Agrokonsalting


Axborot-maslahat markazi xizmatiga bo‘lgan talab va taklif, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va markazlar daromadini oshirish yo‘llari



Download 2,27 Mb.
bet45/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

3–savol


Axborot-maslahat markazi xizmatiga bo‘lgan talab va taklif, xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va markazlar daromadini oshirish yo‘llari.
Hududlarda tashkil etiladigan axborot-konsalting markazlarining barqarorligi o‘sha hudud tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlariga bevosita va bilvosita bog‘liq. Shuning uchun axborot-konsalting xizmati ko‘rsatuvchi korxonalarni tashkil etishda ushbu hududdagi shakllangan ehtiyoj hajmini aniqlash, xizmat turlari bo‘yicha mavjud talab va taklifni hisobga olish katta ahamiyatga ega.
Shu bois:

  • birinchidan, qishloq hududlarida axborot-konsalting mar­kazlarining bir maromda faoliyat yuritishini ta’minlash uchun yuqorida qayd etilgan omilni inobatga olish;

  • ikkinchidan, markazlar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmat turlari, yo‘nalishi, ko‘lami va hajmining hududdagi fermer va qishloq tadbirkorlari talabiga mos kelishini ta’minlash;

  • uchinchidan, xizmatlar uchun o‘rnatilgan baho real, ob’yektivva rag‘batlantiruvchi bo‘lishi lozim.

Shuning uchun axborot-konsalting markazlari faoliyati barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqishda eng dolzarb masalalardan biri qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning axborot-konsalting xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji va talabini aniqlash xisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmatiga bo‘lgan talabni aniqlash usulini takomillashtirish borasidagi dastlabki qadam - xizmatlarga bo‘lgan talabni aniqlash tartibini taxlil etishdir.
Qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlash jarayonidagi dastlabki vazifa quyidagilardir: markaz joylashgan hududdagi fermer va boshqa tadbirkorlik sub’ektlari bo‘yicha ularning ishlab chiqarish va resurs imkoniyatini qiyoslovchi statistik ma’lumotlar bankini shakllantirish: ma’lumotlarni yig`ish-jamlash va guruhlash, toifalarga bo‘lish, analitik taxlil va xulosalar asosida xizmatlar ko‘lami, hajmi va miqyosini aniqlash hamda bashoratlash.
Shu bilan birga qishloq xo‘jaligi korxonalarining o‘ziga xos xususiyatlari (ayniqsa, ko‘proq tabiiy-iqlim sharoitiga bog‘liqligi), ishonchli hamkor bo‘lishi (har bir ko‘rsatilgan xizmatning kafolatlanishi) va boshqa holatlarni qiyoslovchi ma’lumotlar ham axborot-konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlashda e’tiborga olinishi kerak.
Bunda asosiy e’tibor quyidagilarga qaratilishi lozim:

  • aniq bir turdagi xizmatlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda xizmat turlarini belgilab olish va ularni rivojlantirishga ustuvorlik berish;

  • fermer va qishloq tadbirkorlarining xohish va istaklari- dan kelib chiqqan holda xizmat turini taklif etishni rejalashtirish va xizmat ko‘rsatish strategiyasini aniqlash va shu asosda xizmatlar portfelini shakllantirish;

  • xizmatlarga baho belgilashda talabning egiluvchanligi (elastikligi)ni hisobga olish;

  • iste’molchilarning - fermer va qishloq tadbirkorlari­ning talabi, bu talabning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va unga ta’sir etish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Bozor iqtisodiyoti talab va taklif qonuniga asoslanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatuvchi markazlar fermer va qishloq tadbirkorlarining, shuningdek, hududdagi boshqa korxonalarning talabini doimo o‘rganib borishlari zarur.
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining axborot-konsalting xizmatlariga bo‘lgan talabini aniqlashda tashkiliy-iqtisodiy xarakterdagi quyidagi omillarni inobatga olish tavsiya etiladi:

  • xo‘jalik rahbari(mutaxassisalari)ning ma’lumoti va malakasi, ko‘nikmasi, tadbirkorligi, innovatsion g‘oya va fan yangiliklarini amaliyotga joriy etishga intiluvchanligi;

  • xo‘jalikning ishlab chiqarish yo‘nalishi, tarmoqlar soni, yer (ekin) maydoni, (chorva bosh soni) yetishtirilayotgan ekin turi;

  • xo‘jalikning iqtisodiy-moliyaviy ahvoli, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari;

  • axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatish tizimini qo‘llab- quvvatlash mexanizmining amaliy jihatdan samarali faoliyatini ta’minlovchi shart-sharoitlarni mavjudligi;

  • xo‘jalikning moddiy-texnik bazasi va resurslar bilan ta’minlanganlik darajasi;

  • xo‘jalikning axborot-konsalting xizmatlaridan foydalanish darajasi va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji;

  • hududda axborot-konsalting markazi ko‘rsatayotgan xizmat turlari, ularning sifati, tezkorligi, davriyligi va xizmat narxlari;

  • xo‘jalik rahbari va mutaxassislarining internet tarmog‘i, aloqa vositalaridan, axborot-texnologiyalar tizimi xizmatidan foydalanish darajasi va boshqalar.

Bu, o‘z navbatida, ma’lum bir hudud, tuman va viloyat miqyosida qishloq va suv xo‘jaligi masalalariga mutasaddi bo‘lgan ma’muriy-boshqaruv tuzilmalariga fermer va qishloq tadbirkorlariga xizmatlar, jumladan, axborot-konsalting xizmatlari ko‘rsatish sifatini takomillashtirishga, ko‘lamini kengaytirishga, ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishga amaliy yordam beradi.
Shuningdek, vaqtida ko‘rsatilmagan xizmat mahsulot sifatining pasayishiga, yo‘qotishlar ko‘payishi va tannarx oshishiga, vaqtida taqdim etilmagan hisobot uchun ko‘riladigan jazo choralari (ogohlantirish, qo‘shimcha to‘lov va hokazolar)ni qo‘llashga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Bu esa, o‘z navbatida, tadbirkorlik sub’yektining xaridor- mijozlari o‘rtasida uning nufuziga putur yetkazishi, moliya va bank, soliq va boshqa ma’muriy, boshqaruv va nazorat tashkilotlari oldida "to‘lovga layoqatsiz" yoki "ishonchni suiste’mol qilgan tadbirkor" sifatida ko‘rsatib, "ishonchsiz hamkor" toifasidagi mijozlar qatoridan joy olishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun xizmatlarga bo‘lgan talabni aniqlashda dastlab hududdagi mavjud talabdan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda axborot-konsalting xizmati ko‘rsatish markazlarining asosiy faoliyat yo‘nalishi aniqlab olinishi lozim.
Ta’kidlash joizki, hududlarda faoliyat ko‘rsatayotgan axborot- konsalting markazlarida xizmat ko‘rsatish jarayoni bir xil tashkil etilmagan bo‘lib, ayrim chekka hududlarda bunday markazlar faoliyatini zamon talablari asosida tashkil etish talab etiladi.
Masalan, ayrim hududlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari marketinggi xizmati hamda xizmat ko‘rsatish va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko‘rsatish (ikkinchi yo‘nalish) sohasini takomillashtirish talab etilsa, boshqa hududlarda bunday guruhlar faoliyatini qo‘llab- quvvatlash maqsadga muvofiq.
Markaz mutaxassislarining xizmat ko‘rsatiladigan hudud to‘grisida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi markaz ish va xizmatlar sifatini belgilovchi omillardan hisoblanib, buning uchun markaz mutaxassislari doimiy ravishda marketing tadqiqotlarini olib borishlari lozim.
Shu bois axborot-konsalting markazlari tarkibida Marketing tadqiqotlari o‘tkazish va axborotlar to‘plash bo‘limi hamda xizmat ko‘rsatish (ish bajarish) va mahsulot topshirish shartnomalari bo‘yicha to‘lovlar va tushumlarni undirishga amaliy yordam ko‘rsatish guruxlarini tashkil etish tavsiya etiladi. Taklif etilayotgan bo‘lim va guruh mutaxassislarining vazifalarini aniq belgilash, nafaqat ushbu guruh, balki markaz faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilishini inobatga olmoq lozim.
Axborot-konsalting markazlarida xududdagi talabni aniqlash uchun markaz buyurtmalar portfelini shakllantirish maqadga muvofiq bo‘lib, uni yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlar bo‘yicha shakllantirish markaz faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Axborot-konsalting markazlari faoliyatini barqarorlashtirish, ular ko‘rsatayotgan xizmatlarga talabni oshirish ko‘p jihatdan xizmat ko‘rsatishning metodologik jihatdan nisbatan zamonaviy hamda innovatsion tizimi va shakllarini qo‘llashga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Chunki, bugungi fermer xo‘jaligi rahbari yoki qishloq tadbirkori 10-15 yil oldingi fermer yoki tadbirkor emas. Bugungi kunda ular yetarli darajadagi iqtisodiy-huquqiy va agrotexnologiyalar bo‘yicha maxsus bilim va malakaga ega, axborot texnologiyalari kommunikatsiya xizmatlari sohasidan xabardor, internet tarmog‘i, uyali aloqa va boshqa zamonaviy aloqa vosita va usullarini o‘zlashtirgan fermer va tadbirkorlar hisoblanadilar.
Shu bois axborot-konsalting xizmatini taklif qilish usulini tanlashda fermer-tadbirkorlarning ham mintalitetini hisobga olish o‘ta muxim.
Qishloq hududlarida quyidagi omillar axborot -konsalting markazlari xizmat yo‘nalishlarining shakllanishiga, xizmatlar darajasi, ko‘lami, miqyosi hamda xizmatlar ko‘rsatish usuli va vositasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, ya’ni:

  • hududning tabiy-iqlim sharoiti, rel’yefi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi yo‘nalishi, ixtisosligi;

- hududda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yuritish shakllari, yetishtirilayotgan ekinlar turi, moddiy resurslar ta’minlanganligi;
- hududning yirik shahar va sanoat markazlaridan yaqin-uzoqda joylashganligi;

  • hududda kommunikatsiya-aloqa tizimining rivojlanganligi;

  • bozor, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish hamda boshqa ijtimoiy infratuzilma sub’ektlarining shakllanganligi va faoliyati darajasi;

  • hududda agrosanoat majmui infratuzilmasi tizimining rivojlanganlik darajasi;

  • hududdagi axborot-konsalting markazlari mutaxassislari salohiyati, o‘quv-uslubiy hamda ma’lumotlar bazasining shakllan­ganligi va boshqalar.

Ushbu omillarni hududdagi axborot-konsalting markazlari xizmatlariga, ayniqsa, axborot-maslahat xizmatlariga bo‘lgan talabni aniqlashda inobatga olish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Hududiy sharoitdan kelib chiqqan holda axborot-maslahat xizmatlariga bo‘lgan talabni uch usul bilan aniqlash tavsiya etiladi:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish