Texnik struktura
Topologiya texnik vositalarni tashkilotning kichik bо‗linmalari strukturasi bо‗yicha
territorial joylashishini, kommunikatsiya esa – strukturali kichik bо‗linmalarni о‗zaro
ishlashini texnik usullarini aniqlaydi.
Modellar tashqi darajada ma‘lumotlarni qayta ishlashning texnik vositalari tiplarini
va ularni kichik bо‗linmalar strukturasi bо‗yicha joylashishini aniqlaydi.
Konseptual darajada esa strukturali kichik bо‗linmalarning texnik majmualari
orasidagi aloqa usullarini aniqlaydi: hujjatlarni fizik kо‗chishi, mashinali tashuvchi, aloqa
kanallari bо‗yicha axborot almashish va h.k.
Ichki darajada esa hisoblash tarmog‗i arxitekturasining ―mijoz-server‖ modeli
quriladi.
Qaralayotgan sohaning aytib о‗tilgan modellari AT ning alohida komponentlarini
loyihalashga mо‗ljallangan: ma‘lumotlar, funksional dasturiy modul, boshqaruvchi
dasturiy modul, foydalanuvchi interfeysining dasturiy moduli, texnik majmualar
strukturasi. Kо‗rsatilgan komponentlarni sifatliroq loyihalash uchun AT ning turli
komponentlarini о‗zaro muvofiqlashtiruvchi modellarni qurish talab etiladi. Oddiy
holatlarda bunday modellar sifatida kesishgan ishoratli matritsalardan foydalanish
mumkin: ―obyektlar-funksiyalar‖, ―funksiyalar-voqealar‖, ―tashkiliy birlik - funksiyalar‖,
―tashkiliy birlik-obyektlar‖, ―tashkiliy birlik-obyektlar‖, ―tashkiliy birlik-texnik vositalar‖
va h.k. Bunday matritsalar ravshan emas va о‗zaro ta‘sirlarni yuzaga kelish asoslarini
tasvirlamaydi.
AT komponentlarining о‗zaro ta‘sirini tо‗g‗ri tasvirlash uchun, asosan obyektlar va
funksiyalar bilan, bunday komponentlar ustida qо‗shma modellashtirishni amalga oshirish
zarur. Strukturali tizimli tahlil uslubiyoti bunday masalalarni yechishda jiddiy yordam
beradi.
Strukturali tahlil deb tizimni shunday tadqiq qilish usuliga aytiladiki, unda tadqiq
qilish tizimning umumiy tavsifi bilan boshlanib, keyin detallashtiriladi. Bunday usullarga
quyidagilar xarakterli: elementlarni abstraksiya darajasida cheklangan elementlarga
bо‗lish (3 dan 7 gacha); har bir darajaning asosiy detallarigagina ega bо‗lgan, cheklangan
kontekst; yozuvlarning qat‘iy rasmiy qoidalaridan foydalanish; natijaga ketma-ket
yaqinlashish. Strukturali tahlil ikkita bazaviy prinsipga asoslanadi – ―taqsimla va
bо‗ysundir‖ va iyerarxik tartiblash. Murakkab masalalarni ularni kichik alohida masalalar
tо‗plamiga ajratish yо‗li bilan xal qilish (―qora quti‖ deb nomlanuvchi) va bu masalalarni
66
daraxtsimon iyerarxik kо‗rinishda tashkil etish murakkab tizimni tushunishni sezilarli
darajada oshiradi. Strukturali tahlilda kalit tushunchasini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |