O‗simliklarga mansub, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibida nitratlarning
yo‗l qo‗yilgan darajalari (Shodimetov, 1994)
Orol bo‗yicha o‗tkazilgan tibbiyot ko‗rigi (3 mln. dan ortiq kishi qamrab
olindi) qizilo‗ngach raki, qon va qon paydo qiluvchi a‘zolar, ovqat hazm qilish
organlari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklari ancha ko‗payganini ko‗rsatdi.
Umumiy tibbiyot ko‗rigidan o‗tkazilgan barcha aholi uch guruhga bo‗lindi:
Birinchi guruh – sog‗lomligi tan olingan shaxslar.
Ikkinchi guruh – anamnezda surunkali kasali bor, ammo keyingi 3 yil
mobaynida kasalligi zo‗raymagan va turli kasalliklar rivojlanishiga olib kelishi
xavfi bor shaxslar.
Uchinchi guruh – davolanishga muhtoj bo‗lgan kasallar.
Xorazm viloyatida tekshirib ko‗rilgan 1,0 mln. aholidan 293965 (27,7%)
kishi birinchi, 355752 (34,7%) kishi ikinchi, 373 742 (37,6%) kishi uchinchi
guruhga qo‗shildi. Kasallik 72,3 foizni tashkil etdi.
Oziq - ovqat mahsulotlarining nomi
Yo‘l qo‘yilgan
daraja (mg/ kg)
K artoshka
Oqbosh karam
Sabzi
Pamidor
Bodring
100
300
200
50
150
Xo‘raki lavlagi
Piyoz boshi
Barra piyoz
Bargli sabzavotlar (qoqi, ismaloq, qo‘ziquloq, karam (sa-
latnaya), petrushka, shivit, selderey, kashnich va boshqalar)
Qovun
Тarvuz
H andalak
Chuchuk qalampir
U zunchoq mayda oshqovoq
Xo‘raki uzum navlari
Olma
N ok
1000
80
400
1000
60
45
50
100
200
50
50
50
81
Qoraqalpog‗istonda tekshirib ko‗rilgan 1,2 mln. aholidan 369 ming
(29,8%) kishini birinchi, 312 (25,2%) kishini ikkinchi, 556 ming kishini (44,9%)
uchinchi guruhga kiritish mumkin.
Aholining kasalligi 70,1 foizni tashkil etdi. Orol bo‗yicha go‗daklar o‗limi
hamon yuqori.
O‗rta Osiyo misolida mintaqaviy ijtimoiy-ekologik muammolarni
umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, ekologik va ijtimoiy omillar faqat inson
hayot faoliyatining asosiy jarayonlari ro‗y beradigan, uning salomatligi va
kasalga chalinishiga bog‗liq bo‗lgan tashqi sharoitgina emas, balki inson
turmushining
eng
muhim
tarkibiy
qismlaridan
biri,
uning
ijodiy
o‗zgartiruvchilik faoliyati obyekti va natijasidir. Shunga muvofiq insonning
hayot faoliyati, uning salomatligi va kasallanishini o‗zgarmas, oldindan belgilab
qo‗yilgan deb hisoblamaslik kerak. Balki unga aniq tarixiy sharoitlarda
iqtisodiy, ijtimoiy-ekologik va biogenetik vaziyatlarda shakllangan natija hosili
deb qaramoq kerak.
Mintaqada biosferaga ko‗rsatilgan antropogen ta‘sirlar harakatining
yuqorida keltirilgan daliliga asoslanib, bu ta‘sirlar turli mamlakatlarda har xil
bo‗lganini qayd etish mumkin.
O‗rta Osiyo mintaqasidagi hozirgi ijtimoiy-ekologik vaziyat turli
omillarning atrof-muhitga, odamlar faoliyatiga murakkab va majmuyi ta‘sirini
o‗rganish uchun ilmiy-tadqiqot markazlari kuch-g‗ayratlarini uyg‗unlashtirishni
talab etadi. Ichimlik suvlari va oqib turgan suvlarni zararsizlantirishning
sanitariya jihatdan ishonchli usullari hamda inshootlar mustahkamligi, sanoat va
qishloq xo‗jalik chiqindilaridan foydalanishning yangi usullarini gigiyenik
baholash bo‗yicha tadqiqiy hamda amaliy ishlarni faollashtirish zarur.
Jamiyat va tabiat o‗zaro ta‘sirining hozirgi bosqichi hukumatlar oldiga
ijtimoiy-ekologik hamda ekologik-iqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga
oshirish vazifasini ko‗ndalang qilib qo‗ymoqda. Jamiyatimiz hayotining barcha
tomonlarini qamrab olayotgan demokratik o‗zgarishlar inson va tabiatning
82
o‗zaro munosabatlariga ta‘sir ko‗rsatmay qolmaydi. Respublikalar suverenitetni
qo‗lga kiritgan sharoitda jamiyatni rivojlantirishning real xususiyatlari va bozor
munosabatlarini hisobga olgan holda majmuiy ekologik dasturlarni ishlab
chiqish, ayniqsa dolzarblik kasb etadi. Biroq, ijtimoiy - ekologik rivojlanishning
o‗tkir muammolarini hal etishda O‗rta Osiyo respublikalari va Qozog‗istonning
kuch-g‗ayratlarini uyg‗unlashtirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |