Uzilish kuchi. Bitta tolani cho‘zganda uzish uchun sarf bo‘lgan kuchdir. Bu ko‘rsakich gk (grammkuch) yoki sN (santi Nyuton) ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi. Uzilish kuchi o‘rta tolali g‘o‘za navlarida 4,3-4,9 g/k ga, uzun tolalilarda esa 4,6-5,2 g/k ga tengdir.
Chiziqli zichlik. 1 km uzunlikdagi tolaning g bilan o‘lchangandagi vazni. Bu ko‘rsatkich m.teks bilan ifodalanadi. Tola tiplariga qarab chiziqli zichlik 127-200 ga teng bo‘ladi.
Nisbiy uzilish kuchi. Tolaning nisbiy pishiqligini ko‘rsatadi va uzilish kuchi ko‘rsatkichini (gk,cH) chiziqli zichlik ko‘rsatkichiga bo‘lishdan chiqqan bo‘linmaga teng bo‘ladi. Ko‘rsatkich gk/teks yoki sN/teks bilan ifodalanadi. Nisbiy uzilish kuchi ko‘rsatkichi o‘z vazni ta’sirida uziladigan km hisobida belgilanadigan tola uzunligidan iboratdir. Tola tipiga qarab 37-25 gk/teks, yoki sN/teks ga teng bo‘ladi.
Tolaning yetilganligi. Shartli ravishda yetilish koeffitsienti deb ham ataladi. Bu mikroskop ostida tola devorchalarida kletchatka qavatlarining paydo bo‘lish darajasiga qarab aniqlanadi. Maxsus shkala bo‘lib 0-5 gradatsiyaga bo‘lingan. Agar tola 0 koeffitsientida bo‘lsa o‘lik tolani, 5-bo‘lsa o‘ta qalinlashgan, buraluvchanligi bo‘lmagan tolani ko‘rsatadi. Tolaning yetilganligi 1,8-2,5 koeffitsientda yaxshi bo‘ladi. Tola buraluvchanligi. Tolaning 1 mm qismidagi buralish bilan belgilanadi. Normal rivojlangan tolalarda 1 mm tola 10-12 martagacha buraladi. Elastikligi. Bu tolaning cho‘ziluvchanlik xususiyati bo‘lib, o‘z navbatida pishiqligi bilan bog‘liq. Ingichka va pishiq tola hamma vaqt elastik bo‘ladi. Ulardan maxsus pishiq texnik gazmollar tayyorlanadi
IV. Tadqiqotlar natijalari
IV.1. G‘o’za ingichka tolali navlarining o‘sish rivojlanishi
G‘o‘za rivojlanish jarayonida chigitni ekishdan to o‘suv davrining oxirigacha beshta: 1)Unib chiqish – urug‘barglik, 2) chinbarg chiqarish, 3)shonalash,
4) gullash , 5) pishish asosiy fazalarni o‘taydi.
Bir asosiy rivojlanish faza bilan ikkinchi asosiy rivojlanish faza orasida, chinbarg chiqarish fazasidan boshlab birqancha mayda kichik fazalarni o‘taydi. Masalan: 2, 3, 4 va hakoza barglarning paydo bo‘lishi yoki shonalash bilan gullash oralig‘ida shonalarning birin-ketin paydo bo‘lishi, gullash bilan pishish fazalar oralig‘ida birin-ketin gullarning paydo bo‘lishi va hakoza. Kozuboev Sh.S., B.I.Mamaraximov /2013/ Ekilgan urug‘ unib chiqqandan birinchi chinbarg chiqquncha 8-12 kun, 1-chinbarg chiqqandan shonalashgacha 25-30 kun, gullashdan pishishgacha 50-60 kun o‘tadi. Umuman g‘o‘za ekishdan to pishib yetilguncha ingichka tolali g‘o‘zalarda 115-135 kun va undan ortiqroq bo‘ladi. Bu muddat nav xususiyatlari va o‘sish sharoitiga qarab 5-10 kun ko‘payishi yoki kamayishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |