Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


INSON – JAMIYAT VA TABIAT O‗RTASIDAGI O‗ZARO



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

INSON – JAMIYAT VA TABIAT O‗RTASIDAGI O‗ZARO 
 TA‘SIR MUAMMOSI 
 
Inson, jamiyat va tabiat 
 
Jamiyat  va  tabiat,  inson  hamda  yashab  turgan  muhit  o‗rtasidagi  o‗zaro 
ta‘sir  muammosi  –  insoniyatning  abadiy  muammolaridan  biridir.  Falsafiy 
tafakkurning  butun  tarixi  davomida  u  turlicha  hal  qilib  kelingan.  XVIII  asrda 
Fransiya sotsiologi Monteske o‗sha davr uchun xos bo‗lgan fikrni olg‗a suradi. 
U  «Qonunlar  ruhi  to‗g‗risida»  nomli  asarida  jamiyat  tabiatga  to‗la  ravishda 
qaramligi  to‗g‗risidagi  g‗oyani  rivojlantirib,  «Iqlimning  hukmronligi  barcha 
kuchlardan ustunroqdir», degan shiorni olg‗a suradi. 
Kishilar  jamiyatini  tabiatga  qarshi  qo‗yadigan,  odamlar  bilan  tabiat 
o‗rtasidagi  aloqani  istisno  qiladigan  idealistik  qarashlarga  qarshi  o‗laroq  tabiat 
bilan  inson  o‗rtasidagi  chambarchas bog‗liqlikni  asoslash  va  ko‗rsatish  muhim 
ahamiyatga molikdir. Tarixga ikki tomondan qarash mumkin, uni tabiat tarixi va 
insonlar tarixiga bo‗lish mumkin. Biroq har ikki tomon chambarchas bog‗liqdir. 
Insoniyat  jamiyati  mavjud  ekan, tabiat  tarixi  va  insonlar  tarixi  bir-birini  o‗zaro 
quvvatlab turadi. 
Jamiyat va tabiat birligini ta‘kidlar ekanmiz, biz ularning timsolida moddiy 
jihatdan  birligini  tushunamiz,  ya‘ni  ular  moddiydir,  bir  xil  kimyoviy 
moddalardan  iboratdir,  nazariyada  dialektik  deb  ataluvchi  ba‘zi  bir  obyektiv 
(xolis) qonunlarga garchi o‗ziga xos shaklda bo‗lsa ham bo‗ysunadi. Jamiyatda 
ijtimoiy  qonunlar  bilan  birga  fizika,  kimyo  va  biologiya  qonunlari  ham  amal 
qiladi. Bunda inson, jamiyat tabiatning bir qismi sifatida tavsiflanadi. Insonning 
jismoniy va ma‘naviy hayoti tabiat bilan chambarchas bog‗langandir. Bu tabiat 


60 
 
o‗z-o‗zi  bilan  chambarchas  bog‗liq  inson  tabiatning  bir  qismi,  uning  farzandi, 
rivojining  gultojidir.  Mazkur  holat  avvalambor  tabiat  inson  va  jamiyat  paydo 
bo‗lishining yetakchi omili ekanligida ko‗rinadi. 
Tabiat  rivojining  mahsuli  bo‗lmish  insoniyat  tabiatga  tobora  ko‗p  o‗zaro 
ta‘sirini  ko‗rsatadi,  inson  faqat  har  xil  o‗simlik  va  hayvonot  turlari  o‗rnini 
o‗zgartiribgina  qolmay,  binobarin  ularni  shu  darajada  o‗zgartirdiki,  uning 
faoliyati  natijalari  yer  shari  umumiy  o‗limga  mahkum  bo‗lgandagina  u  bilan 
birga yo‗q bo‗lib ketishi mumkin. Shunday qilib, inson nafaqat tabiatni o‗rganib 
oladi,  balki  landshaft  (tabiat  manzarasi)  ni  g‗oyat  o‗zgartirib  yuborgan  va 
koinotgacha  chiqaolgan  insoniyat  hech  qachon  tabiatdan  uzilib  ketolmaydi,  u 
hamma vaqt uning bag‗rida yashaydi. 
Insonning  ijodiy  imkoniyatlari,  uning  tabiatni  bilish  va  o‗zgartirish 
qobiliyatlariga kelganda, ular chegarasizdir. Moddiy ishlab chiqarish jarayonida 
odamlar  o‗rtasida  vujudga  keladigan  munosabatlarsiz  ishlab  chiqarishning  o‗zi 
ham,  inson  hayoti  moddiy  sharoitlari  ham  bo‗lmaydi,  demakki,  jamiyat  ham 
bo‗lmaydi. 
Jamiyat  bu  odamlarning  birgalikdagi  harakati,  o‗zaro  ta‘sirining  mahsuli, 
bu odamlarning ijtimoiy munosabatlaridagi insonning o‗zidir. 
Insonning  mehnat  faoliyati  uning  tabiatga  bo‗lgan  munosabati  asosida 
yotadi. Inson tabiatga ta‘sir ko‗rsatar ekan, u mehnat vositalari yordamida tabiiy 
muhitni  o‗z  muhtojliklari  va  ehtiyojlariga  moslashtiradi,  o‗zining  ashyolar 
(predmetlar)  dunyosini  yaratadi,  o‗z  hayot  faoliyati  sharoitlarini  qayta  ishlab 
chiqaradi.  Inson  bilan  tabiat  o‗rtasida  odam  qo‗li  bilan  yaratilgan, 
«insoniylashtirilgan»  tabiat  zuxur  qiladi  va  rivojlanadi.  U  inson  mehnati 
majmuyining  o‗zaro  ta‘siri  maxsulidir.  Shunday  qilib,  mehnat  paydo 
bo‗lganidan  e‘tiboran  nafaqat  inson  shakllanishining  hal  qiluvchi  sharti 
bo‗libgina  qolmay,  balki  tabiatni  o‗zgartirishning  omili  ham  bo‗lib  kelgan. 
Odamlar  o‗zlari  jamiyatga  birlashgan  taqdirlaridagina  tabiatning  chinakam  va 
ongli hokimi bo‗lishlari mumkin. 


61 
 
Jamiyat  inson  hayot  faoliyatining  tarixiy  shakli  sifatida  hech  qachon 
odamlarning  oddiy  birlashmasi  bo‗lgan  emas  va  bo‗lmaydi  ham.  Jamiyat, 
odamlar,  ishlab  chiqarish,  iqtisodiy,  madaniy  va  ijtimoiy  tashkilotlar  o‗zaro 
ta‘siri  murakkab  tizimidan  iboratdir.  Jamiyat  bu  muttasil  rivojda  bo‗lgan  a‘zo 
organizm  u  ayrim  ijtimoiy  elementlarning  o‗zboshimcha  ishlariga  yo‗l 
qo‗yuvchi  g‗ayri-ixtiyoriy  birikma  emas.  Tabiat  esa  bu  moddiy  jismlar, 
realliklar  majmuyidan  iborat  bo‗lib,  ular  jamiyat  negizini  tashkil  etadi  va  uni 
qurshab  turadi.  Biz  tushunib  yetadigan  tabiat  qandaydir  sistemani,  jismlarning 
mujassam aloqalarini tashkil etadi. Bunda biz jism so‗zi timsolida yulduzlardan 
tortib atomgacha ham bo‗lgan butun moddiy reallikni tushunamiz. 
Tabiat  rivojining  oliy  bosqichi  bo‗lmish  jamiyat  faqat  tabiiy  omil 
negizidagina yashaydi, rivojlana oladi va uning tabiiy omil bilan doimiy o‗zaro 
ta‘sirda  bo‗lishi  shartdir.  Kelib  chiqishi  jihatidan  tabiat  bilan  bog‗liq  bo‗lgan 
jamiyat  har  holda  tabiatning  alohida  qismi  sifatida  yashaydi  va  rivojlanadi. 
Jamiyat  materiya  xarakatining  yuqori  shaklidir.  Mehnat  nafaqat  insonni 
tabiatdan  ajralib  turishini  ta‘minlaydi,  binobarin,  uni  tabiat  bilan  kurashishi 
«insoniylashgan»  tabiat  mehnat  jarayoni  mahsulidir,  ya‘ni  shakllarini  o‗zlash-
tirish vositasi bilan tabiat inson ehtiyojlariga moslashtiriladi. Tabiatning ana shu 
«insoniylashgan» qismi insonsiz mavjud bo‗laolmaydi. 
Tabiatning tabiiy kuchlari o‗zining bebosh harakatlari bilan inson yaratgan 
narsalarni  vayron  qiladi.  Bu  ziddiyat  insonning  ongli  va  maqsad  sari 
yo‗naltirilgan faoliyat tufayligina «insoniylashgan» tabiat foydasiga hal qilinadi. 
Biosferadagi  bu  va  boshqa  ziddiyatlarni  bartaraf  etaborib,  inson  tabiatni  juda 
ulkan  miqyoslarda  oqilona  o‗zgartirish  doirasi  elementlarini  yaratadi.  Inson 
tabiatning bironta kuchini boshqasiga qarshi kuzatuvchi maxsus tashkilotchi va 
boshqaruvchi  ko‗rinishida  tabiatni o‗zgartiruvchi  kuch sifatida  o‗zini namoyon 
etadi.  Insonning  ayni  shu  faoliyatida  tabiiy  jarayonlarning  ijtimoiy  sabablarga 
bog‗liqligi  biosfera  evolutsiyasining  yangi  qonuniyati  sifatida  shakllanadi  va 
uning  ta‘sir  ko‗rsatishi  orqasida  landshaft  shakli  elementlari  tabiiy  omillar 


62 
 
ta‘sirida  o‗zgargani  va  o‗zgarayotganiga  nisbatan  ancha  yuksak  sur‘atlar  bilan 
o‗zgara boshladi.  Mazkur  elementlarning miqdori  tez ortib  bormoqda,  tabiatda 
sifat jihatidan yangi tizimli va tizimlararo yangi bog‗lanishlar paydo bo‗lmoqda. 
Tabiiy elementlar, jarayonlar va voqealiklarning stixiyali o‗z-o‗zidan bo‗ladigan 
o‗zaro  ta‘siri  shakllari  endilikda  insonning  ongli  faoliyati  bilan  bog‗langan 
jarayonlar bilan to‗ldirilmoqda. 
Insonning  tobora  ko‗proq  ta‘sirini  boshidan  kechirayotgan  tabiat  ana  shu 
ta‘sirning  xarakteriga  bog‗liq  holda  tobora  o‗zgarib  boradi,  uning  elementlari 
«insoniylashgan»  mohiyat  kasb  etadi  va  ijtimoiy  vazifalarni  bajaradi. 
Jamiyatning  tabiatga  ta‘sir  ko‗rsatishi  va  unga  xos  bo‗lgan  ziddiyatlar  tobora 
biosferaning  ko‗pgina  elementlari  rivojining  asosiy  manbayi  xususiyatlarini 
kasb etmoqda. 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish