Agrokonsalting


Kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi



Download 2,27 Mb.
bet69/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishi:
Shartnomada mahsulotni yetkazib berishning davrlari belgilanishi bilan birgalikda tovarlarni yetkazib berish jadvallari ham (o‘n kunlik, sutkalik va boshqalar) nazarda tutilishi mumkin.
Agar shartnomada bunday jadval nazarda tutilmagan taqdirda, xo‘jalik tayyorlov tashkilotini mahsulotni shartnomada nazarda tutilgan assortimentda realizatsiya qilish uchun shartnomada belgilangan muddatlarda mo‘ljallanayotgan hajmlar va topshirish muddatlari to‘g‘risida xabardor qilishi kerak. Agar shartnomada bunday muddat ko‘rsatilmasa, mahsulot topshirilgunga qadar 30 kunlik muddatda (mavsumiy mahsulotlar bo‘yicha - 15 kundan kechikmay) topshirishi va mahsulotni kalendar (sutka bo‘yicha) topshirish jadvalini tayyorlov tashkiloti bilan kelishishi kerak.
Xo‘jalik tomonidan mahsulot tayyorlov tashkilotiga jo‘natilganda (yetkazib berilganda) mahsulotga belgilangan shakldagi hujjatlar ilova qilinishi, mahsulot tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita xo‘jalikning o‘zida qabul qilib olingan taqdirda - qabul qilish - topshirish hujjatlari ilova qilinishi kerak.
Xo‘jalik tomonidan tayyorlov tashkilotiga shartnomaga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari davlat standartlari talablariga, texnik shartlarga, veterinariya va sanitariya nazorati qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Tayyorlov tashkiloti xo‘jaliklardan shartnomada nazarda tutilgan hajmlardan ortiqcha yetishtirilgan mahsulotni faqat qo‘shimcha bitim asosida qabul qilishi mumkin. Xo‘jalik bilan tuziladigan qo‘shimcha bitim yozma shaklda rasmiylashtirilishi va tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Tayyorlov tashkiloti bilan kelishgan holda xo‘jalik mahsulotni keyingi topshirish davri hisobiga o‘tkazgan holda muddatidan oldin topshirishi mumkin.
Shartnomada nazarda tutilgan hollarda xo‘jalikning o‘zida qayta ishlangan mahsulot tayyorlov tashkiloti tomonidan xarid hajmlarining amaldagi ekvivalentlari (koeffitsiyentlari) bo‘yicha bajarish hisobiga qabul qilinadi.
Mahsulotni tayyorlov punktlariga jo‘natishda mahsulotni transportga yuklash va qaytariladigan idishni bo‘shatish xo‘jalikning kuchi va mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, qabul qilish punktida mahsulotni, xo‘jalikka jo‘natish uchun idishni tushirish tayyorlov tashkilotlarining kuchlari hisobiga amalga oshiriladi.
Agar tomonlardan biri yuklash yoki tushirish bo‘yicha boshqa tomonning majburiyatlarini bajarsa, o‘z majburiyatlarini bajarmagan tomon belgilangan tariflar asosida, bunday tariflar mavjud bo‘lmagan taqdirda esa - o‘zaro kelishuvga ko‘ra bajarilgan ishlar qiymatini unga to‘laydi.
Shartnomada yetkazilgan mahsulotni tayyorlov punktiga yoki tayyorlovchi korxonaga yetkazib berish nazarda tutilgan hollarda, yetkazib berilganligi uchun haq mahsulotning haqi to‘lanishi bilan birgalikda tayyorlov tashkiloti tomonidan to‘lanadi.
Tomonlar shartnomani bajarish davomida o‘zaro kelishuvga ko‘ra mahsulotni yetkazib berish jadvali va joyini o‘zgartirishga haqlidir.
Qabul qilish - topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana xo‘jalik tomonidan shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan kun deb hisoblanadi, mahsulot oluvchining manziliga yuklab jo‘natilgan taqdirda esa - mahsulot transport tashkiloti vakiliga topshirilgan sana majburiyatlar bajarilgan kun deb hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatidagi bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana mahsulotga haq to‘lash bo‘yicha tayyorlov tashkilotining majburiyati bajarilgan sana deb hisoblanadi.
Tayyorlov tashkilotlari va xo‘jaliklar tovar-transport yuk xatida transport vositasi kelgan va mahsulot tushirib (ortib) bo‘lingan vaqtni ko‘rsatishlari shart.
Shartnoma majburiyatlarini bajarishda xarid qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati va miqdorini baholash, uning uchun haq o‘z vaqtida va to‘g‘ri to‘lanishi bo‘yicha tomonlar o‘rtasida nizoli masalalar va kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda, bunday masalalar va kelishmovchiliklar tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi tomonidan sudgacha bo‘lgan tartibda yoki xo‘jalik sudi tomonidan hal etiladi.
Mahsulot qabul qilinishi rad etilganda tayyorlov tashkiloti rad etish holati to‘g‘risida xo‘jalikni yozma shaklda xabardor qilishi shart (tovar-transport yuk xatiga belgi qo‘yish, telegraf orqali va boshqalar). Agar tayyorlov tashkiloti mahsulotni qabul qilish rad etilishi to‘g‘risida yozma ariza berishdan bosh tortsa, u holda xo‘jalik tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi vakili ishtirokida rad etish holatini tasdiqlovchi dalolatnoma tuzadi.
Tayyorlov tashkiloti shartnomaga va topshirish-qabul qilishning kelishilgan jadvaliga muvofiq tayyorlovchiga taqdim etilgan tez buziladigan mahsulotni qabul qilishni rad etgan taqdirda, xo‘jalik ushbu mahsulotni o‘z ixtiyoriga ko‘ra boshqa shaxslarga sotishi mumkin.
Bunda tayyorlov tashkilotlari mahsulotni qabul qilish rad etilganligi uchun mulkiy javobgarlikdan ozod etilmaydi.
Tayyorlov tashkiloti tomonidan bevosita xo‘jalikning o‘zida qabul qilingan mahsulot (kartoshka, sabzavot, poliz mahsulotlari, meva va rezavor mevalar, uzum) xo‘jalik hududida vaqtincha saqlanganligi uchun qo‘shimcha haq shartnoma shartlariga muvofiq to‘lanadi.
Xo‘jalik tomonidan shartnomada belgilangan davrda (muddatlarda) topshirilmagan mahsulot tomonlar o‘rtasida kelishilgan muddatlarda va shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda topshirish hisobiga o‘tkazish yo‘li bilan topshirilishi kerak.
Agar tuzilgan shartnomada mahsulot idishda yoki o‘ramda yetkazib berilishi nazarda tutilgan bo‘lsa, tayyorlov tashkiloti xo‘jalikni shartnomada belgilangan miqdorda va muddatlarda zarur idish, o‘rash materiallari bilan ta’minlaydi.
Agar shartnomada o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, xo‘jalik tayyorlovchilardan oladigan tovar tushgan ko‘p aylanadigan idish va paketlash vositalari egasiga qaytariladi. Boshqa idish va o‘rash materiallari faqat shartnomada nazarda tutilgan hollarda qaytarilishi kerak.
Mahsulotlarning ayrim turlari uchun mo‘ljallangan idish va o‘rash materiallaridan foydalanish xususiyatlari, shuningdek ularni qaytarish tartibi va muddatlari mahsulotning tegishli turlarini xarid qilishni tartibga soluvchi yo‘riqnomalar, qoidalarda yoki tuzilgan shartnomalarda nazarda tutiladi.
Tuzilgan shartnomaga muvofiq yetkazib berilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotining amaldagi miqdori xo‘jaliklar bilan tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida mahsulot yetkazib berish yakunlari bo‘yicha tuziladigan qiyosiy dalolatnoma asosida belgilanadi.
Xo‘jaliklar tasarrufida qoladigan mahsulotni saqlash, qayta ishlash, sotishga tayyorlash va yuklab jo‘natish masalalari shartnomaga muvofiq alohida normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Xo‘jaliklar tasarrufida qoladigan qayta ishlangan qishloq xo‘jaligi mahsuloti alohida hisobga olinadi va xo‘jaliklar tomonidan amaldagi tartibga muvofiq o‘z xohishlariga ko‘ra sotiladi.
Moddiy-texnika resurslariga xizmat ko‘rsatish va yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalarning bajarilishi:
Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish yoki xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) to‘g‘risida qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tuzilgan sana shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilgan sana deb hisoblanadi, mahsulot oluvchining manziliga yuklab jo‘natilgan taqdirda esa - mahsulot transport tashkiloti vakiliga topshirilgan sana majburiyatlar bajarilgan sana hisoblanadi.
Hisob-kitob hujjatida bank muassasasi shtampida ko‘rsatilgan sana xo‘jaliklarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ga haq to‘lash bo‘yicha majburiyatlari bajarilgan sana hisoblanadi.
Xo‘jaliklarning roziligi bilan moddiy-texnika resurslari muddatidan oldin yetkazib berilishi mumkin. YEtkazib berilgan va xo‘jaliklar tomonidan qabul qilingan moddiy-texnika resurslariga haq to‘lanadi va keyingi davrlarda yetkazib berilishi kerak bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobiga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik muddatlar buzilgan va zarur sifatga muvofiq bo‘lmagan holda yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslarini qabul qilishni rad etishga haqlidir.
YErni mexanizatsiya vositasida shudgorlash bo‘yicha bajarilgan ishlar va boshqa xizmatlar xo‘jaliklarning bevosita mas’ul xodimlari tomonidan dalolatnoma bo‘yicha qabul qilinadi. Dalolatnomada bajarilgan ishlar (xizmatlar) miqdori, ularning sifati, shudgorlar chuqurligi va boshqa agrotexnika ko‘rsatkichlari ko‘rsatiladi.
Moddiy-texnika resurslari yetkazib berish, shartnomada nazarda tutilgan xizmatlarni (ishlarni) ko‘rsatish xo‘jaliklarning yozma buyurtmanomasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu maqsadlarda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar Xo‘jaliklarning buyurtmanomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish daftarini yuritadilar. Ushbu daftarlarda taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq mahsulot yetkazib berilishi, xizmatlar ko‘rsatilishi (ishlar bajarilishi) to‘g‘risidagi axborot bo‘lishi kerak.
Buyurtmanoma mahsulot yetkazib berishning, tegishli xizmatlar ko‘rsatishning (ishlarni bajarishning) taxmin qilinayotgan sanasidan kamida besh kun oldin chopar, pochta orqali yoki boshqa tarzda beriladi.
Xo‘jalik ilgari berilgan buyurtmanomani bekor qilishga yoxud mahsulot yetkazib berish, tegishli xizmatlar ko‘rsatish (ishlarni bajarish) sanasini o‘zgartirishga haqlidir, tayyorlov va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bu haqda buyurtmanomada ko‘rsatilgan sana boshlanishidan kamida bir kun oldin xabardor qilinadi.

3–savol


Kontraktatsiya shartnomalari, moddiy-texnika ta’minoti, xizmatlar ko‘rsatish, tayyorlov tashkilotlari, qayta ishlash korxonalari bilan shartnoma tuzish tartibi bo‘yicha maslahatlar.
Qishloq xo‘jaligida shartnomaviy munosabatlarni quyidagi qonunchilik hujjatlari tartibga solib turadi:
1. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolik kodeksi”.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi qonuni.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida shartnomaviy munosabatlarni takomillashtirish va majburiyatlar bajarilishi uchun tomonlarning javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 383-sonli qarori.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyabrdagi «2004—2006 yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 476-sonli qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi maщsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish artibi to‘g‘risida NIZOM» qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar, tayyorlov va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomaviy munosabatlarni tartibga soladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 4 sentyabrdagi 383-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligi maщsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish artibi to‘g‘risida NIZOM»ga muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari asosan uchta turdagi shartnomalarni tuzadi (10.1-chizma):
- kontraktatsiya shartnomalari;
- moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar;
- xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnomalar.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish