Qismlar diagrammasi – bu tizim ostilari tartibi modeli bu ma‘lumotlar bazasini fizik
joylashishi, ilovalar va AT interfeys (aloqalarini ) ifodalaydi.
Rivojlantirish diagrammasi – bu tizim arxitekturasi fizik modeli bо‗lib, u AT ni
qurilmaviy (apparatli) tuzilishini ifodalaydi.
Biznes hodisaviy modeli – bu tashqi foydalanuvchi nuqtai-nazarida biznes jarayonni,
ya‘ni tashqaridan tashkilot faoliyatiga qarashni ifodalaydi. Tizimni loyihalash, tashkilot
biznes faoliyatini modellashtirish va о‗rganishdan boshlanadi. Bu bosqichda obyektga
yо‗naltirilgan yondashishga xos bо‗lgan bir nechta tushunchalar modelga kiritiladi:
- bajaruvchi – AT bilan aloqa qiluvchi tashkilot yoki tizim shaxsi tashqi va ichki
bajaruvchilar farq qiladi. Diagrammada bajaruvchi, insonni belgilovchi shakl bilan bilan
beriladi.
- voqea (hodisa) tugatilgan harakatlar ketma-ketligi diagrammada harakat, ma‘nosi
ichida yozilgan ellips orqali ifodalanadi.
- sinf – bu о‗zaro ma‘nosi (semantika), aloqasi, amallari va turlari bо‗yicha bir jinsli
obyektlar tо‗plami. Diagrammada tо‗g‗ri tо‗rtburchak orqali ifodalaniladi.
- uyushma model ikki elementi orasidagi aloqa. Diagrammada chiziq orqali
ifodalaniladi.
- umumlashma – bu ham modelning shunday ikki elementi orasidagi aloqaki, undagi
bir element boshqasining xususiy kо‗rinishi bо‗ladi. Diagrammada strelka orqali
belgilanadi.
- agregatsiya (bir turlilik) – bu ham modelning ikki elementi orasidagi shunday
aloqaki, unda bir element ikkinchising qismidan iboratdir. Diagrammada rombsimon
tugallangan strelka orqali ifodalaniladi.
AT loyihalashning keyingi bosqichi tashkilot ichki bajaruvchilari uchun biznes
jarayon amalga oshirilganligini kо‗rsatuvchi biznes obyekt modelini ishlab chiqishdan
iborat.
Biznes-obyekt modellarining asosiy komponentalari ichki va tashqi bajaruvchilardan
iborat. Biznes-jarayoni amalga oshirish uchun ichki bajaruvchilarning barcha foydalangan
narsalarini ifoda etuvchi biznes – mohiyat ham shunga kiradi. Biznes-obyekt modelining
«Talabga javob» hodisasiga (voqeasiga) misol 8.1-rasmda keltirilgan.
8.1-rasm. «Talabga javob» voqeasi uchun biznes-obyekt modeli.
79
Bu diagrammada, ya‘ni yangi talabni jо‗natuvchi xarajatlardagi shaxs paydo bо‗ldi.
Aslida kasal holatini sо‗rash uchun bu tizimga qо‗yiladign shaxs murojaat qilishi mumkin:
yurist, sug‗urta kompaniyasi, texnika ishlatuvchilar va kasalning о‗zi ham. Shunday qilib
«talabni jо‗natuvchi» tushunchasi harakatidagi bu shaxslarni umumlashgan vakili sifatida
voqeasini (hodisa) tavsislash uchun foydalaniladi. Biznes jarayonni bajarilishini
tavsislashda kо‗p hollarda ketma-ketlik diagrammasi foydalaniladi. Ketma-ketlik
diagrammasi asosiy element-lari sifatida: obyektning belgisini kо‗rsatuvchi tо‗g‗ri
tо‗rtburchak, vertikal tо‗g‗ri chiziqlar esa obyekt faoliyatini vaqt bо‗yicha oqimini
kо‗rsatadi va obyekt harakatini kо‗rsatuvchi strelkalardan foydalaniladi.
Bu bosqich natijasida buyurtmachi bilan kelishilganlik va korxona mutaxassislari
harakatlarini ularning vazifalari tо‗la bajarilishi uchun zarur bо‗lgan batafsil tavsifidan
iborat bо‗ladi.
Biznes
modellashtirish
bosqichida
aniqlangan
axborotlar
asosida
ishlab
chiqarilayotgan tizimda foydalanuvchi ma‘lumotlari haqidagi fikrlar modeli ishlab
chiqariladi. 8.2-rasmda kasalxona yozuvlari uchun ma‘lumotlar modeli sinflar
diagrammasi sifatida keltirilgan.
80
8.2-rasm
Bu model shuni kо‗rsatadiki, kasalxona yozuvlari bir nechta bloklarni о‗z ichiga
oladi. Bu rasmda minimal ma‘lumotlar tо‗plami va davolash rejasi har bir kasalxona
yozuvi uchun yagona nusxada qо‗yilishi mumkin, lekin «tahlil natijalari», «vrach tavsifi»,
«davolashni borishi» bloklari bir necha marta takrorlanishi mumkin.
«Arxiv» esa bir nechta kasalxonalar yozuvlari tо‗plamida yoki bosh tо‗plamdan
iborat bо‗lishi mumkin. Aslida kasal boshqa tashkilotlarda avvalroq davolangan bо‗lishi
ham mumkin. Yoki markazda bir necha marta davolangan bо‗lishi mumkin. Bu hollarda
yana qо‗shimcha quyidagicha kasalxona yozuvlari paydo bо‗ladi: tashqi, eski ichki, yangi
ichki. Bu bosqich biznes modelllashtirish tadbiri bilan yakunlanib tizim yaratish uchun
zarur bо‗lgan axborotni loyihalashtiruvchilar jamoasi uchun yagona shaklda yaratish
imkonini beradi.
Ishlab chiqilgan diagrammalar ma‘lumotlar bazasini loyihalash uchun boshlang‗ich
nuqta sifatida bо‗lib, tizim ilovasi sifatida tizim ustida, uni ishlab chiquvchilarni keyingi
ishlari uchun va biznes analitiklar uchun esa о‗zaro kelishuvchanlikni ta‘minlaydi. Bu
diagrammalar keyingi loyihalashtiruvchilar uchun о‗zgartirish imkonini beradi, lekin bu
о‗zgartirishlar barcha ishlab chiqaruvchilar uchun boshlang‗ich bir xil formatda bо‗lib shu
bilan keyingi modellarda ham о‗z aksini avtomatik holda topgan bо‗ladi.
Talablarni rasmiylashtirish bosqichida eng avvalo ishlab chiqiladigan tizim tadbiq
doirasini aniqlash zarur va tizimni hoxlagan imkoniyatlari haqida aniq tasavvurga ega
bо‗lish kerak. Talablar ishlab chiqishning asosi bо‗lib AT dan foydalangandagi tashqi va
ichki bajaruvchilarning aniq majburiyatlarini ifodalovchi voqealar tizimlari modeli
hisoblanadi.
Voqealar tizimlari modelini yaratish uchun ma‘lumotlar bо‗lib avvalgi bosqichda
ishlab chiqilgan biznes modeli hisoblanadi. Lekin model yaratishda foydalaniladigan
ma‘lumotlar aniqlanishini о‗z ichiga oluvchi va ularni bajarilishini aniq ketma-ketligini
ifodalovchi, voqealar modelini aniq tavsiflarini avvaldan tuzib olish foydalidir. Bu
81
tavsiflar tashkilotda qabul qilingan shablonga mos holda amalga oshiriladi va kо‗p
hollarda ular quyidagi bо‗limlardan iborat bо‗ladi:
- sarlavha (hodisa ismi, bajarilishi uchun javobgar, shablonni ishlab chiqish sanasi,
о‗zgartirishlar о‗tkazish);
- hodisaning qiskacha tavsifi;
- chegaralanishlar;
- sо‗z boshi (voqea amalga oshishi uchun zaruriy shart va tizim holati);
- fikrlar;
- harakatning asosiy ketma-ketligi;
- harakat ketma-ketligining boshqa kо‗rinishlari va ularning yaratilish shartlari;
- kengaytirish shartlari va hodisalar kiritish.
Bosqichning asosiy masalalari quyidagilar:
- barcha biznes talablarga javob beruvchi tizim loyihasini aniqlash;
- ishlab chiquvchi barcha jamoalarga umumiy dastlabki loyiha ishlab chiqish.
Tizim voqealar modeli asosida quriladigan sinf tizimi - bu bosqichning asosiy quroli
hisoblanadi. Shu bilan birga, bu bosqichda sinflar diagrammasi va obyektlar orasida
о‗zgartirishga olib keluvchi ba‘zi voqealarni bajarilishi ketma-ketligi diagrammasiga
aniqliklar kiritadi. Sinf diagrammasi tizimi voqealar tizimi voqealar (hodisa) tizimi
modelidagi obyektlar bilan tо‗ldiriladi. Ular esa bu obyektlarni sinf sifatida tavsifini о‗z
ichida saqlaydi. Shunday qilib, loyihalashning bu bosqichida ilova va ma‘lumotlar
bazasida foydalanishi zarur bо‗lgan axborotlarning hamda loyihalanuvchi tizim vazifalari
va qismlari tо‗plamini yetarlicha mukammal tavsifi hosil bо‗ladi.
Bu bosqichda avval hosil qilingan sinflar modeli elementlari, ilova va ma‘lumotlar
bazasi modellari elementlarida о‗z aksini topadi:
- sinflar jadvallarda aks etadi;
- belgilar ustunlarda;
- namunalar (tiplar) – SUBD da foydalaniladigan ma‘lumotlar namunalarida;
- uyushma jadvallar orasidagi bog‗lanishda;
- ilova belgilari va usullari bilan о‗zaro bazadagi muammolar bilan bog‗langan va
tо‗la aniqlangan ba‘zi bir sinflar. Yagona mantiqiy model asosida ma‘lumotlar bazasi va
ilova modellari qurilgani uchun avtomat ravishda bu loyihalarni о‗zaro bog‗liqligini
ta‘minlaydi.
Diagrammani quyidagi asosiy komponentalarini о‗z ichiga oluvchi UML ning
maxsus bir turidan foydalangan holda ma‘lumotlar bazasi loyihasi ishlab chiqiladi:
- jadval – bu aniq bir obyekt uchun ma‘lumotlar bazasi yozuvlari;
- ustun – jadval elementi, jadvalning biror xossasi tо‗plami bо‗yicha qiymatlarni о‗z
ichiga oladi;
- boshlang‗ich kalit – jadvalning yо‗lak bо‗yicha xossasini bir qiymatli belgilaydi;
- tashqi kalit – biror jadvalni bir yoki bir necha belgilari xossalariki, u boshqa jadvalni
boshlang‗ich kaliti sifatida foydalanilishi mumkin;
82
- majburiy aloqa – ikki jadval orasidagi aloqa;
- majbur bо‗lmagan aloqa – о‗zaro aloqador bо‗lmagan holda mavjud bо‗lgan
jadvallar orasidagi aloqa;
- tasavvur qilish – ma‘lumotlar bazasida doimo saqlanmay oddiy jadvalning barcha
xossasiga ega bо‗lgan jadval;
- saqlanadigan amal – server ichida ma‘lumotlarni qayta ishlashni bajara-digan
vazifalar;
- domen – jadval yо‗llari uchun mumkin bо‗lgan qiymatlar tо‗plami.
Tizimni fizik tashkil qilishni loyihalash bosqichida ma‘lumotlar bazasi, ilovalar va
qо‗shimcha belgilashlar bilan tо‗ldiriladi va ularni ishlab chiqarilayotgan tizimni texnik
qurilmalariga joylashtiriladi. Bu bosqichda foydalaniladigan asosiy tushunchalar
quyidagildardan iborat:
- komponent – tizimning mustaqil fizik modulidir;
- bog‗liqlik – bir elementdagi о‗zgarish ikkinchi elementga ham о‗zgarish
chaqiruvchi ikki element orasidagi aloqa;
- qurilma – ma‘lumotni qayta ishlamaydigan uzel (bо‗lim);
- protsessor – ma‘lumotni qayta ishlovchi bо‗lim;
- birlashtirish – protsessor va qurilma orasidagi aloqa.
Yoyilish diagrammasi yagona bir ma‘noda tizimning har xil komponentalarini
izohlash imkonini beradi va ularni texnik ta‘minoti majmuasi bо‗yicha tarqatilishini
kо‗rsatadi. Shunday qilib, murakkab AT ni loyihalashda uni bir nechta qismlarga bо‗lib,
keyin ularning har biri alohida о‗rganilib, ular uchun alohida tizimlar yaratiladi.
О„zlashtirish uchun topshiriqlar:
1. Holat diagrammasi nima?
2. Faoliyat diagrammasi nima?
3. Tarkiblar diagrammasi nima?
4. UML tilida qо‗llaniladigan qanday diagramma turlarini bilasiz?
5. Loyihalash bosqichidagi asosiy tushunchalar qaysilar?
6. UML ning diagrammalaridagi asosiy komponentalar haqida nimalar
bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |