«Surxon» (S —6030) navi. Seleksioner Yu. P. Xutornoy tomonidan G‘o‘za seleksiyasi va urug‘chiligi institutida S—6022 va S—6015 navlarini chatishtirishdan olingan duragay avloddan chiqarilgan. 1967 yildan davlat nav sinovida bo‘lib, 1970 yilda rayonlashtirilgan. 5904—I naviga nisbatan 7—10 kun oldin ochiladi va fuzarioz viltga birmuncha chidamli.Tupi ustunsimon, asosiy poyasining uzunligi 100—120 sm, ^osil shoxlari deyarli rivojlanmaydi (cheklangan tip). Poyasi pishiq, yotib qolishga chidamli, tuksiz, yashil tusda. Bnrinchi hosil shoxi yoki ko‘saklari poyaning 4—5- bo‘g‘inida hosil bo‘ladi. Barglari o‘rtacha yirik, yashil tusda. Ko‘saklari yirik, 3—4 chanoqli, yumaloq-tuxumsimon bo‘lib, uchi to‘mtoq. Ko‘sak chanoqlari yaxshi ochiladi, paxtasi to‘kilib ketmaydi. Bitta ko‘sakdan 3,8—4,0 g paxta chiqadi. Chigiti o‘rtacha yirik, chala tukli, tuki kul rang — yashil. 1000 ta chigitining vazni 135 g keladi. Tola salmog‘i 29—30%,
5904—I navinikiga nisbatan 4—5% kam. Tolasi III tipdan birmuncha yaxshi. Tolasining uzunligi 40—41 mm, metrik nomeri 8200—8600, ppshiqligi 4,3—4,7 gr, uzilish uzunligi 35—38 km.
Ingichka toli navlar tavsifi va etishtirish agrotexnologiyasi.
Ingichka toli g’o’zaning Yolotan-14 Al navi
II. Termiz elita Do’stlik urug’chilk xo’jaligining tuproq iqlim sharoiti
II.1 Xo‘jalik haqida qisqacha ma’lumotlar
Termiz tumanidagi Termiz elita Do’stlik urug’chilk xo’jaligi Termiz tumani markazidan janub tomonda 3-4 km. uzoqlikda joylashgan. Bu elita fermer xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarishi g‘o‘za ekinining elita urug‘ini yetishtirishga qaratilga. Hozirgi paytda xo‘jalikning sug‘oriladigan maydoni 100 ga. ni tashkil etib shundan 65% qismi yani 65 gektar g‘o‘za bilan band bo‘lib elita urug‘lar yetishtiriladi.
Xo‘jalikning asosiy maydonlari och tusli bo‘z tuproqli mexanik tarkibi o‘rta qumoqli. Sizot suvining sathi 7-8 m. Tuprog‘i o‘tloq bo‘z tuproqli. Tuprog‘i oziq moddalar bilan o‘ratacha taminlangan. Xujalikning yer boniteti 73 ballga teng. Bu elita xo‘jalikning boshlig‘i Shavkat Xo’janov, laboratoriya mudiri O’rinboy Ismoilov faoliyat ko‘rsatadi. Elita xo‘jaligining laborato riyasida ilmiy xodim va laborantlar bir tupdagi paxta og‘irligi, tola chiqimi, tola uzunligi, 1000 ta chigit og‘irligi kabi ko‘rsatgichlarni aniqlaydilar . Olingan ma’lumotlar asosida yozilgan hisobotni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi qoshidagi O‘zDav urug‘nazorat markaziy laboratoriyasiga yuborishadi. Biz dala tajribalarimizni shu elita xo‘jaligi uchun g‘o‘za ekadigan Do’stlik Elita urug’chilik xo;jaligi dalasida o‘tkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |