Pomidorni oziqlanishi va hosiliga harorat va aerasiyani ta’siri
Eritma
|
Eritma
|
Hosil
|
1 dona o’simlik o’zlashtirgani, mg. Ekv.%
|
harorati,
C0
|
aerasiyasi
|
miqdori, kg
|
NO3
|
H2PO4
|
K
|
Ca
|
Mg
|
14-20
|
Oddiy
|
7
|
776
|
115
|
506
|
329
|
141
|
20-23
|
oddiy
|
8
|
854
|
143
|
600
|
393
|
143
|
14-20
|
Kuchayt.
|
10
|
1074
|
160
|
738
|
445
|
197
|
O’simliklarni normal o’sishi va rivojlanishi, yetarli miqdorda oziqmoddalarni o’zlashtirishi, faqat optimal harorat bo’lgandagina yaxshi kechadi. Ko’pchilik qishloq xo’jalik ekinlari urug’ini unib chiqishi uchun optimal harorat quyidagicha: arpa uchun 20 0C; bug’doy va javdar uchun 25 0C; tamakiga 280C; makkajo’xori uchun 32-35 0C bo’lsa, g’o’za uchun 12-14 0C bo’lishi kerak Ko’pchilik hollarda, donli ekinlar uchun azot va fosforni ko’plab yutilishi uchun eng qulay harorat + 23-25 0C hisoblanadi. Lekin, don tarkibidagi oqsil miqdorini ortishi harorat 35 0C bo’lganda, yetarli namlik (dala nam sig’imiga nisbatan 60% bo’lsa) bilan ta’minlanganda yuqori bo’ladi. Soya, loviya va g’o’za havo harorati 30-35 0C bo’lganda oziq moddalarni ko’plab o’zlashtiradi.
Ko’pchilik o’simliklarda hosil elementlarini paydo bo’lish quyidagi past haroratda: baxorgi donli ekinlarda, goroxda 10-12 0C, kungaboqar, makkajo’xorida 12-15 0C: sholi va g’o’zada esa 13-20 0C da yaxshi kechadi. Hosil tugish paytida asosiy madaniy o’simliklar uchun eng qulay harorat 10-12 0C bo’lsa, sholi va g’o’za uchun 15-20 0C hisoblanadi.
Harorat nafaqat urug’ni unib chiqishi va maysalarni rivojlanishiga, balki, o’simlikka oziq elementlarini yutilishiga ham turlicha ta’sir etadi. Masalan, o’simlik tomonidan ammoniyli azotni o’zlashtirilishi nitratli azotga nisbatan past haroratda juda yaxshi kechadi.
Haroratni (10-11 0C) pasayishi o’simlikka fosforni o’tishini qiyinlashtirsa, nitratli azotni o’zlashtirilishi 5-6 0C da yomonlashadi. Haroratni pasayishi, o’simlikka kaliyni o’tishini ham kamaytiradi. Umuman, o’simlikka oziq elementlarini o’tishida haroratni 10 0C dan pasayishi juda salbiy ta’sir etadi.
O’simlikni yorug’lik bilan ta’minlanishi va oziq elementlarini o’zlashtirishi, boshqa faktorlar kabi bir-biri bilan juda bog’liqdir.
O’simliklar oziq moddalarni quyosh nuri chiqishi bilan o’zlashtira boshlaydi. Yorug’lik bo’lmasa, nafaqat fotosintez jarayoni, balki, oziq moddalarni o’zlashtirish ham to’xtaydi. Masalan, o’simlikni uzoq vaqt davomida qorong’i joyda saqlasa, unga oziq elementlarini o’tishi umuman ko’zatilmaydi.
Fotosintez jarayoni natijasida, o’simlikda organik modda to’planadi, bu esa nafas olishda asosiy manba bo’lib hisoblanadi. Yorug’lik bo’lmasa ushbu jarayon yuzaga kelmaydi. Demak, yorug’lik ta’sirida hosil bo’ladigan fotosintez jarayoni tufayli o’simlik ionlarni o’zlashtirish reaksiyalari uchun kerak bo’ladigan moddalarni va energiya mahsulotlari zahirasini hosil qilar ekan.
Tuproq eritmasining reaksiyasi (nordonligi yoki ishqoriyligi) eritmada H + va OH – ionlarini qanday nisbatda bo’lishiga bog’liq. Eritma reaksiyasi vodorod ionining konsentrasiyasi manfiy o’nli logarifm soni va pH belgisi bilan ko’rsatiladi.
Eritma reaksiyasi barcha turdagi o’simlik uchun juda muhimdir. Vodorod ionlarining konsentrasiyasi yuqori, ya’ni eritma kuchli kislotali bo’lganda o’simlik ildiz sistemasining rivojlanishi va ularga oziq elementlarini yutilishi yomonlashadi. Nordonli muhitning salbiy ta’siri eritmada boshqa kationlar, ayniqsa kalsiy
bo’lmaganda yoki yetishmaganda kuchli namoyon bo’ladi. Kalsiy vodorod ionlarining kirishiga to’sqinlik qiladi, shuning uchun ham kalsiy miqdori ko’p bo’lganda o’simliklar nordonli muhitga kalsiy yo’qligidan ko’ra yaxshi chidamli bo’ladi.
Eritma muhiti o’simlikka ayrim ionlarning o’tish tezligiga va moddalar almashinuviga ta’sir etadi.
Nordon muhitda (eritmada H+ ioni ko’p bo’lsa) o’simlikka anionlarning yutilishi ortadi, kationlarning o’tishi cheklanib qoladi, hamda o’simliklarni kalsiy va magniy bilan oziqlanishi bo’zilib, oqsillar sintezi sekinlashadi va qand moddalarini hosil bo’lishi to’xtaydi. Ishqoriy muhitda (eritmada OH- ionlari H+ dan ko’p bo’lganda o’simlikka kationlarni o’tishi kuchayadi, anionlarning yutilishi esa qiyinlashadi.
Eritma reaksiyasi o’simliklarga oziq elementlarini o’tish tezligini belgilaydi (46 jadval).
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |