Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Ekologiya fanining asosiy bo‗limlari



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Ekologiya fanining asosiy bo‗limlari  
 
O‗z  vaqtida  E.Gekkel  qayd  qilib  o‗tganidek,  ekologiya  faqat  o‗simlik  va 
hayvonlarni  emas,  balki  butun  tirik  organizmlarni,  ularning  o‗lib  ketgan 
ajdodlarini bir xil darajada o‗rganadi.  
Ekologiya  bo‗limlarining  umumiy  vazifalari  va  yo‗nalishlari  birlashgan. 
Lekin  o‗simliklar,  sanoat  yoki  insonlar  ekologiyasi  kabi  yo‗nalishlarning  har 
birini o‗ziga xos tadqiqot usullari bor. Masalan, o‗simlikning ekologiyasi abiotik 
omillarning  ayrim  o‗simlik  turlariga  yoki  tur  vakillariga  ta‘sirini  aniqlaydi. 
O‗simlik va ular birikmalarining bir-birlari bilan munosabatlarini fitosenologiya 
o‗rgansa,  hayvonlar va  o‗simliklar  guruhlari  ichidagi  aloqalarini biosenologiya 
o‗rganadi.  
O‗simliklar tabiiy muhit va har xil turlarning birligi darajasida o‗rganiladi. 
Sun‘iy  senozlarni  (bug‗doyzor,  sholiroya,  paxtazor,  jo‗xorizor  va  hokazo) 
muhitda,  asosan  bir  tur  vakillari  hosil  qiladi.  Ularning  populatsiyalari  bir, ko‗p 
va har xil guruhlarni hosil qiluvchi o‗simliklar asosida chuqur o‗rganiladi.  
Hayvonlar  ekologiyasi  –  tashqi  muhit omillarining  ayrim  individiumlariga 
va  ularning  populatsiyalariga  ta‘sirini  o‗rganadi.  Shuning  uchun  ham 
populatsiya hayvonlar misolida yaxshi ishlab chiqilgan.  
O‗simlik  va  hayvonlar  haqidagi  ma‘lumotlar  shuni  ko‗rsatadiki,  tirik 
organizmlarning bir-birlari va muhit bilan aloqalari, murakkab har xil va o‗ziga 
xosligini  ekologiyaning  o‗simliklar  va  hayvonlar  ekologiyasiga  bo‗linishiga 
sabab  bo‗ladi,  ya‘ni  tabiatning  har  bir  obyekti  mustaqil  fanlar  tomonidan 
o‗rganilsa-da, ular o‗rtasidagi aloqa juda kuchlidir.  


31 
 
Ayrim  hollarda  ekologiyaning  bu  ikki  mustaqil  bo‗limini  (Yu.Odum, 
L.G.Ramenskiy, B.G.Ioganze, G.A.Novinkov, S.S.Shvars) birlashtirmoqchi ham 
bo‗lganlar V.N.Sukachev tomonidan ishlab chiqilgan biogeosenoz, keyinchalik 
biogeosenologiya  ta‘limoti  –  o‗simliklar  va  hayvonlar  birikmalarini  to‗plam 
holida o‗rganish nazariyasi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Yu.Odum ekologiyani 
turlar populatsiya ekologiyasi, senozlar ekologiyasi, ekosistema ekologiyasi kabi 
qismlarga bo‗ladi.  
Hozirda ekologiyaning bo‗limlari, ularning ma‘nosi, vazifalari va o‗rganish 
obyektlari quyidagicha:  
1.  Autekologiya  (yunoncha  autos  –  o‗zim,  logiya  –  ta‘lim)  –  tur 
vakillarining  yashash  sharoiti, bir-birlari  hamda  ularni  o‗rab turgan  atrof-muhit 
bilan  munosabatlarini  o‗rganadi,  shuningdek  turning  turg‗unligini,  uning  turli 
ekologik  omillar  ta‘sirida  moslashishini,  muhitning  organizmning  morfologik, 
fiziologik va xulqiy o‗zgarishlariga sabab bo‗lishini aniqlaydi. 
Autekologiya  o‗zining  rivojlanishida  ekologik  taqqoslash,  ekologo-
morfologik, fiziologik usullardan keng foydalaniladi. Organizmning atrof-muhit 
ta‘siriga reaksiyasi va o‗zgarishiga oid ilmiy  materiallarni taqqoslash. Natijada 
organizmlarning fasllar,  yil va ko‗p yillar davomida bo‗lib o‗tadigan o‗zgarish 
qonuniyatlarini  aniqlaydi,  organizmga  ta‘sir  qiladigan  tabiiy  va  sun‘iy 
(antropogen) omillarning salbiy hamda ijobiy mohiyatini o‗rgatadigan ilmiy ma-
teriallarni  tasnif  qilish  natijasida  qator  ekologik  qonunlarni  ochadi  (Libixning 
minimum  qonuni,  Shelfordning  ekologik  tolerantlik  qonuni,  Lundogard-
Poletayev qonunlari). 
2.  Demekologiya  (yunoncha  demos  –  xalq)  –  tur  vakillari  hosil  qiladigan 
tabiiy  populatsiyalarning  hosil  bo‗lish  shartlarini,  ularning  guruhlari  ichki 
tuzilishini,  son  va  sifatini,  bir-birlari  va  muhit  o‗rtasidagi  munosabatlarni 
o‗rganadi.  Fransuz  ekologi  R.  Dajo  demekologiyani  populatsiya  dinamikasi 
nomi bilan qo‗llaydi. 


32 
 
3.  Eydekologiya  –  turlar  ekologiyasi  –  turni  ekologik  jihatdan  chuqur 
o‗rganadi, uni jonli tabiatning tashkil bo‗lishidagi yuqori rivojlanish darajasi va 
biologik mikrosistemalarni tashkil qiluvchi deb qaraydi. 
Ekologiyaning  rivojlanish  jarayonida  ilm  tadqiqotchilari  tur  vakillari  – 
populatsiyani  o‗rganish  asosida  biosferani  o‗rganishga  o‗tdilar.  Ekologiyaning 
bu bo‗limida tur ekologiyasini o‗rganish shartdir. 
Tirik organizmlarning tabiiy integratsion birlashuvi asosida: tur vakillari  – 
vakillar  guruhi  –  populatsiya  –  populatsiyalar  guruhi  –  tur  –  turlar  guruhi  – 
senozlar – biosenozlar – biogeosenozlar (ekosistemalar) biosferalar yotadi. 
Tirik tabiatning obyektiv integratsion tuzilishi ikki tizimda  ya‘ni: 1) turlar 
hosil  qiluvchi  tizim  va  2)  biogeosenotik  tizim  asosida  bo‗lishi  kerak.  Chunki, 
har  qanday  tur  vakili  (organizm)  va  uning  populatsiyasi  obyektiv  turning  aniq 
vakili bo‗lib, u yoki bu biosenozalar tarkibiga kiradi va ularning hosil bo‗lishida 
qatnashadi. 
4. Sinekologiya (grekcha syn - birlikda) – turli organizmlar hosil qiladigan 
birlik  ekologiyasi,  turli  organizmlar,  mikroorganizmlar,  o‗simliklar,  hayvonlar 
assotsiatsiyalari,  biosenozlar,  ularning  hosil  bo‗lishi,  rivojlanishi,  tuzilishi, 
o‗zgarishi va mahsuldorligini o‗rganadi. 
K.Shreterning  fikricha, sinekologiya  har xil  guruhlar  hosil qiluvchi  xilma-
xil  tur  vakillarining  bir-birlari  va  muhit  o‗rtasidagi  munosabatlarini  o‗rganadi. 
Agar  aut-dem  va  eydekologiyalar  asosida  tur  vakillarini  va  ma‘lum  tirik 
organizmlar guruhiga kiruvchi turlar o‗rganilsa, sinekologiya, o‗z navbatida aut-
dem  va  eydekologiyaga  asoslangan  holda  murakkab  ko‗p  turlardan  tashkil 
topgan  tabiiy  komplekslarni,  ularning  ichki  tuzilishlarini,  rivojlanishini,  son  va 
sifat  o‗zgarishlarini  to‗la  holda,  ichidagi  katta  va  kichik  birliklarini  bir-birlari 
hamda  muhit  o‗rtasidagi  munosabatlarini  o‗rganish  bilan  bu  bo‗lim 
ekologiyaning umumiy biologik xarakteriga ega bo‗lib qoladi. 
Sinekologiya  statistik  yo‗llar  bilan  ilmiy-tadqiqot  ishlarini  olib  boradi. 
Sinekologiya  dinamik  jihatdan  (doimiy  harakatda,  o‗zgarishda)  –  turli  katta  va 


33 
 
kichik  biologik  guruhlarni  o‗zgarib,  almashib  turishini,  ular  ichidagi  farqni, 
ekosistemalar  ichidagi  ozuqaviy  bog‗liqliklarni,  sonlar  piramidasini, 
organizmlar  hosil  qiladigan  biomassa,  mahsuldorlik  va  energiya  oqimlarini 
o‗rganadi. 
Ayrim  hollarda  xususiy  ekologiya  yo‗nalishi  ham  yuzaga  chiqib  qoladi. 
Xususiy  ekologiya  –  umumiy  ekologik  qonunlarni  ayrim  taksonomik  birliklar 
darajasida,  ekosistema  ichidagi  kenja  sistemalarning  yashash  joylarini,  doimiy 
harakati  va  o‗zgarishini,  yashash  sharoitlarining  xillarini  (suv,  havo,  yer)  – 
biotoplarni, ekosistemadagi ularning komponentlari mohiyatini o‗rganadi. 
Shunday  qilib,  ekologiya  tabiatda  hosil  bo‗lgan  bir  butun  biologik 
birliklarni o‗rganadi, shu birliklarning guruhlariga, a‘zolariga o‗ziga xos maxsus 
usullar bilan yondoshadi. Chunki tabiatdagi har xil tabiiy voqelik, holat maxsus 
yondoshishlarni,  yangi  ekologik  usullarni  talab  qiladi.  Tabiatning  ekologik 
holati  ustida  tajriba  o‗tkazib  bo‗lmaydi,  chunki  bunday  hol  juda  ham 
kuzatilmagan va boshqarib bo‗lmaydigan sanoqsiz ofatlarga olib kelishi mumkin 
(masalan,  atom  bombalarining  Semiralatinskdagi  sinovlari,  atom  bombasini 
Yaponiyaning  Xirosima  va  Nagasaki  shaharlariga  tashlanishi,  Chernobil  AES 
ining portlashi). 
Ekologiya va uning yaqin bo‗limlaridan turli biologik va boshqa fanlarning 
yutuqlaridan,  materiallaridan  ehtiyotkorlik  bilan  foydalanish  kerak,  aks  holda 
haqiqiy  ekologik  voqeliklar,  holatlar  buzilib,  ekologiyada  «begona»  fikrlar 
chalkashib yurishi mumkin. 
Ekologiyaning  maqsadi  –  ma‘lum  vaqtda  va  ma‘lum  joyda  qancha 
organizm  yashaydi,  ularni  qachon  va  qaysi  yerda  va  nima  uchun  uchratish, 
topish mumkin degan savolga javob berishdan iborat. Bu esa insonning biologik 
tayanchi  bo‗lib,  u  yashab  turgan  muhitni  saqlash  chora-tadbirlarini  ishlab 
chiqishga  asos  bo‗ladi.  Shuning  uchun  ham  ekologik  ta‘limsiz  va  mustahkam 
ekologik  bilimga  ega  bo‗lmasdan turib,  atrof-muhit  muhofazasi  muammolarini 
hal qilib bo‗lmaydi.  


34 
 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish