Agrokonsalting


Konsalting “Markazi” faoliyatining asosiy maqsadi



Download 2,27 Mb.
bet37/214
Sana07.04.2022
Hajmi2,27 Mb.
#534407
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   214
Bog'liq
Агроконсалтинг МАЖУМА

Konsalting “Markazi” faoliyatining asosiy maqsadi – markaz ta’sischilari va hududdagi boshqa qishloq ho‘jaligi korxonalariga qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va xizmatlar ko‘rsatish sohalarida turli xizmatlar ko‘rsatish va maslahatlar berish hisoblanadi.
Markaz Fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalar asosida fermer xo‘jaliklarining ishlab chiqarish jarayonidagi moddiy-texnik resurslar sarfi, mehnat resurslaridan foydalanish holatini tahlil qilish, ishlab chiqarishni rejalashtirish (tarmoq korxonalari uchun biznes-rejalar, qisqa va uzoq muddatli rejalar ishlab chiqish), qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan debitor va kreditor qarzdorliklarni tahlil qilish, xo‘jalik yuritish sub’yektlariga agrotexnik va huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar berishi mumkin.
Markaz joylarda ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi va ularning ta’sischilari soni 50 kishidan oshmasligi lozim. Hisob-tahlil Markazi ta’sischilari quyidagilar bo‘lishi mumkin: fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar, xususiy tadbirkorlar hamda boshqa yuridik va jismoniy shaxslar ixtiyoriy ravishda birlashishlari mumkin.
Markaz qishloq fuqarolar yig‘inidagi mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda hududiy tashkil etiladi.
Markaz o‘z-o‘zini moliyalashtirish (xo‘jalik hisobi) tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi tijorat tashkiloti hisoblanadi. Uning moliyaviy mablag‘lari fermer xo‘jaliklariga ko‘rsatilgan xizmat va turli moliyaviy yordamlar, garantlar hisobiga shakllanadi.
Markaz Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida Nizom”ga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi.
Fermerlar ta’sischiligida tashkil etilganda “Markaz” mol-mulki ta’sischilar tomonidan “Markaz” faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida qo‘shgan ulushlari, mol-mulki yoki pul mablag‘lari hisobiga sotib olingan moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi.
Markaz xususiy korxona shaklida tashkil etilganda xususiy tadbirkorning markaz faoliyati uchun kiritgna mablag‘laridan iborat bo‘ladi.
Fermerlar ta’sischiligida tashkil etilganda “Markaz”ning mol-mulki shakllanishidagi har bir ta’sischi ulushi “Markaz”ning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi va umumiy yig‘ilish tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu ulushlar o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar faqatgina umumiy yilish qarori asosida amalga oshiriladi. “Markaz” pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisob raqamlari ochadi.
“Markaz” mol-mulkning butunligini saqlash, uni ta’mirlash bo‘yicha qilinadigan xarajatlar ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar hisobiga qoplanadi.
Markaz fermer xo‘jaliklari ta’sischiligida tashkil etiladi. Yoki xususiy korxona sifatida ham mavjud qonunlar asosida o‘z faoliyatini boshlashi mumkin. Markaz fermerlar ta’sischiligida tashkil etilgan bo‘lsa, fermer markaz ta’sischilari tarkibidan xoxlagan paytda chiqishlari mumkin. Bu holatda unga Markazning ustav fondidagi ulushi chiqish kunidagi Markaz buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymati bo‘yicha to‘lanadi va Markazdan chiqib ketgan Ta’sischiga tegishli bo‘lgan foyda shu yili Markaz olgan foydadan to‘lanadi.
O‘z xohishiga ko‘ra Ta’sischilar tarkibidan chiqqan Ta’sischi o‘z ulushini boshqa Ta’sischilarga yoki ularning roziligi bo‘lgan taqdirda uchinchi shaxsga sotishi yoxud bepul berishi mumkin.
Markaz Ta’sischisi Markaz ta’sis hujjatlarida belgilangan qoidalarni bir-necha marta qo‘pol ravishda buzilishiga yo‘l quygan yoxud o‘z majburiyatlarini qo‘pol buzayotgan, o‘z harakatlari (harakatsizligi) bilan Markazning faoliyat ko‘rsatishiga imkon bermayotgan yoki uni jiddiy tarzda kiyinlashtirgan taqdirda, majburiy ravishda sud tartibida Ta’sischilar safidan chiqarilishi mumkin. Bunda Markazdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan Ta’sischiga ulushining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun Markazning buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini to‘lashi yoki Markazdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan Ta’sischisining roziligi bilan unga xuddi shunday qiymatdagi pul mablag‘ini beriladi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish