Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet72/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi.Hokimiyat – boshqaruvchining irodasi, ta’sir kuchi, qobiliyatlari va malakasi, obro‘si va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida xodimlarning mehnat faoliyatiga ta’sir o‘tkazish imkoniyatlari va usullarini ifodalaydi. Ma’muriy-tashkiliy ishlar mehnat jarayonlarini reglamentga solish va me’yoriy normativlarni belgilash orqali ham amalga oshiriladi.
Reglamentga solish boshqaruv tuzilmalari va xodimlari faoliyatini qonunlar, qoidalar, buyruqlar, nizomlar orqali aniq belgilab qo‘yish va ularni qo‘llashga oid yo‘riqnomalar ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Bulardan tashqari har bir mansabning bajaradigan ishlari turlarini, vakolatlarini, huquqlari va majburiyatlarini belgilab beradigan mansab yo‘riqnomalari ham ishlab chiqilishi mumkin.
Me’yorlash, o‘z navbatida, mehnat sharoitlari, ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy, mehnat va kapital sarflarini hamda ishlab chiqarish natijalarini ma’lum bir normativlar, kvotalar o‘rnatish orqali miqdoriy chegaraga solishni anglatadi..
Iqtisodiy usullar - bu qo‘yilgan maqsadga erishish uchun ishchi va xodimlarning manfaatlariga ta’sir o‘tkazish orqali boshqaruv maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi rag‘batlar va vositalar yig‘indisidir. Ularning mohiyati korxona faoliyatini iqtisodiy ta’sir vositalari (baho, kredit, rejalashtirish, harajatlar va tannarx, foyda, soliqlar, ish xaqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va hokazo) orqali boshqarishdir. Moddiy rag‘batlantirish – boshqaruv tizimida alohida ahamiyatga ega. Moddiy rag‘batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo‘llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog‘liq boshqarish vositalari va dastaklari yig‘indisidir.
Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo‘llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o‘rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, kadrlarni o‘qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, kadrlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o‘rganadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslarining miqdoriga, tarkibiga, malakasiga va ulardan foydalanish samaradorligiga bog‘liq.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining mehnat resurslari tarkibi:
-doimiy ishchilardan - muddatsiz ishga qabul qilinganlar;
-vaqtinchalik ishchilardan - 2 oygacha muddatga qabul qilinganlardan
-shuningdek, shtatda turuvchi o‘smirlar ,nafaqaxo‘rlardan iborat.
Korxonalarning mehnat resurslaridan tashqari ba’zi hollarda qishloq xo‘jaligida (mavsumiy ishlarda) mehnat shartnomasi asosida chetdan jalb qilinganlar mehnatidan ham foydalaniladi, shu jumladan yollanma ishchilardan ham.
Qishloq xo‘jaligida mehnat resurslarining shakllanishi va ulardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bular quyidagilar:
1. Xodimlar mehnatining biologik ishlab chiqarish vositalar, tirik organizmlar - tuproq, o‘simlik, hayvonlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish uchun yo‘naltirilganligi. Bu qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tirik organizmlarining rivojlanishi, o‘zgarishiga, ularning tabiatini noorganik elementdan organik moddalarga sintezlashuviga bog‘liqdir;
2.Mehnat resurslaridan foydalanishning samaradorligi tabiiy, xususan, yerning umumdorligi va ob-havo iqlim sharoitlariga bog‘liqligi.
3.Xodimlarning bir necha turdagi mehnat vazifalarini bajarishi. Ish turining ko‘pligi va bajarish muddatining mavsumiyligi. Qishloq xo‘jaligi xodimi alohida texnologik operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashgan tor malakali bo‘lmasligi ,ma’lum turdagi pirovard mahsulot yetishtirishga keng ixtisoslashgan bo‘lishi kerak;
4.Ishlab chiqarish jarayonida yer, chorva mollar va boshqa resurslarning mustaqil emasligi. Pirovard mahsulot natijasiga iqtisodiy javobgarlikni ta’minlash uchun xodimlarga umumiy yerlarni emas, balki aniq dalalarni, butun hayvonlarni emas, balki aniq mollar bosh sonini berkitib qo‘yish lozimdir;
5.Mehnat jarayonlarining o‘z-o‘zini boshqarishi. Biologik ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, qishloq xo‘jaligida, ayniqsa o‘simlikchilikda biologik jarayonda sharoitlar tez-tez o‘zgarib turadi, shuning uchun bu yerda chetdan turib boshqarish imkoniyati ancha chegaralangan;
6.Xodimlar daromadining o‘simlikchilikda va chorvachilikda pirovard iqtisodiy natijalarga bog‘liqligi. Bu bog‘liqlik mehnat operatsiyalarini bajarish paytida xodimdan texnologik talablarga rioya qilishda o‘zini qattiq nazorat qilishi shart bo‘lib hisoblanadi.
Samarali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uning mehnat resurslari bilan me’yor bo‘yicha ta’minlashishiga bog‘liq. Ishlab chiqorishning ish kuchi bilan yetarlicha ta’minlanmasligi ishlab chiqarish texnologiyasiga rioya qilinmasligiga, pirovard natijada mahsulotni yetarlicha olinmasligiga olib keladi. Mehnat resurslari bilan me’yordan yuqori darajada ta’minlanganlik esa ish kuchidan samarasiz foydalanishga va mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Turlicha tabiiy sharoitda, har xil darajada ixtisoslashgan xo‘jaliklarda bir xil ish jarayonlarini amalga oshirish uchun har xil miqdorda bir turdagi mehnat sarflanadi, uning samaradorligi ham bir-biridan farq qiladi. Kech kuz, qish va erta bahorda mehnat sarfi keskin kamayib, hosilni yig‘ib olishda unga bo‘lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilar shartnoma asosida jalb etiladi. O‘simchilik va chorvachilikda bajariladigan ishlarning ko‘pchiligi yuqori darajada bilim va malaka talab etmaydi. Qishloq xo‘jaligidagi mehnat tarkibida ayollar mehnatining salmog‘i hozirgi davrda ancha yuqori. Shuning uchun ham tarmoqda mehnatga to‘lanayotgan haq kamroq. Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug‘orish, chikanka qilish, hosilni yig‘ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog‘ish…) to‘liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada oddiy jonli mehnat harajatlari ortadi. Qishloq xo‘jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo‘lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir.
Mavjud mehnat resurslarining katta qismi qishloq xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatadi. Ular o‘zlarining ongli, maqsadli mehnatlari bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga, uning samardorligini yuksaltirishga ulkan hissa qo‘shishi lozim. Ularning mehnatlari unumli bo‘lishi kerak. Mehnat unumdorligi deganda, foydalanilayotgan texnikalar, texnologiyalar yordamida bir birlikdagi mahsulotni yetishtirish, ishni bajarish uchun sarflanadigan vaqt miqdoridir.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish