Agrobiznes va uning tarkibi
Agrobiznes deganda qishloq xo`jaligi sohasidagi biznes tushuniladi va u bozor tizimining tarkibiy qismlaridan birini tashkil etadi. Keng ma`noda, bunga qishloq xo`jaligi bilan bog`liq bo`lgan, biznes turlari kiradi. Agrobiznes rivojlangan bozor iqtisodiyotiga xos. Tarkiban unga qishloq xo`jaligining o`zidagi, shu soha mahsulotini qayta ishlash va iste`molga yetkazib berish bilan bog`liq bo`lgan tadbirkorlik faoliyatlari kiradi. Agrobiznesning maqsadi bozorni kerakli mahsulotlar bilan kanda qilmay va to`la-to`kis ta`minlash orqali foyda ko`rishdan iborat. Agrobiznes ishtirokchilari – bu tadbirkor fermerlar, qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan shug`ullanuvchi sanoat tadbirkorlari va nihoyat, shu mahsulotnn sotish bilan shug`ullanuvchi tijoratchilardir. Bulardan tashqari agrobiznes doirasiga banklar, sug`urta va moliya kompaniyalarp ham tortiladi. Agrobiznes ilgarilari qishloq xo`jaligi bilan cheklansa, keyinchalik u agrosanoat integratsiyasi natijasida agrosanoat kompleksini qamrab oladi. Agar differensiatsiya sanoatning qishloq xo`jaligidan ajralishi bo`lsa, integratsiya ularni bir-biriga chirmashib ketishi yoki ularning sintezidir. Bunday hodisa qishloq xo`jaligi hamda mashinalashgan ishlab chiqarish asosiga ko`chgan, qishloqda ham texnika revolyutsiyasi quloch yozgan sharoitda yuz beradi.
Fermer xo`jaligi qishloqdagi asosiy tovar ishlab chiqaruvchi, u agrosanoat integratsiyasida ishtirok etadi.
Fermer xo`jaligidan tashqari agrobiznes turlari ham bor. Ulardan biri agrofirmadir. Agrofirma muayyan turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotini yetishtirish va uni sanoat usulida qayta ishlashni qo`shib olib beradigan korxonadir. Bu korxona iste`molga tayyor bo`lgan mahsulot yaratadi. Masalan, chorvachilikda sutni yetishtirish, ushi qayta ishlab, iste`molga tayyor holga keltirish bilan shug`ullanadi. Agrofirmalarda integratsiya ham qishloq xo`jaligi, ham sanoatga taalluqli bo`ladi, har ikki sohaga xos resurslar ishlatiladi, hodimlar malakasi keng bo`lib, ular sanoat mehnati bilan ham shug`ullana oladilar. Agrofirmalar kichik oilaviy xo`jalik asosida ham tashkil topadi. Bu yerda kichik xo`jalik kichik zavod bilan birikadi.
Agrobiznesniig yiriklashgan turi – bu agrosanoat birlashmalaridir. Bunday birlashma bir necha xo`jalik va korxonalar faoliyatini iitegratsnyalashtiradi. Bu yerda ishlab chiqarishning bir necha o`zaro bog`langan turlari, ularga xizmat ko`rsatuvchi va tijorat ishi bilan shug`ullanuvchi korxonalar birlashadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. A.Ulmasov, M.Sharifxo`jaev. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent, 1995 yil.
2. Ro`ziev A « Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarish asoslari» Toshkent. 1990
3.A.S.Soliev «Iqtisodiy geografiya asoslari» ma`ruza matni
4.O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi Assonov G, Nabixonov M, Safarov I. Toshlkent 1994 yil
5.X.Vaxobov, M. Tillaboeva «iqtisodiy geografiya asoslari» Toshkent, 2001 yil
6. www.ziyonet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |