Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Yo‗qolish xavfidagi turlar soni



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Yo‗qolish xavfidagi turlar soni 
(Xalqaro «Qizil kitob» ma‘lumoti) 
 
O‗simlik  va  hayvon  turlarini  davlat  muhofazasiga  olish  qonunlar  orqali 
ovchilikni  to‗g‗ri  yo‗lga  qo‗yish,  shuningdek  qo‗riqxonalar,  milliy  bog‗lar, 
botanika bog‗lari hamda «Qizil kitob» lar o‗simlik va hayvon turlarini saqlashda 
katta rol o‗ynaydi.  
Mintaqaviy  ekologik  muammolar.  Yer  yuzasining  muayyan  mintaqasi 
o‗ziga xos tabiiy  – iqlim, ijtimoiy, ekologik, etnografik xususiyatlari uni tabiat 
bilan  inson  o‗rtasidagi  o‗zaro  aloqa  munosabatlari  xarakterini  belgilab  beradi. 
Mintaqaviy  ekologik  muammolarga  barham  berishning  me‘zoni  havo  va 
suvning  ifloslanishi,  belgilangan  miqdordan  oshib  ketishi,  o‗rmonlarda 
daraxtlarni kesish va boshqalar hisoblanadi. 
Markaziy Osiyodagi mintaqaviy ekologik muammolardan eng muhimi Orol 
va  Orol  bo‗yi  ekologik  muammosidir.  Orol  dengizi  yaqin  vaqtlargacha 
dunyodagi  eng  yirik  dengizlardan  biri  hisoblangan.  U  muhim  baliqchilik, 
ovchilik,  transport  va  reaksion  ahamiyatga  ega  edi.  Sug‗oriladigan 
dehqonchilikning  rivojlanishi  natijasida,  shuningdek  qurg‗oqchilik  yillari 
Amudaryo  va  Sirdaryoning  suv  quyishi  1970-yilga  kelib  37,8  km,  1980-yilda 
esa  11,1  km
3
  ga  kamayib  ketdi.  80-yillarning  boshlarida  ushbu  daryolarning 
dengizga quyilishi butunlay to‗xtadi. 
Suvning  sho‗rlanish  darajasi  9–10  g/l  dan  34–37  g/l  gacha  ortdi.  Hozirgi 
kunda  dengiz  sathining  yillik  o‗rtacha  pasayishi  80–110  sm.  Orolning  qurigan 
Тaksonlar
Тurlar
K enja
turlar
Jаmi
U mumiy turlar
soniga nisbatan %
hisobida
Sut emizuvchilar
Qushlar
Sudralib yuruvchilar
Amfibiyalar
Chuchuk suvdagi baliqlar
Yuksak o‘simliklar
227
264
74
34
169
250000
93
167
61
7
25
dan
320
431
135
41
194
kam emas
6,2
4,6
1,8
2,8
3,5
10,0  dan kam emas


57 
 
tubi yirik chang-to‗zon makoniga aylandi. Aholi ichadigan suv pestitsidlar bilan 
ifloslangan, keyingi 10 yil ichida o‗lish ikki marta ortgan. Bolalar o‗limi 1000 
kishi hisobiga 45–90 taga to‗g‗ri keladi. Ayollarning 80% dan ortig‗i kamqonlik 
xastaligiga mubtalo bo‗lgan. Bolalarning 90% ida siydigida tuzlar miqdori ortib 
ketgan. Yuqumli kasalliklar tez-tez takrorlanib turadi. 
Orol va Orol bo‗yida murakkab ekologik muammolar majmuyi shakllangan 
bo‗lib, kelib chiqishi va oqibati darajasi jihatidan davlatlararo xarakterga ega. 
Kelajakda  ushbu  mintaqaviy  muammoni  hal  etilishi  Markaziy  Osiyoning 
ijtimoiy,  ekologik  va  iqtisodiy  ahvoli,  shuningdek  demografik  holati, 
sug‗oriladigan  yerlarni  meliorativ  holati  va  mahsuldorligini  oshirish,  aholini 
ichimlik suv bilan ta‘minlash kabilar bilan bog‗liq. 
O‗zbekistondagi  ekologik  muammolar.  Bugungi  kunda  Mustaqil 
O‗zbekiston yirik sanoat va agrar mintaqa bo‗lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan 
mashinasozlik,  energetik,  kimyo,  oziq-ovqat  sanoati,  transport  majmuyini 
yanada  rivojlantirish  ko‗zda  tutilmoqda.  Holbuki,  ishlab  chiqaruvchi 
kuchlarning  rivojlanishi  Respublikada  ijtimoiy  ekotizimlarning  holatiga 
muayyan  darajada  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatadi.  Respublikada  keskin  bo‗lib  turgan 
ekologik va tabiatni muhofaza qilishga oid muammolar quyidagilar: 
1.  Yirik  hududiy-sanoat  majmualari  joylashgan  rayonlarda  (Angren, 
Olmaliq, Chirchiq, Farg‗ona, Marg‗ilon, Navoiy va hokazo) tabiatni  muhofaza 
qilish muammolari. 
2.  Orol  va  Orol  bo‗yi  muammolari,  suv  resurslarini  muhofaza  qilish  va 
ulardan maqbul tarzda foydalanish. 
3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.  
4. Tabiatdagi suvlarning sanoat chiqindilari, pestitsidlar va mineral o‗g‗itlar 
bilan ifloslanishi.  
5.  O‗simlik  va  hayvonot  dunyosini  muhofaza  hamda  qayta  tiklash 
muammolari, qo‗riqxonalar va milliy bog‗lar tarmog‗ini kengaytirish. 


58 
 
Yuqorida  keltirilgan  muammolarni  e‘tiborga  olib,  Respublikada  noqulay 
ekologik vaziyat yuzaga kelgan tuman va hududlarni aniqlab, ishlab chiqaruvchi 
kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.  
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish