II.2. Tuprog‘ining agrokimyoviy tavsifi.
Xo‘jalikning asosiy tuprog‘i eskidan sug‘oriladigan va yangidan sug‘oriladigan yerlar,och tusli tuproq.
Xo‘jalikda almashlab ekish joriy qilinmagan. Sug‘oriladigan maydonlarning 63% qismida g‘o‘za o‘stiriladi.
Fermerlar uyushmasida shudgor ostiga yoppasiga ammofos va qisman organik o‘g‘itlar solinadi. O‘g‘itlarning qolgan qismi ekishda va ikki marta oziqlantirish sifatida qo‘llaniladi.
So‘nggi yillarda o‘g‘itlarni qo‘llaganda tuproq tarkibidagi oziqa moddalar hisobga olinmagan.Tuproq kartogrammasini tuzish maqsadida xo‘jalikni 100 ga maydoni o‘rganilgan.
1-jadval
Xarakatchan fosfor bilan taminlanishi
|
1 kg tuproq
tarkibidagi fosfor,
ml
|
Maydoni,
ga
|
foiz
|
Juda kam
|
0-13
|
11
|
11
|
kam
|
14-30
|
29
|
29
|
o‘rtacha
|
31-45
|
43
|
43
|
ko‘p
|
46-60
|
13
|
13
|
Juda ko‘p
|
61 dan ko‘p
|
3
|
3
|
jami
|
|
100
|
100
|
Xo‘jalikini xarakatchan fosforga qarab guruhlanish
2-Jadval
Almashinadigan kaliy miqdoriga qarab tuproq guruhlari.
Almashinuvchan kaliy bilan taminlanishi
|
1 kg tuproq tarkibidagi kaliy miqdori, mg
|
Maydoni,
ga
|
foiz
|
Juda kam
|
0-100
|
23
|
23
|
kam
|
101-200
|
28
|
28
|
o‘rtacha
|
201-300
|
39
|
39
|
ko‘p
|
301-400
|
8
|
8
|
Juda ko‘p
|
401 dan ko‘p
|
2
|
2
|
Xo‘jalik bo‘yicha
|
|
100
|
100
|
Xo‘jalikning asosiy yerlari och tusli bo‘z tuproqni tashkil qiladi. Unda o‘simliklarni oziqlantirish rejasi tuzilganda ularning oziqa elementlarga bo‘lgan talabi, tuproqning tabiiy hosildorligi va rejalashtirilgan hosildorlikni hisobga olgan holda reja tuziladi xujalik tuprog‘ining boniteti 73 balga teng.
II.3. Ob havo sharoiti.
Termiz tumanidagi “Do’stlik elita urug’chilik” xo‘jaligi iqlim sharoiti bo‘yicha yoz faslining iyul oyida issiq havo harorati (o‘rtacha 31.1 0S), qishda yanvar oyida eng sovuq (o‘rtacha -0.40S) kunlar bo‘lishi kuzatiladi. Yog‘ingarchilik 2021-2022 yilda qish, bahor oylarida ko‘p kuzatilgan, yozda iyul oyida mutlaqo yog‘ingarchilik kuzatilmagan va kuz oylarida yog‘ingarchilik kam miqdorda bo‘lsada sodir bo‘lgan.
3-jadval
Havoning o‘rtacha oylik xarorati va yog‘ingarchilik miqdori.
Oylar
|
Surxondaryo metiostansiyasi ma’lumotlari.
|
Xarorat, daraja
|
Yog‘ingarchilik, mm
|
Yanvar
|
-0,4
|
35
|
Fevral
|
3.4
|
36
|
Mart
|
8.2
|
53
|
Aprel
|
15.5
|
61
|
May
|
23.2
|
33
|
Iyun
|
29,0
|
7
|
Iyul
|
31,1
|
2
|
Avgust
|
29.3
|
0
|
Sentabr
|
23.1
|
1
|
Oktabr
|
14,6
|
16
|
Noyabr
|
7,9
|
28
|
Dekabr
|
3,9
|
34
|
O’rtacha yoki yig’indisi
|
15,8
|
255
|
Umuman olganda bu xo‘jalikning Tuproq iqlim sharoiti g‘o‘zaning o‘sib, rivojlanishi va yuqori hosil yetishtirish uchun qulay hisoblanadi. Tajriba o‘tkazgan 2022yildagi ob-havo sharoitlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, shu yilda yog‘ingarchilik miqdori o‘rtacha yillik yog‘in miqdoridan ortiq bo‘lgan, bu esa ko‘pgina qishloq xo‘jalik ekinlarining, jumladan g‘o‘zaning ham o‘sish va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Demak, Termiz tumani ob-havo sharoiti sug‘oriladigan yerlari g‘o‘zani o‘stirish va undan yuqori va sifatli hosil yetishtirish uchun qulay hisoblanadi.
3- jadvalda ko‘rsatilishicha iyul eng issiq oydir. O‘rtacha oylik harorat 31.1 -32.4 daraja bo‘ladi. Havoning haroratini absolyut maksimalniy 41-42 darajagacha yetadi. Havo haroratining o‘rtacha yillik darajasi Surxondaryo metiostansiyasi darajasida 15.8 daraja issiqlikka teng. O‘rtacha yog‘ingarchilik miqdori 255 mm. ni tashkil etadi.
III. TADQIQOTLAR QISMI
III.1 Bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifalari, ob’ekti, tajribani o‘tkazish tartibi va o‘rganish metodlari.
Bitiruv malakaviy ishining maksadi: Termiz tumani sharoitida ingichka tolali har xil g‘o‘za navlarining o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorlik kursatkichlarini aniqlash asosida , yuqori hosilli va tolasi sifatli g‘o‘za navlarini ajratishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda quydagi vazifalar o‘rganiladi:
1. Gossipium barbadense L turiga oid ingichka tolali navlarning o‘sish rivojlanishini o‘rganish
2. Ingichka tolali g‘o‘za navlarining mahsuldorlik ko’rsatgichlarini baholash.
3. Ingichka tolali g‘o‘a xar xil navlarining hosildorligini va hosilning sifatini aniqlash
4. Termiz tumani sharoitida o‘stirilgan ,g‘o‘za ingichka tolali navlarini iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatgichlarini o‘rganish.
Ushbu vazifani bajarish uchun tajriba ishlari Termiz tumani Termiz elita xo‘jaligi tuproq iqlim sharoitida o‘tkazildi. Dala tajribasi maydonining tuprog‘i tipik bo‘z tupoqli, mexanikaviy tarkibi o‘rta qumoq, sizot suvining chuqurlik sathi 8-9m.
Dala tajribasida G. barbadenze L. turiga oid Surxon-16,Surxon-103, kabi ingichka tolali navlarining 2- reproduksiyali urug‘ligidan foydalanildi. Tajriba paykalchasi (4 qatorli, qator orasi 0,6 m uzunasi 30 m). Tajriba maydoni (4 x0,6 x 30) 72 kv.m. Dala tajribasi ikki yarusda joylashtirilgan , turt qaytariqdan iborat. O‘rganilayotgan ingichka tolali navlarni baholash uchun taqoslab o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasihudida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat reestriga kiritilgan va Termiz tumanida asosiy maydonlarda ekiladigan Surxon-14 navidan foydalanildi.
O‘rganilayotgan navlarning urug‘lari qo‘lda tayyorlangan maxsus marker taxtacha ( har 16sm oralig‘ida belgi qo‘yilib, shu belgining ro‘parasidan 2 donadan chigit 4 sm chuqurlikda) yordmida ekildi.
Urug‘lar ekilgandan so‘ng egatlarga suv taraldi . Maysalar to‘liq unib chiqgandan so‘ng bitta uyada bitta o‘simlik qoldirib yagona lash o‘tkazildi.
Dala tajribasida fenologik ko‘zatishlar, biometrik o‘lchashlar, Gommoz, Vertesiliyoz vilt kasalliklar bilan zararlanish daraja si maxsuldorlik ko‘rsatgichi va hosildorligi, tolaning texnologik sifat ko‘rsatgichi aniqlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |