Agrokonsalting



Download 2,27 Mb.
bet132/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Nazorat uchun savollar?

  1. Qishloq xo‘jaligida o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chilik xizmatlari.

  2. Seleksiya ishlarini tashkil etishda kosultativ xizmatlarning ahamiyati?

  3. Urug‘chilik ishlarini tashkil etishda kosultativ xizmatlarning ahamiyati?


20-M A V Z U: Qishloq xo‘jaligida naslchilikni rivojlantirish xizmatlari bo‘yicha maslahatlar

REJA
1 Chorvachilikni rivojlantirish va tarmoq samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatlar.
2. Chorva mollari naslchiligini yaxshilash va rivojlantirish bo‘yicha maslahatlar.
3. Zooveterinariya xizmati va shoxobchalarini tashkil etish bo‘yicha maslahatlar.



Tayanch iboralar: chorvachilik, naslchilik,texnologik elementlar, tashkiliy iqtisodiy elementlar, tarmoq, veterinariya

1–савол


Chorvachilikni rivojlantirish va tarmoq
samaradorligini oshirish bo‘yicha maslahatlar.
Chorvachilik – mamlakat qishloq xo‘jaligining muhim tarkibiy qismidir. Chorvachilik tarmoqlarining maqsadga muvofiq, samarali joylashtirilishi respublikada mehnat taqsimotining ijobiy hal etilishiga bevosita ta’sir etadi. Hududlarning tabiiy, iqtisodiy sharoitlarini hamda bozor talablarini e’tiborga olgan holda chorvachilikning qoramolchilik, qo‘ychilik, baliqchilik, asalarichilik, andatrachilik tarmoqlarining joylashtirilishi va rivojlantirilishi zarur. Chunki bu tarmoqlarda oziq-ovqat va qayta ishlash sanoati korxonalari uchun go‘sht, sut, jun, teri, asal va boshqa mahsulotlar yetishtiriladi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlantirilishi ham ta’minlanadi, chorvachilik tarmoqlarida inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalarga boy bo‘lgan turli xildagi mahsulotlar ham yetishtiriladi. Bundan tashqari chorvachilikda o‘simlikchilik va chorvachilikning ayrim sohalari rivojlanishini ta’minlaydigan mahsulotlar ham yetishtirilmoqda. Chorva chiqindisi – go‘ng tuproq unumdorligini oshiradi, o‘simliklar uchun organik o‘g‘it hisoblanadi. Chorvachilik mahsuloti sut esa aholi tomonidan iste’mol qilinishidan tashqari yangi tug‘ilgan yosh hayvonlarga ham beriladi.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, servis xizmatlari tarmog‘ini tashkil etishga doir chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi natijasida chorvachilikni rivojlantirishda ijobiy siljishlar qayd etilmoqda.
Kam ta’minlangan oilalarga homiylar hisobidan 7 ming 475 bosh qoramollar bepul berildi.
Chorvachilik ozuqa bazasini mustahkamlash maqsadida barcha toifa xo‘jaliklar tomonidan 11,3 ming gektar asosiy maydonlarga bahorgi, 12,9 ming gektar kuzgi beda, 25 ming 307 gektarga silos uchun makkajo‘xori va 3 ming 638 gektar maydonga xashaki lavlagi ekildi.
Boshoqli dondan bo‘shagan 202 ming gektar maydonga takroriy makkajo‘xori hamda 39,9 ming gektar oraliq ozuqabop ekinlar ekildi.
Vazirlar Mahkamasining topshirig‘iga asosan chorva qishlovi davrida chorva hayvonlarini ozuqaga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 24,6 mln. tonna dag‘al xashak jamg‘arildi.
Respublikada aholi jon boshiga go‘sht, sut yetishtirish va iste’mol qilish tibbiy me’yorlar darajasidan past. Bu inson organizmi uchun zarur miqdor va me’yorlarni ta’minlab bera olmaydi. Shuning uchun respublika hukumati mamlakatning chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturlar, qonunlar, qarorlar va turli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirishni kuchaytirish hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2008 yil 23 aprel 842-sonli qarori hamda yurtboshimizning «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-4041 farmoni (20 oktyabr 2008 y.) amaliy ishlarni bajarishda asosiy dastur bo‘lmoqda. Ushbu qaror va farmonlarga xos bo‘lgan qator chora-tadbirlar bo‘yicha joylarda ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 23 martda qabul qilingan “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 308-qarori chorvachilikni rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi. Ushbu hujjatda davlat tomonidan fermerlarga zotdor mollarni sotib olish va naslchilik ishini jadallashtirishda yordam berish, veterinariya xizmat ko‘rsatishni tashkil etish, aholining mahsuldor chorva mollarini sotib olishi uchun mikrokreditlar ajratish, qishloq aholisining chorva mollarini parvarish qilishdan manfaatdorligini oshirish orqali ularning bandligini, daromadini, oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Chorvachilik tarmoqlarida yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotining 46-47 foizga yaqini yetishtirilmoqda. Uning 90 foizga yaqinini aholi shaxsiy tomorqa xo‘jaliklarida yetkazib bermoqda.
Chorvachilik tarmoqlarida yetishtirilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi respublika aholisi talablarini qondirish maqsadida ichki bozorlarda, cheklangan miqdori esa tashqi bozorlarda sotilmoqda va juda kam miqdorda eksport qilinmoqda.
Kelajakda bu muammoni hal etishga alohida e’tibor berish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun ob’yektiv imkoniyatlar mavjud. Respublika chorvachiligida ekologik jihatdan barcha talablarga javob beradigan go‘sht, sut mahsulotlarini, teri, ayniqsa, qorako‘l terisini, jun yetishtirishni rivojlantirib, ularni tashqi bozorda sotish mumkin. Bunda aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish darajasi ham yuksaltiriladi. Natijada tarmoqning mamlakat xalq xo‘jaligidagi o‘rni, ahamiyati ortadi.
Chorvachilikni rivojlantirish qishloq xo‘jaligi oldida turgan birinchi darajali vazifalardan hisoblanadi. Bu vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun quyidagi kompleks tadbir-choralari ishlab chiqilgan:
- chorvachilikning mustahkam yem-xashak bazasini barpo qilish va yem-xashakdan ratsional foydalanish;
- barcha turdagi chorva mollari va parrandalarni ko‘paytirish;
- podalarning mahsuldorligini oshirish va mollarni sanoat texnologiyasi asosida boqishga moslashtirish maqsadida chorvachilikda naslchilik ishlarini yaxshilash;
-xizmat ko‘rsatish punktlari tarmog‘ini kengaytirish hisobidan veterinariya xizmatlari va sun’iy qochirish xizmatlaridan foydalanishni yaxshilash;
- shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklariga zotdor mollarni sotish bo‘yicha kimoshdi savdolarini tashkil etish.
- qoramol sotib olishni yengillashtirish uchun yordamchi va dehqon xo‘jaliklarini mikrokreditlash imkoniyatlarini kengaytirish, ushbu maqsadlarga 158 milliard so‘m yo‘naltirish, ularning 80 foizi tijorat banklari orqali berilishi (imtiyozli foizli stavkalar va taqdim etishning soddalashtirish tartibi bo‘yicha) ko‘zda tutildi.
- chorva mollarning yangi zotlarini yaratish va mavjud zotlarini yaxshilash, chorvachilikning turli sohalarini boshqarishda nazariy va amaliy usullarini ishlab chiqish, shu asosda chorva mollarini ko‘paytirish hamda boqishning ratsional usullarini joriy etishda zootexnika va chorvachilik ilg‘orlarining ish tajribalariga keng o‘rin berish.
Chorvachilikda hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarning eng muhimlari ularning irsiy xususiyati va jinsidir.
Chorva hayvonlarini boqish, havoning harorati va namligi, yorug‘lik, asrash, parvarishlash, ratsion va hokazolar chorvachilikni rivojlantirishda muhim omillardir.
Chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida asosiy jarayonlar quyidagi ishlarni amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi:

  1. Mustahkam ozuqa bazasini yaratish;

  1. Qoramollarni to‘la qiymatli oziqlantirish va asrash sharoitlarini barpo etish;

  2. Sigirlarni sog‘ishni tashkil etish;

  3. Naslchilik ishini tashkil etish;

  4. Veterinariya tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazishni ta’minlash;

  5. Birlamchi zootexnikaviy hisob-kitob ishlarini olib borish va ma’lumotlar bazasini shakllantirish.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish