Agrokonsalting


Axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishda guruh bo‘lib ishlash va xizmat ko‘rsatishning ijobiy va salbiy jihatlari



Download 2,27 Mb.
bet47/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatishda guruh bo‘lib ishlash va xizmat ko‘rsatishning ijobiy va salbiy jihatlari.



Ishtirokchi (bajaruvchi)lar soni

Ijobiy jihatlari

Salbiy jihatlari

Ikki kishi

Ko‘p ma’lumot va axborot almashinuviga erishiladi va turli e’tirozlar kamayadi

Suhbat ishtirokchilari har doim ham yagona to‘xtam yoki qarorga kelmasliklari mumkin

Uch kishi

Bunday guruhlar nisbatan barqaror hisoblanib, turli kelishmovchiliklar tezroq barham topadi.

Ayrim hollarda nisbatan kuchsiz suhbat ishtirokchisiga o‘z fikr va qarashlarini izhor qilishga monelik qilinadi

To‘rt kishi

Guruh har bir a’zosining guruh ishiga ma’lum hissa qo‘shish imkoniyati vujudga keladi, boshqalarni eshitish va o‘zini ham eshitishlari uchun sharoit yaratiladi

Juftlikdan iborat guruxda guruh a’zolari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarga chek qo‘yish, juftlik bo‘lmagan guruhlarga nisbatan qiyinroq kechadi

Besh kishi

Guruxdagi odamlar soni turli qarashlarni muhokama qilish, foydali ma’lumotlar bilan almashinish uchun qulay hisoblanadi. Guruh har bir a’zosining fikri inobatsiz va qarashlari e’tiborsiz qolmasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi

Barcha fikr va mulohazalarni eshitish bir muncha ko‘p vaqt talab etadi. Guruxda yetakchi bo‘lmasa, fikrlar rang-barangligi va xilma-xilligi cheksiz bo‘lishi mumkin

Olti va undan ortiq kishi

Firk va qarashlarning rang- barangligi eng oqilona va samarali qaror qabul qilishga imkon beradi

Guruxdagi eng faol va etakchi kishi guruhning boshqa, nisbatan passiv a’zosi fikrini eshitishga monelik qilishi mumkin

Shu bois markazlar faoliyati barqarorligini ta’minlash hamda xizmatlar sifati va samaradorligini oshirishga e’tibor berish lozim. Bunda xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etishda ko‘p qirrali kommunikativ-hamjihatlikka asoslangan ish jarayoni va tezkor holda harakat qila oladigan, quyida keltirilgan darajalardagi mutaxassislar guruhini shakllantirishga erishish maqsadga muvofiq:



  • birinchi darajali mutaxassislar - xizmatlar iste’molchilariga tezkor tarzda umumiy yo‘llanma va maslahatlar bera oladigan, keng ko‘lamdagi bilim va universal malakaga ega bo‘lgan mutaxassislar jamoasi;

  • ikkinchi darajali mutaxassislar - ekspert sifatida konsal­ting xizmatlari ko‘rsata oladigan hamda qaysi yo‘nalishdagi ma’lumotlardan va xizmatlar yo‘nalishidan foydalanish borasida maslahatlar berish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislar guruhi;

  • uchinchi darajali mutaxassislar - biron bir nostandart holatlarda muammoni o‘rganib, bu holat bo‘yicha tezkor tarzda dastlabki xulosa, taklif va tavsiyalar berish qobiliyatiga ega bo‘lgan mutaxassislar guruhi.

Boshqacha so‘z bilan aytganda, axborot-maslahat xizmatlarini tashkil etishda amaliyotda qabul qilingan 80/20 Pareto tamoyiliga tayanish, ya’ni fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot- maslahat xizmatlariga bo‘lgan talabidan aksariyat qismini kam hajmdagi resurslar asosida qondirishga erishish maqsadga muvofiq.
Amaliyot ko‘rsatishicha, ushbu tamoyil fermer va qishloq tadbirkorlariga eksport va import xizmatlari hamda o‘simliklar kasalliklariga qarshi kurash chora-tadbirlari to‘grisida ma’lumot va maslahat berishda qo‘llanganda yuqori samara berishi mumkin.
Inson omili va tashkiliy ta’minot nuqtai nazaridan axborot-konsalting markazlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishi quyidagi omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin:

  • fermer va qishloq tadbirkorlarining bozor iqtisodiyotiga oid bilim va ko‘nikmalari yetishmasligi;

- fermerlarning agrotexnologiyalar, iqtisodiyot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha bilim va malakasi talab darajada emasligi;
- fermer va tadbirkorlarning axborot-konsalting markazlari xizmatlarining xo‘jalik faoliyatiga oid strategik va taktik yo‘nalishdagi qarorlar qabul qilishdagi ahamiyati va mohiyatini to‘g‘ri baholay olmayotganligi;

  • axborot-konsalting markazlari o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va moliyaviy imkoniyatni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari mavsumiy xarakterdaligi;

  • axborot-konsalting markazlari xizmati ko‘rsatish turlari ko‘lamining yetarli emasligi va sifatining talab darajasida bo‘lmayotganligi va boshqalar.

Ushbu omillar xususiyatidan kelib chiqqan holda, qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting markazlari faoliyatining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda ichki va tashqi, ob’yektiv va sub’ektiv omillarga ajratish mumkin:

  • ichki omillarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xususiyati bilan bog‘liq omillar kiradi;

  • tashki omillarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi omillar mansub bo‘lib, ularga axborot-maslahat olish-uzatish(yetkazish) usuli, shakli, bu borada joriy etilgan tartib-qoida, ularning davriyligi va muddatlari kabi omillar kiradi;

  • ob’yektiv va sub’yektiv omillarga moliyaviy, pul, kredit, soliq tizimi qonunchilik bazasi, ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)dagi o‘zgarishlar, axborot-maslahat xizmati ko‘rsatishda mehnat va xizmatlarga haq to‘lash tizimi hamda uni tashkil qilish shakllari, kadrlar malakasi, bilimi, ma’lumotlar bazasi va texnik ta’minoti, aylanma kapitalining mavjudligi kabi omillar kiradi.

Ta’kidlangan omillarni o‘rganish, bu boradagi muammo va vazifalarni hal etish yo‘llarini izlab topish, chora-tadbirlarini belgilash axborot-konsalting markazlari faoliyati barqarorligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting markazlari faoliyatini barqarorlashtirish, axborot-maslahat xizmatlarini yanada takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni hal etish tavsiya etiladi:

  • axborot-konsalting markazlari faoliyati huqukiy-me’yoriy, iqtisodiy-uslubiy bazasini takomillashtirish;

  • axborot-maslahat xizmatlari ko‘rsatish usul va uslubiyatini takomillashtirish;

  • respublikada mintaqalar va hududlar xususiyatidan kelib chiqqan holda axborot-konsalting markazlarini rivojlantirish milliy, hududiy va mintaqaviy davlat dasturlari va ular asosida axborot-konsalting markazlari va xizmatlar ko‘rsatishning 2016- 2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish istiqbollarini belgilash;

  • axborot-konsalting markazlari moliyaviy faoliyati barqarorligini ta’minlash maqsadida ularga soliq to‘lovlari va xizmatlar ko‘rsatishda yengillik va imtiyozlar ko‘lamini yanada kengaytirish;

  • qishloq xo‘jaligida axborot-konsalting xizmati ko‘rsatuvchi sub’ektlar faoliyatini vertikal va gorizontal yo‘nalishda muvofiqlashtiruvchi, ular o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rag‘batlantiruvchi mexanizmni joriy etish;

  • axborot-konsalting markazlari tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish, moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida milliy ahamiyatga molik xizmat turlarini rivojlantirishga ustuvorlik berish hamda markazlar faoliyatini davlat tomonidan yanada qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish va boshqalar.

Konsalting markazi barqarorligi ko‘p jihatdan uning o‘quv- uslubiy salohiyati va ma’lumotlar banki mavjudligi hamda ma’lumotlarni iste’molchilarga yetkazish tartibi va mexanizmiga bogliq. Shu bois markaz tarkibiy bo‘limida maqsadi markazning axborot va o‘quv-uslubiy salohiyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish hisoblangan "Me’yoriy-huquqiy ma’lumotlar bazasi"ni shakllantirish maqsadga muvofiq.
Fermer xo‘jaliklariga hududdagi axborot-konsalting xizmatiga bo‘lgan talabni aniqlashning yuqorida taklif etilgan metodikasi asosida aniqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish qishloq xo‘jaligida xizmat ko‘rsatish tizimida raqobat muhitini yaratishga, markazlarda xizmatlar turini kengaytirish va sifatini oshirishga, fermer va qishloq tadbirkorlariga zarur bo‘lgan maslahat va xizmatlarni ko‘rsatish orqali ularning xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirishga erishiladi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga imkon yaratiladi.
O‘tkazilgan anketa so‘rovnomalari tahlili asosida, fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda qishloq tadbirkorlarining quyidagi yo‘nalishdagi axborot-konsalting, axborot-maslahat va ma’lumot bilan ta’minlash kabi xizmat turlariga talabi yuqori ekanligi aniqlandi:

  • hisob-kitob va moliyaviy masalalarga oid xizmatlarga;

  • moddiy-texnik resurslar, xom-ashyo hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hududlar kesmidagi narx-navosi bo‘yicha ma’lumotlarga;

  • kichik rusumli va universal qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizingga olish borasidagi ma’lumotlarga;

  • me’yoriy-hududiy ma’lumotlarga;

  • innovatsion agrotexnologiyalar va ularni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda mahsulotlar eksporta va importa masalalariga oid ma’lumot va xizmatlarga.

Ushbu yo‘nalishlar axborot-konsalting markazi xizmatlar portfelini hamda markaz tashkiliy tuzilmasi va xizmat ko‘rsatish bo‘limlarini shakllantirishda asos qilib olindi.
Tahlillar ko‘rsatishicha, oxirgi yillarda fermer va qishloq tadbirkorlarining axborot-konsalting va axborot-maslahat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji va talabi sekin-asta ortib bormoqda. Ayniqsa, tez buziladigan, iste’molchilarga yetkazish bir muncha mushkul va maxsus transport vositasini talab etadigan oziq-ovqat va chorva ozuqasi kabi mahsulotlarni sotish kanallarini izlab topish, bu borada hamkorlikni shakllantirish, shuningdek, noan’anaviy qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini tashkil etish borasidagi axborot va maslahat xizmatlariga ehtiyoj ortib bormoqda.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish