Agrokonsalting


Guruhlarda ishlash uchun topshiriq



Download 2,27 Mb.
bet179/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Guruhlarda ishlash uchun topshiriq
1-topshiriq. «Blits-so‘rov» savollari savol-javob vaqtida to‘ldiriladi:



Savollar

Javoblar

1.

Xarajatlarning xususiyati nimalardan iborat?




2.

Ishlab chiqarish xarajatlari qanday aniqlanadi?




3.

Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari nimani anglatadi?




4.

Bilvosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda nimani tushunasiz?




5.

Mahsulot tannarxining kalkulyasiya ob’yektlari nimalardan iborat?




6.

Mahsulot tannarxini hisoblash tartibi va ketma-ketligi qanday?




7.

Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarga nimalar kiradi?




8.

Mahsulot tannarxini pasaytirish yo‘llari?




Nazorat uchun savollar.

  1. Konsepsiyalar, omillar va sharoitlardagi o‘zgarishlar nimalardan iborat?

  2. Ishlab chiqarish va samaradorlikning o‘zgarishi nimada aks tadi?

  3. Ishlab chiqarishni oshirish strategiyasi va unga bo‘lan yondashuvlar.

  4. Ishlab chiqarish va samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshishiga xizmat qiluvchi tizimlarni ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha maslahatlar.

  5. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish dastaklari va usullari.

  6. Qishloq xo‘jaligida samaradorlik ko‘rsatkichlari?

  7. Fond sig‘imi va fond qaytimi ko‘rsatkichlari?

  8. Fermer xo‘jaliklarida samaradorligini oshirish yo‘llari?

16- MAVZU. BIZNES REJA TUZISh BO‘YIChA XIZMATLAR KO‘RSATISh
Darsning maqsadi: Talabalarda qishloq xo‘jaligi korxonalarida biznes-reja tuzish bosqichlari va tartibi, biznes-reja tuzishda asosiy shartlari, biznes-reja tuzishda balans, normativ va ko‘p variantli hisob-kitob usullaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1.Biznes-reja tushunchasi. Korxonada faoliyatini rejalashtirish: strategik, o‘rta muddatli, tezkor rejalashtirish.
2.Biznes-reja tuzish bosqichlari va tartibi. Biznes-reja tuzishda asosiy shartlar.
3. Biznes-reja tuzishda balans, normativ va ko‘p varianli hisob-kitob usullaridan foydalanish bo‘yicha maslahatlar.
4.Biznes rejaning tarkibiy qismlari
Darsga oid jihozlar:Markerlar, flamaster, plakatlar, kerakli adabiyotlar,tarqatma materiallar.
Darsning tuzilishi: Tashkiliy daqiqa, guruhlarga bo‘lish.,muhokama taqdimoti, dars yakuni.
Har qanday korxonani tashkil etishi sohasidagi faoliyat hayotiy amaliyotni o‘zida aks ettirgan, barcha ish turlarini bajarishni rejali ta’minlay oladigan biznes-reja tuzishdan boshlanishi kerak. Biznes-reja imkoniyatlar asosida real ish rejasidir. Bu esa qat’iylikni inkor etadi va ish jarayonida o‘zgartirilishi va doimiy aniqliklar kiritib borilishi mumkin bo‘lgan, tadbirkorning boshqarish mahoratini doimiy ishga soluvchi rejadir.
Biznes reja korxonaning faoliyat xajmi, shu bilan birga, ish ko‘radigan soha xususiyatlariga to‘la bog‘liq holda tuziladi. Shunga ko‘ra qishloq xo‘jaligi korxonasining katta kichikligi, kengayishi mumkinligi va qaysi tarmoqqa taalluqliligi bu rejada o‘z aksini topish kerak. Chunki faoliyatdagi barcha tomonlar ish hajmi va sohasiga bog‘liqdir. Faoliyat asosi bo‘lgan mahsulot xili, turi belgilovchi omil sifatida yuzaga chiqadi. Ishlab chiqarishda yoki savdoda ish ko‘rish boshqa-boshqa texnologiya va tashkilotchilikni talab etadi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tarmoqlarini oladigan bo‘lsak, ularning xususiyatlari turlichadir. Shuning uchun ham ularning biznes-rejalari bir xil bo‘lmaydi.
Joriy yoki yillik rejalar korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik ishlab chiqarish-moliyaviy biznes-rejasidan, bo‘lim, ferma va ishlab chiqarish bo‘linmalarining (brigada, ferma, oila pudrati) yillik ishlab chiqarish rejalari va topshiriqlaridan iborat bo‘ladi.
Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida tuziladi.
Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, sur’atlari va ko‘lamini belgilab beradi. Istiqbol rejalar ko‘pincha prognoz xarakteriga ega bo‘ladi. Prognozlar joriy rejalardan farq qilib direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
Rejalashtirishda quyidagi masalalar aks ettirilishi maqsadga muvofiqdir:

  • Asosiy faoliyat yo‘nalishini yoki uning qishloh xo‘jaligi mahsulotlari bozoridagi holatining o‘zgarishiga bog‘liqligi asosida marketing strategiyasi;

  • asosiy ishlab chiqarish bazasi va belgilangan maqsadga erishish uchun infrastrukturani rivojlantirish;

  • qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish, uni qayta ishlash, ishlab chiqarish, xizmati ko‘rsatish, qo‘shimcha va noqishloqxo‘jalik faoliyat yuritish; samaradorlik ko‘rsatkichlari

Norma va normativlar doimo rejalashtirish va xo‘jalik boshqaruvining muxim elementi bo‘lib kelgan. Xar bir biznesmen va tadbirkor, aytaylik, magazin, restoran, mehmonxona yoki mebel ishlab chiqaruvchi sex qurmoqchi bo‘lsa albatta qurilish xarajatlari va talab qilinuvchi resurslarni xisob-kitob qiladi. Ya’ni u rejalashtirish bilan, to‘g‘rirog‘i xarajatlar va resurslar talabini ularning xar bir turi bo‘yicha normalashtirshi bilan shug‘ullanadi. Biznesmen ham, davlat korxonasi direktori ham xarajatlar minimal bo‘lgan holda ko‘proq foyda va daromad olishga intilishi tabiiy.
Xo‘jalik amaliyotida normalashtirish bu mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish va boshqa resurslar zahiralari va sarflanishining eng yuqori va eng quyi normalarini ishlab chiqish va belgilash usulidir. Normalashtirish elementlari sifatida norma va normativlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Norma bu – belgilangan sifatli (masalan, standartli bir buxanka non chiqarish uchun sarflanuvchi un normasi, belgilangan xajmli metall konstruksiyasini kavsharlash uchun sarflanuvchi elektrodlar soni va hokazolar) mahsulot (ish, xizmat) birligini tayorlash uchun xom-ashyo, material, yoqilg‘i, energiya va hokazolarning absolyut sarflash mumkin bo‘lgan maksimal kattaligidir.
Normativ bu nisbiy ko‘rsatkich bo‘lib, absolyut kattalikni emas, balki ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishning belgilangan o‘lchamini, mahsulot tavsifnomasi yoki tashkiliy-iqtisodiy hatti-xarakatlarni aks ettiradi.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish