Aralashtirilgal o’g’itlar
Aralashtirilgan o’g’itlar komponentlarni kimyoviy o’zgarishga uchratmasdan olinadi. Ular kukunsimon yoki donador holatda bo’lishi mumkin.
O’g’itlarni quruq holatda aralashtirish kompleks o’g’itlar olishdagi eng oddiy va samarali usuldir. Bu tadbir ikki xil usulda amalga oshiriladi:
bevosita xo’jaliklarning o’zida muqim va ko’chma o’g’it aralashtirgichlar yordamida aralashtirish;
yuqori quvvatli moslamalar (40-60 t/soat) yordamida aralashtirish.
Aralashtirilgan o’g’itlar ikki yoki uch xil oddiy kukunsimon yoki donador o’g’itlarni maxsus o’g’it aralashtirish zavodlarida, agrokimyo markazlarining yirik mexanizasiyalashtirilgan omborlarida yoki bevosita xo’jaliklarda aralashtirish yo’li bilan olinadi.
Bunda o’g’itlarni qo’llashga ketadigan vaqt hamda mehnat o’g’itlarni alohida - alohida solishdagiga qaraganda ancha tejaladi, ularning samaradorligi ortadi, chunki barcha zaruriy elementlar birdaniga solinadi, ular paykalga bir me’yorda taqsimlanadi.
O’g’itlarni aralashtirishni birin-ketin bajariladigan quyidagi besh bosqichdan iborat jarayon deb qarash mumkin:
O’g’itlarni aralashtirishga tayyorlash;
Komponentlarni aralashtirishga o’zatish;
Me’yorlash (aralashtirish uchun tegishli miqdordagi o’g’itlarni ajratish);
Aralashtirish;
Aralashmani tashish moslamalari yoki omborlarga olish.
Aralashtiriladigan o’g’itlarning o’ziga xos fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari ko’p hollarda ularni aralashtirish imkoniyatlarini cheklab quyadi.
Masalan, ammiakli selitra superfosfat bilan aralashtirilganda, nitrat kislota bug’lari yoki azot oksidlari hosil bo’ladi:
Shuningdek, hosil bo’ladigan kalsiy nitrat aralashmaning gigroskopikligini oshiradi:
2NH4NO3+Ca(H2PO4)2=2NH4H2PO4+Ca(NO3)2+nH2O
Tarkibida kalsiy oksidini tutgan metallurgiya shlaklarini ammiakli selitra yoki ammoniy sulfat bilan (shuningdek ammoniy fosfat bilan) aralashtirish mum-kin emas, chunki bunda ammiak ajralib chikadi:
CaO+ (NH4)2SO4=2NH4 + CaSO4 + H2O
Superfosfat va fosforit uni kaliyli o’g’itlar bilan, shuningdek, ammiakli selitra va ammoniy sulfat presipitat bilan aralashtirilganda nomaqbul o’zgarishlar sodir bo’lmaydi.
Eng keng tarqalgan o’g’itlar - ammiaki selitra, superfosfat va kaliy xlorid aralashmalarining fizik xossalarini yaxshilash maqsadida superfosfatdagi erkin kislotani boqlash va gigroskopiklikni kamaytirish uchun maydalangan - dolomit, fosforit uni kabi mu’tadillovchi moddalar qo’shiladi. Bunday aralashmani sochiluvchanligi 4-5 oy davomida ham o’zgarmaydi.
Mochevinani tuproqka kiritish oldidan fosforli va kaliyli o’g’itlarning barcha shakllari bilan aralashtirish mumkin. Uni superfosfat bilan ancha oldindan aralashtirganda ham salbiy o’zgarishlar kuzatilmaydi. Donador o’g’itlar, ayniqsa donachalarining o’lchamlari bir xil bo’lgan o’g’itlar aralashtirilganda aralashmaning fizikaviy xossalari va sochiluvchanligi yaxshilanadi.
O’g’itlarni aralashtirishda ekinlarning oziq moddalarning muayyan nisbatiga (N:P2O5:K2O) ehtiyojini shuningdek, tuproq, xossalari, o’g’itlash usullari va muddatlarini hisobga olish zarur.
Tarkibida oziq, moddalari ko’p va fizikaviy xossalari yaxshi bo’lgan o’g’it aralashmalarini tayerlash uchun birinchi navbatda mochevina yoki ammiakli selitra, qo’shsuperfosfat yoki ammofos, yirik kristalli kaliy xloridni ishlatish lozim. O’g’it aralashmalarini mexanizmlar yordamida tayerlash va qo’llash bir tomonlama ta’sir etadigan o’g’itlarni alohida-aloxida solishga qaraganda ko’proq ikqtisodiy samara beradi.
Hozirgi davrda konsentrlangan oddiy va kompleks o’g’itlarni ishlab chiqarishga alohida e’tibor berilmoqda.
Kompleks o’g’itlarning qishloq xo’jaligida tutgan ahamiyati e’tirof etilgan. Aksariyat xorijiy davlatlarda ularning salmog’i ishlab chiqarilayotgan o’g’itlarning 60-70% ini tashkil qiladi.
Kompleks o’g’itlarning sifati aa samaradorligini oshirish uchun ekinlar ehtiyojini hisobga olgan holda magniy va ayrim mikroelementlar qo’shilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |