Agrosanoat majmuasi.
Reja:
Agrosanoat to`g`risida tushuncha.
Agrar munosabatlar.
Renta va uning turlari.
Agrobiznes va uning tarkibi.
Agrosanoat qishloq xo`jaligi va u bilan bog`liq sanoat tarmoqlarining o`zaro aloqadorligi natijasida yuzaga keladi. Agrosanoat majmui quyidagilarni o`z ichiga oladi.
Qishloq xo`jaligi.
Qishloq xo`jaligi uchun texnikalar, mineral o`g`itlar, urug`lar, kimyoviy moddalar va boshqa shu kabi maxsulotlar ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari.
Qishloq xg`jaligi maxsulotlarini qayta ishlovchi sanoat korxonalari (paxta tozalash zavodi, oziq-oqvat korxonalari, to`qimachilik korxonalari va boshqalar).
Bozor munosabatlari iqtisodiyotning hamma jabhalarini, jumladan, qishloq xo`jaligini ham o`z ichiga oladi. Mazkur tizimda agrar munosabatlar alohida o`rin tutadi. Yer bilan bog`liq bo`lgan iqtisodiy munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Bu munosabatlarning ob`ekti yer bo`lsa, uning sub`ektlari yer egalari, yerda xo`jalik yurituvchilar, nihoyat, yerga mehnat to`kuvchi kishilar hisoblanadi. Agrar munosabatlar o`ta ko`hna, iqtisodiy munosabatlarning eng qadimiy shakli, chunki insonning iqtisodiy faoliyati yerni ishlashdan boshlangan.
Bozor tizimi agrar munosabatlarga yangicha mazmun beradi. Yerning tovarga aylanish, yerga xilma-xil mulkchilikning paydo bo`lishi, yerning tadbirkorlik ob`ekti bo`lishi, yerning garovga qo`yilishi, nihoyat yer uchun pul shaklida renta undirilishi, agrobiznesning maxsus faoliyat turiga aylanishi bozor tizimi bilan bog`liq. Agrar munosabatlarning ob`ekti bo`lmish yer maxsus resurs bo`lganidan uning xususida ham o`zigagina xos bo`lgan iqtisodiy aloqalar kelib chiqadi. Yer har qanday ishlab chiqarishning umumiy sharti. Yerdan tashqarida ishlab chiqarishning bo`lishi mumkin emas. Insoniyat hali koinot makonida ishlab chiqarishni uyushtirganicha yo`q. Yerda qishloq xo`jaligi yuritiladi, sanoat, qurilish korxonalari joylashadi, yer ustidan va ostidan yo`llar o`tadi, yer qa`rida qazilma boyliklar joylashgan, yerda o`rmon xo`jaligi yuritiladi, turar-joy va madaniy-maishiy binolar qad ko`taradi va hokazo. Shu sababli har qanday iqtisodiy faoliyat ma`lum darajada yer bilan bog`langan deb aytamiz.
Qishloq xo`jaligi uchun yer asosiy shilab chiqarish omili vazifasini o`taydi. Ma`lumki, qishloq xo`jaligidagi ishlab chiqarish ikki yoqlama xarakterga ega: birinchidan, iqtisodiy jarayon bo`lsa, ya`ni inson mehnati natijasida yuz bersa, ikkinchidan tabiiy-biologik jarayon bo`lib, mahsulot yetishtirish tabiiy omillarga, masalan, o`simlik yoki hayvonlarda kechadigan biologik o`zgarishlarga, iqlim sharoitiga, ob-havoning qanday kelishiga, tuproqning tabiiy hossalariga bog`liq. Qishloq xo`jaligi insonning tabiati bo`lgan munosabati bilan kishilarning o`zaro munosabatlari yaxlitlikda borishini talab qiladi va iqtisodiyotning agrar sektorini tashkil etadi. Bu sohada asosiy resurs yer bo`lib, u hech bir tengi yo`q, tanho o`ziga xos xususiyatlarga ega. Ammo yer eng cheklangan resurs, uni mehnat bilan yaratib bo`lmaydi. Ko`pgina resurslar bir-birining o`rnini bosa oladi. Masalan, mehnat resursini mashina bilan almashtirish mumkin. yerniig o`rnini esa hech bir resurs bosa olmaydi, shu jihatdan u o`ta noyob va asosiy resurs hisoblanadi. Uning asosiyligi shundaki, yer boshqa resurslarga qo`shimcha sifatida amal qilmaydi. Masalan, sanoatda stanoklarga qo`shimcha resurs sifatida kompyuter va uning programmalari qo`llanadi. yerni boshqa resurs bilan almashtirib ham bo`lmaydi, ammo uning muqobil ishlatish usullari g`oyat ko`p bo`ladi. Shu sababli yerga talab muttasil oshib boradi. Bu talab yer bilan bog`liq bo`lgan ishlab chiqarishning kengayishi va yerning unumdorligiga qarab o`zgaradi.
Yer cheklangan, uni ishlab chiqarib bo`lmaydi, ammo foydalaniladigan yerlarni ularga investitsiya sarflab ko`paytirish mumkin. Masalan, qo`riq yerlarni sug`orish va botqoq hamda zax yerlarni qurutish orqali ekin maydoni tabiatan cheklangan bo`lsada, shu doiradan chiqmagan holda yaroqsiz yerlar hisobidan qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni ko`paytirish mumkin. Yer resursi cheklalganligidan yerning taklifi noelastik, ya`ni o`zgarmaydigan bo`ladi. Bu bilan yer boshqa resurslardan jiddiy farqlanadi. Ma`lumki, agar talab oshsa, bunga javoban taklif ham ko`payadi, lekin yer bu qoidadan istisno etiladi, chunkn yer tabiat mevasi bo`lganidan uni mehnat bilan ko`paytirib bo`lmaydi. Yer hammabop resurs. Unda dehqonchilik qilish, undirma sanoat yurgizish, qurilish qilish mumkin. Undan har xil maqsadda va har xil yo`l bilan foydalanish mumkin. Yer tabjat mahsuli bo`lganidan uning sifati jiddiy tabaqalashadi, yer uchastkalari turli tabiiy-iqlim mintaqalarida joylashadi, tuproqning tarkibi har xil bo`ladi. Shu sababdan yerlarning tabiiy hosildorligi keskii farqlashdi. O`ta yaxshi, yaxshi, o`rtacha, yomon va nihoyat o`ta yomon yerlar mavjud. Qishloq xo`jaligida yerning sifati mehnat unumdorligining muhim omili hisoblanadi.
Yerga ikki xil monopoliya mavjud bo`ladi. Birinchidan, yer qadr-qiymati baland resurs sifatida mulk monopoliyasida turadi, ya`ni egasi yo`q yer bo`lmaydi. Yer cheklangan miqdorda bo`lganidan uni mulk sifatida ko`paytirib ham bo`lmaydi. Bunday hodisa yerga mablag` sarflashni uning egasiga bog`liq qilib qo`yadi. yer egasining mulkdor sifatida manfaati bor, ya`ni u o`z yeridan naf ko`rishi kerak. Shu sababli yer ishlatish uchun tekinga berilmaydi, egasiga undan foydalanish haqini to`lash zarur. Ikkinchidan, yer xo`jalik yuritish ob`ekti sifatida egallab olinadi, ya`ni yerda turli xo`jaliklar tashkil topadi, yaroqli yer bo`sh turmaydi. Xullas, yaroqli yerlar doim band bo`ladi. Yer resurs sifatida egalari qo`lida bo`lar ekan, ular boshqa resurs egalari singari uy xo`jaliklari tarkibiga kiradi. Binobarin, uy xo`jaliklari o`rtasida munosabat yer xususida ham bo`ladi. Yer mulk bo`lganidan mulkdorning roziligisiz uni ishlatib bo`lmaydi. Undan faydalashi uchun uning egasiga haq to`lash kerak. Yer o`z egasining mulki bo`lib qolgani holda vaqtincha boshqa mulk sohibi, xususan tadbirkor tomonidan ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |