Kaliyli o’g’itlarni paxta tolasining sifatiga ta’siri.
N:P2O5:K2O
miqdori, kg/ga
|
Tolani o’zilish kuchi, gramm/ kuch
|
Tolaning nisbiy o’zilish o’zunligi, gk/ teks.
|
Tolani sanoat navi
|
150:100:0
|
4,7
|
25,6
|
1
|
150:100:100
|
4,9
|
25,9
|
0
|
150:100:150
|
5,0
|
26,0
|
0
|
Tuproq namligining o’simlikka oziq moddalarni o’tishidagi ta’siri quyidagi fiziologik va fizik faktorlarga bog’liq: 1) o’simliklarni umumiy fiziologik holatini yaxshilanishi, ya’ni normal to’yingan hujayralarda fotosintez va boshqa jarayonlar
yaxshilanadi; 2) nam yetarli bo’lgan yerlarda o’simliklarni ildiz sistemasi yaxshi rivojlanib, uning singdirish hajmi ortadi. Ana shunday sharoitda o’simlikka makro va mikroelementlarni yutilishi tezlashadi.
O’simliklar quruq modda hosil qilish uchun sarflaydigan suv sarfi, ular oziq elementlar bilan yetarli darajada ta’minlanganda ancha kam bo’ladi. Masalan, kuzgi bug’doy elementlari bilan turlicha ta’minlanganda quruq modda hosil qilish uchun quyidagi miqdorda suv sarflaydi:
Tajriba varianti :
|
Suv sarfi :
|
O’g’itsiz -
|
800
|
N -
|
917
|
NP -
|
545
|
NPK -
|
480
|
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’simlik o’ziga qabo’l qiladigan suvni 0,2 foizini o’z tanasini tashkil topishi uchun sarflasa, qolgan 99 foizdan ko’prog’i esa bug’lanib ketadi.
Yuqori miqdorda o’g’itlar ishlatilganda ekinlarni suv bilan yetarli darajada ta’minlanganligini hisobga olish kerak bo’lsa, qurg’oqchil zonalarda azotli va kaliyli o’g’itlar miqdoriga e’tibor berish kerak bo’ladi.
O’simliklar uchun qulay bo’lgan oziqlanish sharoitini tashkil etish ular tomonidan tuproq namidan samarali foydalanishni ta’minlaydi va qo’llanilgan o’g’itlar samaradorligini bir necha baravar oshiradi.
Tuproqlarni aerasiya darajasi va oziqa eritmasi o’simlikni oziqa moddalarni o’zlashtirish tezligiga kuchli ta’sir etadi. Bu hodisa birinchi marotaba Xogland tomonidan ilmiy ravishda asoslab berilgan edi.
Tashqi muhitda kislorod va uglyokislotani miqdori ildiz atrofidagi ko’rsatkichdan keskin farq qiladi. Ko’pgina anaerob sharoitda yutuvchi hujayralarni kislorod bilan ta’minlanishi yomonlashib, karbonat angidrid miqdori ortib ketadi. O’simlik ildiz sistemasi orqali oziq elementlarini yutilishi ularni kislorod bilan qanday ta’minlanishiga bog’liq bo’ladi.
Ko’pchilik tajribalardan ma’lumki, oziq elementlarini o’simlikka o’tishida aerasiyani ahamiyati katta. Oziq elementlarini o’zlashtirish tezligi aerasiya darajasiga qarab o’zgaradi, ya’ni K---- Ca----Mg----H P.
O’simlikka yetarli miqdorda oziq moddalarni o’tishida ildiz atrofidagi kislorod miqdori 2-3 foiz bo’lishi kerak Kislorod miqdorini 100 foizga oshirganda ham o’simlikka tuzlarni o’tishi o’zgarmaydi.
Aerasiya, havo va tuproq harorati o’simlikka oziq moddalarni o’tishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi (45-jadval).
Tuproqni aerasiya darajasi mikroorganizmlarni yashashi, hamda organik birikmalarni parchalab mineral shaklga aylantirishida va o’simliklarni oziq moddalar bilan ta’minlanishida ham muhim ahamiyatga ega.
- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |