaktiv va 
boshqa  zaharli  moddalarning  Novaya  Zemlya  va  Oq  dengizga  tashlanishidan 
suv  zaharlanib,  uning  salbiy  ta‘siridan  million-million  dengiz  yulduzlari  kabi 
suv  hayvonlarining  qirilib  ketishi,  bu  insonni  tabiatga  qilgan  gunohining 
natijalaridir. 
Yer  yuzining  turli  joylarida  inson  faoliyati  sababli  yuzaga  kelayotgan 
ofatlar  uning  o‗ziga,  undan  qoladigan  avlodlarga  xavf  tug‗dirmoqda.  Minglab 
tonnalab  to‗plangan  zaharli  kimyoviy  moddalarni  tezda  zararsizlantirish  va 
inson hayotiga ziyon keltirmaslik chora-tadbirlarini ko‗rish lozim. 


68 
 
Har  bir  inson  tug‗ilganiga  qadar  ma‘lum  miqdorda  zararli  moddalar 
mahsuloti  bilan  (DDT,  gerbitsid,  pestitsid,  qo‗rg‗oshin,  simob,  uglevodorodlar 
va  bosh.) tug‗iladi. Keyinchalik  uning tanasida  shu  moddalar  to‗planib  boradi. 
Chunki  inson  yashagan  muhitda  zararli  moddalar, gazlar, og‗ir  metallar,  chang 
yetarlicha  to‗plangan.  Muhitning  ekologik  holati,  insonning  ekologiyasini 
aniqlaydi.  Ular  bir-biridan  ajralmaydi.  Shu  sababli,  keyingi  vaqtda  «Inson 
ekologiyasi» mustaqil fanga aylandi. Buning natijasida inson tabiatning ajralmas 
qismi,  uning  antibiotik  biotik  omillari  bilan  uzviy  munosabatdagi  komponent 
ekanligi tasdiqlandi. 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish