evrifot, yorug‗likka moslanish diapazoni tor bo‗lgan hayvonlarga – stenofotlar
deyiladi.
Yorug‗lik hayvonlar ko‗rishi hamda mo‗ljal olishi uchun zarur omil
hisoblanadi. Hayvonlarda ko‗rishning rivojlanishi nerv tizimining rivojlanishi
bilan parallel holda borgan.
Ko‗rish organlarining taraqqiy etishi – har bir tur yashagan muayyan
ekologik sharoit va yashash muhitiga bog‗liq. Doimo g‗orda yashaydigan
hayvonlarda, u yerga yorug‗lik tushmaganligi sababli, ularning ko‗rish organlari
– ko‗zlari qisman yoki to‗lig‗icha reduksiyalashgan bo‗ladi. Masalan, ba‘zi bir
ko‗zi ojiz qo‗ngizlarda.
Yaxshi ko‗rish faqat ko‗zlar yetarli darajada murakkab tuzilishga ega
bo‗lgandagina mumkin bo‗ladi. Masalan, o‗rgimchaklar 1–2 sm oraliqdagi
harakat qiladigan narsalarni ajratadi. Keng hajmda ko‗rish odamga, ba‘zi bir
qushlar – sa‘va, burgut kabilarga xosdir. Ba‘zi bir chirqildoq ilonlar spektrning
infraqizil nurlarini ko‗ra olganligi sababli, o‗ljasini qorong‗ida ham ovlaydi.
Asalarilar esa ultrabinafsha nurlarni ajrata oladi, lekin infraqizil nurlarni ajrata
olmaydi.
Odamlar uchun ko‗rish nurining chegarasi – binafshadan tortib toki to‗q-
qizilgacha hisoblanadi.
51
Yuqorida qayd etilgani kabi yorug‗lik ko‗pchilik hayvonlar uchun fazoda
mo‗ljal olishda yordam beradi. Qushlar esa uzoq joylarga uchib ketayotganida
quyoshga qarab, yulduzlarga qarab mo‗ljal oladi.
Yorug‗lik hayvonlarning geografik tarqalishiga ham ta‘sir qiladi. Qushlar
olami vakillari va ayrim sut emizuvchilarning kuz kelishi bilan janub
tomonlarga migratsiyasi boshlanadi, chunki qisqa shimol kunlari ko‗pgina turlar
uchun o‗zlarining oziq-ovqatini yetarli darajada topishi uchun yetarli emas.
Mayda qushlar o‗ziga kerakli ozuqa moddani olish uchun kun davomida 5–6
marta ovqatlanishi kerak, bu esa ularning bir joydan ikkinchi joyga ko‗chib
o‗tishiga sabab bo‗ladi. Ular qisqa kunda ovqat topishga ulgura olmaydi.
Shimoldan ketib qolishlariga past harorat, ovqat yetishmasligi emas, balki qisqa
kun ichida o‗ziga kerakli ovqatni topa olmasligi sababchidir.
Hayvonlar orasida kunduzgi, kechki va tungilarini, ya‘ni quyoshning
yorug‗ nuriga chiday olmaydigan, doimo qorong‗ida yashovchilarni ajratish
mumkin. Ularga tuproq hayvonlarini, chuqur g‗or va 1500 m chuqurda dengizda
yashovchilarni, o‗simlik va hayvonlarning ichki parazitlarini misol qilib keltirish
mumkin.
Hayvonlarda ham ko‗rish har xil bo‗ladi. Ko‗pchilik umurtqalilar
insonlarga o‗xshab rang va shaklni ajrata oladi, boshqalari esa faqat oq-qora
rangni ajratadi, narsa rangini ajrata olmaydi. Yorug‗likni ular signal – xabar
berish omili sifatida qabul qiladi, bu esa ularning xulqi va tarqalishini aniqlaydi.
Masalan, yirik chivin va ularning lichinkalari kuchsiz yorug‗likni yaxshi
ko‗radi, kuchli qorong‗i va kuchli yorug‗likdan qochadi. Tuproq
umurtqasizlarining hammasi deyarli – fotofoblardir. Ular uchun yorug‗lik –
signal, ya‘ni noqulay sharoitdan ogohlantiradi (qurg‗oqchilik, yuqori harorat
kabi).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yorug‗lik o‗simliklar uchun birinchi
navbatda, fotosintezning amalga oshishi uchun muhim hisoblansa, hayvonlar
uchun asosan axborot berish sifatida ahamiyatga egadir.
52
Do'stlaringiz bilan baham: |