Agronomiya va biotexnologiya fakulteti



Download 4,47 Mb.
bet48/208
Sana14.01.2022
Hajmi4,47 Mb.
#359907
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   208
Bog'liq
tuproqshunoslik va agrokimyoga kirish -converted

Diffuziya - tuproq qatlamlaridagi o’ziga xos parsial bosim ta’sirida gazlarning almashib turishidir. Atmosfera havosiga nisbatan tuproq havosida O2 kam va CO2 ko’p bo’lganidan, diffo’ziya ta’sirida tuproqqa O2ning o’zluksiz kirib, CO2 ning esa atmosferaga ajralib chiqishi uchun sharoit yaratiladi.

Yog’inlar va Sug’orish natijasida tuproq g’ovakliklariga kiradigan suv tufayli havo siqilib, yuqoriga qarab chiqadi, g’ovakliklardagi nam sarflanib ketganidan keyin esa uning urniga atmosfera havosi surib olinadi. Tuproq haroratining va atmosfera bosimining o’zgarishi, shamol ta’siri, sizot suvlari sathining o’zgarishi ham tuproqdagi havo hajmini, jumladan tuproqqa kiradigan va chiqadigan havo oqimini o’zgartiradi. Tuproq orqali bo’ladigan gazlar diffo’ziyasi erkin havodagiga nisbatan sekinroq boradi. Tuproqdagi gaz diffo’ziyasi (D) bilan shu gazlarning atmosferadagi diffo’ziya koeffisiyenti (D0) ga bo’lgan nisbati odatda birdan past. D i f f u z i ya k o e f f i s i ye n t i konsentrasiya gradiyenti birga yaqin sharoitda, 1 sm2 yuzadan 1 sm tuproq qatlami orqali diffo’ziyalanadigan moddalar miqdoriga teng bo’ladi. CO2 ning diffo’ziya koeffisiyenti 0,009 sm2/s bo’lganda aerasiya normal hisoblanadi. Undan kam bo’lganda gaz almashinuvi qiyin bo’ladi (Lyundegord). CO2 va O2 ning nafaqat havo bilan egallangan G’ovakliklar orqali harakati, balki ildiz atrofidagi suv pardasi buylab o’simliklarning ildiz sistemasiga o’tishi ham muhim ahamiyatga ega.

Gaz almashinuvining holati tuproqning havo xossalari bilan belgilanadi. Tuproqning havo xossalariga havo o’tkazuvchanligi va havo sig’imi singarilar kiradi.

T u p r o q n i n g h a v o u t k a z u v ch a n l i g i. Tuproqning o’z qatlamlari orqali havoni o’tkazish qobiliyatiga uning havo o’tkazuvchanlik xossasi deyiladi.

Havo o’tkazuvchanlik muayyan vaqtda 1 sm qalinlikdagi tuproqning 1 sm2 kundalang kesimi yuzasi maydonidan, ma’lum bosimda, mm xisobida o’tadigan havo miqdori bilan ulchanadi. Havo o’tkazuvchanlik qanchalik tulik ifodalangan bulsa, gaz almashinuvi ham shuncha yaxshi bo’ladi, hamda tuproq havosida CO2 kamayib, O2 ko’payadi. Havo o’tkazuvchanlik tuproqning mexanik tarkibi, uning zichligi, namligi va struktura xolatiga boglik. Havo tuproqdagi nam bilan egallanmagan va bir-biridan ajralmagan G’ovakliklarda yaxshi harakatlanadi. Aerasiya G’ovakliklari qanchalik yirik bulsa, havo almashinuvi shuncha yaxshi. Strukturali tuproqlarda kapillyar G’ovakliklari bilan birga nokapillyar G’ovakliklar ham yetarli bo’lganidan, havo almashinuvi uchun yaxshi sharoit yaratiladi. Demak, strukturali tuproqlarda suv bilan havo orasida ziddiyat deyarli bulmaydi va tuproqning suv va havo rejimi mu’tadildir.

T u p r o q n i n g h a v o s i g’ i m i - hajmiy foiz bilan ifodalanadigan va tuproqning barcha G’ovakliklarida ushlanib turiladigan havo miqdorini xarakterlaydi. Havo miqdori tuproqdagi namlik va G’ovakliklar miqdoriga bog’liq. Bushliqlar qanchalik ko’p va namlik oz bulsa, tuproqdagi havo ham shuncha ko’p bo’ladi.

Quruq tuproqlarda havo sig’imi yuqori bo’lib, deyarli umumiy G’ovakligiga barobardir. Lekin tabiiy sharoitda tuproq doim ma’lum miqdorda nam saqlab turganidan, havo sig’imi juda o’zgaruvchandir. Quruq tuproqlardagi havo sig’imi umumiy G’ovaklik bilan gigroskopik namlikning hajmiy miqdori orasidagi farqqa teng bo’ladi. Tuproqning eng kam nam sig’imiga to’g’ri keladigan havo sig’imi alohida ahamiyatga ega. Agar eng kam nam sig’imi sharoitida havo bilan egallangan G’ovaklar hajmi 15 foizdan kam bulsa, tuproq havosi tarkibining maqbul holatini ta’minlaydigan tuproq aerasiyasi yetarli bulmaydi. Mineral tuproqlarda havo miqdori 20-25, torfli tuproqlarda esa 30-40 foiz bo’lganda gaz almashinuvi uchun mu’tadil sharoit yaratiladi.

3. Tuproq havo rejimining mu’tadil va maqbul holatda bo’lishi tuproq sharoiti va o’simliklarning usib rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Tuproqqa kiradigan havoning qatlamlar buylab harakati va tuproq qattiq, suyuq, tirik fazalari bilan o’zaro ta’siri natijasida uning tarkibi va fizik holatining o’zgarishi hamda tuproq havosining atmosfera bilan o’zaro gaz almashinuvi kabi hodisalar yig’indisiga havo rejimi deyiladi.

Tuproq havo rejimining so’tkalik, yillik va ko’p yillik o’zgarishi tuproqning fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalari, shuningdek iqlim sharoitlari, o’simliklar qoplami, ekinlar turi, olib boriladigan agrotexnika tadbirlariga bog’liq. Eng maqbul havo rejimi strukturali tuproqlar uchun xos.

Ko’pchilik tuproqlar jumladan, doimiy va vaqtincha o’ta namlanadigan tuproqlarni muntazam ravishda havo rejimini yaxshilab borish talab etiladi.

Botqoqlangan yerlardagi qullaniladigan agrotexnika tadbirlarini tub meliorasiya ya’ni quritish meliorasiyasidan keyin o’tkazish mumkin. Tuproq aerasiyasini yaxshilash tadbirlari tuproqning havo rejimini urganish asosida olib borilganda, yaxshi samara beradi. Bunda tuproq havosining miqdori, gazlarning diffo’ziya tezligi, tuproqning nafas olishi va tuproq havosining tarkibi singari omillar e’tiborga olinadi. Bu kursatkichlar bir-biri bilan bog’liq bo’lib, ammo ayrim omillar aerasiya sharoitlarini tulaligicha ifodalamaydi. Shuning uchun ham bu kursatgichlar konkret sharoitlarda tuproq xossalari va o’simliklarning aerasiyaga bo’lgan talabi asosida e’tiborga olinishi kerak. Yengil mexanik tarkibli (qumli va qumloq) tuproq larda va shuningdek agronomik jixatdan qimmatli strukturaga ega bo’lgan qumoq va soz tuproqlarda o’simliklarning vegetasiya davrida tuproqning yuqori qatlamlarida havo ko’proq miqdorda (tuproq xajmiga nisbatan 20-25 foiz) bo’lishi kerak.

Strukturasiz og’ir mexanik tarkibli tuproqlardagi havo miqdori, uning zichlik holatiga va tuproq namligiga bog’liq. Ana shunday tuproqlarda mu’tadil nam bo’lganda ham o’simlik kislorod yetishmasligidan va SO2 ning ko’pligidan qiynaladi. Eng kam nam sig’imiga teng nam bo’lganda, havo miqdori tuproqlarda eng past (tuproq hajmiga nisbatan 15 foiz dan kam) holatga tushadi.

Strukturasiz tuproqlarda qatqaloqning hosil bo’lishi havo rejimini yomonlashtiradi. Bu tuproq juda zich bo’lib, kam G’ovaklikka ega. N.I.Poyasov buyicha tuproq qatqaloGidagi namlik 17, tuproq hajmiga nisbatan 22,2 foiz bo’lganda tuproq aerasiyasi yomonlasha boshlaydi. Gaz almashinuvida aerasiya G’ovakliginining ahamiyati tuproq xossalari va temperatura rejimiga kura o’zgaradi.

SO2 miqdori 2-3 dan ko’p bulmasa, kislorod konsentrasiyasi 18-19 foizdan kam bulmaganda tuproq havosining tarkibi maqbul bo’ladi. Tuproq orqali o’tadigan havo va ayrim gazlarning tezligiga tuproqdagi G’ovaklikning umumiy hajmi va G’ovaklik ulchamiga bevosita bog’liq. Kapillyar G’ovakliklar ko’p va namlik yuqori bo’lganda, havo o’tmaydi.

N.F.Dobrikov tadqiqotlari asosida, tuproqning havo o’tkazuvchanligiga qarab, uning struktura holati, jumladan tuproqning gaz almashinuvi haqida tasavvurga ega bo’lish mumkin. Agar tuproq namlangandan sung 60 mino’tdan keyin, uning havo o’tkazuvchanligi 60 ml/min. ni tashkil etsa - struktura holati yaxshi, 40-60 ml/min - urtacha, 40-30 ml/min. - kuchsiz, 20-0 ml/min, bo’lganda tuproq strukturasiz hisoblanadi.

Tuproqning nafas olish intensivligi - havo rejimining muhim kursatkichi hisoblanadi. Tuproqning bu kursatkichi keng oraliqda o’zgarib, 1 m2 da 0,5 dan 10 kg gacha va undan oshiq bo’ladi hamda u tuproqning xossalariga, gidrotermik sharoitlariga, o’simliklar qoplamiga bog’liq. Tuproq havosining tarkibiga qarab tuproqning aerasiya sharoitlarini baholash usuli keng ishlatiladi. Agar SO2 konsentrasiyasi 2-3 dan ko’p, O2 -19-18 foizdan kam bulsa, ko’pchilik ekinlarning hosildorligi kamayadi. Ekinlarning aerasiya sharoitlariga bo’lgan talabchanligiga qarab, ularni quyidagi qatorga joylashtirish mumkin. Kartoshka > makkajuxori > Galla ekinlari > ko’p yillik o’tlar. O’simliklar uchun noqulay bo’lgan aerasiya davrining davomiyligi ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun tuproq havosi tarkibining dinamikasini bilish zarur. SO2 va O2 ning so’tkalik dinamikasi haroratning o’zgarishiga qarab tuproqning 30-50 sm chuqurligiga qadar yetib boradi. Shu davrda tuproq havosining tarkibi 10-15 foiz o’zgarishi mumkin. O2 va SO2 ning yillik dinamikasida kislorodning maksimal miqdori va karbonat angidridning minimal miqdori yoz davriga to’g’ri keladi. Normal darajada namlangan davrda, tuproq havosidagi kislorod miqdori, odatda tuproqning yuqorigi qismidan pastga qarab kamayadi. SO2 esa aksincha ko’payadi. Gaz almashinuvi qiyin bo’lgan tuproqlarda, SO2 ning maksimal konsentrasiyasi va O2 ning minimal miqdori, tuproqning yuqori va urta qatlamlari uchun xarakterli.

Tuproqlarni madaniylashtirish yuli bilan, uning havo rejimlari yaxshilanadi. Tuproq eritmasining reaksiyasini maqbullashtirish, organik va mineral o’g’itlardan foydalanish, yerni Sug’orish singarilar tuproqning fizik xossalarini yaxshilaydi, biologik jarayonlarni aktivlashtiradi va aerasiya jadalligini oshiradi. Tuproqlarda chuqur haydalma qatlamni yaratish, zich haydalma osti qatlamini yumshatish, maqbul normada Sug’orish, tuproq qatqaloGini yumshatish va shuningdek kam gumusli og’ir mexanik tarkibli yerlarga organik o’g’itlarni qullanish tuproqning havo rejimini yaxshilash hamda tartibga solib turishning muhim agrotexnik, agromeliorativ tadbirlardan hisoblanadi.



    1. jadval

Tuproq va atmosfera havosi




Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish