Kimyoviy nurash. Tog’ jinslari va ayrim minerallar suv va atmosferadagi kislorod hamda karbonat angidridi (CO2) ta’sirida kimyoviy o’zgaradi, yangi birikmalar va minerallar hosil bo’ladi. Bu xildagi jarayonga kimyoviy nurash deyiladi.
Kimyoviy nurash jarayonida litosfera tarkibidagi dastlabki ortoklaz (K2Al2Si6016), gematit (Fe2O3), angidrid (SaS04) singari birlamchi minerallar parchalanadi va ulardan yangi birikma ikkilamchi kaolinit (N4Al2Si2O9), limonit (2Fe2O3·3H2O), gips(CaS04·2H2O), kabi minerallar vujudga keladi.
Kimyoviy nurash jarayonida ayniqsa erish, gidroliz, gidratlanish, va oksidlanish
reaksiyalari muhim rol o’ynaydi.
Kimyoviy nurash natijasida minerallarning fizikaviy holati o’zgarib, kristall panjaralari buziladi. Natijada tog’ jinslari tarkibida ilashimlik, yopishqoqlik, plastiklik, nam sig’imi singari, yangi xossalarga ega bo’lgan ikkilamchi minerallar yuzaga keladi. Bu holat yer yuzasida yaxshi xususiyatli tuproq ona jinslari ko’payishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |